O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Bir-biri bilan bog’liq jismoniy mashqlarni bajarish


Download 477.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana13.11.2017
Hajmi477.51 Kb.
#19999
1   2   3   4   5   6   7

Bir-biri bilan bog’liq jismoniy mashqlarni bajarish  

bo’yicha amaliy mashg’ulot 

Kirish  (tayyorlov)  qism.  Umumiy  rivojlantiruvchi  xarakatdagi  mashqlar  -  15-20  dan  kam 

bo’lmagan  mashqlar.  Asosiy  qismda  futbol,  voleybol  o’yinlari  -  15  minutdan  4  taym.  Tanaffus 

paytida  kuch-quvvatni  oshiruvchi  (to’sinlarda  bajariladigan  mashqlar),  hayirlikni  oshiruvchi 

mashqlar. 

Trenajer  zallarida  bir  necha  gimnastik  snaryadlarni  birlashtirgan  «Zdorov`e»  universal 

trenajeridan  foydalanildi.  Bular:  gimnastik  devor,  to’sin,  yuqori  va  quyi  ispanderlar.  Bu 

trenajerda qo’l, oyoq, tana uchun turli mashqlarni bajarish mumkin. 

Blokli  qurilmalardan  va  shtangalar,  toshlar,  gantellar,  qorin  pressi  mushaklari,  oyoqlarni 

bukib-yozish uchun maxsus qurilmalaridan foydalaniladi. 

Atletizm  turli  sport  o’yinlari,  yakka  kurashlar  bilan  birgalikda  olib  borildi  va  bu  darsning 

ijobiy emotsionnalligini oshirishga yordam berdi. 

Darslar  mazmuni  kompleks  xarakterga  ega  bo’lib,  nafas  olish,  yurak-tomir  tizimi,  qon 

aylanishi  va  kuchning  rivojlanishiga  yordam  berdi,  salomatlikni  mustahkamlash  jismoniy 

go’zallik va uyg’unlikka erishishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. 

Shuni  qayd  etish  lozimki,  jismoniy  mashqlarning  sog’lomlashtiruvchi  ta`siri  talaba  kuchi, 

chidamliligi  ko’rsatkichlarining  o’sishi  bilan  chegaralanib  qolmaydi,  balki  ular  tananing  barcha 

organlari  ishini  ham  yaxshilaydi.  Faqat  mushaklar  emas,  balki  yurak,  o’pka,  qon  tomirlari, 

suyaklar va, nihoyat, xarakterlarimizni boshqarib turgan miya ham mashq qiladi. 

Sog’lomlashtirish  qiymatiga  ega  ilmiy  asoslangan  vositalar  yo’qligi  sababli  valeologiya 

tarbiya  jarayonida  sog’lomlashtirish  jismoniy  mashqlariga  etarli  e`tibor  berilmayapti,  o’qish 

bosqichlari  yuqorilashgan  sayin  talabalarning  jismoniy  rivojlanishi  jismoniy  va  funktsional 

tayyorgarligi yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda.  

Salomatlikni yaxshilashning ratsional usullari 

O’qitish sog’lomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsadlari va mazmunini, shuningdek, 

ushbu  maqsadlarga  erishish  vositalari  ya`ni,  o’qitish  usullarini  to’g’ri  belgilab  olishga  bog’liq. 

O’qitish  usullari  deganda  o’qitish  sog’lomlashtirishning  pedagogik  maqsadlarini  amalga 

oshirishni ta`minlovchi o’qituvchi va talaba o’rtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar 

tizimi tushuniladi.  



O’yin usuli 

Harakat  faoliyatini  harakatli,  sport  milliy  o’yinlar  shaklida  tashkil  etish  usuli  jismoniy 

tarbiya  jarayonida  keng  qo’llanilgan  bo’lib  boshqa  usullar  oldida  qator  afzalliklarga  ega.  Bu 

usulning mohiyati shundaki, harakat faoliyati o’yinning mazmunini, shartlari va qoidalari asosida 

tashkil etiladi. O’yin usulining xarakterli xususiyatlari:  

a) shug’ullanuvchilarning harakat faoliyati yuqori ruhiy ko’tarinkilik fonida olib boriladi; 

b) o’yin jarayonida shug’ullanuvchilar o’rtasida, murakkab munosabatlar vujudga keladi. 

Bu  xususiyatlar  talabalarning  harakat  faoliyatiga  qiziqishini  orttiradi,  ular  bir  xil 

xarakterdagi  mashqlarni  bajarish  vaqtida  vujudga  keladigan  ruhiy  toliqishdan  xalos  etadi; 

o’zlashtirilgan  harakatlarni  takomillashtirishga  va  ulardan  foydalanish  mahoratini  egallashga 

yordam beradi. 

Musobaqa usuli 

Mashqlarni musobaqa shaklida tashkillashtirish usuli. Musobaqaning tarbiya usuli sifatidagi 

mohiyati  shundaki,  u  talabalarda  do’stona,  sog’lom  raqobat,  kuchlilarga  tenglashishga  intilish 

ruhini  tarbiyalaydi.  Ayniqsa  reyting  tizimi  bunga  yordam  beradi.  Musobaqa  usuli  jismoniy 

tarbiya mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantiradi.  

Qatiy reglamentashtirilgan mashqlar usuli 

Mashqlarni  qat`iy  reglamentlashtirish  jismoniy  sog’lomlashtirish  mashg’ulotlarida 

eksperiment  o’tkazish  jarayoning  asosiy  uslubiy  yo’nalishidir.  Shu  yo’nalishdagi  usullarni 

qo’llash  jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishiga  ijobiy  ta`sir  etuvchi  kuch  imkoniyatlarini 

rivojlantirishga yordam beradi: yugurish, yurish orqali yurak-qon tizimi ishini yaxshilaydi. 

So’z orqali ta`sir ko’rsatish usuli 

So’z  orqali  ta`sir  ko’rsatish  usullari  o’z  vazifasiga  ko’ra  quyidagi  shartli  guruhlarga 

bo’linadi: 

1. Ko’rsatib tushuntirib berish usullari; 

2. Komanda, ko’rsatma, buyruq berish usullari; 

3. Tahlil etish, maslahat berish, og’zaki baho berish usullari. 

So’z  orqali  ta`sir  ko’rsatishning  yana  bir  usuli  -  ishontirish  haqida  alohida  to’xtalib 

o’tmoqchimiz.  Ishontirish,  tushuntirishlar,  maslahatlar,  asosli  tavsiyalar  vositasida  amalga 

oshiriladi.  Ishontirish  jarayoni  murakkab  bo’lib  fan,  amaliyot  ma`lumotlariga  suyanadi. 

Ishonchning  shakllanishiga  jismoniy  mashqlarning  sog’lashtiruvchi  samarasi  haqidagi  turli-

tuman,  ko’p  qirrali  yangi  omillar  ta`sir  ko’rsatadi.  Ishontirish  san`ati  yoshlarning  individual 

xususiyatlarini bilish bilan chambarchas bog’liq.  

                          Salomatlikni yaxshilashning samarali vositalari 

Jismoniy  mashqlar  talabaning  nafas  olish  orgonlariga  va  ruhiy  holatiga  yaxshi  ta`sir 

ko’rsatadi. Mushaklar muntazam xarakatlantirib turilmasa insonning markaziy asab tizimi ijobiy 

zaryadlardan  mahrum  bo’ladi.  Sustlashgan  hayotiy  tonus,  tushkunlik  holati  jahldorlik  va  o’zini 

qo’lda tutib turolmaslik reaktsiyalari bilan tutashib ketadi. Jismoniy mashqlar talabaning nafaqat 

jismoniy, balki ruhiy holatiga ham ijobiy ta`sir etadi, bu esa, o’z navbatida, ta`lim-tarbiyaviy va 

sog’lomlashtirish  jarayoni  samaradorligini  oshiradi.  Inson  organizmi  rivojlanishining  qabul 

qiluvchi  davri  talabalik  yoshida  yakunlanadi.  Talaba  yoshlar  bu  davrda  o’qish,  o’rganish, 

ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Aynan shuning uchun 

jismoniy  tarbiya  va  sport  salomatlikni  mustahkamlash  uchun  muhim  vosita  komil  insonni 

tarbiyalash  uchun  tabiiy  va  biologik  asos  hisoblanadi,  o’qish,  fan  bilan  shug’ullanish  va  kasb 

egallashga bevosita yordam beradi. 

Jismoniy  mashqlar  inson  organlari  va  tizimlari  faoliyatiga  ijobiy  ta`sir  etuvchi  turli 

siljishlarni keltirib chiqaradi. Jismoniy mashqlar zamirida mushak qisqarishlari yotadi, mushaklar 

inson vaznining 3-4 qismini tashkil etadi. Mushaklar qisqarishi energiyasi ishlayotgan mushakka 

kislorod  va  turli  oziqlantiruvchi  moddalar  oqimining  ko’payishi  hisobiga  hosil  bo’ladi,  ayni 


paytda  yurak  va  o’pka  faoliyati  yaxshilanadi.  Ishlab  turgan  mushakda  ko’plab  mayda  kapillyar 

qon tomirlar paydo bo’ladi. 

Shunday  qilib,  mushaklar  rivojlanishida  oziqlanish  sharoiti  yaxshilanadi,  umumiy  qon 

aylanishi engillashadi. Talabalik davrida qon aylanishi, yosh bolanikiga nisbatan sustroq bo’ladi. 

qon  aylanishini  jadallashtirish  uchun  yurak  ishlashini  faollashtirish  kerak.  Yurak  faoliyati,  o’z 

navbatida, mushaklar ishi ta`sirida yaxshilanadi. Mushaklar qisqarganda qon venalar orqali yurak 

tomon xarakatlanadi, bo’shashi chog’ida esa kapillyarlardan venaga oqadi. 

Tinchlik,  xarakatsizlik  etarlicha  xarakatlarning  bajarilmasligi  yurakka  salbiy  ta`sir 

ko’rsatadi va turli kasalliklarga sabab bo’ladi. 

Adabiy  manbalar  va  o’tkazilgan  tadqiqotlar  tashlili  jismoniy  tarbiya  amaliy 

mashg’ulotlarida  o’quv  dasturi  bo’yicha  harakat  ko’nikmalarini  shakllantirish,  harakatlarni 

boshqarishga  yo’naltirilgan  o’quv  yuklamasidan  foydalanilayotganligini  tasdiqlaydi.  Natijalar 

ko’zga  ko’rinarli  emas,  chunki  o’quv  yuklamasi  hajmi,  jadalligi  uncha  baland  emas.  Jismoniy 

tarbiya usul va vositalari shaxsning tipologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish, jismoniy ahvol, 

o’rta  Osiyo  iqlimi  xususiyatlarini  hisobga  olmaydi.  Bayon  etilganlardan  shunday  xulosa  kelib 

chiqadiki,  yoshlarni  jismoniy  etuklikka  erishtirishga,  salomatlikni  asrash  va  mustahkamlash,  ish 

qobiliyatini oshirishga  yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan jismoniy  mashqlar deyarli  yo’q. Shuning 

uchun  ilmiy  asoslangan  jismoniy  mashqlarni  aniqlash  uchun  matematik  statistika  usulidan 

foydalaniladi.  Pedagogik  jarayon  omillarining  o’zaro  bog’liqligi  xususiyatlarini  aniqlash  uchun 

maxsus  dastur  ishlab  chiqilgan.  Pedagogik  jarayonda  uning  tarkibiga  kiruvchi  omillar  o’zaro 

bog’liqdir.  Bir  omilni  ikkinchi  omil  o’zga-rishiga  mos  o’zgartirish  mahorati  pedagogik  jarayon 

samarasini yanada oshiradi. 

Ma`lumki,  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash  jarayonida  kuchni,  tezlikni,  chidamlilikni 

rivojlantirish  orasida  ayrim  hollarda  ijobiy  aloqa,  ba`zan  esa  o’zaro  bog’liqlikning  yo’qligi 

kuzatiladi,  ya`ni,  yuqorida  sanab  o’tilgan  sifatlarning  birortasi  rivojlansa  boshqa  sifatlar  ham 

rivojlanadi  va,  nihoyat,  salbiy  bog’liqlik,  ya`ni  biror  sifat  rivojlansa,  boshqa  sifatlar  rivojiga 

yomon  ta`sir  ko’rsatadi.  Jismoniy  tarbiya  sohasidagi  tadqiqotlar  eng  avvalo,  o’quv 

sog’lomlashtirish  jarayonini  o’rganish  bilan  bog’liq.  Qo’llanilayotgan  usul  va  vositalarning 

afzalliklari  haqida  harakat  sifatlarning  rivojlanishi,  yurak  -  qon  tizimi  funktsiyalarining 

xususiyatlari ko’rinishidagi pedagogik samara guvohlik beradi.  

Yuqorida  bayon  etilganlarni  hisobga  olib  har  tomonlama  tayyorlik  insonning  jismoniy 

qobiliyatini  takomillashtirishni  talab  etadi  va  maxsus  mashqlar  orqali  erishiluvchi  garmonik 

rivojlanishning muhim omili hisoblanadi, degan xulosaga kelish mumkin. 

Salomatlikni mustahkamlashning noan`anaviy vositalari 

Sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vositalari-  bu  sog’lomlashtirish  mashqlari 

va tabiiy omillardir. 

Ma`lumki,  jismoniy  mashg’ulotlar  organizmning  tashqi  muhitdagi  salbiy  omillar  ta`siriga 

chidamliligini  oshiradi,  moddalar  almashinuvi,  qon  aylanishini  yaxshilaydi,  qayta  tiklash 

jarayonlarini faollashtiradi va asab tizimini mustahkamlaydi. 

Sog’lomlashtirish  mashqlari ta`siri  samaradorligini oshirish  maqsadida turli kasalliklarning 

oldini olushi noan`anaviy vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. (Masalan, sog’lomlashtiruvchi 

yugurish,  yurish,  umurtqa  pog’onasini  sog’lomlashtiruvchi  mashqlar,  sharq  yakkakurashi  turlari 

va h.z.) 



Sog’lomlashtiruvchi yugurish 

Ma`lumki,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  kasalliklar  va  insonlar  o’limining  asosiy 

sabablaridan biri  yurak qon - tomir tizimi faoliyatining buzilishi hisoblanadi. G’Insonning yoshi 

uning tomirlari  yoshiga tengdirG’ degan iboraga hech kim shubha  qilmagan.  Yurak  qon - tomir 

tizimi  faoliyatini  yaxshilashga  sog’lomlashtiruvchi  yugurish  bo’yicha  amaliy  mashg’ulotlar 

yordam beradi. 



Sog’lomlashtiruvchi  yugurish  bilan  shug’ullanuvchilar  kappilyarlarining  zich  tarmog’i 

yoziladi, yurak qon-tomir tizimining elastikligi ancha oshadi, mustahkamlanadi va yosharadi. 

Sog’lomlashtiruvchi  yugurish  havaskorlari  chuqur  va  tez  tez  nafas  oladilar,  yurak  urishi 

minutiga  o’0  -  60,  ayrim  hollarda  40-  o’0  martani  tashkil  etadi,  o’pkalari  sig’imi 

yugurmaydiganlar o’pkalari sig’imiga nisbatan g’0- q0 O’ga kattaroq bo’ladi. 

O’quv  jarayoni  talabalardan  maksimal  e`tiborni,  katta  asabiy  kuchlanishni  talab  etadi.  Bu 

hol  ayniqsa  boshlang’ich  kurslarda  adaptatsiya  qiyinchiliklari  munosabati  bilan  yanada 

murakkablashadi. 

Doimiy  stress  xolati  sustlashgan  mushak  faolligi,  chet  el  mutaxassislarning  fikricha 

ko’pgina jiddiy kasalliklarga sabab bular ekan. 

 Salbiy  xissiyotlarning  doimiy  ta`siri  ostida  stenokardiya,  gipertoniya,  asab  zurikishi, 

ekzema, oshqozon yarasi kabi kasalliklar rivojlanadi. 

 Olimlar  jismoniy  mashklar  va  asab  zo’riqishining  pasayishi  o’rtasida  aloqa  mavjudligini 

isbot qilishgan. 

 Engil  yugurish  mashqlariga  mutaxasislar  aqliy  charchashdan  xalos  etuvchi  va  ayni  paytda 

tetiklik va shodlik ulashuvchi vosita sifatida qarashadi. Shuning uchun amaliy mashg’ulotlarda 20 

daqiqadan  45  daqiqagacha  8-10  km  soat  tezlikda  sog’lomlashtiruvchi  yugurish  bilan 

shug’ullanish tavsiya etiladi. 



Yugurishni yaxshilovchi mashqlar 

Tizzalarni baland ko’tarib, qo’llarni silkitib (o’ng qo’l va chap oyoqni ko’tarib, chap qo’l va 

o’ng  oyoqni  ko’tarib)  0,5-  1  daqiqa  oddiy  yurish.  Qo’llar  belda  oyoq  tovonlarida  0,5  daqiqa 

yurish. Oyoq uchida qo’llarni silkitib 0,5- 1 daqiqa  yurish. Qo’llar belda, yarim o’tirgan holatda 

0,5  daqiqa  yurish.  Qo’llar  bilan  navbatma  navbat  oldga  zarbani  imitatsiya  qilib,  yarim  o’tirgan 

holatda 0,5 daqiqa yurish. 

Oyoqlarni tik ko’tarib (generalcha qadam) 0,5 daqiqa yurish. Qo’llarni oldinga uzatib, yarim 

o’tirgan  holatda  0,5  daqiqa  yurish.  Qo’llarni  tepaga  baland  ko’tarib,  oyoq  uchida  orqaga  0,5 

daqiqa yurish. Qo’llarni boshga qo’yib, oyoq uchida yonlama 0,5 daqiqa yurish. Oddiy yurish 0,5 

daqiqa. 


 

Mustahkamlash uchun savollar. 

 

Adabiyotlar: 



1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 

 

 


MAVZU: TALABALARGA VALEOLOGIYaDAN TA`LIM BERIShNING 

FAOL USULLARI 

 

Reja: 

 

1. Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat 



 

2. Talabalarni jismoniy rivojlantirishning samarali metodlari 

3. Jismoniy rivojlantirishning modul`li usuli 

4. Jismoniy rivojlantirishning dasturiy metodi 

 

5. Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari 



 

Tayanch tushunchalar: 

Salomatlikni 

yaxshilashning 

ratsional 

usullari, 

ma`ruza, 

salomatlikni 

mustahkamlashning  noan`anaviy  vositalari, 

shaxs,  muhit,  irsiyat,  mikromuhit,  oila 

muhit,    salomatlik va sog’lom hayot tarsi, jismoniy tarbiya, salomatlik, jismoniy 

rivojlanish, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment. 

 

Pedagogik  tizim  -  pedagogik  maqadlarga  bo’ysundirilgan  strukturaviy  va  funktsional 



komponentlarning yig’indisidir. 

«Talaba - pedagog – talaba» pedagogik tizimi interfaol o’qitishning asosi hisoblanadi. 

Pedagogik  tizim  maqsadlari  pedagogik  jarayon  orqali  hayotga  tadbiq  etiladi.  Pedagogik 

jarayon,  bir  tomondan,  o’zi  harakat  qiluvchi  jarayon  (ya`ni,  uning  ishtirokchilari  ixtiyori  yoki 

ularning  ixtiyoriga  qarshiligiga  qaramay  amalga  oshaveradi),  ikkinchi  tomondan,  u 

boshqariluvchi  jarayon  (ya`ni,  tizimning  yakuniy  maqsadlariga  bo’ysungan  behisob  pedagogik 

vazifalarni echish orqali amalga oshiriladi). 

Valeologiyaga o’qitish pedagogik tizimi jarayonda pedagog (sub`ekt) va talaba (ob`ekt)ning 

ishtirokini  nazarda  tutadi,  bu  erda  boshqaruvchi  va  yo’naltiruvchi  rol`  pedagog  zimmasida 

bo’ladi. 

Pedagogik  faoliyatning  ikkiyoqlamaliligi  ob`ektning  o’ziga  xosligi  bilan  tushuntiriladi: 

talaba  ta`sirni  passiv  qabul  qilmaydi,  balki  o’z  faoliyatining  sub`ekti  sifatida  o’zi  ham  faol 

harakat qiladi. 

Valeologiyaga  o’qitish  pedagogik  tizimining  maqsadi  -  har  tomonlama  etuk  insonni, 

rivojlanayotgan davlatning ongli va faol quruvchisini tarbiyalash. 

Ushbu  pedagogik  sog’lomlashtirish  tizimining  paydo  bulishi,  eng  avvalo,  jismoniy 

rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funktsional tayyorlik diagnostikasini amalga oshirish va 

shu  asosda  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  dasturini  tuzish  va  jismoniy  etuklikni  samarali 

boshqarish  zaruriyati  sabab  bo’lgan.  Shuning  uchun  «talaba-pedagog  –  talaba»  pedagogik 

tizimida  birinchi  o’rinda  talabaning  jismoniy  holatini  basholash,  keyin  esa  sog’lomlashtiruvchi 

jismoniy  tarbiya  shakllari,  vositalari  va  usullarini  tanlash  va  jismoniy  mashqlar  korrektsiyasi 

turadi.  Shunda  valeologik  tarbiya  jarayonida  asosiy  yo’nalish  insonning  jismoniy  etuklikka 

erishtiruvchi  pedagogik  -  sog’lomlashtirish  tizimi  xarakterini  kasb  etadi,  bu  esa  salomatlikni 

yaxshilash  va  asrashga  yordam  beradi.  Faqat  shu  shart  bajarilgandagina  «talaba-pedagog  – 

talaba»  tizimi  insonni  jismoniy  etuklikka  erishtirish  bo’yicha  maxsus  tashkil  etilgan,  bir 

maqsadga yo’naltirilgan jarayonning boshqariluvchi pedagogik tizimiga aylanadi. 

Quyidagilarni qayd etish juda muhim: 

1.  Ushbu  pedagogik  tizimning  paydo  bo’lishiga  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiyaning 

turli kasalliklarning oldini oluvchi asos sifatidagi ahamiyatining o’sishi sabab bo’ladi. 

2. Tizim bilimlar, amaliy tajriba yig’ilgandagina paydo bo’ladi. 

3. Tizim talabalar bilan o’zaro munosabat vositalari ishlab chiqilgandagina paydo bo’ladi. 

4. Talabalar - ushbu tizimning zaruriy komponentidir. 



5. O’quv -tarbiyaviy -  sog’lomlashtirish jarayoni  maqsadlarini anglab etgan,  maxsus o’quv 

va  tarbiyaviy  axborotga  ega  bo’lgan,  pedagogik  ta`sir  ko’rsatishning  shakl  va  usullaridan 

foydalanishni bilgan pedagog - ushbu pedagogik tizimning paydo bo’lishi va funktsiyalanishining 

zaruriy shartidir. 

Shunday  qilib  «talaba  -  pedagog  –  talaba»  boshqariluvchi  pedagogik  tizim  pedagogik 

tizimlarning barcha talablariga javob beradi: barqaror, turg’un, qat`iy tashkil etilgan, strukturaviy 

va funktsional komponentlarning o’zaro harakatiga, tartibga kel-tirilganlik va yo’naltirlganlikning 

yuqori darajasiga ega. 

«Talaba-pedagog – talaba» pedagogik tizimi funktsiyalanishining samarasi shaxsni jismoniy 

etuklikka erishtirish jarayonini boshqarish tashkilotchiligiga bog’liqligi asoslab berilgan. 

«Pedagog-talaba-pedagog» pedagogik hamkorligining asosi boshqariluvchi pedagogik tizim 

bo’lsa  va  u  shaxs  shakllanishining  individual  xususiyatlarini  hisobga  olsa  jismoniy  etuklikka 

erishish samaradorligining ongini eksperimental isbotlangan. Valeologik tarbiyani bunday tashkil 

etish  jismoniy  rivojlanish,  jismoniy  tayyorlik,  umuman  esa,  jismoniy  holat  va  salomatlikni 

yaxshilash uchun pedagogik faoliyatni muayyan maqsadda amalga oshirish imkonini beradi. 

 

Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat 

Shaxsni jismoniy rivojlantirish jismoniy tarbiya bo’yicha pedagogik jarayon samaradorligini 

tashlil qilish va baholashni nazarda tutadi. 

Shaxsning  shakllanish  jarayoni  qanday  kechayotganligini  bilmay  turib  qaysi  tarbiyaviy 

zanjir tuzatishga ehtiyoj sezayotganligini aniqlab bo’lmaydi. 

Talaba  salomatligi,  jismoniy  ahvoli  va  jismoniy  rivojlanishi  darajasini  pedagogik  nazorat 

tizimi yordamida aniqlash mumkin. 

Nazorat - shaxsni jismoniy rivojlantirish natijalarining son - sifat xarakteristikasini aniqlash 

imkonini beruvchi harakatlar majmuasidir. 

Jismoniy rivojlanishni pedagogik nazorat qilish tizimi quyidagi vazifalarni echish imkonini 

beradi: 

-har  bir  talabaning  aniqlangan  kamchiliklarini  bartaraf  qilish  bo’yicha  maxsus  tashkil 

etilgan jarayonning tizimi yo’nalishini aniqlash; 

 

-butun  semestr  va  o’quv  yili  davomida  talabalarning  bir  meyorda  faol  ishlashini 



ta`minlash; 

 

-mustaqil  jismoniy  mashg’ulotlar  va  mashqlarni  o’rganish  faolligi  samaradorligini 



oshirish; 

 

-butun  o’quv  semestri  va  yili  davomida  jismoniy  rivojlanish  haqida  mumkin  qadar 



ob`ektiv ma`lumot olish; 

 

-jismoniy rivojlantirish jarayoniga musobaqa elementini kiritish; 



 

-o’zini  faol  ko’rsatgan  o’qituvchilar  va  talabalarni  rag’batlantirish  to’g’risida  kengroq  va 

asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini qo’lga kiritish; 

 

-talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonini boshqarish. 



Pedagogik nazoratning quyidagi funktsiyalari belgilangan: diagnostik, joriy, modul, reyting, 

yakuniy. 

Diagnostik  nazorat,  deganda  talaba  tayyorligining  kuchli  va  kuchsiz  taraflarini  aniqlash  va 

jismoniy  rivojlantirish  kursining  tuzilishini  belgilash  bo’yicha  jismoniy  rivojlanish,  gavda 

tuzilishi, jismoniy va funktsional tayyorligi haqida ma`lumotlar to’plash jarayoni tushuniladi. 

Jismoniy  rivojlanish  va  gavda  tuzilishini  baholash  antropometrik  o’lchashlar  yordamida, 

jismoniy va funktsional tayyorlik esa testlar va maxsus sinovlar yordamida amalga oshiriladi.  

Diagnostik pedagogik nazorat ma`lumotlari o’qituvchi semestr va o’quv yili uchun o’quv - 

sog’lomlashtirish  ishi  rejasini  ishlab  chiqish  va  aniqlab  olish  uchun  zarur  bo’ladi.  Joriy  semestr 

nazorati 

jismoniy 

rivojlanish, 

gavda 

tuzilishi, 



jismoniy 

va 


funktsional 

tayyorlik 

ko’rsatkichlarining  yaxshilanishi  darajasini  aniqlash  imkonini  beruvchi  jismoniy  rivojlantirish 


jarayonini samarali boshqarish uchun zarur. Uning ma`lumotlari jismoniy rivojlantirish bo’yicha 

sog’lomlashtirish dasturiga muayyan tuza-tishlar kiritish uchun asos bo’ladi. 

Jismoniy  rivojlantirish  bo’yicha  yakuniy  nazoratning  o’ziga  xos  xususiyati  shundaki,  u 

pedagogik sog’lmolashtirish tizimining talaba funktsiyalari va sifatiga ta`siri natijalarini baholash 

imkonini  beradi.  U  jismoniy  ahvolni  L.Ivashenko,  E.A.Pirogova,  G.A.Apanasenko  va  boshqalar 

metodikasi bo’yicha baholash orqali amalga oshiriladi. 



 

Talabalarni jismoniy rivojlantirishning samarali metodlari 

«Metod» so’zi grekcha so’z bo’lib, «tadqiqot, usul» ma`nolarini anglatadi.  

  I.T.Frolov  falsafiy  lug’atida  yozishicha,  metodning  umumiy  ma`nosi  maqsadga 

erishishning usuli, muayyan tartibga keltirilgan faoliyatdir. 

  S.I.Ojegov  metodni  nazariy  tadqiqot  yoki  biror  narsani  amalga  oshirish  usuli,  deb 

tushuntiradi. 

  Pedagogikada  ma`lumki,  ta`lim  jarayonining  muvaffaqiyati  o’qitishning  maqsad  va 

mohiyatini  to’g’ri  belgilab  olishga  hamda  shu  maqsadga  erishish  usullariga,  ya`ni  o’qitish 

metodlariga  bog’liq.  O’qitish  metodlari  o’qituvchilar  va  talabalar  o’rtasidagi  bir  tartibga 

keltirilgan  va  bir  maqsadga  yo’naltirilgan  aloqalar  tizimi  bo’lib,  ular  o’qitishning  pedagogik 

maqsadlarini amalga oshirishni ta`minlaydi. 

  Jismoniy tarbiya amaliyotida asosan quyidagi metodlardan foydalaniladi: o’yin, musobaqa, 

og’zaki va ko’rgazmali ta`sir etuvchi qat`iy reglamentlashtirilgan mashqlar. 

  Pedagogikada o’qitish, ishontirish, mashqlar, musobaqalar, rag’batlantirish, tanqid va o’z - 

o’zini tanqid etish, majbur qilish kabi metodlar qo’llaniladi. 

  Texnik  predmetlarni  o’qitishda  ko’pincha  muammoli,  dasturlashtirilgan,  modulli  o’qitish 

va ishbilarmonlik o’yinlari metodlaridan foydalaniladi. 

  Pedagogik  amaliyotda  o’qitishning  turli  shakl  va  metodlari  qo’llaniladi.  Jismoniy  tarbiya 

jarayonida  asosan  yangi  echimlarni  izlash  talab  etilmaydigan,  ijodiy  ongni  rivojlantirmaydigan 

metodlar qo’llaniladi. 

Talabaning  o’rganish  faoliyatini  boshqarish  samaradorligi  o’qituvchining  tibbiy  nazorat, 

psixologiya, fiziologiya bo’yicha bilimlariga to’laqonli bog’liqdir. 

Zamonaviy o’qituvchi ijodiy ishlay bilishi kerak, chunki u ta`lim jarayoniga tadqiqot nuqtai 

nazaridan yondashish pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatidir. Shaxsning har tomonlama 

tayyorligi  va  o’ziga  xos  xususiyatlarini  bilish  va  ularni  tahlil  etish  o’qituvchiga  talabalarga 

maxsus  topshiriqlar  berish  imkoniyatini  beradi.  O’z-o’zini  baholash,  nazorat  qilish  tashkiliy 

formalarining  qo’llanilishi  sog’lomlashtirish,  tadqiqot  ishlarining  debochasidir  va  u  talabaning 

ilmiy  ijodi  va  sog’lomlashtirish  jismoniy  mashg’ulotlarga  ehtiyojini  tarbiyalash  tomon  ilk 

majburiy  pog’ona  hisoblanadi.  Shu  sababli  ayrim  amaliy  va  nazariy  mashg’ulotlar 

rivojlantiruvchi  xarakterga  ega  bo’lishi  kerak  (talabaning  jismoniy  ahvolini,  tananing  yog’ 

massasini aniqlash va h.z.) 

Talabaning  o’rganish  ehtiyojlarini  rivojlantirish  uchun  talabaga  shunday  vaziyatlar  tavsiya 

etiladiki,  talaba  ulardan  chiqib  ketishning  to’g’ri  yo’lini  topsin,  qo’yilgan  savolga  to’g’ri  javob 

topsin. Bo’lajak mutaxassisda mustaqil ishlash ko’nikmalarini hosil qilish kerak. Bunda jismoniy 

rivojlanish,  gavda  tuzilishi  xususiyatlari,  jismoniy  tayyorlik  ma`lumotlarini  ko’rib  chiqish  va 

olingan natijalar va xulosalarni ishlab chiqish yordam beradi. Talabalar tomondan ma`ruzalar va 

referatlarning  tayyorlanishi  ham  bu  ishga  yordam  beradi.  Muammoli  ta`limni  qo’llash  asosida 

valeologiya  kafedrasida  talabalar  anjumanlari  o’tkaziladi.  Jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari 

jarayonida  muammoli  ta`limni  qo’llash  o’rganish  va  ijodiy  faollik,  mustaqillikni  rivojlantiradi, 

jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ehtiyojni faollashtiradi. 



Download 477.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling