O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Jismoniy rivojlantirishning modul` usuli


Download 477.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.11.2017
Hajmi477.51 Kb.
#19999
1   2   3   4   5   6   7

Jismoniy rivojlantirishning modul` usuli 

Modullarni  ishlab  chiqish  maqsadi  -  har  bir  mavzu  va  kursni  pedagogik  va  didaktik 

vazifalarga  muvofiq  qismlarga  bo’lish,  har  bir  qism  uchun  o’qitishning  maqsadga  muvofiq 

ko’rinish va shakllarini aniqlash, ularni yagona kompleksga birlashtirishdir. 



Modul`  mustaqil  strukturaviy  birlik  va  ayrim  hollarda  talaba  butun  kursni  emas  bir  necha 

modullarni  eshitishi  mumkin.  Har  bir  talaba  moduldan  modulga  materialni  o’zlashtirish 

darajasiga  qarab  o’tadi  va  joriy  nazorat  bosqichlarini  topshiradi.  Bilimlarni  baholash  uchun 

quyidagi tizimdan foydalaniladi; har bir modul` uchun ballar yig’iladi va individual kommulyativ 

indeks  (IKI)  tuziladi.  Talabaning  maqsadi  ballarning  maksimal  sonini  yig’ish.  Joriy  nazorat 

umumiy ballning 30-35 % ini, oraliq nazorat 20-25 % ni, amaliy mashg’ulotlar va kurs ishi 25 % 

gacha  ballarni  tashkil  etadi.  Modulli  ta`lim  tamoyillarining  talabani  jismonan  rivojlantirish 

jarayonida  qo’llanilishi  o’ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlari 

orasida yaqin o’zaro bog’liqlik mavjudligi korrelyatsion tahlil yordamida aniqlangan. Shu sababli 

jismoniy rivojlantirish jarayonida asosiy e`tibor jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini  yaxshilash 

va umuman olganda, salomatlikni ta`minlash va uni mustahkamlashga qaratiladi. 

Insonning  jismoniy  etukligi  valeologik  tarbiya  shakli,  usul  va  vositalari  mazmuniga 

bog’liqdir.  Rivojlantirish  metodi  deganda  talaba  va  o’qituvchi  o’rtasidagi  bir  maqsadga 

yo’naltirilgan  o’zaro  harakatlar  tizimi  tushuniladi  va  u  insonning  jismoniy  ahvolini  yaxshilash 

bo’yicha pedagogik maqsadning amalda qo’llanilishini ta`minlaydi. 

Yoshlarni  jismoniy  tarbiyalash  pedagogik  amaliyotida  asosan  qat`iy  reglamentlashtirilgan 

ta`lim,  o’yin  va  musobaqa  metodlaridan  foydalaniladi.  Ular  talabaning  qiziqishi,  ijodiy  fikr 

yuritishi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ehtiyojini etarlicha rivojlantirmaydi. 

Shu  sababli  ko’p  yillar  davomida  jismoniy  tarbiya  va  sport  kafedrasida  talabani  jismonan 

rivojlantirishning samarali usullarini aniqlash maqsadida tabiiy pedagogik tadqiqot o’tkazildi. 

O’tkazilgan davomli tadqiqot natijasida inson salomatligini rivojlantirish maqsadida modulli 

ta`lim  metodikasi  ishlab  chiqildi.  Modulli  ta`limning  maqsadi  -  valeologie  tarbiyani  tarkibiy 

qismlarga bo’lish va jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlari samarasini oshirish va joriy nazoratni 

kuchaytirish. 

Oltita  modul`  belgilangan.  Har  bir  modulda  talaba  beshta  ko’rsatkichlar  bo’yicha  talaba 

maksimal g’o’ ball  yig’ishi kerak. 60 % dan ko’proq (15 ball) to’plagan talaba ushbu moduldan 

o’tgan  hisoblanadi.  O’quv  yili  davomida  6  modul`  bo’yicha  90  dan  ortiq  to’plagan  talaba 

sinovdan  avtomatik  tarzda  o’tgan  hisoblanadi.  O’zlashtirmagan  talabalar  qaysi  moduldan 

o’tmagan bo’lsalar o’sha modullar bo’yicha sinov topshiradilar. 

Birinchi  modul:  -  jismoniy  rivojlanishni  yaxshilash.  Ushbu  modul`  bo’yicha  baholash  7 

haftada beshta ko’rsatkich (o’pkaning hayotiy sig’imi, hayotiy ko’rsatkich, o’ng va chap bilaklar 

kuchi, orqa mushaklar kuchi) bo’yicha o’tkaziladi. 

Ikkinchi  modul:  -  kuch-quvvat  tayyorligini  yaxshilash.  Baholash  14  haftada  beshta 

ko’rsatkich  bo’yicha  o’tkaziladi.  Erga  va  langarlarga  tiralib  qo’llarni  bukish  va  yozish,  (po`em 

perevorotom) aylanib ko’tarilish,tortilish, osilib langarga oyoqlarni tekkizish. 

Uchinchi  modul:  -  yurak-qon  tizimi  faoliyatini  yaxshilash.  Baholash  21  haftada  beshta 

ko’rsatkichlar  bo’yicha  amalga  oshiriladi.  Ruf`e  sinovi,  Kverg  indeksi,  30  sek  ichida  20  marta 

o’tirib  turishdan  so’ng  tiklanish  vaqti,  G.L.Apanasenko  metodikasi  usullarining  biri  bo’yicha 

sinovdan  so’ng  yurak  urishining  oshishi  foizi  (69  kam  a`lo,  70-84  -  yaxshi,  85  -  o’rta,  9o’  dan 

ko’p - qoniqarsiz). 

To’rtinchi modul: - gavda tuzilishini yaxshilash. Natijalar 11 semestrning 7 haftasida beshta 

ko’rsatkich  bo’yicha  (gavda  tuzilishining  musahkamligi,  Ketle  vazn  -  bo’y  indeksi,  semizlik, 

tananing yog’ va faol vazni) baholanadi. 

Beshinchi  modul:  -  jismoniy  tayyorlikni  yaxshilash.  U  5000  m,  3000  m,  100  m  masofaga 

yugurish  vaqti,  yotgan  holatda  gavdani  ko’tarish,  turgan  joydan  uzoqqa  sakrash  ko’rsatkichlari 

bo’yicha 11 semestrning 14 haftasida o’tkaziladi. 

Oltinchi modul: - jismoniy ahvolni yaxshilash. Natijalar ikkinchi semestrning g’1 haftasida 

L.Ivashenko  testi,  E.A.  Pirogova,  G.L.Apanasenko  metodikasi,  Garvard  step  -  testi,  talaba 

salomatligi darajasi bo’yicha baholanadi. 

Jismoniy rivojlantirishning dasturiy metodi 


Talabalarni  jismoniy  tarbiyalash  jarayonida  tizimli  harakat  ko’nikmalarini  o’zlashtirish 

uchun dasturiy ta`limdan foydalaniladi. Dasturiy ta`lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

 

O’quv materialini puxta tahlil qilish va uni ta`lim aktlarining mantiqiy va metodik ketma - 



ketligiga solish: o’quvchining o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mustaqilligi va faolligini 

oshirish; ish vaqtini ongli taqsimlash; 

 

 -o’quvchilarning o’quv faoliyatini samarali boshqarish; 



 

 -ta`limni talabalarning kollektiv bo’lib ishlashi bilan bog’liqlikda individuallashtirish; 

 

-talabalar  va  o’qituvchi  faoliyatini  ratsionalizatsiyalash  va  intensifikatsiyalash  uchun 



zamonaviy texnika vositalarini qo’llash va ulardan foydalanish. 

I.A.Volodarskaya va A.M.Mitinlarning ta`kidlashicha, dasturiy ta`lim jarayonida o’qituvchi 

va  talabalar  o’rtasida  «ta`lim  qurilmasiga  joylashtirilgan»  muayyan  ta`lim  dasturi  mavjud  ekan. 

Bunda  o’qituvchi  shaxsining  talaba  shaxsini  rivojlantirishga  ko’rsatayotgan  ta`siri  bir  yoqlama 

bo’ladi.  An`anaviy  va  dasturiy  ta`lim  o’rtasidagi  asosiy  farq  ularning  asosida  qanday  tamoyillar 

yotganida emas, balki ushbu tamoyillar ularning faoliyat doirasiga qanday tadbiq etilishidadir. 

Dasturiy ta`lim asosiy o’ziga xos xususiyati - talabalar ongli faoliyatini samarali boshqarish 

va  o’z  -  o’zini  boshqarish.  U  maxsus  dastur  asosida  amalga  oshiriladi.  Unda  nafaqat 

o’rganilayotgan  material  mazmuni,  balki  muayyan  bilim  va  ko’nikmalarni  o’zlashtirish  uchun 

talabalar  bajarish  lozim  bo’lgan  u  yoki  bu  harakatlar  ham  berilgan.  Dasturiy  ta`limda  teskari 

aloqa muhim rol` o’ynaydi. 

Dasturlashtirish  -  jismoniy  rivojlantirish  jarayonining  talabaning  real  imkoniyatlarini 

hisobga olib strategiyasi, mazmuni va shakli, metodlarini oldindan belgilab olishdir. 

Dasturlashtirish jismoniy rivojlantirish bo’yicha pedagogik jarayonning mohiyati haqida har 

tomonlama  va  chuqur  bilimlarni  (uning  mazmuni  va  tuzilishi,  shaxsni  shakllantirish  jarayonida 

uning  tuzilishi  va  o’zgarishini  belgilab  beruvchi  qonuniyatlari)  talab  etadi.  Bunday  bilimlar 

amaliy  tajribaning  barcha  yutuqlarini  va  ilmiy  ma`lumotlarning  butun  kompleksini  o’z  ichiga 

olishi kerak. 



Musobaqa metodini qo’llash dasturi 

Jismoniy  rivojlantirish  mashg’ulotlarida  talaba  reytingini  qo’llashdan  tashqari  fakul`tetlar, 

yotoqxonalar  terma  komandalari  o’rtasida  spartakiadalar  ko’rinishidagi  musobaqalar  metodidan 

foydalanish  zarur.  So’ngra  sport  turlari  bo’yicha  oliygosh  terma  komandalari  tuziladi  va  ular 

shahar  va  respublika  musobaqalarida  qatnashadilar.  Voleybol,  minifutbol,  basketbol  bo’yicha 

musobaqalarni  guruhda,  guruhlar  o’rtasida  o’tkazish  mumkin.  Yigitlar  kamchilik  bo’lib,  qizlar 

esa  odatdagidek  tarkibda  (  yigitlar  4  ta,  qizlar  6  ta)  o’ynaydigan  voleybol  o’yinlari  ayniqsa 

qiziqarli o’tadi. O’yinlar 9-11 hisobgacha davom etadi.  



 

Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari 

Ma`lumki,  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash  jarayonida  kuch,  tezlik  va  chidamlilik 

ko’rsatkichlari orasida ma`lum holatlarda ijobiy o’zaro bog’liqlik kuzatiladi, ayrim holatlarda esa 

bunday  aloqa  yo’q.  Yuqorida  qayd  etilgan  sifatlardan  birining  rivoj-lanishi  boshqalarining 

yaxshilanishiga olib keladi va, nihoyat salbiy o’zaro aloqa, bunda sifatlardan birining rivojlanishi 

boshqalarining yomonlashuviga sabab bo’ladi. 

Talabalarni  valeologik  tarbiya  vositalari  yordamida  samarali  jismoniy  rivojlantirish  uchun 

alohida  ko’rsatkichlar  o’rtasida  o’zaro  aloqa  darajalarini  aniqlab  olish  zarur.  Yigitlarda  harakat 

sifatlari,  jismoniy  rivojlanish  ma`lumotlari,  gavda  tuzilishi,  qon  aylanishi,  shaxsning  tipologik 

xususiyatlarini kompleks baholash bo’yicha tadqiqotlar 47 ta ko’rkichlar bo’yicha o’tkazildi. 

Bog’liqlikning  son  ko’rsatkichlari  bir  necha  darajalarga  taqsimlandi:  bo’sh  aloqa  - 

korrelyatsiya koeffitsienti r - 0,30; o’rtacha aloqa - 4 - 0,31-0,69; kuchli aloqa - 4 - 0,70 - 0,99. 

Bunday yondashuv (talabalarni jismoniy rivojlantirish uchun ilmiy - asoslangan mashqlarni 

aniqlash)  sog’lomlashtirish ishlarini samaraliroq rejalashtirish, jismoniy  tayyorgarlik vositalarini 

tanlashga  maqsadli  yondashish  imkoniyatlarini  beradi,  bu  esa  shaxsni  jismoniy  rivojlantirishni 

optimizatsiyalashga yordam beradi. 



Valeologik tarbiyaning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan turli - 

tuman  usul  va  vositalari  chiroyli  va  baquvvat  gavda  tuzilishini  shakllantirish  uchun  keng 

imkoniyatlarni  ochib  beradi.  Shtanga,  gantellar,  toshlar  bilan  mashqlar  tizimi,  trenajerlarda 

o’tkaziladigan  mashg’ulotlar va umumiy rivojlantirish  mashqlari nafaqat uyg’un gavda tuzilishi, 

balki chiroyli qomat, kuch, chidamlilik va chaqqonlikka ega bo’lishga yordam beradi. 

Shuni ham aytib o’tish kerakki, bayon etilgan mashqlar uchun maxsus texnik tayyorlik shart 

emas,  ular  oson  dozalarga  taqsimlanadi  va  ularni  mustaqil  shug’ullanishni  xoxlagan  istagan 

kishiga tavsiya etish mumkin. 

Mushaklar  kuchini  rivojlantirishga  yo’naltirilgan  jismoniy  mashqlar  kompleksi  ko’krak 

qafasi 


aylanasini 

kengaytiradi, 

vazn-bo’y 

ko’rsatkichini 

optimizatsiyalaydi, 

quvvat 


imkoniyatlarini yaxshilaydi. 

 

 



 

 

 

 

Mustahkamlash uchun savollar. 

 

Adabiyotlar: 



1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 



 

 

 

 

 

 

 

MAVZU: TALABALARGA VALEOLOGIK TA`LIM BERISh  

JARAYONIDAGI TARBIYa 

 

Reja: 



 

1. Oliy o’quv yurti o’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili 

2. Talabalar tarbiyasi omilida o’qituvchi murabbiy sifatida 

3. Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish 



4. O’z - o’zini nazorat qilish shaxsni jismoniy takomillashtirishni samarali usulidir 

 

Tayanch tushunchalar: 

Talabalar  tarbiyasi  omilida  o’qituvchi  murabbiy  sifatida,  Shaxsni  jismoniy 

takomillashtirishda  individual,  salomatlikni  mustahkamlashning  noan`anaviy  vositalari, 

shaxs,  muhit,  irsiyat,  mikromuhit,  oila  muhit,     salomatlik  va  sog’lom  hayot 

tarsi,  jismoniy  tarbiya,  salomatlik,  jismoniy  rivojlanish,  pedagogik  kuzatish, 

pedagogik eksperiment. 

 

 



  Yuqori  malakali  mutaxassisni  tayyorlash  jarayoni  yangi  komil  insonni  shakllantirishga 

yo’naltirilgan va har bir talaba shaxsini har tomonlama garmonik rivojlantirishga yordam beradi. 

  Rivojlanib  kelayotgan  davlatning  manfaatdorligi  shaxsni  tarbiyalashdagi  zarur  bo’lgan 

axloq  normalari,  qat`iy  ishonishiga  javob  beradigan  tarbiyani  tashkil  qilish  uchun  asos 

hisoblanadi.  Jamiyatdagi  tarbiya  tizimi  shunday  tashkil  etish  ishlariga  ega  bo’lmoqda  va  uni 

tartibga  solishda  shunday  usul  va  uslubiyatlardan  foydalaniladi,  u  ushbu  jamiyatni  maqsadi  va 

qiziqishlariga mos keladi. 

  Jamiyatda  tarbiya  jarayonini  boshqarish  inson  shaxsini  rivojlanish  tartibsizligini  engib 

o’tish, uni bartaraf qilishga imkon beradi va talabani shakllanishida o’ziga xos salbiy ob`ektiv va 

sub`ektiv  ta`sirini  bo’shashtiradi.  Birdan-bir  samarali  va  amaliy  natija  beradigan  pedagogik 

vositalardan  biri  umumiy  tarbiyani  tarkibiy  qismi  bo’lgan,  yoshlarni  valeologik  tarbiyasi 

hisoblanadi.  Sport,  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ulla-nishni  doimo  o’sib  borayotgan  ijtimoiy, 

tarbiyaviy  ahamiyati  talabalarni  axloqiy,  uni  ma`naviy  tashqi  ko’rinishiga  ma`lum  talablarga 

bog’liq ravishda kelib chiqadi. Axloqiy tarbiya o’quv-tarbiviy-sog’lomlashtirish jarayoni asosida 

bo’lishi shart, chunki tarbiyaviy ishni samaradorligi talabalarni axloq-odob normalarini, iqtisodiy 

mafkurasini shakllantirish bo’yicha vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishiga bog’liqdir. 

  Axloqni jismoniy tarbiya jarayoni maqsadga yo’naltirilgan pedagogik ta`sir etishi bo’yicha 

o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib turadi - bu uni kuchini o’z ichiga oladi va shu bilan birga talaba 

shaxsini o’ziga xos axloqiy shakllarini tarbiyalashda hal etuvchi rolni aniqlaydi. 

  Pedagogik  ta`sir  etishi,  shaxsni  axloqiy  rivojlantirishda  zarur  bo’lgan  darajada 

muvaffakiyatini  ta`minlashda,  axloqiy  -  valeologik  tarbiyani  asosini  tashkil  etadi.  Axloqiy-

valeologik  tarbiya  nafaqat  talabani  his  etishiga  yoki  tushunishiga  ta`sir  etadi.  Bu  va  balki  uni 

axloqiy  -  jismoniy  tajribasini  tarbiyalash  faoliyatini  tashkil  etishda,  uni  axloqini  turli  tuman 

hayotiy vaziyatda to’g’ri shaklini tanlashda mustahkam tayanchini yaratishga va shaxsni jismoniy 

mashqlar bilan muntazam shug’ullanishi yordamida jismoniy takomillashtirishga yo’naltiradi.  

  Talabalar  bilan  amaliy  mashg’ulolarni  o’tkazishdagi  eng  asosiy  vazifasi  kishini  yuqori 

ma`naviy  ruhini  tarbiyalash  hisoblanadi:  Vatanni  sevish,  xalqiga  sadoqatli,  jamoa  hissiyotini 

sezish, intizomlilik va mehnatsevarligidir. 



Oliy o’quv yurti o’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili 

  Pedagog sifatida o’qituvchining burchi keng va ko’p qirralidir. U talabalarni tarbiyalaydi, 

ularni  o’quv  -  sog’lomlash-tirish  -  amaliy  faoliyatlarini  tashkil  etadi  va  uni  orqasidan  nazoratni 

amalga  oshiradi,  salomatlikni  yaxshilanishiga  va  saqlash  vositalari  hamda  shakllarini,  usullarini 



o’rgatadi.  O’qituvchi  ana  shu  maqsad  bilan  o’quv  -  sog’lomlashtirish  jarayonini  rejalashtirida, 

nazari va amaliy mashg’ulotlarni aniq mazmunini va maqsadini aniqlaydi: 

-jismoniy takomillashtirishni vosita va shakllari, optimal usul va yo’llarini tanlaydi; 

-talabalarni  bilish  imkoniyatlarini  faollashtiradi,  ularda  jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam 

shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojini tarbiyalaydi; 

-jismoniy  o’z  -  o’zini  kamolotga  etkazish  (o’stirish)  uchun  mustaqil  ishni  xarakterini 

aniqlaydi; 

-jismoniy  rivojlanish,  tana  tuzilishi,  jismoniy  va  funktsional  tayyorgarlik  ko’rsatkichlarini 

oshib borishini muntazam ravishda nazorat qilish; 

-jismoniy takomillashtirishni mazmuniga va tashkil etishiga zarur o’zgartirishlar kiritish; 

-shaxsni  tipologik  xususiyati  asosida  hisobga  olib  talabani  jismoniy  takomillashtirishni, 

inviduallashtirishni amalga oshiradi. 

Talabalarni  jismoniy  takomillashtirishda  va  ularda  sog’lom  turmush  tarzi  malakalarini 

takomillashtirishda,  kasbiy  bilimlarini  rejali  saqlanishi  va  salomatlikni  yaxshilanishida,  turmush 

tarzini faol nuqtai nazaridan tarbiyalashda o’qituvchi muhim rol` o’ynaydi. 

Jismoniy  tarbiya  rivojlanishni,  jismoniy  tayyorgarlikni  va  to’liq  sog’lik  holatini 

yaxshilanishi  uchun  zarurdir.  Oliy  o’quv  yurtini  bitiruvchilarning  jismoniy  holati,  ish 

qobiliyatiga, ko’proq kasbiy xizmatini bajarish darajasiga bog’liq bo’ladi. 

Shuning  uchun  o’zining  mazmuni  va  pedagogik  xarakteri  bo’yicha  o’qituvchining 

pedagogik  fazilati  ko’p  qirralidir.  Uni  pedagogik  mahoratida  ular  uyg’un  (kompleks)  birlikda 

namoyon etadilar. 

O’qituvchining  pedagogik  mahorati  psixologiya  -  pedagogika  tomonidan  fikr  yurgazishini 

bilim, malaka, ko’nikmalarni va his tuyg’u irodasi vositasini jonliligini ulardan olingan natijalarni 

umumlashtirish  o’zida  tasavvur  qilish,  unda  pedagog  shaxsini  yuqori  darajada  rivojlanganligini 

bir  -  biriga  bog’liqligi  unga  o’quv-tarbiyaviy  sog’lomlashtirish  vazifalarini  samarali  hal  etishga 

imkoniyat beradi. 

Pedagogik  mahoratni  tuzilishida  eng  yuqori  o’rinni  psixologiya  -  pedagogika  bilimlari 

egallaydi.  Eng  avvalo  -  bu  bilim  odamning  ruhiy  holatida  va  uni  rivojlanishi  ob`ektiv 

qonuniyatlarga  asoslanganligidadir.  Ayniqsa  o’qituvchi  talabani  shaxsi,  uni  mijozi,  xarakteri, 

qobiliyati, ruhiy holati to’g’risida va jismoniy rivojlanishi, tana tuzilishi, jismoniy va funktsional 

tayyorgarligi haqidagi ma`lumotni bilishi zarur. 

Psixologok  -  pedagogik  bilim,  o’qituvchining  ijodiy  pedagogik  faoliyatini  mazmun 

sifatidagi  dastlabki  shartiga  unga  o’rganishga  imkoniyat  beradi,  ularni  har  birini  shaxsiy 

(indiividual)  imkoniyatini  namoyon  qiladi,  xuddi  shunday  alohida  talabalar,  guruhlar  va  to’liq 

barchasi uchun pedagogik ta`sir etish ko’proq samarali me`yorini aniqlaydi. 

Talabalar tarbiyasi omilida o’qituvchi murabbiy sifatida 

  Oliy  o’quv  yurtini  jismoniy  tarbiya  o’qituvchisi  shu  bilan  bir  vaqtda  alohida  sport  turlari 

bo’yicha  murabbiy  bo’lib  hisoblanadi.  Oliy  o’quv  yurtida  o’qituvchi  murabbiy  amaliy 

mashg’ulotli  sog’lomlashtirish-tarbiyaviy  yo’naltirilganligiga  va  sifat  sektsiyalariga,  talaba  - 

sportchilarni tayyorlashni pedagogik tomondan to’g’ri tashkil etilganliliga javob beradi. 

  O’qituvchi  murabbiy  sportchilarni  tayyorlashda  muhim  rol`  o’ynaydi.  Talabalarni  yuqori 

darajadagi  sport  natijalarini  ko’rsatishga  tayyorlashda,  u  bir  vaqtni  o’zida  uni  mustaqil  davlatga 

sadoqat  ruhida  tarbiyalaydi.  U  o’zini  o’quvchilari  bilan  trenirovka  mashg’ulotlarida  va 

musobaqalarda tez - tez alohida bo’lib turishi buning uchun qulay sharoit yaratadi. 

  Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’qituvchi - murabbiy umumiy pedagogik 

talablarga  amal  qilib,  uni  dunyoqarashini  tarbiyalashga  yo’naltiradi.  U  albatta  o’zini 

tarbiyalanuvchilarini  g’oyaviy  -  nazariy  bilimini  o’sishga,  uni  ijtimoy  va  maxsus  fanlarni 

o’zlashtirishlarga qiziqishlari kerak. 

  Talabalarni  u  yoki  boshqa  sport  turlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  maxsus  ilmiy  bilimlarni 

egallashi  sportda  muvaffaqiyatga  erishishi uchun katta ahamiyatga  ega bo’ladi. Murabbiy  o’zini 


o’quvchilariga  jismoniy  tarbiya  sifatlarini  tarbiyalashni  naza-riyasi  uslubiyot  asoslarini  texnik 

usullarni va taktik xarakatlarni takommillashtirishni hamda sport bilan shug’ullanish vaqtida kishi 

organizmida kelib chiqadigan , fiziologik jarayonlarni tushunib etishiga yordam berishi kerak. 

  U  har  bir  sportchini  har  tomonlama  va  chuqur  o’rganishi  shart,  chunki  kuchli  va  bo’sh 

tomonlarini,  uni  qobiliyatini,  imkoniyatlarini  bilishi  kerak  va  shu  bilan  birga  mos  keladigan 

muvaffaqiyatlarga  erishishida  ko’proq  optimal  yo’lni  tanlaydi.  Bu  har  bir  talabaga  shaxsiy 

yondashishi - murabbiyni pedagogik faoliyatidagi majburiy shartlaridandir. 

   


Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish 

Jarayon,  inson  buni  natijasida  atrofidagi  muhitni  o’zaro  faol  ta`sir  etish  yo’li  bilan  shaxs 

bo’lib  shakllanadi,  buni  umumlashtirish  deyiladi.  Umumlashtirish  jamiyatda  murakab,  tirik 

organizm  faoliyati  uchun  zarur  bo’lgan  murakkab,  asosiy  kuchli  darajada,  har  bir  shaxs  sifatini, 

ko’p darajali jarayonni shakllanishidir. 

Oliy o’quv yurtida tarbiyani maqsadi shaxsni tub ma`noda tushunish hisoblanadi. Talabaga 

shaxs sifatida, ijtimoiy sifatga ega bo’lgan, bu o’quv faoliyatida namoyon etadi deb qaraladi. 

Talabalarni  shaxsiy  psixologiyasini  o’ziga  xos  xususiyati  o’zini  tuta  bilishi  esa  o’ziga  xos 

tus  beradi.  Ularni  yurishturishini  kuzatadigan  bo’lsak,  bilib  olish  uncha  qiyin  emas,  chunki 

ulardan  biri  xotirjam,  sekin  harakat  qiladigan  yoki  lanj,  boshqa-lari  harakatchan,  uchinchisi 

g’amgin,  ma`yus,  mulohaza  qilishga,  yolg’izlik,  moyil,  to’rtinchisi  xushchaqchaq,  odamga  el 

bo’ladigan, kirishimli va b.q. Insonlar orasidagi ana shunday individual farqlar ularni mijozlarini 

o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi («temperament» lotincha so’z bo’lib, u aralashma yoki 

qorishma  ma`nosini  bildiradi).  Mijoz  (temperament)  yurish  -  turish  (axloq)  va  psixikani 

o’zgarishi  yoki  rivojlanishini  bildiradi.  Qadimgi  yunon  tibbiyotini  vrachi  Gippokratni  va  o’rta 

asrning  buyuk  olimi  Abu  Ali  Ibn  Sinoni  bo’yicha  mijozni  to’rtta  tipga  bo’ladilar:  sangvinik 

(xushchaqchaq)  mijoz,  xolerik  (serg’ayratlik,  jo’shqinlik)  mijozi,  flegmatik  (og’ir)  mijoz, 

melanxolik  (g’amgin)  mijozlardir.  I.P.Pavlovni  tasnifi  bo’yicha  asab  tizimlarini  tiplariga  qarab 

to’rtta turga ajratiladi: 

1. Kuchli harakatchan vazminli («Jonli tip») 

2. Kuchli harakatchan (engil) salga lovullab ketadigan yoki bir xil turmaydigan – «to’xtatib 

bo’lmaydigan tip». 

3. Kuchli faoliyatsiz sust vazmin – «xotirjam tip» 

4. «Bo’sh tip» yoki «Kuchsiz tip». 

Sangvinik  (xushchaqchaq)  mijozli  talabani,  agarda  uni  ishi  qiziqarli  bo’lsa  u  yaxshi 

natijalarga  erishadi.  U  qiyin  holatlarda  boshqalarga  nisbatan  tetiklik,  ishonch,  ega  bo’ladi, 

o’rtoklariga ijobiy ta`sir etadi, ularni kayfiyatini ko’taradi. Bu peshqadam har doim o’qituvchiga 

yordam  berishga  qodir.  Muhimi  tarbiyaviy  jarayonda  shunday  talabalar  namoyon  bo’ladiki, 

buning uchun o’qituvchi mijozlarni diagnostikasini psixologik uslublarini bilishi shart. 

Xolerik  (serg’araytli)  mijozli  talaba  esa  o’ziga  xos  salga  lovullab  ketadigan,  kuchli  yoki 

to’xtatib bo’lmaydigan, tezlik reaktsiyasi, jonli imo - ishoralar va ishora ega bo’ladi. I.P. Pavlovni 

baho  berishi  bo’yicha,  xolerik  (serg’ayratlik)  -  bu  ochiqdan  ochiq  jasur  tip,  engil  va  tez 

aniklanadigan  deb  ataladi.  O’ziga  xos  hech  qanday  qiyinchiliklarsiz  u  yangi  hayot  sharoitlariga 

ko’nikma hosil qiladi, o’rab olgan bilan engillikka aloqa bog’lash mumkin, yaxshi jamiyatga, faol 

ishtirokchi  bo’lishi  mumkin.  Talaba  shunday  mijoz  bilan  ishga  kirishib  ketadigan  bo’lsa  u  juda 

zo’r  faollik  namoyon  etadi,  biroq  tez  sovub  qoladi.  Uni  bir  maromdagi  harakat,  sekin  va 

osoyishtali  me`er  (sekin  yugurish,  yurish).  U  faol,  keskin  harakatlarga  moyildir  (sport  o’yinlari, 

30-100 mm qisqa masofalarga yugurishga). 

Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xolerik (serg’ayratli) mijozli kishi birorta vazifani bajarishdan 

oldin  xaddan  tashqari  hayajonlanadi.  Bu  esa  final  va  ma`suliyatli  musobaqalar  oldidan  salbiy 

ta`sir etishi mumkin. Bunaqa holatda o’qituvchining roli shundan iborat bo’lishi kerakki, chunki 

talabadan  xaddan  tashqari  ortiqcha  hayajonlanishni  to’lqinlanishni  so’z  yordamida  pasaytirishda 

xulq - atvori bilan shaxsiy namuna ko’rsatishi kerak. Bu kursdoshlarini moxirona harakati, o’zini 


dadil tutishini misollar bilan mustahkamlash, yaxshilik bildirish ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Shuning 

uchun  talabaga  etarli  ko’p  bo’lmagan  jadal  xarakterdagi  jismoniy  yuklamani  berish  foydalidir, 

chunki u topshiriqni bajarishdan uni boshqa tomonga jalb qiladi. 

O’qituvchi  muhimi  shuni  hisobga  olish  kerakki,  ya`ni  nizoli  yoki  janjalli  holatda  xolerik 

(serg’ayratlik) mijozdagi talabalar odatda kuchli salbiy asabiylashgan xolatni boshdan kechiradi, 

u  haqiqatan  ham  tarbiyaviy  ta`sir  etishni  pasaytiradi.  Bunday  holatda  eng  yaxshisi  ularni  diqqat 

e`tiborini boshqa harakatni bajarishga qaratish kerak, chunki kutish kerak, talaba tinchlanguncha, 

undan  so’ng  kerakli  yo’nalishga  ta`sir  etish  kerak.  Balki  shuni  e`tiborga  olish  kerakki,  ya`ni  bir 

xil turmaydigan, qiziqqonligi intizomni buzilish sababi bo’lishi mumkin. Bu, albatta, talabalardan 

ayibni olib tashlamaydi, lekin tarbiyani hisobga olishi kerak. 

Flegmatik  (bo’shang  yoki  og’ir)  mijozli  talaba  -  og’ir  vazmin,  kam  harakatchan,  xotirjam 

bo’ladi. Unga xos bo’lgan bo’sh his - tuyg’uga tez beriladigandir.  U bo’lajak harakatlarini uzoq 

vaqt  o’ylaydigan  intilishlilik  paydo  bo’ladi,  yangi  harakat  malaka-larini  sekin  va  qiyinlik  bilan 

o’zlashtiradi,  bir  harakatdan  boshqa  harakatga  yo’nalishini  o’zgartiradi.  Biroq  o’quv,  mehnat 

faoliyatida  qo’sh  matonatli,  bardoshli,  uzoq  o’tirib  ishlash  qobiliyatini  namoyon  qiladi. 

«Flegmatik bo’shang yoki og’ir» mijoz-osoyishta, har doim bab-baravar, qunt bilan kurashuvchi 

va zo’r berib ko’p ishlaydigan» - deb aytgandi I.P.Pavlov. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) o’ziga 

xos  chidamli,  diqqatli,  o’zini  -  o’zi  nazorat  qiladigan,  vazmin  og’ir  bo’ladi.  Unda  o’zini  tuta 

bilishlik, ehtiyotlik ish tutish shuningdek qat`iyatli ko’rsatish engilish shakllantiriladi. 

Melonxolik  (g’amgin)  mijozdagi  talabalar  odamlarga  aralashmaydigan,  adamovi,  kas 

tashabbuskorliklari  bilan  ajralib  turadi.  U  ma`yuslikka,  xafagarchilikka  tez  beriluvchan,  ya`ni 

sharoitga  sekin  -  asta  ko’nikadigan,  qiyinchiliklarni  o’ziga  og’ir  oladigan,  chunki  unga  o’zi 

boridan ko’proq bo’lib ko’rinishga borishga moyil bo’ladi. 

Har  qanday  narsani  kuchli  ta`sir  etishi  uni  sarosima  yoki  esankirab  qolishga  olib  keladi, 

muvozamatdan chiqaradi. 

O’qituvchi,  odob  saqlagan  holda,  har  bir  talabaga  mijozlarini  (temperamenti)  o’ziga  xos 

xususitiga  qarab  to’g’ri  tushunib  etishiga  va  barcha  yaxshi  va  yomon  tomonlarini  baholashga 

yordam  berish  kerak,  shaxsni  tipologik  xususiyatini  diagnostika  asosida  takomillashtirishga 

intilishga chorlaydi. 

Talabada  mijoziy  (temperament)  eng  yaxshi  tomonlarini  ana  shunday  jamoada 

rivojlantiriladi,  qaerda  sho’xlik,  xushchaqchaqlik  sharoitida,  faollikni  tashabbus  botirlikni 

qo’llab-quvvatlamoq, intizomni qo’llab - quvvatlash, guruhda talabalarni psixologik jihatdan bir - 

biriga  mos  kelishi  haqida  qayg’urishi  kerak.  Agarda  o’qituvchi  talabalarga  ta`lim  berish  va 

tarbiyalashda  talabalarni  mijozlarini  (temperamist)  farqini  hisobga  olsa,  bu  esa  shaxsni  ko’proq 

maqsadga  yo’naltirilgan holda jismoniy takomillashtirishga, psixologik jihatdan bir - biriga mos 

keladigan savollarni hal etish, yaxshi sifatlarni shakllantirishi, ularni, faoliyatini boshqarishga va 

rahbarlik qilishiga yordam beradi. 

Talabani  shaxsini  individual  psixologik  xususiyatini  tadqiqot  qilish  o’qituvchi  jismoniy 

tarbiyani  o’ylay  tashkil  qilishda  va  ijodiy  o’sish  holatini  saqlashda  hamda  faol  ishlashdagi 

yo’nalishni ishlab chiqadi. 



Download 477.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling