O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 440.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.11.2017
Hajmi440.43 Kb.
#20997
1   2   3   4   5

SAVOLLAR: 

1. «Individ», «shaxs», «shaxs shakllanishi» tushunchalari mazmunini izohlab bering. 

2. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi asosiy omillar nimalarda iborat. 

3. Kichik maktab yoshi, o`smir va o`spirinlarning yosh hususiyatlariga tavsif  bering. 

4. Shaxsiy kuzatishlar asosida muayyan o`quvchining individual hususiyatlarini aniqlang, uning 

yosh va psixologik husisiyatlari yuzasidan tavsifnoma tayyorlashga o`rinib ko`rining. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3 

Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari 

(2-saat) 

Reja: 

1. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi 

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxs, davlat, jamiyat va uning muammolari 

3. Pedagogik texnologiyalarning XX asrda rivojlanishi va zamonaviylashishi 

 

Bizga  yaxshi  ma`lumki,  har  bir  nazariya  o`zining  metodologik  asoslariga  ega  bo`ladi. 



Ta`lim  texnologiyasi  nazariyasining  ilk  g`oyalari  ilgari  so`rilgan  davrlardayoq  mazkur 

nazariyaning  asoslari  ham  yaratila  boshlangan.  Ta`lim  texnologiyasi  nazariyasining  umumiy 

asoslarini  uning  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari,  tamoyillari,  ob`ektiv  (tashqi)  hamda  sub`ektiv 

(ichki) omillari, ob`ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi. 

Ta`lim  texnologiyasi  nazariyasining  umumiy  asoslari  mohiyati  hususida  So`z  yuritish 

uchun «ta`lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma`nosini anglash talab etiladi. 

«Texnologiya»  yunoncha  so`z  bo`lib,  «techne»  -  mahorat,  san`at  hamda  «logos»  - 

tushuncha, ta`limot so`zlarining birikmasidan hosil bo`lgan. «Ta`lim texnologiyasi» tushunchasi 

esa lug`aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta`lim (o`qitish) jarayonini yuksak 

mahorat,  san`at  darajasida  tashkil  etish  borasida  ma`lumotlar  beruvchi  fan  (eki  ta`limot) 

ma`nosini anglatadi. 

Alohida qayd etib o`tish joizki, Ayni vaqtda ta`lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy–

g`oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. 

Yuqorida  qayd  etilganidek,  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  o`tgan  asrning  ikkinchi 

yarmidan  boshlab  asoslanib  kelinaetgan  bo`lsa-da,  aynan  «pedagogik  texnologiya» 

tushunchasiga  nisbatan  turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Hususan,  pedagog  olim  V.P.Bespal`ko 

pedagogik  texnologiyani  «amaliyotga  tatbiq  qilinadigan  muayyan  pedagogik  tizim  loyihasi» 

Deya  ta`riflaydi  hamda  asosiy  diqqatni  o`quv-pedagogik  jarayonni  oldindan  loyihalashga 

qaratadi.  N.F.Talizina  esa  pedagogik  texnologiyaning  «fan  va  amaliyot  oraligida  muayyan 

tamoyillarni  olga  suruvchi  metodlar  ishlab  chiqaruvchi,  ularni  izchil  qo`llash  kabi  masalalarni 

hal etishga yunaltirilgan mustaqil fan» bo`lishi lozimligini qayd etadi. 

So`nggi  o`n  yil  davomida  nutqimizda  «pedagogik  texnologiya»,  «zamonaviy  pedagogik 

texnologiya»,  «o`qitish  texnologiyasi»  kabi  tushunchalar  keng  qo`llanmoqda.  Aksariyat 

pedagoglar «ta`lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir 

ma`noni  anglatishini  ta`kidlamoqdalar.  Bizning  nazarimizda  bunday  yondashuv  u  qadar  turli 

emas hamda bu borada yagona to`xtamga kelish muhimdir.  



Yuqorida  qayd  etib  o`tilganidek,  ta`lim  jarayonini  texnologiyalashtirish  goyasi  g`arbiy 

evropa hamda AQSh da yaratilgan edi. Bizga ma`lumki, g`arbiy evropa mamlakatlari va AQSh 

da  «Pedagogika»  fani  mavjud  emas,  shu  bois  «pedagogik  faoliyat»,  «pedagogik  tizim», 

shuningdek,  ularga  bog`lik  ravishda  yuzaga  keluvchi  «pedagogik  texnalogiya»  tushinchasi  ham 

iste`molda yuk.  

Nomalari  qayd  etilgan  mamlakatlarda  shaxsga  ilmiy  bilimlarni  berish  jarayoni  «ta`lim 

jarayoni»  sifatida  nomlandi,  shaxsga  bilimlar  berish,  uning  ma`lumotini  oshirish,  ta`lim 

samaradorligini  ta`minlashga  xizmat  qiluvchi  fanlar  majmui  «Metodika»  deb  yuritiladi. 

Metodika  fanlarini  o`qitishda  asosiy  e`tibor  ta`lim  sifatini  yaxshilash,  uning  samaradorligini 

ta`minlashga qaratiladi.  

Uzbekston  Respublikasi  (shujumladan,  MDX  mamlakatlari)  ta`lim  tizimi  amaliyotinda 

o`qitilib  kelinayotgan  «Pedagogika»  fanning  predmeti  shaxsni  shakllantirish,  uning  kamolotini 

taminlashga  yo`naltirilgan  ta`limiy  hamda  tarbiyaviy  faoliyatni  tashkil  etish  jarayoninig 

mazmunidan  iboratdir.  Ya`ni,  shaxsning  etuk  kamoloti  ikki  muhim  faoliyat–ta`limiy  va 

tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo`ladi. 

Ayni o`rinda  «pedagogik texnologiya» hamda  «metodika» tushunchalarining tavsifi, hos 

jihatlarini yo`ritish maqsadga muvofiqdir.  

T.N.Ballo  «pedagogik  texnologiya»  tushunchasiga  ta`rif  berar  ekan,  uni  o`qitish 

jarayoniga  nisbatan  topshiriqli  yondoshuv,  L.V.Zankov,  T.Ya.Gal`perin,  V.I.Davidovlar 

bosqichli  o`qitish,  G.K.Selevko  hamda  boshqa  mualliflar  esa  mazmunli  umumlashma  sifatida 

baholaydilar. P.Mitchelning nuqtai nazariga ko`ra pedagogik texnologiya barcha jihatlarga ko`ra 

o`ziga  hos  va  samarali  natijalarni  qo`lga  kiritish  imkonini  beruvchi  pedagogik  tizimni  tashkil 

etish  bilan  bog`lik  holda  ta`lim  tizimi  doirasida  olib  borilayotgan  tadqiqot  nazariyasi  va 

amaliyatining  muayyan  tarmog`idir.  S.K.Ismagulova  esa  quyidagi  qarashni  ilgari  suradi: 

texnologik  loyihaga  asoslangan  ta`lim  jarayonini  tashkil  etish  usuli  bo`lib,  u  avvaldan 

belgilangan muayyan qoyda va talablarga javob beradi.  

Rivojlangan  mamlakatlar  ta`lim  tizimida  shaxs  ijtimoiylashuvini  ta`minlovchi  etakchi 

omil  sifatida  ta`lim  jarayoni  e`tirof  etilsa,  biz  shaxsning  shakllanishida  ta`lim  hamda  tarbiya 

jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg`u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni 

bu borada ustuvor bo`lishi lozim, chunki uzida axloqiy hislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina 

ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy hususiyat kasb etishini 

ta`minlaydi,  axloqli  insongina  ta`lim  (bilim)  ni  qadrlay  oladi,  zero,  aqloqning  asosiy 

kategoriyalaridan  biri  ham  bilimlilik  sanaladi,  degan  g`oyani  ilgari  suramiz.  Shunday  ekan,  bu 

urinda «pedagogik texnologiya» tushunchasining qo`llanilishi, shuningdek, asosiy e`tiborni faqat 



ta`lim  jarayonini  samarali  tashkil  etishgagina  qaratmay,  balki  ham  ta`lim,  ham  tarbiya 

jarayonining samaradorligini ta`minlashga birdek qaratish lozimdir. 

«Ta`lim texnologiyasi» tushunchasi «ta`lim metodikasi» tushunchasiga nisbatan kengdir. 

Ta`lim  metodi–o`quv  jarayonining  majmuaviy  vazifalarini  echishga  yunaltirilgan 

o`qituvchi  va  o`quvchilarning  birgalikdagi  faoliyati  usuli  bo`lsa,  ta`lim  metodikasi  esa 

muayyan o`quv predmetini o`qitishning ilmiy asoslangan metod, qoyda va usullar tizimini 

tavsiflaydi. 

Ta`lim  texnologiyasi  –  ta`lim  maqsadiga  erishish  jarayonining  umumiy  mazmuni, 

ya`ni, avvaldan loyixalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich 

amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo`lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini 

ishlab  chiqish,  ulardan  samarali,  unumli  foydalanish  hamda  ta`lim  jarayonini  yuqori 

darajada boshqarishni ifodalaydi. 

O`qituvchini  samarali  faoliyat  ko`rsatishga  undovchi  darsning  metodik  ishlanmasidan 

farqli  ularoq,  ta`lim  texnologiyasi  o`quvchilar  faoliyatiga  nisbatan  yo`naltirilgan  bo`lib,  u 

o`quvchilarning shaxsiy hamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, 

o`quv  materiallarini  mustaqil  o`zlashtirishlari  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratishga  xizmat 

qiladi. 


Pedagogik  texnologiyaning  markaziy  muammosi–o`quvchi  shaxsini  rivojlantirish 

orqali ta`lim maqsadiga erishishni ta`minlashdan iborat. 

Mazkur banda ta`lim texnologiyasi va uning mohiyati borasida so`z yuritamiz. 

«Ta`lim  texnologiyasi»  hususida  yaratilgan  adabiyotlarda  Ushbu  tushunchaga  berilgan 

ta`riflarga asoslangan holda biz ushbu tushunchani quyidagicha sharxlashga jur`at etdik: 



Pedagogik  texnologiya  muayyan  loyiha  asosida  tashkil  etiladigan,  aniq  maqsadga 

yo`naltirilgan  hamda  ushbu  maqsadning  natijalarini  kafolatlovchi  pedagogik  faoliyat 

jarayonining mazmunidir. 

Pedagog  olim  V.P.Bespal`ko  pedagogik  tizimning  pedagogik  texnologiyaning  asosi 

ekanligini e`tirof etgan holda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta`kidlaydi: 

1) o`quvchi; 

2) ta`lim – tarbiyaning maqsadi; 

3) ta`lim – tarbiya mazmuni; 

4) o`quv jarayoni; 

5) o`qituvchi yoki texnik vositalar; 

6) ta`lim – tarbiyaning tashkiliy shakllari 

 


Xalq  xo`jaligining  moddiy  ishlab  chiqarishga  asoslangan  sohalarida  qo`llanilayotgan 

texnologiyalar  mohiyatini  o`rganish  hamda  muammo  doirasida  nashr  etilgan  risolalar  mazmuni 

bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta`lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to`g`risidagi 

fan  ekanligini  e`tirof  etish  imkonini  berdi.  Pedagogik  texnologiyaning  qo`yidagi  tarkibiy 

unsurlari uning asosini belgilashga xizmat qiladi.  

 

 



Ta`lim jarayonining umumiy 

loyihasi 

Ta`limni tashkil etishga bo`lgan 

ijtimoiy ehtiyoj 

Ta`lim maqsadi 

Ta`lim mazmuni, shakl, metod, usul 

va texnika 

 

Pedagogik 



texnologiyaning 

tarkibiy unsurlari 

O`quvchi faoliyati 

O`qituvchi faoliyati 

 

 

Ta`lim natijasi 



 

Yuqoridagi  fikrlarga  muvofiq  ta`lim  texnologiyasining  tarkibiy  tuzilmasi  tasfirda 

quyidagicha namoyon bo`ladi. 

 

 



 

 

Shakl 



 

 

 



 

 

Metod 



 

Ijtimoiy 

extiej 

(rakobat) 



 

Ta`lim 


maksadi 

 

Ta`lim 



mazmuni 

 

Usul 



 

Ta`lim 


oluvchi 

 

Ta`lim 



beruvchi 

 

natija 



 

 

 



Texnik 

vositalar 

 

 

 



 

Bizga  yaxshi  ma`lumki,  tarbiya  jarayoni  uzoq  muddatli,  murakkab  uzluksiz  bo`lib,  u 

o`ziga  hos  hususiyatlarga  ega.  Garchi  zamonoviy  ta`lim  texnologiyasi  o`quvchining  talim 

jarayonidagi  etakchilik  rolini  eplayotgan  bo`lsa-da,  tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchi  asosiy 

mavqeyni egalliy olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash etarlicha shakllanmagan bo`lib, u 

bu borada tarbiyachining erdamiga ehtiyoj sezadi. Shu boys tarbiya texnologiyasi ham mantio`iy, 

ham tarkibiy jihatdan ta`lim texnologiyasidan farq qiladi.                   

  

 



 

 

 



Shakl 

 

 



 

 

Metod 



Ijtimoiy extiyoj 

(raqobat) 

Tarbiya 

maqsadi 


Tarbiya 

mazmuni 


Usul 

Tarbiya 


beruvchi  

Tarbiya 


oluvchi 

Natija 


 

Texnik 


vositalar 

 

 



 

 

Tarbiya jarayoni 



 

 

Tarbiya jarayonining texnologik loyixasi 



 

Pedagogik texnologiyani qo`llash jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 

 

Pedagogik jarayonga nisbatan texnologik yondashuv asosida hal etuvchi vazifalar 

 

Ta`lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyixasini ishlab chiqish 



 

Ta`lim (tarbiya) jarayonida hal etilishi lozim bo`lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash 

 

Ta`lim (tarbiya) jaraeni mohiyatini bashoratlash (taxmin kilish) va uning mazmunini ishlab 



chiqish 

 

Ta`lim (tarbiya) jarayoni samaradorligini ta`minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul 



shakl, metod, usul hamda texnik vositalarni tanlash 

 

Ta`lim jarayonida uquvchining erkin, mustaqil faoliyat ko`rsatishi uchun muayyan shart-



sharoitlarni yaratish, ularda ma`lum ko`nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt 

urnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash 

 

o`quvchilar faoliyatini yunaltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish 



 

Ishlab chikilgan pedagogik texnologiya loyixasini jamoada sinash, maqsadning natijalanganlik 

darajasini tahlil etish 

 

Pedagogik  texnologiyaning  nazariy  asoslari  umumpedegogik,  hususiy-metodik  hamda 



lokal  (modul)  bilimlarga  asoslanadi.  Shu  bois  pedagogik  xodimlar,  shuningdek,  bulg`usi 

o`qituvchilar  o`z  faoliyatlarida  pedagogik  texnologiyadan  foydalanishni  o`z  oldilariga  maqsad 

qilib  qo`ygan  bo`lsalar,  yuqorida  qayd  etilgan  bilimlarni  puxta  uzlashtira  olishlari  lozim.  Zero, 

pedagogik  texnologiya  puxta  uzlashtirilgan  pedagogik  bilimlarga  tayanilgan  holda  tashkil 

etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

4 



Zamonaviy dasturiy ta`lim 

(2-saat) 

                                  ReJA: 



1. An`anaviy-dars texnologiyasining belgilari, tamoyillari 

2. An`anaviy ta`lim mazmuni va uning o`ziga hos hususiyatlari 

3. An`anaviy ta`limning sifatlari 

  

Ta`limni  modernizatsiyalashtirish  ta`lim  jarayonida  bilim,  ko`nikma,  malakalarni 

shakllandirish bilangina  hal bo`lib qolmaydi. O`quvchi shaxsining mustaqillik, tashabbuskorlik, 

javobgarlikni  his  etish,  tanqidiy  fikrlash  kabi  sifatlar  bilan  bog`lik  funktsiyalari  ta`limning 

shaxsga yo`naltirilgan tizimi vositasida amalga oshiriladi. 

Bunda  o`quvchi  ta`lim  tizimiga  moslashtirilmay,  aksincha,  ta`lim  tizimi  turli  shaxsga  xos 

barcha xususiyatlari (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy fikrlarning mutloq uziga hos 

tizimga ega bo`lishi, o`z-o`zini tasdiqlash ehtiyojining mavjudligi va boshqalar) ni hisobga olgan 

holda,  o`quvchiga  uning  o`ziga  hosligi  (individualligi)ni  rivojlantirish  imkonini  berish,  uning 

o`z-o`zini  rivojlantirishi,  namoyon  etishi  uchun  sharoit  yaratish  lozim.  Zero,  har  qanday 

o`quvchi o`ziga va faqat o`ziga gina hos takrorlanmas tabiati, xarakter hususiyatini faollashtirish 

va namoyish etishga intiladi. 

Ta`limda o`quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv bu tizimning kontseptsiyasini tashkil etib, 

bunda  shaxs  «sub`ekti»  kategoriyasi  erkinlikka  intilish,  o`z-o`zini  rivojlantirish,  yaxlitlik, 

mustaqil  o`qish,  o`zligini  namoyon  etish  va  faollashtirish  hususiyatlari  asosida  anglashiladi, 

o`quv  jarayoni  hamda  uning  tarkibiy  qismlari-maqsad,  mazmun,  metod,  shakl,  usul,  vositalar 

o`quvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo`lgan, uning shaxsiy tajribasi maxsuli sifatida tadbiq 

etiladi. 

Ta`lim-tarbiya  asosida  shaxsning  intensiv  rivojlanishi,  moddiy-ma`naviy  qadriyatlarni 

uzlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati natijasida amalga oshadi. 

Agar  o`quvchi  o`quv  faoliyati  mohiyatini  anglay  olmasa,  o`quv  maksadini  tan  olmaydi, 

o`qituvchi  qo`ygan  vazifalarni  tushunmaydi  va  qabul  qilmaydi,  u  tomonidan  sodir  etiladigan 

barcha  hatti-harakatlar  majburiyat  va  ta`zik  ostida  sodir  bo`ladi,  uning  bilimlari  rasmiy 

xarakterga,  pedagogning  faoliyati  esa  rasmiyatchilik  mazmuniga  ega  bo`ladi.  Bilim  ularni 

amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi.  Bu darslik mazmunidan 

ba`zi  ilmiy  ma`lumotlarni  shunchaki  ko`r-ko`rona  yodlab  olish  bo`lmay,  balki  o`quvchining 

shaxsiy, sub`ektiv tajribasiga asoslangan haqiqiy bilimlar bo`ladi. 

Inson  ongi  hamisha  sub`ektiv  mohiyatga  egadir.  O`quvchi  muayyan  bilimlarga  nisbatan 

befarq  bo`lmay,  bilimlar  uning  uchun  shaxsiy  mazmunga  ega  bo`lsagina  puxta  o`zlashtiriladi. 

O`qituvchi bunga o`qvchida o`quv predmetiga nisbatan qadriyatli, ijobiy sub`ektiv munosabatni 

tarkib toptirish natijasida erishadi. 



O`quvchining  ruxiy  hususiyatlarini  o`rganish  o`zlashtirilayotgan  bilimlarning  o`quvchiga 

shaxsan qiziqarli va kerakli bo`lishi zarurligi, aks holda ular shubxasiz rad etilishini ko`rsatadi. 

Bu  holat  obrazli  ifodalansa,  individual  tafakkurda  bilimlar  sub`ektivlashadi,  o`ziga  hos 

individual  jihatlarga  ega  bo`ladi.  Teskari  jarayonda  individual  tasavvur  va  shaxsiy  fikrlar 

ob`ektiv ahamiyat kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtay nazarlarning tuqnashuvi, baxs-munozara, 

o`zaro  hamkorlikdagi  faoliyat  natijasida  o`zlashtiriladi,  bu  esa  o`quv  jarayonini  noan`anaviy 

usulda tashkil etishning muhim shakllari (baxs-munozara, o`zaro hamkorlik)ni talab etadi. 

Shunday  qilib,  faoliyat  shaxs  rivojlanishining  asosiy  substantsiyasi  hisoblanadi.  Shaxs 

faoliyati  uning  ichki  xissiyotlari  bilan  bog`lik.  Shaxs  motiv,  hissiyot  va  shaxsiy  fikr  vositasida 

namoyon bo`ladi. 

O`qituvchi  o`z  darsida  o`quvchilar  tafakkurini  rivojlantirishga  xizmat  qiluvchi  usullardan 

foydalanib  shunday  shart-sharoitlarni  tarkib  toptirishi  lozimki,  natijada  o`quvchi  uchun  dastlab 

neytral bo`lgan ob`ekt kutilmaganda sub`ektiv hususiyat kasb etsin. 

O`quv materiali mazmuni avval o`qituvchi tomonidan ijodiy qayta ishlanadi va o`quvchini 

qiziktiradigan,  uning  shaxsiy  tajribasiga  mos  keladigan,  uni  fikrlashga  undaydigan  jihatlar 

belgilanadi. 

Bir  qarashda  zerikarli  tuyuluvchi  matematik  yoki  geografik  ma`lumotlar  agar  o`quvchi 

shaxsga  bevosita  taaluqli  bo`lsa,  uning  hayotiy  va  shaxsiy  tajribalarga  muvofik  kelsa,  u  holda 

ahamiyatli  xususiyat  kasb  etadi.  Ushbu  holatda  o`quv  vaziyatlari  shaxs  uchun  ahamiyatli 

vaziyatga,  o`quv  axborotlari  o`quvchi  uchun  muhim  hodisaga  aylanadi.  O`quvchi  o`zini  ushbu 

hodisaning ijodkori deb hisoblay boshlaydi. 

Matematik  topshiriqlar  o`quvchi  yashayotgan  xo`jalikda  qo`llanilayotgan  rentabellik, 

ishlab  chiqarish  mehnati,  foyda,  kredit  kabi  zarur  hayotiy  tushunchalarga  asoslanib 

shakllantirilgan  bo`lsa,  o`quvchi  ularni  o`zi  uchun  ahamiyatli  bilimlar  sifatida  qabul  qiladi. 

O`quvchi  o`qituvchi  bilan  hamkorlikda  topshiriqni  echish  yo`llarini  izlaydi,  natijada  sof 

matematik  o`quv  maqsadlariga  erisha  boradi.  O`quv  faoliyatining  tabiiy  tashkillashtirilishi 

tufayli  o`quvchi  foiz,  proportsiya,  tenglashtirish  asosida  topshiriqlarni  echish  ko`nikmalarini 

egallaydi. 

Shaxsga  yo`naltirilgan  o`quv  vaziyatlari  o`quvchi  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  usul  va 

metodlari bilan uzviy bog`lik.  

Bu  usullar  muammoli  -  izlanish,  tadqikot,  dialogik  munosabat  metodlari  (dialog,  evristik 

suhbat, munozara, guruxli ish turlari va boshqalar)dan iborat. 

Shuningdek,  o`quv  mashgulotlarining  turlari  ham  turlichadir.  Alohida  e`tibor  dialogik 

munosabat  va  tadqikot–izlanish  metodlariga  qaratiladi,  shuningdek,  ko`rgazmali–tasviriy  va 

reproduktiv metodlar ham rad etilmaydi, albatta. 


Noan`anaviy darslar (uyin-dars, teatrlashtirilgan dars) bilan tatqiqot, izlanish mashgulotlari, 

seminarlar kabilar ham tashkil etiladi. 

Bunday  mashgulotlarning  mazmuni  va  mavzusi  bevosita  shaxs  faoliyatiga  yondashuv 

kontseptsiyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy 

tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu o`rinda o`quv faoliyatiga rag`bat 

uyg`otish,  uni  bilim  egallashga  yo`naltirilsa,  ular  ta`limning  shakl  va  usullari,  shaxs  bilimi, 

tajribasi va hissiyotlarining asosiy manbayi sifatida namoyon bo`ladi. 

Tadqiqot-izlanuvchanlikka  yo`naltirilgan  mashgulotlar  texnologiyasida  markaziy  o`rinni 

shaxsiy vaziyat  egallaydi, u o`quvchini imkon qadar ko`proq topshiriklarni bajarishga jalb  etib, 

individual yoki jamoa bo`lib topshiriqlarning javoblarini topishga undaydi. 

Bunday  mashgulotlarning  asosiy  maqsadlaridan  biri  topshiriq  sifatida  qo`yilgan 

muammolarga  o`quvchining  o`zi  javob  topishini  ta`minlashdir.  O`quvchining  javoblari 

o`qituvchi  yoki  o`rtoqlarining  javoblariga  mutlaqo  uxshamasa-da,  biroq,  o`quvchi  uz  javobidan 

ko`nikish  hosil  qilsin,  muammo  echimini  shaxsan  o`zi  topa  olganidan  g`ururlana  olishi 

muhimdir. 

An`anaviy  ta`lim  mohiyatiga  ko`ra  o`qituvchi  tomonidan  berilgan  topshiriq  va  savollar 

o`quvchini o`qituvchi tanlagan, o`zi esa mutlaqo notanish tarzda fikrlashga majbur qiladi. 

Aksincha,  o`qituvchilar  ko`z  ungida  topshiriqni  shakllantirar  ekan,  ularni  topqirlikka 

asoslangan  qiziqarli  echimlar  vositasida  echimni  topishga  undaydi.  Bunday  mashg`ulotlarda 

qo`llaniladigan 

metodlar 

o`qituvchining 

bolalar 

bilan 


hamkorlik 

munosabatlariga, 

uquvchilarning  o`z  bilimlarini  o`zlari  mustaqil  rivojlantirish,  axborot  va  ilmiy  ma`lumotlarga 

tanqidiy  munosabatda  bo`lishi,  plyuralizm  hamda  o`zgalar  fikriga  hurmat  bilan  yondashish 

kabilarga asoslanadi. 

Ushbu  texnologiyaning  asosiy  jihati  ma`lumotlarni  etkazish  va  o`zlashtirishgina  bo`lmay, 

balki  o`quvchilarda  mashg`ulot  jarayonida  tatqiqot  olib  borish,  izlanuvchanlik  ko`nikmalarini 

shakllantirishdan  iborat.  Tadkiqot-izlanuvchanlik  yo`nalishidagi  mashgulotlarga  hos  ta`lim 

texnologiyasi quyidagi algoritmlarga bo`ysinadi: 


Download 440.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling