O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 485.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.12.2017
Hajmi485.95 Kb.
#22603
1   2   3   4   5   6   7

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 

1.Psixodiagnostika fanining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz? 

2.Individual farqlar deganda nimani tushunasiz? 

3.Birlashtirilgan testlar qanday yaratilishga ega? 

4.Xozirgi davrda psixodiagnostika fanining rivojlanishiga o`z xissalarini qo`shgan  

   psixologlarning nomlarini keltiring? 



Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

7.

 



Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

8.

 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 



“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

9.

 



Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

10.

 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 



11.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

12.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 

 

3-ma`ruza 

Mavzu: Psixodiagnostik metodikalar klassifikatsiyasi 

(2-soat) 

Reja: 

1.

 



Diagnostik metodikalar tiplari. Metodika namunalari. 

2.

 



Testlar klassifikatsiyasi. Psixodiagnostik tadbirlarni shakli va ko`rinishlari.  

3.

 



Test metodlarini muammoli aspektlari. Test metodlarini boshqalardan farqlovchi belgilar 

va mohiyati 



 

Tayanch tushunchalar. 

Diagnostik 

metodikalar 

tiplari. 

Metodika 

namunalari. 

Testlar 

klassifikatsiyasi. 

Psixodiagnostik tadbirlarni shakli va ko`rinishlari. Test metodlarini muammoli aspkektlari. Test 

metodlarini  boshqalardan  farqlovchi  belgilar  va  mohiyati.  Test  va  psixologik  eksprement.  Test 

va boshqa diagnostik metodlar. 

 

 

Diagnostik metodikalar tiplari. Metodika namunalari. 

Maktabda o`qishga tayyorlikni bildiruvchilar quyidagichadir.  



 

a)psixik  jarayonlarning  ixtiyoriyligi:  b)aqliy  ish  qobiliyatining  etarlicha  davomiyligi: 



v)yangi  bilim  va  malakalarni  maqsadga  yo`naltirilgan  ravishda  o`zlashtirish  imkoniyati: 

g)borlikni  bilishga  qiziqishning  mavjudligi:  d)tevarak-atrofdagi  voqea  va  xodisalarni 

umumlashtira olish: e) fikrlay olish va boshqalar. 

Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar o`quv tarbiya jarayonida turli 

didaktik vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. 

Eksperimental  tadqiqot  sharoitda  yuqoridagi  belgilarning  mavjudligi  so`zli,  predmetli 

va  psixometrik  metodikalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Xar  bir  konkret  xolda  olingan 

ma`lumotlarni sifatiy taxlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog`lash 

zarur. 

Psixologik  diagnostikada  metodikalarning  ishonchliligi  muhim  xisoblanadi.  Soddaroq 



qilib 

aytganda, 

bu 

tushuncha 



«`testda 

olingan 


natija 

nechog`liq 

to`g`riligini 

ko`rstadi»`.(A.Anastazi).  Xar  qanday  metodikaning,  testning  ishonchligi  o`rganilayotgan 

psixologik  xususiyatlarining  ularda  aks  etishi  nuqtai  nazaridan  to`g`ri  qo`llashni 

xarakterlaydigan 

ma`lumotlar 

majmui 


sifatida 

qaralmog`i 

kerak 

(L.Burlachuk, 



S.M.Moroz,1989). 

3.2.Testlar klassifikatsiyasi. Psixodiagnostik tadbirlarni shakli va ko`rinishlari. 

Shunday  qilib,  maqsadga  muvofiq  tanlangan  metodika  va  testlar  psixik  faoliyat 

ko`rinishlarini to`liq  va har tomonlama o`rganish imkonini beradi. 

Bolalar  ustida  psixologik  tadqiqotlar  o`tkazish  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki, 

qo`llanilayotgan  psixodiagnostika  metodikalarini  shartli  ravishda  u  yoki  bu  psixik  jarayonlarni 

o`rganish 

metodikalariga 

ajratish 

mumkin. 

(L.N.Poperechnaya, 

1978, 

L.A.Venger, 



V.V.Xolmavskaya,  1978,  Z.I.Kal`mikova,  1982,  V.M.Bleyxer,  I.V.Kruk,  1986).  Masalan,  bola 

xotirasi  haqida  faqat  bir  metod  asosida  xulosa  chiqarish  mumkin  emas,  buning  uchun 

metodikalar majmuini  qo`llash kerak. 

Shu  bilan  bir  vaqtda,  har  bir  eksperimental  metodikalar  o`zining  asosiy  yo`nalishidan 

tashqari  (ya`ni  shaxsning  ma`lum  xususiyatini  o`rganishdan  tashqari)  psixikaning  boshqa 

xususiyatlari xolati haqida ba`zi ma`lumotlarni beradi. 

Masalan:  bolalarga  berilgan  10ta  so`zni  qanday  yodlashiga  qarab,  faqat  uning  xotirasi 

haqidagina  emas,  balki  ixtiyoriy  diqqati,  xarakatlarining  maqsadga  qanday  yo`nalganligi, 

ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi. 

Tarbiyachi–tadqikotchi  uchun  u  yoki  bu  metodikani  tanlaganida  ko`rsatmani  salgina 

o`zgartirganda metodikaning yo`nalishi o`zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. 

Topshiriqni  bajarishga  kirishishdan  oldinroq  bolaga  unga  bo`lgan  ko`rsatmani  to`g`ri 

tushunganligiga  ishonch  xosil  qilish  kerak.  Bajarilayotgan  topshiriqning  muvaffaqiyati  ko`p 

hollarda shunga bog`liq bo`ladi. 

Psixologik–pedagogik  tadqiqotning  sifati  ekserimental  qo`llaniladigan  metodikalar 

soniga  bog`liq  bo`ladi.  Lekin  bog`cha    va  maktab  yoshidagi  bolalarda  tadqiqot  o`tkazganda, 

ularning tez charchashini xisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqotda tadqiqot vazifalariga 

bog`liq  ravishda    tanlangan  5-7metodikadan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Bir  necha  bosqichda 

o`tkaziladigan  tadqiqotlarda  ko`proq  metodikalardan  ham  foydalanish  mumkin.  Eksperimental 

tadqiqot  usullarini  yaxshi  egallash  ham  muhimdir.  Tadqiqotchi  tajriba  vaqtida  bola  bilan 

qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi. 

 

Test metodlarini muammoli aspkektlari. Test metodlarini boshqalardan farqlovchi 

belgilar va mohiyati 

Tadqiqot  o`tkazish  uchun  eksperimental  metodikalarni  tanlashda  qo`yidagilarni 

e`tiborga olishi zarur. 

a) tadqiqot maqsadi - psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning  yoshga,  ma`lumotiga 

mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash: 

b)sinaluvchining  yoshi  va  uning  xayot  tajribasi,  uning  ta`lim  va  tarbiyasi  amalga 

oshirilayotgan sharoit: 


 

10

v)bolaning  eksperimental  tadqiqotga  moslashishi,  muloqatga  kirishishi,  verbal  aloqa  



o`rnatish xususiyatlari. 

Tanlangan  ekserimental  psixologik  metodikalarni  bolaga  qiyinligi    o`sib  borishi 

darajasida   berish kerak. 

Bolani ekserimental - psixologik o`rganish sxemasi. 

 

Tadqiqotga tayyorlanish, tadqiqot, maqsad va vazifalarni aniqlash. 

 

 

Bola  bilan  suhbatlashish,  ijobiy-xissiy  aloqa  o`rnatish,  topshiriqlarni  bajarish  motivatsiyasini 



shaklantirish. 

 

 



EKSPERIMENT 

Ko`rsatma berish 

Kuzatish 

Psixik  faoliyat  maxsullarini  taxlil 

qilish. 

 

 



 

Ekseriment vazifalarini bajarish 

Tadqiqot  qarorini  yozib 

borish 


Xotima qismini tayyorlash, xulosalar. 

 

Tajriba  jarayonida  tadqiqotchi  bola  nimadan  qiynalayotganligini  aniqlaydi  va  unga 



yordamlashadi.  Ko`rsatmaga  kiritilgan  barcha  qo`shimcha  va  o`zgartirishlar  haqidagi  barcha 

ma`lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo`yiladi. 

 

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 

1.

 



Diagnostik metodikalar tiplari va namunalari qanady bo`ladi? 

2.

 



Testlar klassifikatsiyasini aytib o`ting. 

3.

 



Psixodiagnostik tadbirlarni shakli va ko`rinishlari haqida. 

4.

 



Test metodlarini muammoli aspkektlari haqida. 

5.

 



Test metodlarini boshqalardan farqlovchi belgilar va mohiyati haqida. 

6.

 



Test va psixologik eksprement. Test va boshqa diagnostik metodlar haqida.. 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

13.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

14.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

15.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

16.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

17.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

18.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 



 

 

 

11

4-ma`ruza 



Mavzu: Kichik shakldagi metodlar 

(2-soat) 

Reja: 

1. Kuzatish metodi.  

2. Suhbat. 

3. Faoliyat mahsulini o`rganish metodi (kontent-analiz). 



 

Tayanch tushunchalar. 

Kuzatish metodi. Suhbat, faoliyat mahsulini o`rganish metodi (kontent-analiz). 



4.1. Kuzatish metodi 

Kuzatish  metodi  ijtimoiy  psixologiyada  o`ziga  xos  ijtimoiy  sharoitlarda,  o`ziga  xos 

vaziyatlarda va ma`lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, 

qanday  yo`l  bilan  kuzataman,  kuzatuv  birligi  qilib  nimani  olaman,  kuzatuvni  qancha  vaqt 

mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini 

boshlaydi.  Demak,  kuzatish  metodi  yordamida  aniq  ishlab  chiqilgan  reja  asosida  kuzatuvchini 

qiziqtirgan  u  yoki  bu  ijtimoiy  xulq-atvor  shakllari  qayd  etiladi.  Bu  uslub  qo`llanilganda 

tadqiqotchi  bir  qancha  qoidalarga  rioya  qilishi  lozim.  Chunonchi,  kuzatish  maqsadining  aniq 

bo`lishi  va  uning  ilmiy  maqsadlarga  mos  kelishi:  kuzatish  shaklini  tanlash  va  kuzatish 

natijalarini  qayd  etish  usullarini  ishlab  chiqish;  ma`lum  reja  –  sxema  asosida  muttasil  kuzatuv 

olib borish; olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib 

ko`rish.  Kuzatish  kuzatuvchi  tamonidan  kuzatish  ob`ekti  bo`lmish  odamlar  guruhi  bilan  birga 

yashab, ularga ko`shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma`lumot to`plansa, bunday kuzatish turini 

“birgalikdagi  kuzatuv”  deb  ataladi.  Bunday  kuzatishning  klassik    misoliga  amerikalik  ijtimoiy 

psixologik  U.Uaytning  o`smirlar  psixologiyasi,  ular  guruhidagi  ijtimoiy  psixologik  hodisalarni 

o`rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o`z 

ob`ektini  chetdan  kuzatadi,  shuning  uchun  ham  bunday  kuzatuv  turi  “chetdan  kuzatuv”  yoki 

“ob`ektiv kuzatish” deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo`lgani kabi tashqi xulq –

atvorni qayd qilish natijasida ma`lumot to`plashga asoslanadi. Bunday yo`l bilan ilmiy faktlarni 

isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham ijtimoiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. 

Bizning  fikrimizcha,  ijtimoiy  psixologik  treninglar  sharoitida  har  bir  shaxsning  xulq-atvorini 

kuzatish  muhim  ma`lumotlar  to`plashga  yordam  beradi,  chunki  bunda  kuzatish  metodiga  xos 

bo`lgan eng qimmatli narsa – sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi. 

4.2. Suhbat. 

So`roq  metodlari.  So`roq  metodlari  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarda  keng  qo`llaniladi, 

ayniqsa, anketa so`rovi va interv`yu metodlari. Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, 

uning  yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish  mumkin bo`ladi. Unga 

kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish 

imkoniyatini  beruvchi  (ochiq  anketa)  so`rovnomalar  aniq  va  ravon  tilda  javob  beruvchilar 

tushunish  darajasiga  monand  tuzilgan  bo`lsa,  shubhasiz,  qimmatli  birlamchi  materiallar 

to`planadi. 

So`roqning  ham  erkin  va  standartlashtirilgan  shakllari  mavjud  bo`lib,  birinchisida 

oldindan  nimalar  so`ralishi  qat`iy  belgilab  olinmaydi,  ikkinchi  shaklida  esa,  xattoki, 

komp`yuterda  dasturiishlab  chiqilib,  minglab  odamlarda  bir  xil  talablar  doirasida  so`roq 

o`tkazilishi nazarda tutiladi. 

Bu metodlarni qo`llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu erda doim 

shaxslararo o`zaro munosabatlar, o`zaro ta`sir shakllari mavjud bo`lib, tadqiqotchining sub`ektiv 

munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Tadqiqot mobiynida shaxslararo idroq va sub`ektiv 

bir-birini  tushunishga  qaratilgan  barcha  qonuniyatlar  ishlaydi.  Shunga  qaramay,  juda  ko`p 

ijtimoiy psixologik ma`lumotlarni to`plashda so`roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib 

kelinmoqda. 



 

12

Shunday  qilib,  so`roq  metodlari  tadqiqotchi  bilan  tekshiriluvchining  bevosita  –(suhbat, 



interv`yu)  yoki  bilvosita  (anketa)  muloqoti  tufayli  birlamchi  ma`lumotlar  to`plash  usulidir. 

Odamlar tilidan yozma yoki og`zaki tarzda olingan fikrlar ma`lumotlarning manbai bo`lib xizmat 

qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki interv`yu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o`zaro fikr 

almashinuviga  qaratilgan  muloqotdir.  Chunki  suhbatdan  farqli,  interv`yu  aniq  muammo 

doirasida,qat`iy  bir  yo`nalishda  olib  boriladi.  Interv`yu  oluvchi  suhbatdoshga  nisbatan  neytral 

mavqeda bo`lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz`yiq o`tkazmasligi lozim. 

Interv`yu  jarayonining  samarali  kechishi  uchun  suhbatdoshda  o`ziga  nisbatan  ijobiy  munosabat 

shakllantirib, birinchi so`zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir. 



4.3. Faoliyat mahsulini o`rganish metodi (kontent-analiz). 

Hujjatlarni  o`rganish  metodi  sotsiologiya  fanidan  kirib  kelgan.  Bu  metodning  qator 

afzalliklari  bor.  Ulardan  muhimlari  shundan  iboratki,  u  faoliyatining  mahsulini  tekshirishga 

imkon  beradi  hamda  to`plangan  ma`mumotlarning  ishonchliligi,  matematik  qayta  ishlash 

imkoniyatining  borligi  bilan  ajralib  turadi.  Materiallarni  ma`naviy  jihatdan  ham  sifat,  ham 

miqdoriy  analiz  qilinish  usuli  ijtimoiy  psixologiyada  kontent-analiz  deb  ataladi.  Kontent-

analizning  ilmiy  mohiyati  shuki,  uning  yordamida  biror  matnda  ma`lum  fikr,  g`oya  yoki 

tushunchalarning  necha  marta  qaytarilishi  qayd  etiladi,  ya`ni  ma`lum  mazmun  miqdor 

ko`rinishiga  keltiradi.  Bu  metodning  asoschilari  amerikalik  sotsiologlar  X.Lassuell  va 

B.Berel`sonlar  bo`lib,  ular  bu  usulni  birinchi  marta  ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  bir  siyosiy 

gazetaning  mazmuni,  uning  g`oyaviy  yo`nalishini  aniqlash  maqsadida  qo`llagan  edilar.  Ular 

“haqiqiy  amerikalik”  nomli  gazetaning  kundalik  chiqishlarini  kontent-analiz  qilib,  ularni 

fashistik  yo`nalishidagi  gazeta  ekanligini  isbot  qilishgan  va  uning  chiqishini  ta`qiqlashga 

erishgan edilar. 

Kontent-analizni  qo`llashda  tadqiqotchi  oldida  turgan  asosiy  muammo  bu  tekshiruv 

birliklari  –  kategoriyalarni  aniqlashdir.  Chunki  bunday  birliklar  tadqiqotning  maqsadi  va 

tadqiqotchining  e`tiqodi  va  dunyoqarashiga  ko`ra  har  xil  bo`lishi  mumkin.  Masalan,  kontent  – 

analizning  asoschilari  Lassuell  va  Berel`sonlar  bunday  birlik  –  ramziy  birlik  yoki  simvollar 

bo`lishi mumkin, deb hisoblashgan bo`lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L.Lovental` bunday 

birlik yaxlit mavzu bo`lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda ilmiy 

taxmin  va  tadqiqotchining  metodologik  asoslari  bilan  belgilanishi  kerak.  Shuning  uchun  ham 

ko`pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb 

hisoblaymiz: 

A) alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik 

tashabbus, hamkorlik va hokazo); 

B)  yaxlit  abzatslar,  matnlar,  maqolalar  va  shunga  o`xshashlarda  ko`tarilgan  mavzular 

(masalan,  millatlararo  munosabatlar  mavzusi,  insonlardagi  milliy  qadriyatlar  mavzusi  va 

hoqazo); 

V) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; 

G)  ijtimoiy  hodisa,  rasmiy  hujjat,  biror  aniq  fakt,  asar  (masalan,  oilaviy  mojarolar, 

o`zbekiston  Konstitutsiyasi  muhokamasi,  yangi  yozilgan  asarga  o`kuvchilarning  munosabati  va 

shunga o`xshash). 

Yaxshi  o`tkazilgan  kontent-analiz  aslida  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarda  juda  katta 

ahamiyatga  ega.  Kontent-analiz  tadqiqotchidan  kattagina  o`kuvni  talab  qiladi,  chunki 

birtomondan,  u  yoki  bu  matnni  tushunish  mahorati  bo`lishi  kerak,  ikkinchi  tomondan,  tadqiqot 

so`ngida  qo`lga  kiritilgan  miqdoriy  birliklarni  yana  qayta  sifat  formasiga  keltirish  lozim,  ya`ni 

tushuntirib berish kerak. 

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1. Kuzatish metodi turlari qanday?.  

2. Suhbat metodi haqida aytib Bering. 

3. Faoliyat mahsulini o`rganish metodi qanday? 

4. Kontent-analiz metodini tushuntiring.. 



 

13

 



Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

19.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

20.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

21.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

22.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

23.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

24.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 



 

 

5-ma`ruza 

Mavzu: Metodikalarni  tekshirish va tuzilishiga psixometrik talablar 

(4-soat) 

Reja: 

1.

 



Metodikalarga qo`yiladigan talablar test o`tkazish jarayonini sifatini tanqidiy baholash.  

2.

 



Standartlashtirish ishonchlilik testni ishonchliligigini baholash.  

3.

 



Validlik, psixologik testlarning validligini baholash.  

4.

 



Differentsial psixometrika. Psixodiagnostik metodlardagi aniqlik. 

 

Tayanch tushunchalar. 

Metodikalarga  qo`yiladigan  talablar  test  o`tkazish  jarayonini  sifatini  tanqidiy  baholash. 

Standartlashtirish  ishonchlilik  testni  ishonchliligigini  baholash.  Validlik,  psixologik  testlarning 

validligini baholash. Differentsial psixometrika. Psixodiagnostik metodlardagi aniqlik. 



 

5.1.Metodikalarga qo`yiladigan talablar test o`tkazish jarayonini sifatini tanqidiy 

baholash. 

Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so`z orqali ifodalaganda sub`ektivlik holatlari bo`lishi 

muqarrar,  bunday  sub`ektivlik  holatlari  muddatidan  avval  xulosa  chiqarishda,  asoslanmagan 

umumlashtirishlarda  namoyon  bo`ladi.  Sifat  jihatdan  o`rganilayotgan  psixik  hodisa  va 

jarayonlarni tavsiflashda ular o`rtasidagi farq va o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to`la holda 

ta`riflashda  qiyinchilik  tug`diradi.  Bunday  tahlil  kuzatish  va  tajriba  natijalarida  qay  darajadagi 

xatolar bo`lishi mumkinligini aniq ko`rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy 

tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo`llaniladi. Ana shunda sub`ektivlik holatlariga barham berilib, 

shakllantirilgan  hukm  va  xulosalar  tadqiqotchi  shaxsiyatiga  bog`liqlikdan  xalos  bo`ladi, 

natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi.  

Psixolog  uchun  kuzatish  va  tajriba  natijalarini  statistik  metodlar  yordamida  aniqlashni 

bilish juda muhimdir. 



Psixologiya matematik fan bo`la oladimi? 

 

Psixologiyani matematikalashtirish - uning barcha sohalariga tarqaladi. Psixologiya yaqin 



kelajakda qay darajada eksperimental fan bo`lsa, shu darajada matematik fan ham bo`lib qoladi. 

5.2.Standartlashtirish ishonchlilik testni ishonchliligigini baholash 

 

Metodikaning yana bir muhim xususiyati uning ishonchliligi bo`lib, ushbu metodikaning 



o`lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo`ladi.  

 

Metodikaning  ob`ektivligi  o`lchash  natijalarining  undan  foydalanuvchi  shaxsga  bog`liq 



emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini tekshirish maqsadida turli statistik 

o`lchovlardan foydalanish mumkin bo`ladi.  



       Har qanday metodikadan ham tajriba jarayonida foydalanish  mumkinmi? 

 

14

O`lchov  nazariyasi  fikricha  psixologiyada  qo`llaniladigan  barcha  o`lchov  usullari 



psixologik o`lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir.  

Ko`pchilik psixologlar fikricha shkalalashtirish-psixik jarayon va holatlarni o`lchash uchun 

qo`llaniladigan  eksperimental  va  matematik  usullar  yig`indisidan  iboratdir.  Ko`pincha 

shkalalashtirishga o`lchash so`zi sinonim qilib quyiladi.  



5.3.Validlik, psixologik testlarning validligini baholash 

            Psixologiyani matematikalashtirishning ahamiyati qanday? 

Tadqiqot metodikasini tanlashdan avval eksperimentator nimani o`rganayotgani, olingan 

natija  amaliy  va  tadqiqotchilik  vazifasi  talablariga  mos  kela  olishini  tasavvur  qila  olishi  kerak 

bo`ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi, ishonchliligi va ob`ektivligini isbotlash uchun 

zarur  bo`ladi.  Metodikaning  validligi  deganda  uning  tadqiqot  predmetiga  adekvatligi  (mosligi) 

tushuniladi.  Miqdoriy  validlik  ushbu  metodika  natijalari  bilan  tashqi  o`lchovlarning  o`zaro 

aloqasini  aniqlashda  namoyon  bo`ladi.  Masalan,  ta`limning  muvaffakiyati  –o`quvchining 

intellektual  taraqqiyoti  bilan  bog`liq  bo`ladi.  SHuning  uchun  ham  tashqi  o`lchov  sifatida  uning 

o`zlashtirishini  olish  mumkin.  Aytaylik,  talabalarning  aqliy  rivojlanishini  o`rganish  uchun  test 

topshiriqlari va o`zlashtirish bahosi o`rtasida ijobiy  aloqa mavjud bo`lsa,  qo`llanilgan metodika 

validlikka ega bo`ladi.  

 

Psixologik  jarayon,  xususiyat,  ob`ekt  va  hodisalarni  shkalalashtirish  deganda  muayyan 



qoidalar  asosida  ularni  sonlarga  tenglashtirish  tushuniladi.  Bunda  sonlarning  o`zaro  nisbati  bu 

hodisalar o`rtasidagi nisbatni aks ettirishi kerak  bo`ladi. Sonlar u  yoki bu xususiyatning modeli 

vazifasini  bajaradi.  SHu  yo`l  bilan  shkalalashtirish  psixologiyani  faktlarni  tasvirlovchi  fandan 

ayrim faktlarni oldindan aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi.  



Download 485.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling