O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 485.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.12.2017
Hajmi485.95 Kb.
#22603
1   2   3   4   5   6   7

Reja: 

1. Proektiv metodlarning mohiyati va o`ziga xosligi. 

2. Proektiv metodikalarni tuzilishi.  

3. Proektiv metodikalarni interpretatsiya qilish.  



 

Tayanch tushunchalar: 

Proektiv  metodlarning  mohiyati,  o`ziga  xosligi,  proektiv  metodikalarni  tuzilishi,  proektiv 

metodikalarni interpretatsiya qilish yo`llari, ekspressiv proektiv metodikalar, shaxsni o`rganishda 

proektiv metodikalarning qo`llanilish tartiblari. 



 

26

10.1. Proektiv metodlarning mohiyati va o`ziga xosligi. 



Proektiv  metod  oraliqdagi  o`z  darajasiga  ko`ra  psixologik  o`lcham  va  faoliyat 

mahsuldorligining  analizi  metodi  bo`lib  hisoblanadi.  Proektiv  metodning  istalgan  muolajasini 

qo`llash,  istalgan  psixologik  testni  qo`llashga  o`xshashdir,  sinaluvchidan  alohida  vazifalarni 

bajarish  so`raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to`ldirish. Eksperimentator 

uning  harakatlarini  boshqaradi,  suhbatni  olib  boradi,  vazifalarni  alohida  ketma-ketlikda 

ko`rsatadi,  ammo  an`anaviy  test  o`tkazishda  muolaja  tahlili  va  ishlanayotgan  faoliyat 

mahsulotlari tahliliga ko`proq urg`u beradi. 

L.Frenka  klassifikatsiyasiga  binoan  proektiv  metodikalar  unchalik  ko`p  emas;  «Uyning 

rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu 

chegarada  faoliyat  mahsuli  tahlili  kuzatiladi  va  tahlil  jarayonida,  boshqa  test  natijalarida  ham 

kuzatib boriladi. 

Ular  qatoriga  TAT,  Rozentsvey  testi,  Rorshaxning  «Siyoh  dog`lari»  testi,  yozuv  analizi 

kiradi. 

Barcha proektiv testlarga  quyidagilar xos: 

- Materialning yoki vazifaning  nisbatan noaniqligi. 

- «Ochiqlik» -  barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi. 

-  Mulozamatlilik  muhiti  va  eksperimentator  tomonidan  chetdan  baholashning  ishtirok 

etmasligi. 

  -Psixik  funktsiyaning  o`lchanishi  emas,  ijtimoiy  muhitga  munosabatni,  shaxsning  

xususiyati o`lchanishidir. 

Tajribaning  tashqi  sharoiti-yoritilganlik,  jimjitlik,  harorat,  ventilyatsiya  va  boshqalar  ham 

ishning  borishiga  ma`lum  tarzda  ta`sir  etishi  mumkin.  SHu  bilan  birga  tajriba  davomida  ta`sir 

etishi  mumkin  bo`lgan  tasodifiy  “qo`zg`atuvchilar”  ta`siridan  ham  tekshiriluvchini  muhofaza 

qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan 

biror  narsaning  tushib  ketishi  va  boshqalar.  Tadqiqotchi  va  yordamchilarning  bo`lishi  ham 

tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin. 

 

Tajribaning  ichki  sharoiti  tekshiriluvchiga  bog`liq  bo`lgan  vaqtinchalik  holatlar 



hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni tadqiqotga psixologik 

tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida tadqiqotchining savollariga javob berishga, 

qo`zg`atuvchi  ta`sirini  kabul  qilishga  oldindan  tayyor  turishi  kerak.  Bunday  tayyorgarlikning 

vujudga kelishi eng avvalo unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning 

uchun  ham  ko`rsatma  aniq,  lo`nda  va  tushunarli  qilib  berilishi  va  barcha  qatnashchilarga  bir 

xilda izohlanishi kerak bo`ladi. 



10.2. Proektiv metodikalarni tuzilishi. 

 

Tadqiqot  jarayonida  tekshiriluvchi  tomonidan  butun  imkoniyatlarini  maksimal  holatda 



safarbar  etishi  talab  qilinadi.  Masalan,  diqqatning  hajmini,  harakatlarning  maksimal  tezligi  va 

aniqligini  o`rganishda  bu  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Tekshiriluvchining  butun  imkoniyatini 

ishga solishi undagi motivlarning kuchi bilan bog`liqdir. 

 

Tajribaning ichki sharoitlaridan biri unga bog`liq bo`lgan qiziqishdir. Agar tekshiriluvchi 



berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajarsa, natijalar avvaldan kutilgandek bo`ladi. 

 

Tekshiriluvchining kayfiyati va umumiy fiziologik holati ham tajribaning borishiga ta`sir 



etuvchi ichki sharoitlardan biridir. Butun tadqiqot davomida tekshiriluvchining kayfiyati  yaxshi 

bo`lishi,  fiziologik  holatlarda  o`zgarishlar  bo`lmasligi  tadqiqotchi  tomonidan  nazorat  qilib 

borilishi  kerak.  YUqorida  ta`kidlab  o`tilgan  ichki  va  tashqi  shart-sharoitlarning  ta`minlanishi 

psixologik tajriba samaradorligini kafolatlaydi. 

 

Juda  ko`p  psixologik  tajribalarda  turli  apparatura  va  priborlardan  foydalaniladi.  Ba`zi 



tajribalarda  moslashtirilgan  apparaturalardan  foydalanilsa,  ayrimlari  maxsus  jihozlangan 

xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra bunday apparaturalarni:  

a) tekshiriluvchiga ta`sir qilishi kerak bo`lgan, qo`zg`atuvchi berishga moslashtirilgan;  

b)  tekshiriluvchining  javoblarini  yozib  olishga  moslashtirilgan  turlarga  ajratish  mumkin. 

Masalan,  taxistoskop-kichik  bir  vaqt  oraligida  tekshiriluvchiga  turli  qo`zg`atuvchilarni 


 

27

ko`rsatishga,  esteziometr  bir  vaqtning  o`zida  terining  ikki  nuqtasiga  ta`sir  etuvchi  taktil 



qo`zg`atuvchi berishga, xronoskop-vaqtni aniq yozib olishga moslashgan. Psixologik tajribalarda 

foydalaniladigan apparatlarning afzallik tomonlarini quyidagicha baholash mumkin: 

1.

 

Etarli darajadagi aniqlik va ishonchlilik. 



2.

 

Etarli darajadagi mustahkam tuzilmaga ega bo`lish, turli nosozliklarning bo`lmasligi. 



3.

 

Mexanizmning  ishlash  jarayonida  tekshiriluvchiga  ta`sir  etishi  mumkin  bo`lgan 



holatlarning yo`qligi; 

4.

 



Tadqiq  etilayotgan  hodisani  avtomatik  tarzda  qayd  etib  borish  imkoniyatining  qulay  va 

osonligi. 



10.3. Proektiv metodikalarni interpretatsiya qilish. 

 

Ayrim  psixologik  tadqiqotlarni  maxsus  apparaturalarsiz  olib  borish  mumkin  emas. 



Masalan,  sezgi,  idrok,  hissiyotning  ifodalanishi  va  boshqalar.  Ba`zi  tajribalar  uchun  esa 

apparaturalarning  bo`lishi  shart  emas  yoki  ular  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega.  Masalan. 

eksperementator savollariga og`zaki javob berish kerak bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi. 

 

Har  qanday  psixologik  tadqiqot  echilishi  lozim  bo`lgan  muammoni  shakllantirishdan 



boshlanadi. Muammoning to`g`ri shakllantirish uchun shu fan bilan  yoki uning shu muammoga 

taalluqli bo`lgan bo`limi bilan yaxshi tanish bo`lishi kerak. 

Deyarli  barcha  hayotimizdan  oladigan  mulohazali  xulosalarimiz  kundalik  hayotimizda 

sodir 


bo`ladigan 

o`zgarishlarni 

vujudga 

kelishiga 

olib 

keladi. 


Bunday 

tarzdagi 

eksperimentlarimiz real dunyoni aks ettiradi. 

Barcha  eksperimentlardagi  mavjud  ma`lumotlar  umumiy  xulosalarga  olib  keladi. 

Boshqacha qilib aytganda, eksperiment bu umumlashtirishdir. 

Biz  kundalik  hayotimizda  deyarli  ko`p  hollarda  eksperiment  o`tkazib,  o`zimizning 

faoliyatimizga  rahbarlik  qilib,  malakalarga  ega  bo`lamiz,  natijada    xulosalarimizni  esa 

umumlashtiramiz. 

Bir  necha  bor  uchrashganimizda  iliq  kayfiyat  bilan  qo`l  berib  muomala  qilgan, 

sog`ligingiz,  kayfiyatingiz  haqida  so`ragan  kishining  harakatlarini  do`stona  harakatlar  tarzida 

mulohaza qilamiz. Endilikda o`zimiz shu odam bilan qaerda uchrashmaylik – hoh, biror kechada, 

anjuman  yoki  ko`chadami  u  bilan  muloqotga  kirishishga  intilamiz.  Albatta,  bu  orada  bizning 

xulosalarimiz  chin  bo`lmasligi  mumkindir.  Balki,  hamsuhbatdoshimiz  o`zining  «samimiyligi» 

ostida 


biror 

maqsadni 

ko`zlayotgandir? 

Agar 


ilgari 

egallagan 

malakalarimizni 

umumlashtirmaganimizda  edi,  shubhasiz  har  bir  yangi  holatlarda  nima  qilishimiz  kerakligini 

bilmagan bo`lar edik.  

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1.

 

Proektiv metodlarning mohiyati qanday? 



2.

 

Proektiv metodikalarning o`ziga xosligi haqida. 



3.

 

Proektiv metodikalarni tuzilishi qanday? 



4.

 

Proektiv metodikalarni interpretatsiya qilish yo`llari qaңday? 



 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

55.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

56.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

57.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

58.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

59.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

60.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 



 

28

11-ma`ruza 



 

Shaxs metodikalarini natijalarini oldindan bilish 

(4-soat) 

 

Reja: 

1.Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish va baholashning sub`ektiv muhiti.  

2.Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish va idiografik yo`nalishda diagnostika qilish. 

 

Tayanch tushunchalar: 

Hulq-atvorni  individual  jihatdan  taxmin  qilish,  baholashning  sub`ektiv  muhiti,  hulq-atvorni 

individual jihatdan taxmin qilish, idiografik yo`nalishda diagnostika qilish. 

11.1.Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish va baholashning sub`ektiv muhiti. 

Eksperimental - psixologik tadqiqotlarni  qanchalik ko`p utkazsa,  tarbiyachining tajribasi 

shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o`yin 

va  o`quv  vaziyatlarida  taxlil  qilish:  maktab,  bolalar  bog`chasi,  oila  sharoitiga  moslashish, 

moslasha  olmaslik  darajasini  aniqlash:  bolaning  ichki  xayotini  tushunib  olish  istagi:  shaxs 

xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish. 

Bo`lajak tadqiqotchi o`zida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim. 

a) tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish: 

b)  o`z  diqqatini  bola  topshiriqni  qanday  bajarayotganligiga  va  uning  xulq-atvorini 

kuzatishga qaratish: 

v) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganlarini yozib, uning xulqidagi 

ba`zi reaktsiyalarni to`g`ri baxolash qobiliyatini yo`qotmaslik va boshqalar. 

Turli  yosh  davridagi  bolalar  guruhini  tekshirishda  psixodiagnostika  metodikalari  o`z 

xususiyatlariga  ega.  Masalan:  chaqaloqlik  davridagi  bolalarni  tekshirishda  sensamotor 

xarakatlarni  o`rganishga  mo`ljallangan  metodlar  qo`llaniladi.  3  yoshdan  6  yoshgacha  bo`lgan 

bolalarni  tekshirishda  sodda  xarakatlarni  yoki  og`zaki  qo`llanmalarni  bajarishga  qaratilgan 

topshiriqlar  beriladi.  Qalam,  qog`oz,  plastilin  va  boshqa  o`quv  vositalari  qo`llaniladigan 

topshiriqlar bola katta bo`lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. 

Bolalarni psixologik tekshiruvda chet va sobiq sovet psixologlari foydalangan an`naviy 

metodikalarni ko`rib chiqamiz. 

Insonning  sensamotor  sohasi  asosiy  nerv  jarayonlari  xarakatchanligi  tipini,  ixtiyoriy 

dikkat  darajasini,  ishga  qobiliyatlik  sur`atini  xarakterlaydi.  Ma`lumki  bola  xayotining  dastlabki 

yillarida  jismoniy  va  ruhiy  sifatlarining  rivojlanishda  sensamotor  faollik  bosh  miya  faoliyatida 

shartli 


reflektor 

aloqalarining 

mustahkamlanishiga 

imkon 


beradi. 

(Ya.P.Frumkin, 

S.M.Livishin,1979).  Ular  shu  bilan  birga  temperament,  iroda,  xissiyot  xususiyatlarining  hamda 

bilish 


psixik 

jarayonlarining 

rivojlanishiga 

imkon 


beradi. 

(E.A.»olubeva,1980:E.B.Ayurova.1986). 

Masalan  1-2  yoshli  bolalar  sensamotor  soxasini  tekshirishda  an`anaviy    metodlardan 

foydalanib,  u  yoki  bu  xarakat  malakalarining  qanday  shakllanganligiga,  ular  ma`lum  yosh 

davridagi  o`rtacha  ko`rsatkichga  qanchalik  mosligiga  e`tibor  beriladi.  Ko`pincha  bu  tadqiqotlar 

bolalar motor xarakati rivojlanishidagi kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik 

taraqqiyotida  kechikish  sodir  bo`lishining  ob`ektiv  zamini  sifatida  qaralishi  kerak.  Shu  bilan 

birga, erta yurgan bola o`z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham 

xatodir.  Bola  xayotining  birinchi  ikki  yilidagi  umumiy  jismoniy  taraqqiyot  bolaning  keyingi 

aqliy taraqqiyotini belgilamaydi.(R.N.Myussen,1987). 

Bolaning  sensamotor  sohada  rivojlanish  darajasi  xaqida  uning  atrofidagi  turli  predmetlar, 

jumladan,  o`yinchoqlar  bilan  xarakat  qilish  xususiyatlari  darak  berib  turadi.  O`yinchoqdan 

diagnostik  qurol  sifatida  foydalanish  uning  tevara-atrofidagi  xodisalarni  bilishga  intilishi  va 

faollik  darajasi  hamda  predmetlardan  foydalanishda  amaliy  ko`nikmalarning  mavjudligini 

aniqlab beradi. 


 

29

11.2.Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish va idiografik yo`nalishda diagnostika 



qilish. 

Kattaroq  bolalarni  tekshirishda  konkret  psixologik  metodikalardan  foydalanish  mumkin. 

Chunki  xuddi  shu  davrdan  boshlab,  so`zli  topshiriqlarni  bajarish  bo`yicha  yo`l-yo`riqlarni 

tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo`ladi, bilishga qiziqish rivojlangan 

bo`ladi,  u  kattalar  bilan  birga  eksperimental  psixologik  tadqiqotlarda  nisbatan  uzoqroq  ishtirok 

etish xolatida bo`ladi. 

Shaxsni  o`rganishda  turli  maxsus  metodikalardan  foydalanish  bilan  birga  shaxsning 

qiziqishlariga, extiyojlariga, uning atrofidagi odamlar bilan munosabatiga va boshqalarga tegishli 

savonomalar  ham  keng  qo`llaniladi.  Savolnomalar  yordamida  tadqiqot  o`tkazish  eksperimental 

psixodiagnostik tekshiruv o`rnini bosmaydi, ularni to`ldiradi, chuqurlashtirishi mumkin. 

Bolalarni tekshirishda foydalanish o`z xususiyatlariga ega. Masalan: bola mustaqil ravishda 

savolnoma qog`ozini to`ldirishi mumkin emas, chunki savolni noto`g`ri tushunib, noto`g`ri javob 

berishlari mumkin. 

Tadqiqotchi  bolani  savol  bilan  tanishtiradi,  uning  ma`nosini  tushuntiradi,  shundan  so`ng 

javobni maxsus qog`ozga belgilab qo`yadi. 

Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha:  

a)  o`rganilayotgan  hodisani  bir  necha  marotaba  va  eng  qulay  sharoitlarda  o`rganish  imkoniyati 

bor;  b)  o`rganilayotgan  hodisa  yoki  uning  ayrim  qismlarini  tashqi  ta`sirlardan  himoya  qilish 

(izolyatsiya)  imkoniyati  mavjud;  v)  jarayonning  borishini  nazorat  qilish  mumkin.  g)  tadqiqot 

natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. 

 

Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va 



maxsus  turlarga  bo`lish  mumkin.  Umumiy  metodlarni  psixologiyaning  barcha  sohalarida, 

maxsus  metodlar  esa  alohida  olingan  sohalarda  masalan,  xotira  psixologiyasi,  tafakkur 

psixologiyasida qo`llaniladi.  

Ayrim  psixologik  tadqiqotlarni  maxsus  apparaturalarsiz  olib  borish  mumkin  emas.  Masalan, 

sezgi, idrok, hissiyotning ifodalanishi va boshqalar. Ba`zi tajribalar uchun esa apparaturalarning 

bo`lishi  shart  emas  yoki  ular  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega.  Masalan.  eksperementator 

savollariga og`zaki javob berish kerak bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi. 

 

Har  qanday  psixologik  tadqiqot  echilishi  lozim  bo`lgan  muammoni  shakllantirishdan 



boshlanadi. Muammoning to`g`ri shakllantirish uchun shu fan bilan  yoki uning shu muammoga 

taalluqli bo`lgan bo`limi bilan yaxshi tanish bo`lishi kerak. 

 

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 



1.

 

Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish yo`llari. 



2.

 

Baholashning sub`ektiv muhiti qanday? 



3.

 

Hulq-atvorni individual jihatdan taxmin qilish yo`llari. 



4.

 

Idiografik yo`nalishda diagnostika qilish yo`llari. 



 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

61.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

62.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

63.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

64.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

65.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

66.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 



 

30

12-ma`ruza 



Psixodiagnostika fanining ijtimoiy madaniy aspektlari 

 

Reja: 

1.

 



Insonning bilish funktsiyalari va shaxsga madaniyatning ta`siri. 

2.

 



Madaniyatning ta`siri va diagnostik tadbirlar. 

3.

 



Madaniyat orqali ta`sir metodlarini mazmunining omili sifatida 

 

Tayanch tushunchalar: 

Insonning bilish funktsiyalari, shaxsga madaniyatning ta`siri, madaniyatning ta`siri va diagnostik 

tadbirlar, madaniyat orqali ta`sir metodlarini mazmunining omili sifatida ekanligi. 

12.1.Insonning bilish funktsiyalari va shaxsga madaniyatning ta`siri. 

Ma`lumki,  X1X  asr  fizika,  biologiya,  fiziologiya,  ximiya  va  boshqa  fanlarning 

rivojlanishi  bilan  xarakterlanadi.  Fanda  paydo  bo`lgan  Psixodiagnostik  metodning  keng 

qo`llanilishi  bu  fanning  rivojlanishiga  yordam  berdi.  XYIII  asrning  oxiri  X1X  asrning 

boshlaridayoq  psixologlar  o`rtasida  psixik  hodisalarni  o`rganishda  eksperimentni  tatbiq  qilish 

mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo`ldi. 



Psixodiagnostikaning vazifalari: 

1.  Psixologiya  fanida  eksperiment  o`tkazishning  qonunlari,  tartibi  va    tamoyillari    bilan 

tanishtirishdan iborat. 

2.  Turli  metodikalar  yordamida  shaxsning  psixik  jarayonlari,  holatlari  va  psixomotor   

rivojlanishini o`rganishdir.  

Bu  muammo  bo`yicha  faylasuf  Kant  o`z  fikrini  bildirdi.  Uning  fikricha,  psixologiyada 

eksperimentning  bo`lishi  mumkin  emas,  chunki  psixik  hodisalarni  o`lchash  mumkin  emas, 

ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas. 

Psixik  hodisalarni  o`lchashning  mumkinligi,  binobarin,  psixologiyada  eksperimentning   

bo`lishi        mumkinligi          haqida  nemis                      psixologi  I.Gerbart  (1776-1841)  ijobiy  fikr 

bildirgan.  U  «psixologiyada  matematikani  tadbiq  qilish  mumkin  va  zarurligi  haqida»  shunday 

degan:  «Mening  ttadqiqotlarim  amalda  faqat  psixologiyaning  o`zi  bilan  cheklanib  qolmasdan, 

balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». 

Gerbartning  fikricha,  asosiy  psixofizik  element  tasavvurdir,  qolgan  barcha  jarayonlar  – 

hissiyot,  iroda,  tasavvurlar  majmuasidan  va  munosabatlaridan  iboratdir.  Ruhiy  holatlar  doimo 

o`zgarish  jarayonida  bo`ladilar.  Tasavvurlarning  bu  doimiy  o`zgarish  va  almashish  jarayonida 

ma`lum  darajada  doimiylik,  qonuniyat  bor.  Bu  doimiylikning  miqdor  tomonini  o`lchash 

mumkin.  Shuning  uchun  ham,  Gerbartning  fikricha,  psixologiyaga  matematikani  tatbiq  qilish 

mumkin. 

Gerbart  garchand  psixologiyada  eksperimentdan  foydalanishning  zarurligi  va 

foydaliligini isbotlagan bo`lsa ham, lekin uning o`zi bu metoddan foydalanmadi. 

Psixologiyada  eksperimentni  tatbiq  qilish  bo`yicha  dastlabki  ishlarni  fiziolog  Veber 

(1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi 

ta`sirotlar  (fizik  omillar)  ta`sirida  sezgilarning  o`zaro  munosabatlari  sohasidagi  qonuniyatlarni 

topishdan  iborat  edi.  Fexner  Psixodiagnostik  metodlar  asosida  sezgilarning  ortib  borishi  bilan 

ularni  qo`zg`atuvchi  ta`sirlar  o`rtasidagi  qiyosiy  munosabatni  aniqlab,  sezgi  qo`zg`atgich 

logarifmiga  proportsionaldir,  degan  psixofizik  qonunni  kashf  etadi.  Veber  va  Fexner  o`tkazgan 

tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo`lishiga olib keldi. 

Veber  va  Fexner  ishlarining  ahamiyati,  asosan,  shundan  iboratki,  ular  birinchi  bo`lib 

psixologiyani,  tabiat  fanlari  singari,  Psixodiagnostik  fanga  aylantirish  mumkin  ekanligini 

isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan 

psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi. 



12.2.Madaniyatning ta`siri va diagnostik tadbirlar. 

Psixodiagnostik psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vil`gel`m 

Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va 


 

31

o`z-o`zini  kuzatishdan  foydalanib  kelgan  psixologiya  faqatgina  ijtimoiy  fan  edi.  Vundt 



eksperiment  va  o`lchash  metodlarini  zarur  deb  topib,  psixologiyani  Psixodiagnostik  fanga 

aylantirishni  maqsad  qilib  qo`ydi.  Vundt  psixologiya  uchun  klassik  metodlar  bo`lib  qolgan  bir 

qancha  metodlarni,  ya`ni  kuzatish  metodi,  ifodalash  metodi  va  reaktsiya  metodlarini  kashf  etdi 

hamda  rivojlantirdi.  Vundt  1879  yili  Leyptsigda  birinchi  Psixodiagnostik  psixologiya 



Download 485.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling