O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 485.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana19.12.2017
Hajmi485.95 Kb.
#22603
1   2   3   4   5   6   7

laboratoriyasini tashkil qildi. 

Vundt  shug`ullangan  masalalardan  biri  o`sha  vaqtda  astronomlar  tomonidan  ochilgan 

diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko`zg`atuvchiga to`plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. 

Bu  hodisani  aniqlash  uchun  Vundt  (laboratoriya  tashkil  qilingunga  qadar)  1861  yilda  alohida 

mayatnik  o`ylab  chiqardi  (Vundt  mayatnigi).  Bu  mayatnik  graduslarga  bo`lingan  yoy  atrofida 

harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun 

kashf etilgan birinchi asbob edi. 

Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo`shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, 

ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan 

foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. 

Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaharlarida 

ham,  shuningdek  boshqa  mamlakatlarda  ham,  jumladan  Frantsiya,  Angliya  va  Amerikada 

laboratoriya  hamda  institutlar  tashkil  qilindi.  X1X  asrning  oxirida  Rossiyada  ham  bir  qancha 

Psixodiagnostik  psixologiya  laboratoriyalari  tashkil  qilindi:  Moskvada  Tokarskiy,  Qozonda  – 

Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva 

universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida Psixodiagnostik 

psixologiya instituti tashkil qilindi. 

Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan Psixodiagnostik metodning alohida turi 

– tabiiy Psixodiagnostik metod 1910 yilda  ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda 

bolalar  psixologiyasini  o`rganishda,  pedagogika  masalalarini,  ayniqsa,  ta`lim  psixologiyasi 

masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda. 

Psixodiagnostik  metodning  tadbiq  qilinishi  psixologiya  fani  taraqqiyotiga  juda  unumli 

ta`sir  ko`rsatdi.  Bu  metod  yordamida  oddiy  kuzatish  va  o`z-o`zini  kuzatish  yo`li  bilan  aniqlash 

qiyin bo`lgan yoki butunlay   mumkin  bo`lmagan  ko`p  ma`lumotlar  aniqlandi,  ayrim  psixik 

hodisalar  o`rtasidagi  bog`lanishlar  aniqlangan,  psixik  jarayonlardagi,  ayniqsa,  sezgilar,  idrok, 

diqqat, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan. 

Psixodiagnostik  analiz  yo`li  bilan  murakkab  psixik  jarayonlar  (idrok,  xotira, 

tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, 

shuningdek  tashqi  fizik  muhit  hamda  ijtimoiy  muhit  bilan  bo`lgan  bog`lanishlari  ochilgan. 

Psixodiagnostik tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, Psixodiagnostik metodning usullaridan 

foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o`quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni 

tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san`atda juda ko`p foyda keltirdi. 

Shunday qilib, Psixodiagnostik psixologiya – Psixodiagnostik metodlar vositasida psixik 

hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir. 

X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o`zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga 

ulkan  hissa  qo`shgan  deyarli  barcha  psixologlar  eksperimentatorlar  bo`lishgan.  Bugungi  kunda 

esa  Psixodiagnostik  psixologiyaning  rivojlanishi  ancha  tezlashib,  yangi-yangi    sohalar  tadqiq  

qilinmoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o`zicha boshqa bir 

qator  ilm  sohasiga  oid  metodlar  bilan  ham  chambarchas  bog`liq:  neyrofiziologiya,  biologiya, 

siyosatshunoslik va boshqalar. 

Psixodiagnostik  psixologiyani  o`rganishdan  maqsad  psixika  rivojlanishining  individual  va 

yosh  xususiyatlarini  bilgan  holda  ularni  ob`ektiv  metod  va  usullar  bilan  o`rganishdan  iborat. 

Psixodiagnostik  psixologik  tadqiqotlar  psixodiagnostik  tadqiqotlardan  tubdan  farq  qiladi. 

Psixodiagnostik  tadqiqotda  aniq  individ  yoki  individlar  guruhi  haqida  ma`lumot  olinadi, 

Psixodiagnostik tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi                    Eksperiment 

nazariyani 

tekshirib  ko`rish  uchun  o`tkaziladi.  Nazariya  ichki  bilishning  nutqiy  tizimiga  izoh  beradi. 


 

32

Nazariyaning  mantiqiy  qismlari  bir-birini  rad  etadi.  Nazariya  asosida  uning  tushunarli  ob`ektiv  



haqiqatlari yotadi. 

Mavjud  ko`plab  shakllar  nazariy  bilish:  qonunlar,  tasniflar  va  turlar,  modellar,  sxemalar, 

farazlardan iborat. Har bir nazariya o`zida quyidagi tarkibiy qismlarni oladi: 1. Empirik oqibatlar 

poydevori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos – ko`plab birlamchi sharoitlar (faraz, shart-

sharoitlar  farazi,  aksioma),  bu  nazariyaning  fikriy  ob`ekti  sifatida  qaraladi.  3.  Ko`plab 

nazariyalar asosiy nazariy bilimlarni mustahkamlaydi. 



12.3.Madaniyat orqali ta`sir metodlarini mazmunining omili sifatida 

 

Nazariy  bilimlar  tarkibiy  qismlarining  kelib  chiqishi  turlichadir.  Nazariyaning  empirik 



tuzilishi  tadqiqot  va  eksperiment  natijalari  bilan  izohlanadi.  Nazariyaning  ideallashtirilgan 

ob`ekti  o`zi  bilan  (tanish)  aniqlikning  tanish-ramziy  modelini  yaratadi.  Qonunlar  nazariyani 

shakllantiradi,  ayni  paytda  (aniqlikni)  borliqni  emas,  ideal  ob`ektni  ta`riflaydi.  Uslubiy  qurilma 

aksiomani  va  gipotetik-deduktiv  nazariyalarni  rivojlantiradi.  Birinchidan,  nazariyaning  ramkasi 

bo`lmish,  isbot  talab  etmaydigan,  zarur  va  etarli  bo`lgan  aksiomalardan  qurilgan  bo`ladi. 

Ikkinchidan,  farazlarning  empirik,  induktiv  asoslari  mavjudligi,  nazariyalar  matematik 

apparatning sifat  qurilmasi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan rivojlanadi. Sifat      nazariyalarni       

psixologiyada 

A.  Maslouning  qarashlari,  L.  Festinger,  Dj.  Gibsonning  ekologik  idrok  qarashlarida  ko`rish 

mumkin.  Shakliy  nazariyalar  qo`llaniladigan  matematik  apparatning  tuzilishida  namoyon 

bo`ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o`z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar 

nazariyasi  K.  Levin,  D.Kelli  tomonidan  yaratilgan.  Formal  nazariyalar  matematikada 

ishlatiladigan apparatda namoyon bo`ladi. 

Empirik  yo`nalish  nazariyaning  sifatini  rivojlantiradi,  haqiqatni  yozish  uchun  lozim 

bo`ladi.  Nazariya  faqatgina  borliqni  aks  ettirmaydi,  balki  uning  tuzilishini  ham  ko`rib  chiqadi, 

Psixodiagnostik natijalar, nazariyaning holati va uning ta`sirini  hisobga olinadi. 

Mavjud  vaqtda  o`tkazilgan  eksperiment  natijalarida  faqat  bitta  emas,  balki  ikki  yoki 

undan  ortiq  nazariyalar  isbotlanib  tushuntiriladi.  Masalan,  psixofiziologiyada  sensorning 

uzluksizligi  haqida  nazariya  mavjud.  Psixofiziologiyada  shaxsning  bir  qancha  sifatlari  va 

empirik  ta`sir  etuvchi  omillari  isbotlangan.  (G.  Ayzenk  modeli,  R.  Kettell  modeli,  “Katta 

beshlik”).  

Taniqli  metodolog  B.  Feyerbend  “Tirishqoqlik  tamoyili”da  eski  nazariyalarni  rad 

etmaslik  lozim,  hatto  ularning  aniq  isbotlarini  e`tiborsiz  qoldirib  bo`lmaydi,  deb  hisoblaydi. 

Ikkinchi  uning  tamoyili  metodologik  anarxizm  tamoyili:  “Fan  o`zi  bilan  anarxistlikni  vujudga 

keltiradi,  nazariya  qonunlar  asosida  har  doim  progressiv  rivojlanishda...  Bu  tarixiy  voqealarni 

analiz qiladi va isbot etadi, fikr va harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. Asosiy 

tamoyil  progressiyaga  to`sqinlik  qilmaydi,  bu  “Hammani  qo`yib  yuboramiz”  deb  ataladi. 

Masalan,  biz  farazlarni  qo`llashimiz  mumkin,  bular  nazariyada  ko`rsatilgan  va  eksperiment 

natijalarida isbotlangan bo`lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin” 

(Feyerbend.  1986 ) 



               

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1.

 



Insonning bilish funktsiyalari haqida. 

2.

 



Shaxsga madaniyatning ta`siri haqida. 

3.

 



Shaxsga madaniyatning ta`siri haqida. 

4.

 



Diagnostik tadbirlar haqida. 

5.

 



Madaniyat orqali ta`sir metodlarini mazmunining omili sifatida. 

 

 

33

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

67.

 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 



Kom, 1999 god. -528 c. 

68.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

69.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

70.


 

Drujinin V.N. Psixodiagnostik`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 

c. 

71.


 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 

god. -512 c. 

72.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 

 

 

 



13-ma`ruza 

Psixodiagnost mutaxassis ishlarida ahloqiy-etnik muammolar 

Reja: 

1.  Individning  shaxsiy  va  kasbiy  sifatlarini  munosabatlari  etnik  muammolarni  psixodiagnostik 

metodikalar  bilan  bog`liqligi  etnik  muammolarni  individni  huquqlarini  ta`minlanganligi  bilan 

bog`liqligini diagnostika qilish. 

2. Shaxsiy sirni ta`minlash, maxfiylik. 

3. Psixologo-diagnoz mutaxassisning asosiy-ijtimoiy psixologik etnik qoidalari.  

4. Ma`lumot natijalarini shartlashganligi. 

Tayanch tushunchalar: 

Individning 

shaxsiy 

va 


kasbiy 

sifatlarini 

munosabatlari, 

etnik 


muammolarni 

psixodiagnostik  metodikalar  bilan  bog`liqligi,  etnik  muammolarni  individni  huquqlarini 

ta`minlanganligi  bilan  bog`liqligini  diagnostika  qilish,  shaxsiy  sirni  ta`minlash,  maxfiylik, 

psixologo-diagnoz  mutaxassisning  asosiy-ijtimoiy  psixologik  etnik  qoidalari  haqida,  ma`lumot 

natijalarini shartlashganligi. 

13.1.Individning shaxsiy va kasbiy sifatlarini munosabatlari etnik muammolarni 

psixodiagnostik metodikalar bilan bog`liqligi etnik muammolarni individni huquqlarini 

ta`minlanganligi bilan bog`liqligini diagnostika qilish. 

Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar: 

1.  Tadqiqotni  rejalashtirish  metod  va  metodikalarni  tanlash  va  ularni  moslashtirishni  o`z  ichiga 

oladi.  Psixologik  tadqiqot  uchun  ajratib  olingan  jarayonga  ta`sir  etuvchi  barcha  ichki  va 

tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik 

loyihasini  tuzish,  tekshiriluvchilar  soni  va  kontingentini  aniqlash,  tekshirishlar  sonini 

belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir. 

2.  Tadqiqot  o`tkaziladigan  joy  tashqi  ta`sirlardan  holi  bo`lishi  (xech  bo`lmaganda  ular  hisobga 

olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.  

3.  Tadqiqotning  texnikaviy  ta`minoti  hal  etilishi,  lozim  bo`lgan  vazifalarning  talablariga  mos 

bo`lishi kerak. 

4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish lozim. 

5.  Tadqiqotchi  ishni  rejalashtirishdan  tortib  xulosa  va  tavsiyalar  ishlab  chiqqunga  kadar 

tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi. 

6.  Tekshiriluvchi  uchun  ko`rsatma  rejalashtirish  bosqichida  tayyorlanib,  u  qiska,  lo`nda  va 

tushunarli bo`lishi kerak.  

7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi zarur. 

8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.  



 

34

 



Psixologik  tadqiqotlarni  tashkil  etishning  asosiy  tamoyillaridan  biri  natijalarni  sifat 

jihatdan  tahlil  etilishidir.  Bunda  tekshiriluvchi  tomonidan  vazifani  necha  marta  bajarganligi 

emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.  

Psixologik tadqiqotlarni to`g`ri tashkil etish uchun psixolog qanday bilim, ko`nikma va 

malakalarga  ega  bo`lishi  kerak?  Amaliy  psixolog  qanday  tadqiqotlarni  tashkil  etishi 

mumkin? 

 

Har  qanday  metoddan  foydalanish  jarayonida  quyidagi  metodologik  tamoyillarga  rioya 



qilish zarur: 

 



 metod  fanning  predmetiga  mos  kelishi  va  uning  o`ziga  xos  xususiyatlarini  aks  ettirishi 

kerak; 


 

psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart. 



 

genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak. 



 

individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish zarur. 



Psixologiyada  eksperiment  metodining  qo`llanilishi  psixologik  bilimlarning  qayta 

tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim 

ahamiyatga  ega  bo`lgan.  eksperimental  psixologiya  XIX  asrning  o`rtalarida  keng  rivojlangan 

fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-

sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar 

falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi 

uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi.  

 

V.Vundt  (1832  -  1920)  nemis  psixologi,  fiziologi,  faylasufi  va  tilshunosi  bo`lgan. 



V.Vundt  inson  ongini  turli  qismlarga  ajratib,  bu  qismlar  o`rtasidagi  aloqa  va  bog`lanishlarni 

laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi 

g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi. 

 

V.Vundt  tomonidan  1879  yili  Leyptsig  shahrida  tashkil  etilgan  psixologik  laboratoriya 



butun  dunyoda  eksperimental  psixologiyaning  markaziga  aylandi.  Bu  laboratoriyada  sezgi, 

idrok,  turli  qo`zg`atuvchilarga  javob  berish  vaqti  assotsiatsiya  (bog`lanish)lar,  diqqat  va  oddiy  

his-tuyg`ular o`rganilgan. 

13.2. Shaxsiy sirni ta`minlash, maxfiylik 

 

V.Vundtning  fikricha  nutq,  tafakkur,  iroda  kabi  yuksak  psixik  jarayonlarni  eksperiment 



orqali  o`rganish  mumkin  emas.  Bu  jarayonlarni  o`rganishda  madaniy-tarixiy  metodlardan 

foydalanish maqsadga muvofikdir. 

 

Agar  dastlabki  davrlarda  eksperimental  psixologiyaning  ob`ekti  normal  etuk  insonlar 



bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi 

(K.Lloyd-Morgan,  e.Torndayk).  eksperimental  psixologik  tadqiqotlar  psixik  jarayonlarning 

umumiy  qonuniyatlarini  o`rganish  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  sezgirlik,  xotira,  reaktsiya 

tezligi  kabi  individual  xususiyatlarni  ham  qamrab  ola  boshladi.  (F.Gal’ton,  D.Kettel).  Ayni 

paytda  eksperimental  psixologiya  zamirida  yangi  yo`nalish  differentsial  psixologiya  vujudga 

kela  boshladi.  eksperimental  psixologiya  tomonidan  qo`lga  kiritilgan  yutuqlar  nazariy 

ahamiyatga  ega  bo`libgina  qolmay,  balki  maktabgacha  tarbiya  pedagogikasidan  tortib 

kosmonavtikagacha  bo`lgan  inson  faoliyatining  barcha  sohalarida  qo`llanila  boshlandi. 

eksperimental  psixologiya  texnikaviy,  ijtimoiy  va  biologiya  fanlar  bilan  o`zaro  bog`liq  holda 

rivojlanmoqda.  



Hayvonlar  ustida  psixologik  tajribalar  olib  borish  mumkinmi?  Agar  mumkin  bo`lsa, 

qanday maqsadlarda tashkil qilinadi? 

 

Tadqiqotchi  o`zini  qiziqtirgan  psixik  hodisalarni  kuzatish  orqali  o`rganishi  yoki  zarur  bo`lgan 



holatni  ataylab  vujudga  keltirishi  mumkin.  Birinchi  holatda  oddiy  kuzatish  haqida,  ikkinchi 

holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda. 



Tajriba metodining kuzatish metodidan farqli tomonlari nimada ko`rinadi? 

 

Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha:  



 

35

a)  o`rganilayotgan  hodisani  bir  necha  marotaba  va  eng  qulay  sharoitlarda  o`rganish  imkoniyati 



bor;  b)  o`rganilayotgan  hodisa  yoki  uning  ayrim  qismlarini  tashqi  ta`sirlardan  himoya  qilish 

(izolyatsiya)  imkoniyati  mavjud;  v)  jarayonning  borishini  nazorat  qilish  mumkin.  g)  tadqiqot 

natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. 

 

Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va 



maxsus  turlarga  bo`lish  mumkin.  Umumiy  metodlarni  psixologiyaning  barcha  sohalarida, 

maxsus  metodlar  esa  alohida  olingan  sohalarda  masalan,  xotira  psixologiyasi,  tafakkur 

psixologiyasida qo`llaniladi.  

13.3. Psixologo-diagnoz mutaxassisning asosiy-ijtimoiy psixologik etnik qoidalari 

Barcha psixologik tajribalar mohiyatiga ko`ra bir xilda ahamiyatga egami? 

Psixologik  tadqiqot  oldiga  quyilgan  vazifaning  tabiatiga  ko`ra  psixologik  tadqiqotlarni  3 

guruhga ajratish mumkin:  

a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday 

tajribalarga  tafakkur  xususiyatlari,  xotira  tipini,  sezgirlik  darajasini  aniqlashga  qaratilgan 

tadqiqotlarni misol qilish mumkin.  

b)  alohida  psixik  hodisani  u  yoki  bu  omil  (faktor)ning  ta`siriga  bog`liqligini  aniqlashga 

xizmat  qiladigan  tajribalar:  masalan:  esda  qoldirishning  materialning  sifatiga  bog`liqligini 

aniqlash va hokazo . 

v)  ikki  hodisa  o`rtasidagi  funktsional  aloqani  aniqlashga  qaratilgan  tajriba,  masalan, 

materialning  hajmi  bilan  takrorlashlar  soni  o`rtasidagi  funktsional  aloqani  o`rganish.  Birinchi 

tipga  kiradigan  tajribalarni-sifat;  ikkinchisini  faktorli,  uchinchisini-funktsional  tajribalar  deb 

atash mumkin.  

 

Psixologik  tadqiqotni  tashkil  etar  ekan,  eksperimentator  o`zi  ta`sir  etishi  kerak  bo`lgan 



tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining qo`zg`atuvchiga beradigan javobi bilan 

munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin: 

 

 

                



 

               H.n                                    3.n 

   

 

Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan o`zgaruvchi. Z.n. 



- tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan o`zgaruvchi. 

 

SHuningdek,  tajriba  davomida  tekshiriluvchining  shaxsiga  bog`liq  bo`lgan  shart-



sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, temperamenti, 

hissiy  holati,  umumiy  va  maxsus  qobiliyatlari,  bilimi,  qarashlari,  qiziqishlari  ko`nikma  va 

malakalari bo`lishi mumkin. 

Tajribaning ichki va tashqi sharoiti uning borishiga qay darajada ta`sir etadi? 

 

Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar ham 



ishning  borishiga  ma`lum  tarzda  ta`sir  etishi  mumkin.  SHu  bilan  birga  tajriba  davomida  ta`sir 

etishi  mumkin  bo`lgan  tasodifiy  “qo`zg`atuvchilar”  ta`siridan  ham  tekshiriluvchini  muhofaza 

qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan 

biror  narsaning  tushib  ketishi  va  boshqalar.  Tadqiqotchi  va  yordamchilarning  bo`lishi  ham 

tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin. 

 

Tajribaning  ichki  sharoiti  tekshiriluvchiga  bog`liq  bo`lgan  vaqtinchalik  holatlar 



hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni tadqiqotga psixologik 

tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida tadqiqotchining savollariga javob berishga, 

qo`zg`atuvchi  ta`sirini  kabul  qilishga  oldindan  tayyor  turishi  kerak.  Bunday  tayyorgarlikning 

vujudga kelishi eng avvalo unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning 

uchun  ham  ko`rsatma  aniq,  lo`nda  va  tushunarli  qilib  berilishi  va  barcha  qatnashchilarga  bir 

xilda izohlanishi kerak bo`ladi. 



 

 


 

36

13.4. Ma`lumot natijalarini shartlashganligi. 

 

Tadqiqot  jarayonida  tekshiriluvchi  tomonidan  butun  imkoniyatlarini  maksimal  holatda 



safarbar  etishi  talab  qilinadi.  Masalan,  diqqatning  hajmini,  harakatlarning  maksimal  tezligi  va 

aniqligini  o`rganishda  bu  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Tekshiriluvchining  butun  imkoniyatini 

ishga solishi undagi motivlarning kuchi bilan bog`liqdir. 

 

Tajribaning ichki sharoitlaridan biri unga bog`liq bo`lgan qiziqishdir. Agar tekshiriluvchi 



berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajarsa, natijalar avvaldan kutilgandek bo`ladi. 

 

Tekshiriluvchining kayfiyati va umumiy fiziologik holati ham tajribaning borishiga ta`sir 



etuvchi ichki sharoitlardan biridir. Butun tadqiqot davomida tekshiriluvchining kayfiyati  yaxshi 

bo`lishi,  fiziologik  holatlarda  o`zgarishlar  bo`lmasligi  tadqiqotchi  tomonidan  nazorat  qilib 

borilishi  kerak.  YUqorida  ta`kidlab  o`tilgan  ichki  va  tashqi  shart-sharoitlarning  ta`minlanishi 

psixologik tajriba samaradorligini kafolatlaydi. 

 

Juda  ko`p  psixologik  tajribalarda  turli  apparatura  va  priborlardan  foydalaniladi.  Ba`zi 



tajribalarda  moslashtirilgan  apparaturalardan  foydalanilsa,  ayrimlari  maxsus  jihozlangan 

xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra bunday apparaturalarni:  

a) tekshiriluvchiga ta`sir qilishi kerak bo`lgan, qo`zg`atuvchi berishga moslashtirilgan;  

b)  tekshiriluvchining  javoblarini  yozib  olishga  moslashtirilgan  turlarga  ajratish  mumkin. 

Masalan,  taxistoskop-kichik  bir  vaqt  oraligida  tekshiriluvchiga  turli  qo`zg`atuvchilarni 

ko`rsatishga,  esteziometr  bir  vaqtning  o`zida  terining  ikki  nuqtasiga  ta`sir  etuvchi  taktil 

qo`zg`atuvchi berishga, xronoskop-vaqtni aniq yozib olishga moslashgan. Psixologik tajribalarda 

foydalaniladigan apparatlarning afzallik tomonlarini quyidagicha baholash mumkin: 

5.

 

Etarli darajadagi aniqlik va ishonchlilik. 



6.

 

Etarli darajadagi mustahkam tuzilmaga ega bo`lish, turli nosozliklarning bo`lmasligi. 



7.

 

Mexanizmning  ishlash  jarayonida  tekshiriluvchiga  ta`sir  etishi  mumkin  bo`lgan 



holatlarning yo`qligi; 

8.

 



Tadqiq  etilayotgan  hodisani  avtomatik  tarzda  qayd  etib  borish  imkoniyatining  qulay  va 

osonligi. 

 

Ayrim  psixologik  tadqiqotlarni  maxsus  apparaturalarsiz  olib  borish  mumkin  emas. 



Masalan,  sezgi,  idrok,  hissiyotning  ifodalanishi  va  boshqalar.  Ba`zi  tajribalar  uchun  esa 

apparaturalarning  bo`lishi  shart  emas  yoki  ular  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega.  Masalan. 

eksperementator savollariga og`zaki javob berish kerak bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi. 

 

Har  qanday  psixologik  tadqiqot  echilishi  lozim  bo`lgan  muammoni  shakllantirishdan 



boshlanadi. Muammoning to`g`ri shakllantirish uchun shu fan bilan  yoki uning shu muammoga 

taalluqli bo`lgan bo`limi bilan yaxshi tanish bo`lishi kerak. 

 


Download 485.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling