O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

 

 

Pedagogika fakul`teti 

 

 

Pedagogika va psixologiya kafedrasi 

 

 

 

 

Dots. Nurjanova R. 

 

 



 

 

 

«PEDAGOGIKA 

FANINI O`QITISh MeTODIKASI

 »  

fani bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi  

(bakalavriat bosqichi talabalari uchun) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS - 2012 

MUNDARIJA  

 

1-ma`ruza 

Pedagogika fanini o`qitish metodikasi predmeti va vazifasi 

 

2-ma`ruza 



Pedagogikaning ilm va o`quv predmeti sifatida rivojlanish tarixi 

 

 



3-ma`ruza 

Jahon pedagogikasi fanining rivojlanishi 

 

 

4-ma`ruza 



Pedagogika  kursining mazmuni 

 

 



5-ma`ruza 

Pedagogikani o`qitish jarayoni 

 

 

6-ma`ruza 



Pedagogika fanini o`qitishda ta`lim tamoyillari 

 

 



7-ma`ruza 

Pedagogikani o`qitish metodlari va vositalari 

 

8-ma`ruza 



Pedagogikaning umumiy asoslari 

 

 



9-ma`ruza 

Didaktika bo`limiga metodik sifatlama 

 

10-ma`ruza 



Tarbiya nazariyasi bo`limiga metodik sifatlama 

 

 



11-ma`ruza 

Tarbiya qanuniyatlari, tamoyillari va metodlari 

 

 

12-ma`ruza 



Maktabshunoslik bo`limi masalalarini O`rganish 

 

 



13-ma`ruza 

Maktabni boshkarishning nazariy va pedagogik asoslari 

 

 

14-ma`ruza 



O`zbekiston respublikasida pedagog kadrlarni tayyorlash muammolari 

 

15-ma`ruza 



Pedagogika fani o`qituvchisi 

 

 



 

    


    

Pedagogika fanini o`qitish metodikasi predmeti va vazifasi 

 

Reja: 



1.

 

Pedagogika fani o`qitish metodikasi haqida tushuncha. 



2.

 

Ushbu fanni O`rganishga bo`lgan zaruriy jamiyatlik talablar. 



3.

 

Pedagogika fanini o`qitish metodikasi predmeti va vazifasi 



 

T.t. Pedagogika fanini o`qitish metodikasi predmeti va vazifasi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 

pedagogika fani o`qitish metodikasi 

 

 

XXI  asr  bo’sag`asinda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  rivojida  inson  aql-zakovati  va 



ma`naviyati  asosiy  muvofiqlashtiruvchi,  rivojlantiruvchi  omil  va  vosita  ekanligi  tobora  namoyon 

bo`lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat 

erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda. 

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida 

turli  fanlar  bilan  qadim-qadim  zamonlardan  bog`liqdir.  Olloh  eru  osmonni  yaratib  insonni  er 

yuziga o’zidan xalifa etib yaratdi. Өzining mavjudligi har bir ishga qodirligini ilmda tengsizligini 

mehru-muruvvatda  beqiesligini    bildirdi.  Islomda  ilm  berishda  bir-  biriga  bog`liq  bo`lgan  din  va 

dune  haqida  tushuncha  mavjud  ular  alohida  tushunchalar  emasligi  Qur`oni  Karim  ta`limoti  bilan 

bog`liqdir.  Shuni  ta`kidlamoq    kerakki,  pedagogika  fanining  metologik  asosi  diniy  va  duneviy 

fanlar  tarkibida  rivojlangan.  Qur`onda    so’zi  turli  xollarda  765  marta  takrorlanadi.  G`arab 

faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar. 

Pedagogika  fani  metodologiyasining  yaratilishida  qomusiy  mutafakkir  va  pedagoglarning 

O`rni  diqqatta  sazovardir.  Al-Xorazmiy,  Ibn  Sino,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Rudakiy,  Firdavsiy, 

Alisher navoiy, Voiz Koshfiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann 

Genrix  Pestolotstsi,  nemis  pedagogi  Adol`f  Disterverg,  rus  pedagogi  K.D.Ushinskiy  kabilar  o’z 

ijodietlarida  pedagogikaninig  metodologik  asosini  yaratib,  komil  inson  tarbiyalashdagi  qonun- 

qoidalarni  asosladi-lar.  Yangicha  sharqona  pedagogikanining  metodo-logiyasi  o`tmish 

ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi  g`oya va mafkurasini mustahamlash va unga amal 

qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoiyl, usul va vositalari, umuman, 

har bir inson uchun zarur bo`lan tarbiyaviy ta`sirlar yangicha asosiga ega bo`lishi kerak. 

O`zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to’g`risida»gi  Qonunida  ta`lim  davlatimiz  ijtimoiy 

taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e`lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta ma`suliyatli 

ulug`vor  vazifalarni  yukladi.  Juda  boy  ilmiy,  ma`naviy,  madaniy,  diniy  merosimizni  qayta 

tiklanishi  ularni  zamon  ruhi  talabi  bilan  uyg`unlashtirib  faqat  shaxsiy,  milliy  manfaat  kasb  etilib 

qolmasdan umumjahon ma`naviy, ijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotga ulkan hissa bo`lib qo’shilmoqda. 

Chunki  jahonda  o’ali  xorijiy  davlatchilik  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  tajribalarida  ma`naviyat 

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg`un holda rivojlantirilmayapdi. 

Har  bir  mustaqil  fan  o’zining  predmeti  (mavzusi)  va  metodologik  asoslariga  egadir. 

Jumladan,  Pedagogika  ham  fansifatida  shakllanib,  o’zining  predmetiga  ega  bo`ldi.  Boshqa  fanlar 

kabi  pedagogika  ham  fan  sifatida  paydo  bo`lar  ekan.,  u  avvalo  jamiyatning  talab  va  ehtiyojlari 

asosida paydo bo`ldi. 

Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki 

tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. 

Insonning  dunyoga  kelishi,  faqat  tug`ilishidan  iborat  tabiiy-biologik  hodisa  emas,  balki 

tug`ilgandan keyin   z  zamonasining  taraqqiyoti  darajasiga  ko`tarilishi,  mavjud  ijtimoiy-tarixiy 

tajribani  egallashi,  jamiyatda  o’z  O`rnini  belgilab  olishi,  tarixiy  jarayonining  faol  ishtirokchisiga 

aylanishi, ya`ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o’zining yashash, kurash va mehnat 

tajribasini,  bilim  va  malakalarini  kichik  avlodlarga  bera  boshlaydi,  ya`ni  yangi  tug`ilgan  odam 

bolasining  rivojlanishi,  shakllanishi  va  voyaga  etishi  jarayoniga  rahbarlik  qilingan,  boshqarilgan. 

Jamiyat  rivojlangan  sari  etuk,  barkamol  shaxslarni  etishtirish  ehtiyoji  ham  ortib  borgan  hamda 

o’zgarib,  yangilanib,  jamiyatga  xizmat  qilgan.  Insoniyat  jamiyatning  turli  bosqichlarida  ta`lim-

tarbiya  muassasalarini  yaratish,  yosh  avlodlarni  o`qitish  va  tarbiyalash  sohasidagi  tajribalarni 



nazariy  jihatdan  anglash,  umumlashtirish  va  hayotga  tadbiq  qilish  jarayonida  pedagogika  fani 

paydo  bo`la  boshladi.  Pedagogika  ta`lim-tarbiyaning  maqsadi  va  vazifalari,  davlat  ta`lim 

standartlari,  ta`lim  va  tarbiyaning  usullari,  tashkil  etish  shakllari,  umuman  uning  qonuniyatlari 

haqida bilim, ma`lumot beradigan fanga aylandi. 

Bolalar va yoshlarni tarbiyalash to’g`risidagi fan sifatida paydo bo`lgan pedagogika hozirgi 

kunga  kelib  barcha  yoshdagi  kishilarga  tarbiyaviy  ta`sir  ko`rsatishning  umumiy  qonuniyatlarini 

O`rganuvchi  fanga aylandi.  

Inson  yaratilishi, paydo bo`lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning  yashashi, hayot 

kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat 

jamiyatning  ilk  ko`rinishlaridanoq  tarbiya  bilan  shug`ullanuvchi  mutaxassislarga  ehtiyoj  tug`ildi, 

desak biz  tarbiyani faqat bir tomonini, ya`ni boshqalarni yan ham xususiylashtirib, agar yoshlarni 

tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda ham tor qaralgan bo`ladi.  Chunki tarbiya eng  avalo 

har  bir  insonni  o’ziga  qaratilgandir.  Har  bir  kishi  doimo  ham  aqliy,  tarbiyaviy,  jismonan 

takomillashib, shakllanib boradi. 

Shaxs  turli  omillar  ta`sirida  shakllanadi.  Tarbiya  esa  shaxsning  shakllantiruvchi, 

rivojlantiruvchi  omillaridan  biridir.  Katta  yoshlar  turli  vositalar  va  usullar  orqali  ma`lum 

maqsadini ko’zlagan holda o’z tarbiyalovchilarda ma`lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni 

xohlaydilar.  Shunday  qilib,  tarbiya  shaxsni  muayyan  yo’nalishida  shakllantirish-kamol  toptirish 

maqsadida  turli  odamlarning  bir-biriga  ta`sir  ko`rsatadigan  ijtimoiy  munosabatidir.  Bu  jarayonda 

shaxsning  rivojlanishini  xarakterlovchi  kuchlar,  omillar  hamda  tarbiyalanuvchilarning  yoshi, 

shaxsiy  xususiyatlari  e`tiborga  olinadi.  Tarbiya  jarayonida    mikromuhitning  ijobiy  ta`sirida  to`la 

foydalanadi va salbiy ta`sirni zaiflashtirishga harakat qiladi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga 

ta`sir  ko`rsatadigan  barcha  jamoalar  birlashib,  ahillik  bilan  ishlashga  erishiladi  va  har  bir  shaxs 

o’z-o’zini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega bo`ladi. 

O`zbekiston  Respublikamizdagi  mustaqil  huquqiy,  demokratik  erkin  davlat,  fuqarolik 

jamiyatni  qurish  yo`lidagi  ulkan  ishlar  inson  mohiyatini  yangidan  kashf  qilishga,  uni  o’zligini 

anglashda  imkoniyatlarni  ro’yobga  chiqarishga  va  ma`naviy  intellektual  aqliy  malaiy  rivojlanishi 

uchun  yangi  shart-sharoitlar  yaratib  beradi.  Bu  o’z  navbatida  insoniyat  yaratgan  ma`naviy  ilmiy 

boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltiridi.  

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

ta`kidlaganidek: 

“Fuqarolar 

endi 


ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlarning  ishtirokchisi,  bajaruvchisi  emas,  balki  bunyodkori  va  tashkilotchisidir”  bunday 

yangicha  yondoshishlar  pedagogika  fanining  ob`ekti  va  predmetini  kengaytirdi.  Pedagogika  fani 

faqat  ta`lim-tarbiya  jarayoni,  nazariy  metodik  amaliy  ta`minlovchi  fan  emas,  komil  inson 

shakllanishini, rivojlanishini ta`minlovchi keng sohalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun kadrlar 

tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta`minot maqsadida shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh 

sub`ekti va ob`ekti sifatida qaraladi. Ma`lumki pedagogika fani tarbiya va ta`limning inson rivoji, 

shaxs kamoli va mutaxassis shakllanishida ta`lim tizimi o’z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, 

genetik, tarixiylik, mustaqillik,  tabiiy ekologik, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillk omillariga 

ham suyanadi. 

Pedagogika  fanining  metodologiyasida,  mazmunida,  tarbiya  nazariyasida,  ta`lim 

nazariyasida,  ta`limning  tashkiliy  shakllarida  komillik  darajasi  sifatlarini  aniqlashda  katta  islohiy 

o’zgarishlar bo`ldi. Bu o’zgarishlar pedagogik texnologiyalarda o’z asosini topishi lozim. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov    o’zlarining  “Milliy  mafkuramiz  xalqni,  xalq  millatini,  millat 

qilishga xizmat qilsin” nomli “Tafakkur” jurnalining (199h  yil Qg`) bosh muxarriri bilan bo`lgan 

muloqotda g`000 yil iyun` oyida “Fidokor” gazetasining muxbiri bilan “Donishmand xalqimizning 

mustahkam  irodasiga  ishonaman”  nomli  muloqotlarida  insonning  ma`naviy-maliy  shakllanishida 

hayotiy  jarayonning  hamma  jabhalari  mohiyatli  ekanligini  asoslab  berdi.  Pedagogika  haqli 

ravishda  tabiatning  oliy  mahsuli  insonning  ma`naviy-amaliy  shakllanishi,  uning  shaxs  sifatida 

rivojlanishi komil inson shakllanish qonuniyatlarini, mutaxassislik asoslarini O`rganuvchi ustuvor 

fanlardan  biriga  aylandi.  Pedagogikaning  metodologik  asoslanishidagi  o’zgarishlarni  talablar 

yaxshi  egallab,  yangicha  fikrlash  asoslarini  yaxshi  egallashlari,  boy  tarixi  tarbiyaviy  merosni 

vatanimiz va xorij pedagoglarining ilg`or tajribalarini O`rganib, zamonaviy, ma`naviy, insoniy va 

ijodiy mah`suli sifatlarini o’zlarida shakllantirishlari lozim.  



Bizningcha,  oliy  o`quv  yurtlari  uchun  pedagogika  kursini  o`qitishni  quyidagi  talablar 

asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 

1. Fan asoslarini ongli egallashni va talablarning intellektual ma`naviy rivojlanishlari bilan 

qo’shib olib borishning pedagogik asoslarini ochib berish. 

2. Talabalarni insoniyat erishgan boy qadriyatlariga milliy g`oya va milliy mafkura asosida 

tarbiyalash. 

3. Bola  o`quvchi,  talaba  tushunchalarini  abstrak  holda  emas,  balki  asosiy  ma`naviy 

sifatlarni  tarbiyalagan  holda,  bu  sifatlarni  yoshga,  filosofik,  fiziologik,  psixologik,  ginetik 

asoslariga  bog`liq  holda  shakllantirishning  pedagogik  asoslarini  ishlab  chiqish.  Bu  ishni  har  bir 

fanlar  guruhlarning  tarbiyalovchi,  rivojlantiruvchi  tamoyillarini  ochish  orqali  amalga  oshirish. 

Bunda xalq pedagogikasi va etnopedagogikadan keng foydalanish. 

4. Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  hayotga  joriy  qilish  uchun  talablarni  fan  va  o`quv 

fanlari  qurilishning  umumpedagogik  amlaiy  asoslari  bilan  qurollantirish.  Talabalarda  ta`lim,  fan, 

ishlab-chiqrishni  samarali  integratsiyalash  mexanizmlari  mazmuni  va  usullarini  shakllantirish 

maqsadida o`qitishni ilmiy tadqiqot bilan qo’shib olib borish, fanlar bo’yicha har bir tushunchani 

o’zlashtirishda  amaliy,  amaliy-nazariy  mashg`ulotlar  uzviyligini  pedagogik  negizlarini 

shakllantirish lozim. 

5. Oliy  o`quv  yurtlarida  har  bir  o`quv  fanining  soha  sifatida  rivojlantirishni  pedagogik 

ta`minlash  uchun  talabalarni  ijodiy  fikrlash  metodlarini  mutaxassislik  pedagogika  asoslari  bilan 

qurollantirish.  

Oliy o`quv yurtini tugatuvchi mutaxassis kelajakda faqat maktab, oliy maktab o`qituvchisi 

yoki  ilmiy  xodimgina  bo`lib  qolmasdan,  ma`naviy  intellektual  etuk  shaxs  bo`lib  etishishni 

ta`minlash  uchun  pedagogika  fani  talaba  ko’z  o’ngida  mustaqil  fan  sifatida  shakllanadigan  qilib 

tuzilgan. 

Ma`lumki,  hamma  kasblar  ham  avvalo  ustoz-muallim  O`rgatadi.  Dastlabki  saboqni  ham 

o`qituvchi  beradi.  Dastlabki  ona  -  Vatan  so’zlarining  ma`nosini,  mohiyatini  ham  o`qituvchi 

O`rgatadi.  Shuning  uchun  ham  barcha  kasblar  ichida  o`qituvchilik-muallimlik  kasbi  o`ta  sharafli 

va  mas`uliyatli  hisoblanadi.  Mana  shu  O`rinda  tabiiy  ravishda  savol  tug`iladi.  Xo’sh,  o`qituvchi 

kim U qanday sifatlarga ega bo`lmog`i kerak Xususan, bugungi kun o`qituvchisi qanday malakalar 

bilan qurollanmog`i darkorӨ va boshqalar. 

O`qituvchi  jamiyatning  yosh  avlod  ta`lim-tarbiyasiga  qo’yilgan  ijtimoiy  buyurtmasining 

asosiy  ijrochisidir.  Shuning  uchun  ham  respublikamiz  Prezidenti  I.  A.  Karimov  G`Tarbiyachi-

ustoz  bo`lish  uchun,  boshqalarning  aql-idrokini  o’stirish,  ma`rifiy  ziyosidan  bahramand  qilish, 

haqiqiy  fuqaro  etib  etishtirish  uchun,  eng  avvalo  tarbiyachining  o’zi  aynan  shunday  yuksak 

talablarga  javob  berishi,  ana  shunday  buyuk  fazilatlarga  ega  bo`lishi  kerakG`  -  degan  edi. 

Darhaqiqat  o`qituvchilik  kasbida  chuqur  bilimdonlik,  zukkolik  o’z  kasb  mahoratini  muntazam 

takomillashtirib  borishga  ishtiyoq  bo`lmas  ekan,  u  yaxshi  ustoz-o`qituvchi  bo`la  olmaydi.  Zero, 

davlatimizning  istiqboli,  Prezidentimiz  tomonidan  olg`a  surilayotgan  barcha  islohatlarning  ijobiy 

echimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog`liq. Shuning uchun ham bugungi 

mustaqillik  sharoitida  o`qituvchilik  kasbiga  bo`lgan  e`tibor  va    ehtiyoj  har  qachongiga  nisbatan 

ortib  bormoqda.  Shuning    bilan  birga  o`qituvchi  oldiga  qo’yiladigan  talablar  ham  o’zgacha 

bo`lmoqda. Chunki, bugun o’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada 

pedagog- o`qituvchilarning o’z O`rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim. 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  ko`tarilgan  barcha  tadbiru-amallar  respublikamizning 

aqliy  salohiyatini  oshirishga  qaratilgan  ekan.  Bu  eng  avvalo  o`qituvchi  kasbiga  bo`lgan 

munosabatni  tub  jihatdan  o’zgartirishni,  uning  ma`naviy-axloqiy  va  aqliy  kamolotini  oshirish 

lozimligini taqozo etadi. 

O`qituvchilik  kasbini  egallash  uchun,  albatta,  tabiiy  qobiliyatlar  bilan  birga,  jismoniy  ham 

ruhiy xislatlar ham shakllangan bo`lmog`i darkor. Aks holda o`qituvchilik kasbini tanlagan bunday 

shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech qanday manfaat bo`lmasligi turgan gap. 

Pedagogik  faoliyatning  mazmuni  asosan  yosh  avlodni  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  uchun 

xalq  oldida,  davlat  oldida  javob  beradigan,  bolalarga  tarbiya  berish  uchun,  layoqatli,  talab 

doirasida  barcha  aqliy  va  axloqiy  salohiyatga  ega  bo`lgan  maxsus  tayyorgarlikdan  o`tgan 

shaxslarning  alohida  faoliyatiga  aytiladi.  Aniqroq  qilib  aytganda  o`qituvchilarning  mehnat 



faoliyati  komil  insonni  tarbiyalashga  qaratilgan  murakkab,  ziddiyatli  va  uzoq  davom  etadigan 

jarayondir. 

O`qituvchilik  kasbini  egallagan  har  bir  inson  avvalo  o`qituvchi  shaxsiga  xos  xususiyatlarni 

o’zida mujassam etishi; shuningdek, o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan 

talablarni  atroflicha  o’zlashtirgan  bo`lishi;  tanlangan  ixtisos  yuzasidan  kerakli  doirada  pedagogik 

mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga etkaza olish qobiliyatiga ega 

bo`lmog`i juda muhim. 

 

Mutahkamlash savollar: 

 

1.



 

Pedagogika fanini o`qitish metodikasi haqida tushuncha.  

2.

 

Ushbu fanni o`rganishga bo`lgan zaruriy jamiyatlik talablar.  



3.

 

Pedagogika fanini o`qitish metodikasi predmeti va vazifasi. 



 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-Uzbekiston tarakkiyotning poydevori. T., 1995. 

4.

 



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1995. 

5.

 



Ta`lim tugrisidagi konun. T., 1995. 

6.

 



Gaybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshk. Pedagogika, 

1999. 


7.

 

Inogomov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 



8.

 

Tursunmetov K., Axmedov Sh. Ukuvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 



Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

Pedagogikaning ilm va o`quv predmeti sifatida rivojlanish tarixi 

 

Reja: 



1.

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 



2.

 

Milliy dastur asosida talaba qo’yiladigan talablarining asosiy vazifalari. 



            3. Pedagogika kasbining paydo bo`lishi va rivojlanishi bosqichlari. 

4. G`arb va Sharq pedagoglarining pedagogika fani haqidagi ko’z-qarashlari. 

 

T.t.  Pedagogika  kasbining  paydo  bo`lishi  va  rivojlanishi  bosqichlari,  kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi, G`arb va Sharq pedagoglarining pedagogika fani haqidagi ko’z-qarashlari 

 

Ijtimoiy  taraqqiyotning  hozirgi  tarixiy  bos ichi  kelajakda  buyuk  davlat  egasi  bo`ladigan 



komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishni ma`naviyatimiz zimmasiga yuklatilgan. 

 

Jamiyatimizning  ma`naviy  yangilanishi  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini 



shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta`minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish 

kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol` o’ynaydi. Shuning uchun 

ham  Өzbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.A.  Karimov-  inson,  uning  har  tomonlama  kamol 

topishi  va  farovonligi,  shaxs  manfatlarini  ro’yobga  chiqarishning  sharoitlarini  va  ta`sirchan 

mexanizmlarini  yaratish,  eskirgan  tafakkur  va  ijtimoiy  xulq  -  atvorning  andozalarini  o’zgartirish 

respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - 

deb juda to’g`ri aytgan  edi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar 

asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida 

mukammal  tayyorgarlikdan  o`tgan  kadrlarni  tayyorlashning  yangi  tizimini  shakllantirish 

o’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo`lib qoldi. 

Mana  shu  ma`noda  bugungi  mustaqillik  sharoitida  kadrlar  tayyorlashning  milliy  modelini 

ro’yobga  chiqarish,  har  tomonlama  kamol  topgan,  jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta`lim  -

tarbiyani  ongli  ravishda  idrok  eta  oladigan,  davlat,  jamiyat  va  oila  oldida  javobgarlik  hissini 

yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta`lim sohasini tubdan 

isloh  qilish,  uni  o`tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to`la  xalos  etish, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi 

yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini  yaratish maqsadida 1995  yilda Oliy Majlisning 

IX  sessiyasida  G`Ta`lim  to’g`risidaG`  qonun  va  G`Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturiG`  qabul 

qilindi. 

G`Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiG`ni  ishlab  chiqishning  asosiy  omillaridan  biri, 

respublikamizning  demokratik  va  huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqarolik  jamiyat  qurish  yo`lidan 

izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror 

topganligi;  milliy  o’zlikni  anglashning  o’sib  borishi,  vatanparvarlik,  o’z  vataniga  iftixor 

tuyg`usining  shakllanayotganligi,  boy  milliy  madaniy-tarixiy  an`analarga  va  xalqimizning 

intellektual  merosiga  hurmatning  ortib  borayotganligidir.  Yana  shu  narsani  alohida  qayd  etish 

joizki,  endilikda  Өzbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyasi,  respublikaning  jahondagi 

mavqei  va  obro’  -  e`tiborining  tobora  ortayotganligi  ham  mazkur  islohotlarni  tezlikda  amalga 

oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo`lib qoldi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan  barcha  tadbirlar  uch  bosqichda  amalga 

oshirilishi ko`rsatib berilgan. 

Ya`ni:  

Birinchi  bosqichda  (1995-2001  yillar)  pedagogik  va  ilmiy  pedagogik  kadrlar  tayyorlash 

hamda  ularning  malakasini  oshirishni  zamon  talablariga  javob  beradigan  darajada  tashkil  etish, 

shuningdek,  ta`lim  oluvchilarning  yuksak  tayyorgarlik  darajasi,  malakasi  va  ma`naviy-axloqiy 

saviyasining  sifatiga  nisbatan  qo’yiladigan  zarur  talablarni  belgilab  beruvchi  davlat  ta`lim 

standartlarini  yaratish  va  joriy  etish  asosida  milliy  dasturni  ro’yobga  chiqarish,  yo’nalishlariga 

aniqliklar kiritiladi. 

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) majburiy umumiy O`rta va O`rta maxsus, kasb -hunar 

ta`limiga,  shuningdek,  o`quvchilarning  qobiliyatlari  va  imkoniyatlariga  qarab,  taba alashtirilgan 


ta`limga o`tish hamda ta`lim xizmatini ko`rsatish bozorni shakllantirish mexanizmlari to`liq ishga 

solinishi ko’zda tutiladi. 

Uchinchi  bosqichda  (2005  va  undan  keyingi  yillar)-  to’plangan  tajribalarni  tahlil  etish  va 

umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar 

tayyorlash  tizimini  takomillashtirish  va  yanada  rivojlantirish,  ta`lim  jarayonini  axborotlashtirish, 

uzluksiz  ta`lim  jahon  axborot  tarmog`iga  ulanadigan  komp`yuter  axborot  tarmog`i  bilan  to`liq 

qamrab olinadi. 

Bizga  ma`lumki,  kadrlar  tayyorlash  sohasida  davlat  siyosatini  insonni  intellektual  va 

ma`naviy -axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har 

tomonlama  barkamol  shaxs-fuqaroni  shakllantirishni  nazarda  tutadi.  Shu  tarzda  fuqaroning  eng 

asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual 

jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga oshiriladi. 

Demak, bu g`oyalar ilmiy - nazariy umumlashmalar, xususan, kadrlar tayyorlashning milliy 

modeli  shaxs;  davlat  va  jamiyat;  uzluksiz  ta`lim;  fan;  ishlab  chiqarish  uyg`unlashtirilganda 

ko’zlangan  maqsadga  erishish  mumkin  bo`ladi.  Zero,  davlat  va  jamiyat  kadrlar  tayyorlash  tizimi 

amal  qilishi  va  rivojlanishining  kafolatlari  yuqori  malakali  rag`obatbardosh  mutaxassislar 

tayyorlash  bo’yicha  ta`lim  muassasalarining  faoliyatini  uyg`unlashtiruvchi  sifatida  faoliyat 

ko`rsatadi.  Uzluksiz  ta`lim  esa  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  Өzbekiston  Respublikasining 

ijtimoiy 

  iqtisodiy  taraqqiyotini  ta`minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy, 



ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 

Chunonchi,  uzluksiz  ta`lim  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma`naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va 

yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 

Fan  o’z  navbatida  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi, 

ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sifatida yuzaga chiqadi. 

Ishlab chiqarishning kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va 

saviyasiga  nisbatan  qo’yiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash 

tizimini  moliya  va  moddiy  -  texnika  jihatidan  ta`minlash  jarayonining  qatnashchisi  bo`lib 

hisoblanadi. 

Uzluksiz  ta`lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta`lim  standartlari  asosida,  turli 

darajalardagi  ta`lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  ta`minlanadi  va  qo’yiladigan  ta`lim  turlarini 

o’z ichiga oladi: 

- maktabgacha ta`lim; 

- umumiy ta`lim; 

-

 

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi; 



-

 

oliy ta`lim; 



-

 

oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim; 



-

 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;  



-

 

maktabdan tashqari ta`lim. 



Kadrlar  tayyorlashning  milliy  modelining  o’ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  mustaqil 

ravishdagi to`qqiz yillik umumiy O`rta hamda uch yillik O`rta maxsus, kasb - hunar ta`limini joriy 

etishdir. Bu esa, umumiy ta`lim dasturlaridan O`rta maxsus, kasb - hunar ta`limi dasturlariga izchil 

intilishni ta`minlaydi. 

Umumiy  ta`lim  dasturlari:  maktabgacha  ta`lim,  boshlang`ich  ta`lim  (I-IV-sinflar),  umumiy 

O`rta ta`lim (V-IX-sinflar), O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining o’z ichiga qamrab oladi. 

Kasb-hunar ta`limi dasturi O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi, oliy (bakalavriat, magistratura) 

ta`lim  va  oliy  o`quv  yurtidan  keyingi  ta`limni,  kadrlar    malakasini  oshirish  va  ularni  qayta 

tayyorlashni o’z tarkibiga oladi. 

Pedagogik kasb eramizdan oldingi III-I asrlarda Kadimgi Gretsiyada kuldorlarning bolalarini 

ovkatlantiradigan,  sayrga  olib  chikadigan,  uynatadigan  tarbiyachi  kullarni  G`pedagogG`  deb 

atagan. Xozirgi davrda pedagog suzi ta`lim-tarbiya beruvchi ukituvchiga aytiladi. 

Kadimgi Urta Osiyoda pedagogik kasb bundan g`,o’ million yil oldin paydo bulgan. Neomlit 

davrida yoshlarni xunarga urgatish, kuldorlik davrida dastlabki yozuv al`favit paydo bulgan. 

IX-X  asrlarda  Al-Xorazmiy,  al-Farobiyning  ikkinchi  mugallim  nomini  olishi,  Beruniy,  ibn 

Sino,  IX-XIII  asrlarda  Maxmud  Kashkariy,  Yusuf  Xos  Xojib,  Axmad  Yugnakiy,  Yassaviy,  IX-



XVI  asrlarda  Amir  Temur,  Ulugbek,  Alisher  Navoiy  asarlarida  pedagogika  kasbi  xakida  so’z 

yuritiladi.  

Ma`lumki,  hamma  kasblar  ham  avvalo  ustoz-muallim  O`rgatadi.  Dastlabki  saboqni  ham 

o`qituvchi  beradi.  Dastlabki  ona  -  Vatan  so’zlarining  ma`nosini,  mohiyatini  ham  o`qituvchi 

O`rgatadi.  Shuning  uchun  ham  barcha  kasblar  ichida  o`qituvchilik-muallimlik  kasbi  o`ta  sharafli 

va  mas`uliyatli  hisoblanadi.  Mana  shu  O`rinda  tabiiy  ravishda  savol  tug`iladi.  Xo’sh,  o`qituvchi 

kimӨ  U  qanday  sifatlarga  ega  bo`lmog`i  kerakӨ  Xususan,  bugungi  kun  o`qituvchisi  qanday 

malakalar bilan qurollanmog`i darkorӨ va boshqalar. 

O`qituvchi  jamiyatning  yosh  avlod  ta`lim  -  tarbiyasiga  qo’yilgan  ijtimoiy  buyurtmasining 

asosiy  ijrochisidir.  Shuning  uchun  ham  respublikamiz  Prezidenti  I.  A.  Karimov  G`Tarbiyachi  - 

ustoz  bo`lish  uchun,  boshqalarning  aql-  idrokini  o’stirish,  ma`rifiy  ziyosidan  bahramand  qilish, 

haqiqiy  fuqaro  etib  etishtirish  uchun,  eng  avvalo  tarbiyachining  o’zi  aynan  shunday  yuksak 

talablarga  javob  berishi,  ana  shunday  buyuk  fazilatlarga  ega  bo`lishi  kerakG`  -  degan  edi. 

Darhaqiqat  o`qituvchilik  kasbida  chuqur  bilimdonlik,  zukkolik  o’z  kasb  mahoratini  muntazam 

takomillashtirib borishga ishtiyoq bo`lmas ekan,  u  yaxshi ustoz - o`qituvchi bo`la olmaydi.  Zero, 

davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg`a surilayotgan barcha islo atlarning ijobiy 

echimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog`liq. Shuning uchun ham bugungi 

mustaqillik  sharoitida  o`qituvchilik  kasbiga  bo`lgan  e`tibor  va    ehtiyoj  har  qachongiga  nisbatan 

ortib  bormoqda.  Shuning    bilan  birga  o`qituvchi  oldiga  qo’yiladigan  talablar  ham  o’zgacha 

bo`lmoqda. Chunki, bugun Өzbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada 

pedagog - o`qituvchilarning o’z O`rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim. 

G`Kadrlar 

tayyorlash 

milliy 


dasturiG`da 

ko`tarilgan 

barcha 

tadbiru-amallar 



respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o`qituvchi kasbiga 

bo`lgan  munosabatni  tub  jihatdan  o’zgartirishni,  uning  ma`naviy 

  axloqiy  va  aqliy  kamolotini 



oshirish lozimligini taqozo etadi. 

Demak, bu fikrlarni ilmiy - nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi: 



Каталог: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling