O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi va`zirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 292.61 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana08.07.2018
Hajmi292.61 Kb.
  1   2   3   4

 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VA`ZIRLIGI  



 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI  

 

 

 

Tabiatshunoslik fakul`teti 

 

 

Geografiya kafedrasi 

 

 

 

 

 

5140500 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari  

ta’lim yo’nalishining   4-kurs bosqich talabalari uchun 

«XIZMAT KO’RSATISH SOHALARI GEOGRAFIYASI»  

FANIDAN MA’RUZALAR MATNI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS – 2013 

 



SUZ BOShI 

Xizmat  doirasining  tarkibi  geografik  urganishning  vazifalari.  uni  xududiy 

tashkil  etishga  ta`sir  kursatadigan  sharoitlar  jamiyat  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

taraqqiyotining  muhim  xususiyatlariga  taaluqli  bulib,  ayni  vaqtda  iqtisodiy  va  itimoiy 

geografiyaning urganish ob`ekti hisoblanadi. 

Ishlab  chiqarishning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik  yuksak bulsa, xizmat 

doirasiga  bulgan  talab  uni  rivojlantirish  imkoniyati  shuncha  yuqori  buladi.  Xizmat 

doirasiga  quyidagilar  kiradi:  uy-joylardagi  kamunal  xizmat,  aholiga  transport  xizmati, 

savdo  va  umumiy  ovqatlanish,  ijtimoiy  ta`minot  xizmati,  bolalar  muassasalari  va 

umumiy  ta`lim  maktablari,  tibbiy  xizmat,  maishiy  xizmat,  aholining  madaniy 

extiyojlarini  qondirish,  aholi  havsizligi  va  qonunchiligini  saqlash,  sport-turizm 

xizmati va x. k. 

Mazkur  qullanmada  noishlab  chiqarish  tarmoqlarining  bugungi  qiyofasi, 

rivojlanish  jarayonlari,  aholining  xizmat  kursatish  tarmoqlariga  bulgan  talab  va 

ehtiyojlari,  umuman  nomoddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  va  ularnirng  geografik 

xususiyatlari haqidagi muayyan bilimlar hamda aholiga xizmat kursatishning Uzbekiston 

Respublikasi miqyosida uziga xos hususiyatlari va muammolari uz aksini topgan.  

 

 

 

 

 

 

Noishlab chiqarish sohasining xalq xujaligida egallagan urni, fan predmeti va 

vazifalari. 

 

Xizmat  doirasining  tarkibi  geografik  urganishning  vazifalari,  uni  xududiy  tashkil 



etishga  ta`sir  kurasatadigan  sharoitlar  jamiyat  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyotining  muhim 

xususiyatlariga  ega  bulib,  ayni  vaqtda  iqtisodiy  va  ijtimoi y  geografiyaning urganish 

ob`ekti hisoblanadi. 

Bu  be`jiz  emas  albatta.  Nomoddiy  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning 

muhim  tarkibiy  qismi  bulganligidan  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  band  bulgan  aholining 

anchagina  qismi  shu  tarmoq  bilan  bog`langan  va  nihoyat,  xizmat  doirasi  moddiy  ishlab 

chiqarishning  rivojlanishiga  bevosita  ta`sir  kursatadi  va  aholi  turmush  tarzining 

yaxshilanishiga  olib  boradi,  shuningdek,  nomoddiy  ishlab  chiqarshi  tarmoqlari  hamda 



 

unda band bulgan xodimlar soni ortib bormoqda. 



Uzbekistonda 1926 yil shu sohada ijtimoiy ishlab chiqarishda band bulgan aholining 

bor  yug`i  6%  ni  tashkil  etgan  bulsa,  2005  yilda  bu  kursatgich  28%  ga  usdi.  Moddiy  ishlab 

chiqarish  sohasida  band  aholi  94%  dan,  74.1%  ga  tushadi,  lekin  bu  Respublika  iqtisodiy 

rivojiga ta`sir kursatadi  degan  gap  emas,  balki  fan  -  texnika  yutug`idan  foydalanish, 

shuningdek, odamlar turmush sharoitining yaxshilanishiga olib keladi demakdir. 

Binobarin, aholi moddiy  va madaniy turmush  darajasining  yuqori  bulishi  xilma-

xil  xizmat  kursatish  sohalariga  bulgan  talabni  oshiradi.  Bunda  nomoddiy  ishlab 

chiqarishning  taraqqiyot  darajasi  jamg`arilgan  milliy  boylikdan  ajratilgan  mablag`  evaziga 

amalga oshiriladi. 

Ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi  qanchalik  yuqori  bulsa,  xizmat 

doirasiga bulgan talab, uni rivojlantirish imkoniyati shuncha yuqori buladi. 

Xizmat doirasiga quyidagilar kiradi: 

- Uy-joylardagi kommunal xizmat; 

- aholiga transport xizmati; 

- savdo va umumiy ovqatlanish; 

- ta`lim va tarbiya muassasalari;   

- aholiga tibbiy xizmat kursatish; 

- maishiy-madaniy xizmat; 

- sport, turizm xizmati; 

- aholiga yuridik xizmat kursatish; 

- aholiga aloqa xizmati kursatish; 

- aholiga bank va ijtimoiy xizmat kursatish va b. 

Uzbekistonda  xizmat  kursatish  tarmoqlarini  rivojlantirish  va  uni  xududiy  tashkil 

etishga ta`sir kursatadigan ayrim sharoitlar bilan tanishib chiqamiz.  

Demografik  sharoit-bu  ham  xizmat  doirasini  rivojlantirish  uni  xududiy  tashkil 

qilishga  ta`sir  kursatadigan  muhim  omil  hisoblanadi.  Aholining  yosh  va  jinsiy  tarkibi, 

oila  a`zolarining  soni,  mehnatkashlarning  ishlab  chiqarish  malakasi  va  bilimi  buyicha 

tarkibi kabi demografik kursatgichlar xizmat doirasining hajmi hamda umumiy tarkibiga 

katta  ta`sir  kursatadi.  Masalan,  aholi  tarkibida  ayollar  soni  kup  yoki  kam  bulishi  ham 

aholiga turli xil xizmat kursatishni rivojlantirishda e`tiborga olinadi. 

Ma`lumki,  Uzbekiston  aholisining  tabiiy  usishi  eng  yuqori  bulgan  ulkalardan 

biridir.  Bu  hol  bizda  bolalar  va  usmirlar  salmog`ining  yuqori  bulishiga  olib  keladi.  Oila 

a`zolarining  soni  buyicha  esa  Uzbekiston  Hamdustlikda  Tojikistondan  keyin  ikkinchi 

urinda  turadi.  1989  yilgi  Butun  ittifoq  aholi  ruyhati  ma`lumoti  buyicha  Uzbekistondagi 



 

oilalar  a`zolarining  urtacha  soni  5.5 kishidir (Tojikistonda 6.1). Oila a`zolari 7 kishi va 



undan  ortkq  bulgan  oilalar  Uzbekistonda  1042,  Ukrainada  235  ta,  vaholanki  Ukraina 

aholisi Uzbekiston aholisiga nisbatan 2.5 marta kup. 

Aholi  yosh  tarkibidagi  bunday  kursatgich  kuproq  maktabgacha  tarbiya 

muassasalari,  umumta`lim  maktablari  qurish  zarurligiga,  ularni  tegishli  sondagi 

tarbiyachi,  darsliklar  va  uqituvchilar  bilan  ta`minlashga  olib  keladi.  Aholi  yosh 

tarkibidagi  bunday  hususiyatlar  savdo,  umumiy  ovqatlanish,  tibbiyot,  madaniy-maishiy 

xizmat kursatishda ham etiborga olinishi zarurdir. 

Mazkur  demografik  kursatkichlar  xizmat  doirasining  tarkibini  belgilab 

beradi.  Bu  kursatgichlardagi  rayonlararo  farqlar  esa  xizmat  doirasining  xududiy 

tashkil 


qilish 

xususiyatlariga 

ta`sir 

kursatadi. 



Shu 

bilan 


birga 

xududiy 


rayonlashtirishda aholi zichligi e`tiborga olinadi. Ayrim sanoat rivojlangan yirik shaharlar 

va  ularda  joylashgan  aholi  zichligiga  e`tibor  beriladi  va  u  erdagi  maishiy-xizmat 

kursatish  sohasiga  yanada  yuqoriroq  e`tibor  berish  va  bu  sohaga  kuplab  mablag` 

ajratishga tugri keladi. 



Aholiga  xizmat  kursatish.  Bu  tarmoq  doirasining  eng  murakkab  yunalishidagi 

sohasidir.  Maishiy  xizmat  kursatish  tarmog`i  moddiy  ishlab  chiqarish  (ayniqsa  sanoat) 

bilan  xizmat  doirasi  chegarasida  urnashgan.  Unda  amalga  oshiriladigan  ish  jarayonlari 

kup  xollarda  sanoat  xususiyatlariga  ega.  Shuning  uchun  ham  maishiy  xizmat  kursatish 

korxonalari odatda ikki guruhga bulinadi. 

- Maishiy xizmatning ishlab chiqarish xususiyatiga ega bulgan turlari. 

- Mashiiy xizmatning ishlab chiqarish xususiyatiga ega bulgan turlari. 

Birinchi  guruhga  maxsus  buyurtmalar  buyicha  kiyim  va  poyabzal  tikish  hamda 

ta`mirlash  ishlari,  radio  va  televideniya  apparatlarini,  transport  vositalarini  ta`mirlash, 

mebel` tayyorlab berish va ta`mirlash, kiyimlarni va boshqa mahsulotlarni kimyoviy yul 

bilan  tozalash,  buyash,  trikotaj  kiyimlarni  maxsus  buyurtmalar  buyicha  tikish,  tuqish, 

uy-joylarni  ta`mirlash  va  qurib  berish,  ijaraga  uy  ruzg`or  buyumlarini  berish 

shahobchalari kiradi. 

Ikkinchi  guruhga  esa  sartaroshxonalar,  hammomlar,  suratxonalar,  kir  yuvadigan 

shaxobchalar xodimlarining xizmati kiradi. 

Avvalo shuni aytish kerakki.Uzbekistonda bu tarmoq etarli rivojlanmagan. Undagi 

aholi jon boshiga tugri keladigan maishiy xizmatning hajmi hamdustlikdagi Tojikiston va 

Ozarbayjon  Respublikalaridan  tashqari  boshqa  barcha  Respublikalardagiga  nisbatan 

kam.  Maishiy  xizmat  hajmi,  umuman,  Urta  Osiyo  Respublikalarida  past,  Rossiya 

Federatsiyasi, Belorus` va Ukrainada xizmat kursatishning bu turi eng yuqoridir. 



 

Ikkichidan  hamdustlik  Respublikalarining  tabiiy-iqlim  sharoitlari  ham  bunga 



ma`lum  darajada  ta`sir  kursatishi  mumkin.  Jumladan,  aholi  yoshining iqlim sharoitida 

kiyim  -  kechak,  poyabzal  hamda  ularning  ta`mirlashga  bulgan  talab  nisbatan  kamroq 

bulishi tabiiy. 

Maishiy  xizmatga  bulgan  talab  aholining  real  moddiy  turmush  darajasining  usib 

borishi  bilan,  birinchi  navbatda,  uy  xujaligida  band  bulgan  xotin  -  qizlarning  ijtimoiy 

ishlab-chiqarishga jalb etilishi bilan ortda boradi. 

Uzbekistonda  qishloq  aholisiga  maishiy  xizmat  kursatish  ham  ancha  past 

darajada. Masalan, 1990 yilda aholiga maishiy xizmat kursatish xajmi jon boshiga urtacha 

40.1  teng  bulgan  holda,  qishloq  aholisiga  xizmat  kursatish  29,5  sumni  tashkil  qildi. 

Qishloq  aholisiga  maishiy  hizmat  kursatashni  yaxshilash  vazifasi  shuning  uchun  ham 

muhimki, aholining mutloq kupligi qishloqlarda yashaydi. 

Uzbekistonda  hozirgi  kunda  maishiy  xizmat  kursatishga  juda  katta  e`tibor 

berilmoqda.  Biz  mustaqillikka  erishganimizdan  buyon  bizning  davlatimiz  qishloq  va 

shaharlarga,  nomoddiy  ishlab  chiqarishga  e`tiborni  qaratganligi,  ya`ni  yangi  uquv 

moslamalari  va  oliy  uquv  yurtlar,  aholining  ichimlik  suvi,  qishloqlarni  gazlashtirish, 

turar joylar orasini  yangi  yul bilan ta`minlash, aholi qatnovini  shahar  va  shaharlararo 

transport  (zamonaviy  turlari)  bilan  ta`minlash,  madaniy-ma`rifiy  ishlarga  keng 

e`tibor  berish,  yosh  avlodni  tarbiyalash,  onalik  va  bolalikni  himoya  qilish  va  shu  bilan 

birga  boshqa  tadbirlarni  bajarish  tugrisida  ishlar  olib  borilmoqda.  Lekin,  biz  ham 

jahondagi  ayrim  AQSh,  Germani ya,  Frantsiya  kabi  rivojlangan  davlatlar  qatoriga 

kirishimiz  uchun  kup  ishlar  qilishimiz,  buning  uchun  avvalo,  ustuvorligiga 

erishishimiz, ikkinchidan kadrlar masalasini hal etmog`imiz lozim buladi. 

Hozirgi  kunda  bu  sohada  ayrim  qupol  kamchiliklarni  ayniqsa  qishloq  joylarda 

kuzatishimiz  ya`ni,  ichimlik  suvi,  gaz  bilan  ta`minlanmaganlik,  telefon  telegraf 

tarmoqlari va boshqa tarmokdarda orqadaligimizni kurish mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda  bu  masalalar  hali  echimini  topadi.  Chunki,  bugungi 

umidimiz bu ertangi ishonch demakdir. 

 

 

 


 



 



 

 

Noishlab ishlab chiqarish sohasining tarmoqlar tarkibi. 

Uzbekistonda savdo tizimining holati. 

Uzbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotini  rivojlantirish  aholining  sanoat,  qishloq 

hujaligi maxsulotlariga bulgan talabini qondirishda ichki savdo muhim urinlardan birini 

egallaydi.  Respublika  mustaqillikka  erigandan  keyin  sobiq  Ittifoqning  markaziy 

xokimiyati  tasarrufida  bulgan  tashqi  savdoni  Uzbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy 

aloqalar vazirligi olib boradi. Aholiga zarur barcha sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini 

sotish  dukon,  supermarket,  umumiy  ovqatlanish  muassasalari  va  boshqalar  orqali 

amalga  oshiriladi.  Aholining  shaxsiy  ehtiyojiga  muljallangan  barcha  moddiy 

boyliklarni  80%  ichki  savdo  orqali  taqsimlanadi.  Xalq  xujaligida  band  bulgan  barcha 

ishchi  va  xodimlarining  11.1%  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  sohasida  ishlaydi. 

Davlat  va  davlatga  tegishli  bulmagan  43.4  ming  chakana  savdo  korxonalari  aholiga 

xizmat kursatadi. 

Qadimgi  Uzbekiston  xududida  savdo  hamisha  iqtosodiy  xayotning  eng  muhim 

omidllaridan  biri  bulib  kelgan.  Qadimgi  savdo  yuli-Buyuk  Ipak  yulida  joylashgan 

Turkiston,  xalqaro  savdoda  muhim  urin  egallagan.  Bu  yul  orqali  Xitoy  va 

Mug`ulistondan  Xindiston,  Eron,  G`arbiy  Osiyo,  Kavkaz  va  Sharqiy  Evropaga  asosan 

ipak, teri, shuningdek ziravorlar,  oltin  va  qimmatbaho toshlar,  zargarlik  buyumlar olib 

utilgan. 

Ipak  yuli  buylab,  ayniqsa  Turkiston  xududida  ma`lum  masofadarda  rabot, 

karvonsaroy,  bekat,  sardoba  va  quduqlar  qurilgan.  Usha  joylarda  keyinchalik  katta-

kichik  shaharlar  vujudga  kelgan.  Yirik  shaharlar  -  Buxoro,  Samarqand,  Urganch, 

Toshkent, Qarshi, Quqon, va boshqalarda kuplab karvonsaroylar bulgan. Karvonsaro y 

va  bozorlarda  narh-navo,  savdo  haqida  sungi  ma`lumotlar  eshittirilgan. 

Keyinchalik  karvon  savdo  aloqalari  Volga  buyi,  Moskva,  Qozon  shaharlari  bilan  ham 

urnatilgan. 

Respublikada  80  -  yillarning  ohiriga  qadar  savdoning  asosiy  shakllari  davlat, 

kooperativ  va  qishloq  savdosidan  iborat  buldi.  Davlat  savdosi  orqali  ichki  bozorda 

iste`mol tovarlarining kupchilik qismi sotildi. U Respublika chakana tovar oborotida 


 

muhim  urin  egalladi.  Davlat  savdosi  asosan  shahar  aholisiga  va  sanoat  markazlariga 



xizmat  kursatdi,  shuningdek  uz  tashkilotlari  orqali  kolxoz  va  sovxozlardan  kartoshka, 

sabzavot,  poliz  ekinlari  va  mevalar  sotib  oldi.  Kooperativ  savdo"  Uzbek  birlashuv" 

orqali  amalga  oshirildi.  Uyushma  asosan  qishloq  aholisini  iste`mol  mollari  bilan 

ta`minladi.  Shuningdek  qishloq  aholisini  va  jamoa  hujaliklaridan  qishloq  hujalik 

maxsulotlarini  (tuxum,  jun,  qorakul  terisi,  muyna,  teri  xom  ashyosi,  ayrim 

xom.ashyolar,  kartoshka,  sabzavot)  xarid  qildi.  Shaharlarda  qishloq  hujaligi 

mahsulotlari savdosini tashkil etdi, qishloq aholisini non mahsulotlari bilan ta`minladi. 

Qishloq  savdosi  dehqon  bozorlarida  davlat  va  kooperativ  savdo  bilan  birga,  qishloq 

hujaligida ishlab chiqarilgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  savdosini  amalga  oshirdi.  Aholi 

xarid  qiladigan  tovarlar  strukturasida  oziq-ovqat  mahsulotlar  hissasi  kupaya  bordi. 

1991  yilda  davlat  savdosi  tovar  axborotining  umumiy  hajmida  aholining  nooziq-ovqat 

mollarini  xarid  qilish  harajatlari  60.6%  ni  tashkil  etdi.  Uzbekiston  iqtisodiyotining 

bozor  munosabatlariga  utishi  davrida,  Respublikada  savdo  "Uzbeksavdo",  "Uzbek 

birlashuv"  "Uztayyorlov  savdo"-Respublika  tovar  xom  ashyo,  fond  birjalari, 

shuningdek  sanoat,  transport  kontsernlari  va  kompaniyalari  huzuridagi  ishchilar 

ta`minoti bulimlari. Respublika sog`liqni saqlash vazirligi (dori va atir upa savdosi). 

Matbuot davlat qumitasi (kitob savdosi). va boshqa vazirliklarning savdo tashkilotlari 

orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, xususiy savdoga ham keng yul berildi. 

Urta  asrlarda  savdo  Uzbekistonda  savdo-sotiq  eng  qadimgi  davrlarda  yuzaga 

kelgan.  Ayniqsa,  urta  asrlarga  kelib,  nafaqat  shaharlarda,  balki  juda  kup  yirik 

qishloqlarda  ham  qaynoq  govjum  bozorlar  bulgan.  Butun  Sharqdagidek,  bu  erda  ham 

mahaliy  bozorlarni  ulkaning  kuzgusi  desa  buladi.  Juda  kup  shahar  va  qishloqlarda 

muayyan  kuchga  belgilangan  katta  bozorlar  bulib,  ularga  butun  Urta  Osiyodan  va  chet 

ellardan  savdogarlar  kelgan.Ayrim  shaharlarda  har  yili  katta  savdo  yarmarkalari  ochilib, 

10-20 kunlab ishlab turgan va ularda minglab kishilar ishtirok qilganlar.  

Urta  asrning  atoqli  tarixchilaridan  Narshahiyning  ta`rificha,  yirik  hunarmanddar 

va dexqonlar uchun boylik orttirishda savdo uz hunar kasbidan ham muhimroq ahamiyatga 

ega bulgan. Chunki, ishlab chiqariladigan mahsulotlar qancha qulay xarid qilinsa, shuncha 

daromad kupayadi va kasbi rivoj topadi. 

Bozor  mahsuloti  ishlab  chiqarish  va  tovar-pul  munosabat-larining  rivoji  albatta, 

muayyan  darajasi  bilan  bevosita  bog`liq.  Asrimizning  boshlarida  uzbek  elida  ishlab 

chiqaruvchi  kuchlar  ancha  rivojlangan,  savdo-sotiq  rivojlangan  bulib,  juda  kup  shaharlar 

yirik  savdo  markaziga  aylangan.  Utgan  asr  oxirida  Toshkentning  markaziy  bozorida  uch 

mingdan  ortiq  dukon  mahsus  rastalarga  joy-lashgan.  Xorazm  vohasida  ham  savdoning 



 

rivojlanganligini, u erdagi savdo dukonlarining sonidan bilish mumkin. Farg`onaa vodiysida 



uzining kattaligi va savdo aylanishi (axboroti) jihatdan Quqon bozori alohida ajralib turadi. 

Qishloq  hujalik  mahsulotlari  ham  mahsus  rastalarga  joylashtirilgan.  Masalan,  don, 

paxta,  quruq  va  hul  mevalar  rastasi,  mol,  utin  va  kumir,  yogoch,  qurilish  materiallari, 

em-xashak  bozorlari odatda shahar chekkasida joylashgan. Ba`zan  yirik shaharlarda bir 

necha  mol  bozorlari  mavjud  bulib,  ularda  doimo  odam  va  mol  gavjum  bulgan,  hamda 

dallollik  avj  olgan.  Dallol  ulgurji  va  jonli  mol  savdosida  muhim  ahamiyatga  ega  bulgan. 

Ba`zan  shaharliklar  va  dashtliklar  orasida  hatto  "savdo  dustligi"  urnatilgan.  Uzoqdan 

kelgan  chorvador  tutilgan  shaharlik  dustining  uyiga  tushgan,  oilaviy  bordi-keldi  urnatilgan. 

Odat tusiga kirgan mazkur savdo munosabatlari  avloddan-avlodga utib qadimiy ikki xildagi 

xujalik munosabatlarining ramzi sifatida namoyon bulgan. 

Shahar  bozorlarida  dukon  rastalaridan  tashqari  maxsus  mardikor  bozori  ham 

bulgan. Unda har kuni sahardan kechgacha yollanib ishga muhtoj odamlar gavjum bulgan. 

Qurilish  va  boshqa  hunarmandchilik  kasblaridagilar  asosan  uz  hunar-kasb  uyushmasi  raisi 

orqali  yollangan.  Katta  shaharlarda  savdo-sotiq  har  kuni  bulgan,  unda  asosan  mahalliy 

aholi  xarid  qilgan.  Qadimiy  davrlardan  bozorlar  nafaqat  savdo  uchun,  balki,  sayr-tomosha 

uchun  ham  xizmat  qilgan.  Uzoqdan  mehmon  kelsa,  uni  bozorga  sayr-tomoshaga  olib 

chiqish odat bulgan. 

Karvonsaroylar. 

Butun  Sharqda,  shu  jumladan  Uzbekistonda  ham  savdo  ishlarida  karvonsaroylar 

muhim  ahamiyatga  ega  bulgan.  Karvonsaroylarning  soniga  qarab  hatto  savdo-sotiqning 

rivoji  belgilangan.  Karvonsaroylar  odatda  pishgan  g`ishtdan  qurilgan  katta  kvadrat 

shakldagi ikki qavatli hovli bulib, uning birinchi qavati mol saqlaydigan (ombor) va ikkinchi 

qavati  mehmonxona  hujradan  iborat  bulgan.  Yirik  savdogarlar  u  yoki  bu  shaharda  doimiy 

savdo qiladigan bulsa, hatto uzlarining shaxsiy karvonsaroylarini qurganlar va uz kishilariga 

xizmat  qilgan.  Masalan,  Buxoroda  bir  necha  Xivalik  savdogarlar,  Samarqandda  Urgutlik 

savdogarlar  uzlarining  karvonsaroylariga  ega  bulganlar.  Ayrim  karvonsaroylar  katta 

feodal  va  zodagonlar  hatto  davlat  (xon)  ning  yoki  diniy  tashkilotning  (mulki)  vaqfi 

hisoblangan.  Albatta,  ular  bunday  mulk  egalariga  katta  daromad  keltirgan.  Shuni  ham  qayd 

qilish lozimki,  yirik  shaharlardagi  karvonsaroylar  muayyan  mol xarid  qilinishga  qarab ham 

ixtisoslashgan.  Bu  erda  chakana  va  ayniqsa  ulgurji  savdo  amalga  oshirilgan.  Savdo-sotiq 

ishlari  hisob-kitob  bilan  bog`liq  bulganligi  tufayli  unda  ishtirok  qiluvchilarning  savodli 

bulishi  talab  qilinadi.  Shuning  uchun  juda  kup  sonli  savdogarlar  nafaqat  uqimishli  bulgan, 

ular  hatto  maxsus  mirzolar  saylaganlar.  Mirzolar barcha savdo-ishlarini, ayniqsa ulgurji 

savdoni  rasmiylashtirishda  bevosita  ishtirok  qilganlar.  Savdo  ishlarida  faol  qatnashadigan 


 

yana  bir  shaxs  kosid  hisob-kitob  va  kredit  ishlarini  boshqargan.  Odatda,  kosid  oldi  berdi 



ishlarini  ag`zaki  bajargan.  Eng  kup  savdo  Rossiya  bilan  olib  borilganligi  uchun  orada  yirik 

boy savdogarlardan pul olib muayyan foiz daromad hisobiga qishloq xujalik mahsulotlarini 

sotib olib Rossiyaga junatib xarid qilingan. 

Karvonsaroylarda  va  savdo  rastalarida  savdo  ishlarida  xizmat  qiladigan  past 

tabaqalardan  ishlovchi  qorovuli,  hammol,  farrosh,  yuk  tashuvchi  va  joylashtiruvchi 

mardikorlar  kupchilikni  tashkil  qilgan.  Yirik  savdogarlar  mahsus  jamoaga  (korporatsiyaga) 

birikkanlar.  Jamoani  boshqaruvchi  oqsoqol  karvonboshi  xisoblanib,  uni  savdogarlar 

saylaganlar.  Oqsoqol  savdo  rastalari  tartiblari  va  qoidalariga  rioya  qilishni  kuzatib, 

xaridorlar  va  savdogarlar  orasidagi  mojaroning  hal  qilishga  ba`zan  tashqaridan  kelgan 

molning  dukonlar  orasida  odilona  tarqalishiga  bosh  bulgan.  Xulosalab  aytish  kerak, 

karvonsaroylar qadimda ham, hozir ham uz ahamiyatini yuqotgani yuq. 

Dehqon bozorlari. 

Dehqon  bozorlarida  qishloq  xujalik

1

  mahsulotlari,  oziq-ovqatlar,  sanoat  mollari, 



xunarmandchilik  mollari  bilan  savdo  qilishadi.  Shuningdek,  tadbirkorlar,  ishbilarmonlar, 

turli  firma,  kontsern,  kompaniya  vakillari  tomonidan  Respublikaning  turli  viloyatlaridan, 

MDH mamlakatlari, chet ellardan olib kelingan turli tovarlar sotilardi.  

Uzbekistonda  80-yillardan  bozorlar  dehqon  bozorlari  deb  atala  boshlandi. 

Respublikada  169.1  ming  savdo  urniga  ega  bulgan  621  dehqon  bozori  va  ularning  filiallari 

bulib, ularni 187 tasi chorva mollari sotishga muljallangan.  

1990-yillardan  dehqon  bozorlarini  qayta  qurish  va  ta`mirlashga  katta  ahamiyat 

berilmoqda. 1991 - 1995 yillarda 146 dehqon bozori, shu jumladan Toshkentdagi Eski Juva, 

Oloy,  Sergeli,  Samarqnddagi  Siyob  bozorlari,  Urgut,    Quqon,    Andijon,    Farg`ona 

shaharlaridagi  bozorlar  kengaytirildi,  ta`mirlandi.  Jizzax  viloyatida,  Toshkent-Termiz      va   

Jizzax-Quqon      avtomobil`      yullari  kesishgan  joyda  maydoni  500  gektar  bulgan  "Osiyo 

karvon  saroyi"  xalqaro    bozori  qurildi.    Shuningdek  qadimdan  yirik  shaharlarda  yoki 

shahar    chekkalarida,      viloyatlar    chegaralarida    tunggi    bozorlar  (bozor      mirshablar)    

bulib,      savdo      asosan      tunda      olib      borilgan.  Masalan  (Toshkentda  Shayhontoxur 

dahasining  Urdaga  yaqin  joyida,  Qashqadaryoda  Chiali  bozori  va  boshqalar).  90  yillar 

boshidan  shunday  bozorlar  Toshkent  (Otchopar  bozori),  Quqon  va  boshqalarda  faoliyat 

kursata boshladi.  


Каталог: lektions -> geografiya -> uzb
uzb -> Sizga tavsiya etilaёtgan ma`ruza matnlari Tuproqshunoslik faniga mansub bo`lib, undagi
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> MA’ruzalar matni mavzu: kirish. Topografiya va kartografiya fanlarining maqsadi va vazifalari Reja
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling