17 Klumbalarni (o‘ralgan gullarni) bezatish. Hududda klumba joylashtirish.
Klumba shakli va kattaligi. Klumbada gullarni o‘tqazish.
Klumba-shakli deyarli bir xil o‘lchamdagi, turli perpendikulyar yo‘nalishdagi, Geometrik tugallangan kontur shaklidagi, turli xil gul turlaridan barpo qilingan
bog‘-park elementi. Klumba-toshlar guruhi bilan uncha katta bo‘lmagan 0’simliklar
guruhi yoki yakka nusxalar bilan almashinadigan, landshaftli kompozitsiya. U murakkab landshaft bog‘i yoki alohida landshaft qismining elementi bo‘lishi mumkin. Klumba (gulzor)-qat’iy geometrik shakllarga, yirik bo‘linishdagi oddiy tasvirga ega bo‘lgan ammo sezilarli kam maydonli gulzordir. Ular bir yillik va ikki yillik gulli o’simliklardan yaratiladi. Keyingi vaqtlarda ko‘proq ko‘p yilliklardan foydalanilmoqda. Past o‘sadigan, ixcham, zich to‘yingan fakturali, ko‘zga tashlanadigan qilib bo‘yalgan o‘simliklar qo‘llaniladi. Klumbalar oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy klumbalarga bir ko‘rinishdagi gulli o‘simliklar ekiladi: astra (qo‘qongul), shoyigul, kartoshkagul, tininariya, maritima va boshqalar; murakkabga esa ikki-uch ko‘rinish yoki navdagi o’simliklar. Agar klumba keng bo‘lsa, klumbaning bir tomoniga eng ko‘p ko‘rinadigan, qarama-qarshi tomoniga bir qadar mayda, old planga esa juda kichkina o‘simliklami o‘tqazish tavsiya etiladi.
18.Jo‘yaklarni bezatish. Tomorqada jo‘yaklarni qo‘llash. Jo‘yak tarkibiy ko‘rinishlari.
Gul yetishtirish uchun ajratilgan maydon tekis va uncha katta bo‘lmagan (2-3o gacha) nishablikda bo‘lishi lozim. Yer maydoni kuz oylarida tayyorlanadi. Organik o‘g‘itlar berib, 20-30 sm chuqurlikda chopiladi. Tuproq begona o‘tlardan tozalanadi, xaskashlanadi va jo‘yaklar olinadi. Ular kaltaroq, balandligi 20-25 sm, kengligi 70 sm bo‘lishi kerak. Ekishdan oldin maydon sug‘oriladi. Ko‘chatlar 70×60 sm va 70×70sm sxemada ekiladi. Qator oralariga ishlov berish ishlari sug‘orilgandan 2-4 kundan so‘ng bajariladi. Tuproqni yumshatish dastlabki yillari 3-4 marotaba amalga oshiriladi. Qator oralari qo‘l kuchi bilan 10-15 sm chuqurlikda chopiq qilinadi va begona o‘tdan tozalanadi. Ekish uchun joy tanlash va yerni tayyorlashda tuproqning har kvadrat metriga 4-5 kg go‘ng va 400-500 g qum qo‘shib chopiladi. Agar tuproq qumli, yumshoq bo‘lsa, har kvadrat metrga 3-4 kg go‘ng solib chopiladi. Ochiq maydonlarda 50-60 smli jo‘yaklar tayyorlanadi. Yirik gullarni yetishtirish uchun ikkidan bir qism soz tuproq va yana ikkidan bir qismi chirigan bargdan iborat aralashma tayyorlanib, bunga tuproqning qay darajada zichlanganiga qarab, qum qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |