Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “floristika va fauna” to‘garagi
Favvoralar, sharsharalar, buloqlar
Download 1.51 Mb.
|
2.Landshaft dizayni qo\'llanma тайёр
21.Favvoralar, sharsharalar, buloqlar.
Favvora-biror manbadan chiqqan suv biror jomga tushib va yana qayta ishlatiladigan qurilma. Estetik zavq berish uchun oʻrnatiladi. Favvora, fontan-sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi va uni hosil qiluvchi inshoot. Dastlab, favvoradan ichimlik suvi manbai sifatida ham foydalanilgan, keyinchalik shahar maydonlari, saroy va bogʻlarni bezash, havoni salqinlashtirish vositasi sifatida qoʻllanilgan favvoralar quduq, chashma, hovuz kabi suv inshootlari bilan bog‘liq. Favvorada meʼmorlar tomonidan oqar suvning badiiyestetik jihatlari va shifobaxshligi namoyon qilingan. Koʻpincha favvora serhasham qilib quriladi. Favvoralarning bezak jihati Turkiyadagi Favvora-chashmalar uy devoriga tutash peshtoqsimon yarim doira shiypon yoki rotonda ichiga qurilgan. Oʻrta Osiyoda favvora qurilishi 14-15-asrlarda keng rivojlangan. Amir Temur bog‘lariga ishlangan favvoralar xaqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Bu favvoralarga suvlar maxsus moslamalar (sopol quvurlar)dan kelib, hovuzlarga tushib ariqchalar orqali tashqariga oqib chiqqan. Hovuz atrofi har xil rangdagi marmar toshlar, rang barang gullar tasviri bilan bezatilgan. Hovuzlarga quyiladigan ariqchalarning qirgʻoqlari ham marmar toshlar bilan qoplangan. Qoʻlyozma kitoblar (mas, Boburning “Boburnoma” va boshqalar)ga ishlangan miniatyuralarda favvora namunalari aks ettirilgan. Oʻzbekistonda favvora, asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan. (Toshkentdagi teatr maydoni, 1947; Xadra maydoni, 1952-53; Navoiydagi “Farhod” va “Oʻzbekiston daryolari”, 1970 va boshqalar). Mustaqillik maydonidagi favvoralar (1970-74) katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi. Hozirgi zamon favvoralari fantexnika yutuqlari asosida bunyod etilmoqda, Oqshomda ular harakatdagi rangli nurlar bilan yoritiladi. Suvning shovullash ovozi musiqiy ohanglar bilan muvofiqlashtiriladi. Sharshara-daryo oʻzanidagi tik jarliklardan suvning pastga otilib tushishi. Suv bir nechta pogʻonalardan oqib tushib, Sh.lar qatori-kaskad hosil qilishi mumkin. Daryoning yumshoq va qattiq jinslardan tarkib topgan joylaridan oʻtganda yumshoq jinsli joyni oʻyib kirib pogʻona hosil qiladi va shu pogʻonalardan pastga otilib tushadi. Shu pogʻonasi betoʻxtov yemirilib turadi va sharshara oqimining yuqori tomoniga siljib boradi. Pogʻona tez yemirilib brogan joylarda sharshara oʻrnida ostonalar hosil boʻladi. Togʻlardagi tor vodiy va daralarning oʻpirilib tushgan qattiq togʻ jinslari bilan toʻsilishi oqibatida hamda tekisliklarda daryoning qattiq jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan joylardan oʻtishida ham va sharsharalar paydo boʻlishi mumkin. N iagara, Iguasu, Viktoriya sharsharasiSayohat vaqtini oldindan rejalashtirilmasa, ularni ko‘p sonli sayyohlar orasidan suratga olish qiyin kechadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling