Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “floristika va fauna” to‘garagi


Bog‘ni barpo etishni rejalashtirish


Download 1.51 Mb.
bet2/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1194314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2.Landshaft dizayni qo\'llanma тайёр

2.Bog‘ni barpo etishni rejalashtirish.
Bog‘ni barpo etishni rejalashtirishda, daraxtlar qanchalik to‘g‘ri ekilsa, ularning o‘sishi va meva berishi shuncha yaxshi bo‘lishi uchun bu vazifaga katta e’tibor berish lozim.
Buning uchun quyidagi muhim omillarni hisobga olish kerak:
1. Hududning o‘lchamiga y’ani, bog‘ uchun qancha joyni ajratilish kerakligi.
2. Yerning relyefi y’ani bog‘ uchun tekis yoki yumshoq er qiyal bo‘lishi, tuproq unumdor bo‘lishi kerak.
3. Issiqlik va yorug‘likning mavjudligi. Ko‘pgina mevali daraxtlar uchun yorug‘lik va issiqlikning ko‘p bo‘lishi muhim.


3. Landshaft dizayni tashkil etish uchun rejalashtirilgan hududning tahlili.
Loyihani amalga oshirish uchun har qanday dizayner, bir qator harakatlarni amalga oshirishi kerak, ular orasida quyidagilar mavjud:
Ko‘pchilik daraxtlar quyoshda o‘sishni afzal ko‘radi. Shuning uchun bog’yorug‘likni yaxshi ko‘radigan ekinlar bog‘ning janubiy yoki janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lishi kerak.
Agar bog‘da daraxt ekish uchun ajratilgan maydon kichik bo‘lsa, o‘simliklar bosqichma-bosqich joylashtirilishi kerak: past boyli o‘simliklar-janub tomonda, baland bo‘yli o‘simliklar-shimolga yaqinroq.


4.Landshaft dizayni tashkil etiladigan hududning funksional taqsimlanishi.
Landshaft dizayni tashkil etiladigan hududning funksional taqsimlanishida bog‘-parklar, xiyobonlar, yo‘laklar, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda bir-biriga parallel va ko‘ndalang to‘g‘ri chiziqlar, ariqlar bo‘ylab o‘zaro simmetrik tarzda, tartibli reja asosida joylashtirilgan daraxt hamda butalar, gulzorlar, maydonlar, yo‘llar va landshaft qurilmalarining yaxlit kompozitsiyasi tushuniladi. Bog‘ rejasini tuzishda, daraxtlarni sxema bo‘yicha ekilib, ular 2 ta asosiy bog’uslubiga ajratiladi:muntazam (geometrik), landshaft (tabiiy). Manzara dizaynida qo‘llaniladigan shakl va chiziqlar.


Manzara dizaynini yaratishda , barcha ishlar faqat kelajak uchunligini, hatto oddiy gulzorni ham ko‘chatlari to‘g‘ri shaklini olishini bilish lozim bo‘ladi. Eng mashhur bog’ bezaklari-gullardir. Ular yaxlit manzara dizaynini yaratishga qodir bo‘lib, qo‘shimcha bezatish elementlari sifatida bog‘dagi yog‘och to‘siqlar, mayda gulzorlar, manzarali toshlarni tushuniladi. Mevali daraxtlar bilan bog‘ni yanada chiroyli qilish uchun qo‘shimcha dekoratsiyalar qo‘shish mumkin.





Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling