Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “floristika va fauna” to‘garagi


Download 1.51 Mb.
bet5/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1194314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2.Landshaft dizayni qo\'llanma тайёр

2.Mineral o‘g‘itlar-bog‘dorchilik do‘konlarida sotiladigan kimyoviy moddalarning ixtisoslashgan komplekslari. Bu o‘g‘itlar o‘simliklarning to‘g‘ri rivojlanishi, gullashi va meva berishi uchun ishlatiladi. O‘simlik o‘sishi davrida havo, tuproqdan har xil kimyoviy va mikroorganizmlar hosil qilgan moddalarni iste’mol qiladi. O‘simliklar iste’mol qiladigan kimyoviy moddalar 3 guruhga bo‘linadi:-makroelementlar-azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir, o‘simlik tarkibida ularning miqdori 0,02% dan ortiq;-mikroelementlar-bor, marganes, rux, mis, sink, molibden, yod, kobalt, o‘simlik tarkibida ularning miqdori 0,01-0,02%;-ultramikroelementlar-yod, stronsiy, vanadiy, kumush, titan, uran, o‘simlik tarkibida ularning miqdori 0,01% kam. Mineral o‘g‘itlarning murakkab komplekslari bahorda yoki kuzda tuproqqa qo‘llaniladigan ko‘plab elementlardan iborat.





8.Xazonrezgi daraxtlar va butalar.
Daraxt-tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. Daraxtlar har doim tabiatga, insoniyatga foyda keltirgan. Soyasi, mevasi. Kuz fasli kelishi bilan daraxtlar o‘zining yashil olamini xazonrezgilikka bo‘shatib beradi.
Daraxtlar boʻyiga qarab 3 guruhga:
1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay);
2) 25-35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi);
3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinadi.
Mevali daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga:
1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari);
2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari);
3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi.
Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor.
Doim yashil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi.
Daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan (parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqdanadi. Kuz go‘zal va serjilo fasl. Shoirona aytilganidek, bu fasl “Xazon” barglari bilan ajralib turadi. Kuz fasli kirib kelganda, ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi. Kuz-“Xazon-rezgi” fasli deb ham ataladi.



Butalar-tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning oʻsib chiqishi hamda past boʻlishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladigan oʻsimliklarning hayotiy shakli. Boʻyi yarim metrdan past boʻlgan, shoxlari yogʻochlangan kalta oʻsimliklar butacha deb ataladi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling