Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “floristika va fauna” to‘garagi


Biryillik, ikkiyillik va ko‘pyillik o‘simliklar (klassifikatsiya, hayot shakllari)


Download 1.51 Mb.
bet8/15
Sana13.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1194314
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2.Landshaft dizayni qo\'llanma тайёр

12.Biryillik, ikkiyillik va ko‘pyillik o‘simliklar (klassifikatsiya, hayot shakllari).
Bir yillik o‘simliklar yoki ko‘proq mavsumiy o‘simliklar deb ataladigan o‘simliklar-bu yiliga atigi bir necha oy yashaydigan, ya’ni sovuq kelganda yoki gullash to‘xtaganda ular qurib o‘ladi.
K
ungaboqar.
Ikki yillik o‘simliklar-bu ikki yil davomida rivojlanib, keyin gullaydi. Ular 24 oy yashaydilar, lekin hayotlarining bir qismi ma’lum bir yilda, boshqasi keyingi yilda o‘tkaziladi, ya’ni yozda yoki kuzda ekilgan bo‘lsa, ular keyingi bahorda gullaydi.


Koʻp yillik oʻsimliklar-ikki yildan ortiq yashay oladigan oʻsimliklarga kiradi.
Koʻp yillik oʻsimliklar oʻ. tashqi koʻrinishi va biologik xususiyatlari bilan juda xilma-xildir. Koʻp yillik oʻsimliklarning koʻpchilik guruhini oʻtsimon oʻsimliklar, tropik zonalarda esa koʻproq daraxt va butalar tashkil etadi. Koʻp yillik oʻsimliklarning uzoq muddat yashashi ularda poya (ildizpoya, piyozchalar, tuganak piyozchalar) mavjudligiga bogʻliq. Koʻp yillik oʻsimliklarning yashash muddati bir necha yildan tortib to 10, 100 yilgacha, baʼzan, hatto, 1000-yilgacha choʻzilishi mumkin. Daraxt va butalar koʻp yillik oʻsimliklar ichida eng uzoq muddat yashaydigan oʻsimliklar hisoblanadi. Eman 500-1000-yil, shuvoq 100 yil yashaydi.



13.Chirmashuvchan va osilib o‘sadigan o‘simliklar, ularning agrotexnikasi. Ushbu o‘simliklarni hududni bezatishda qo‘llash.
Chirmashuvchan va o‘silib o‘sadigan o‘simliklardan devorlar, ayvonlar, ishkomlar, ravoqlar, piramidalar, ustunlar, naqshinkor panjaralarni ko‘kalamzorlashtirish uchun keng foydalaniladi. Barcha chirmashuvchi bir yilliklar faqat yuqori agrotexnikada-chuqur yumshatilgan tuproqda, yetarli miqdorda o‘g‘itlar solinganda, uzluksiz sug‘orilganda, kesib parvarishlanganda yaxshi o’sib rivojlanadi va gullay boshlaydi. Ularga quyidagilar kiradi: qirmizi ipomeya, klematis, limonnik, aktinidiya, nastursiya, kobeya, dolixos, azarina. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Iliq iqlimli hududlarda koʻpchilik oʻsimliklarning vegetatsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart-aprelda parnik va oranjereyalarga ekiladi, soʻngra ochiq yerga kuchiriladi, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq yerga ekiladi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling