O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti
Download 492.11 Kb. Pdf ko'rish
|
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. XRISTOFOR KOLUMBNING BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIDA BAJARGAN IShLARI
- 2.3. VASKO DA GAMMANING HINDISTONGA SAYYoHATI
18 II-BOB. BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIDA SAYOH- OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN IShLAR. 2.1. XRISTOFOR KOLUMBNING BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIDA BAJARGAN IShLARI Buyuk geografik kashfiyotlar davrining eng buyuk kashfiyoti shubhasiz Amerikaning kashf etilishidir. Bu ishni amalga oshirgan odam Xristofor Kolumb 1451 yilda Genuyada tug’ilgan. Portugaliya qirg’oqlarida kema halokatidan omon qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o’rganadi. G’arb tomonga suzib Osiyo qirg’oqlariga yetib borish fikri shu yerda tug’iladi. 1485 yilda bu fikrni u qirolga taqdim etadi va rad javobini oladi. Shundan so’ng u Ispaniyaga borib o’z g’oyasini amalga oshirish uchun 7 yil ruxsat kutadi. Nihoyat qirol uni qabul qilib, u bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga ko’ra agar muvaffaqiyat qozonilsa, X.Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vise-qirol va admiral unvonini olishi, barcha daromadlarning 1/10 ga egalik qilishi, ekspedisiya xarajatlarining 1/8 qismini va savdo xarajatlarining ham 1/8 qismini to’lashi kerak bo’lar edi. 1492 yil 3 avgustda 2 ta karavella “Pint’ya” va “Nin’ya” hamda flagman “Santa-Mariya” og’ir kemalari Palos portidan yo’lga chiqdi va 3 kundan so’ng Kanar orollaridan o’tib ochiq okeanga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, ekspedisiyaning muvaffaqiyatiga deyarli hyech kim ishonmagan, kemalar ekipajini to’plash ham juda qiyin kechgan. X. Kolumb bu ekspedisiyada Toskanellining dunyo kartasini asos qilib olgan. Uningcha, qisqa muddatda Yapon orollariga yetib borilishi va janubga suzib Xitoy qirg’oqlari bo’ylab, Marko Poloning marshrutini takrorlagan holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo’lgan. Umuman X. Kolumbning birinchi suzishi omadli deb hisoblanadi. Yo’lovchi shamol 2 hafta davomida esib turgan, 16 sentyabrda ko’plab suv o’tlariga duch kelganlar va bu yana umid bag’ishlagan. Lekin bu Sargass dengizining boshlanishi bo’lib quruqlikka hali bor edi. Ekipaj orqaga qaytishni talab qila boshlagan. 7- oktyabrda suv qushlariga duch kelgan Kolumb dengizchilarni yana quruqlik yaqinligiga ishontiradi va qushlarga ergashib kemalarni janubi-g’arbga buradi.
19 Bu ham omadli fikr edi, chunki avvalgi yo’nalishda ular Gol’fstrim oqimiga tushib qolgan bo’lar edilar. Nihoyat 1492 yil 12 oktyabrda quruqlik ko’rindi. Bu Bagam orollari edi. Osiyoning sharqiy qirg’oqlariga yetganiga shubha qilmagan Kolumb janub tomonga Yaponiyani izla suzib ketdi. Kuba, Gaiti va yana bir qancha orollarni kashf etdi. Gaiti orolini Espan’ol deb atab, ispan koloniyasini barpo qildi. 1493 yilda Ispaniyaga qaytib kelgan Kolumbga Dengiz-okeanlar admirali degan unvon berildi va to’xtovsiz ikkinchi ekspedisiyaga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Bu gal ishchilar, ruhoniylar, dehqonlar ham olib ketilishi kerak edi. 1493 yil 11 oktyabrda 17 ta kema yo’lga chiqdi. Bu safar marshrut janubroqdan olindi va Antil orollariga yetib kelindi. Kolumb katta yerni izlab Karib havzasidagi orollarni kashf qildi va ispan koloniyasiga qo’shib oldi. 1496 yilda Ispaniyaga qaytgan Kolumb oldiga aniq vazifa oltin va ziravorlar topish qo’yildi. U uchinchi ekspedisiyasi davrida Trinidad va Tobago orollari kashf qilindi. Ammo oltin va ziravor topilmaganligi uchun Kolumb hibsga olinib, Ispaniyaga jo’natildi. 1500 yilning oxirida oqlandi va 1502 yilda 4-ekspedisiyaga otlandi. Bu gal Markaziy Amerika qirg’oqlariga yetib borildi va 2 ming km. masofadagi qirg’oq chiziqlari aniqlandi. Lekin oltin kam topildi, ziravorlar esa umuman yo’q edi. X. Kolumbning safarlari juda katta ahamiyatga ega bo’lsada, ispan qirolligi uchun katta boylik olib kelmadi va Kolumb barcha unvonlaridan mahrum bo’lib, 1506 yilda qashshoqlikda vafot etdi. Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507 yilda nemis kosmografi Martin Val’dzemyuller “Kosmografiyaga kirish” asarida taklif etgan. Bu bilan u X. Kolumbning xizmatlarini yo’qqa chiqarmoqchi emas edi. Uning bu taklifi ital’yan savdogari Emerigo Vespuchchining maktublariga asoslangan va u Kolumbni haqiqatdan ham Osiyo qirg’oqlariga yetib borgan deb hisoblagan. Vespuchchi esa o’z maktublarini 1497-98 yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin u aslida 1502-1503 yillarda sayohat qilib, Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab Rio-de Janeyrogacha suzib borgan va Osiyo haqidagi
20 tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida yangi yerlar ekanligini e’tirof etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi. Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV - asrda dengiz sayyohlarning qiziqishini yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Paolo Toskanelli bu g’oyadan kelib chiqib dunyo kartasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy qirg’oqlarida tasvirlangan bo’lib, olimning fikricha, Yevropa qirg’oqlaridan doimo g’arbga suzib Hindistonga borish mumkin bo’ladi. Paolo Toskanelli yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 12 ming kilometrga yanglashgan, Keyinchalik bu xato - buyuk kashfiyotlarga olib keldi. XV - asrning oxirida Ispaniya ham yangi dengiz savdo yo’llarini izlashga harakat qildi. Ispaniya qiroli Ferdinand va qirolicha Izabellaga o’zining Toskanelli tasdiqlagan Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochishi loyihasini topshirgan Xristofor Kolumb (1451-1506-yillarda yashagan) Italiyaning Genuya shahrida to’quvchi oilasida tug’ilgan. Xristofor 15 yoshiga qadar yaxshigina ma’lumot olgan edi. Keyin oilaviy sharoiti tufayli dengizchilikka yollanib, kemalarda matrosdan kapitanga qadar bo’lgan lavozimlarda xizmat qildi. Nihoyat, 1492-yili Ispaniya qiroli sayohatga ruxsat berdi. Palos portidan 1492-yil yozida Kolumb o’zining 90 kishilik komandasi bilan uchta “Ninyae, “Pinta” va “Santa-Mariya” nomli kemalarda dengizga chiqdi. Orqadan esayotgan shamol kemalarni g’arb tomonga tez haydab borardi, Kunlar ketidan kunlar, haftalar ketidan haftalar o’tdi, lekin yer hamon ko’rinmasdi. Saragossa dengiziga yetganda suv o’tlari yerning yaqinligi xayolini tug’dirdi. Passat shamollari yo’nalishidagi kemalar ildam oldinga suzardi. Yana bir necha kun o’tgandan keyin dengizchilarda qo’rquv paydo bo’ldi. Oradan ikki oy o’tgandan so’ng dengizchilar talabi bilan kemalar janubi-g’arbga tomon yo’l oldi. Nihoyat, 1492-yil 12-oktyabr kuni kechasi kemalardan binning machtasi ustidan matrosriing “Yer!, “Yer!” deya baqirgan ovozi eshitildi, Ertasiga kemalar kichik bir orol yoniga kelib to’xtadi. Kolumb qirg’oqqa Ispaniya bayrog’ini tikib, orolni qirol mulki deb e’lon qildi. Ekspedisiya a’zolari bu yerdan oltin izlab janub tomonga yo’l oldilar va Kuba hamda Gaiti orollarini
21 kashf qildilar. Gaiti qirg’oqlarida o’zining eng katta kemasidan ayrilgan Kolumb dengizchilarning bir qismini yangi qurilgan Navidad fortida qoldirib, o’zi Ispaniyaga qaytdi. Keyingi yillarda Kolumb g’arbga yana 3 marta sayohat qildi. U Karib dengizidagi ko’plab orollarni kashf qildi. Lekin omad unga kulib boqmadi, u o’zi izlagan Hindistonning oltin boyliklarini topa olmadi, Yangi qit’a kashf qilinganini Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerlar aholisini “hindular” (“indeyeslar”) deb atadi. Shu sababdan Amerikaning ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda “indeyeslar” deb atash rasm bo’lib ketdi. Kolumbdan keyin 1498-yili g’arbda sayohatda bo’lgan Amerigo Vespuchchi Kolumb kashf qilgan yerlarning “yangi qit’a” ekanligi haqidagi fikrlarini o’z do’sti nemis kosmografi Valdzemyullerga yozib yuborgan. Nemis olimining taklifi bilan yangi qit’a Amerika deb atala boshlandi. Xristofor Kolumbning nomi Kolumbiya davlatiga, Amerika Qo’shma Shtatlari okruglaridan biriga, ko’plab shaharlarga, universitetga, tog’, daryo va hatto fazoni tadqiq etish loyihalaridan biriga qo’yilgan.
22 2.2. FERNAN MAGELLAN VA UNING DUNYO BO’YLAB SAYOHATI Amerigo Vespuchchining X.Kolumb kashf qilgan yerlar yangi qit’a ekanligi haqidagi farazi Fernan Magellanning 1519-1522-yillardagi dunyo aylana birinchi sayohatida to’la tasdiqladi. Yangi ochilgan yerlardan mo’ljallangan boyliklariga erisha olmagan ispan hukmdorlari Fernan (losman-dengizda yo’l ko’rsatuvchi kishi.) Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab- quvvatladilar. Jasur va tajribaii dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan iborat flotiliyasini 1519-yilning 20-sentyabrida San-Lukar portidan dengizga chiqardi. Ekspedisiyada qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, “Viktoriya” va “Sant-Yago” kabi 105-154 tonna yuk sig’imli kichik kemalarda ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi. Portugaliyaning Ispaniyadagi elchisi o’z qiroliga Magellan ekspedisiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar deb yozgan edi. Magellan kemalarga portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat berilgan 5 kishi o’rniga 37 kishi olishga muvaffaq bo’ldi. Sayohatning boshidayoq juda og’ir sinovlarni yengib, 60 kunlik tinimsiz yomg’irlardan so’ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro ko’rfaziga kirdi. Yana bir oylik sayohatdan keyin hozirgi Urugvayning poytaxti Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi. Bu joy ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. Qishlovga to’xtagan ekspedisiyada birinchi marta isyon ko’tarildi. Unda uchta kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda halok bo’ldi, Ikkinchisi – kapitan Mendosa isyon bostirilishi bilan qatl qilindi, uchinchi kapitan Kartaxena fitnada ishtirok qilgan ruhoniy bilan ko’rfazning qirg’og’iga tashlab ketildi, Isyon boshlanishiga sabab Magellanning oziq-ovqat miqdorini kamaytirishi bo’lgandi. Ekspedisiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan “Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib o’z va’damni bajaraman, bu yo’ldan meni faqat o’lim qaytaradi”, - deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi
23 halokatga uchradi. Magellan ekspedisiyasi 1520-yil 21-oktyabrida janubiy kenglikning 52-gradusida keyinchalik uning nomiga qo’yilgan qo’ltiqqa kirdi. Ekspedisiyaning Janubiy dengizga yo’l olgan kemasida 1-noyabr kuni Estevan Gomes boshchiligidagi bir guruh zobitlar isyon ko’tarib, Magellanning sodiq safdoshi “San-Antonio” kapitani Alvaro de Meskituni qo’lga olib asosiy oziqa zaxirasi bilan Ispaniyaga yo’l oldilar. Qaytib kelganlar Magellanga tuhmat- bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi va xotinini sazoyi qildi. Bu paytda jasur Magellan o’z maqsadi tomon ishonch bilan bormoqda edi. Ko’rfazdan bir oyga yaqin suzgan kemalarning chap tomonida doim hindular gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli yer” deb atadilar, Okeanga chiqqan kemalar shimolga qarab suzishdi. To’rt oy davomida hyech qanday dovullarsiz olg’a yurildi. Okeanning ularga qilgan muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar. Hujjatlarda yozilishicha, sayohatchilar keyingi 110 kun davomida qurtlagan non ushoqlarini, sassiq suvni ichishga majbur bo’ldilar. Kemalarda kalamushning narxi qimmat bo’lgan, dengizchilar kemaning charm qoplangan joylarini olib qaynatib ichishgan. Sayohatchilarning ko’pi singa kasaliga chalinib nobud bo’lishgan. Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspedisiya a’zolari Marian arxipelagi orollaridan biriga tushdilar. O’n kundan so’ng kemalar yaqinlashgan arxipelag Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi. Xuddi shu orollarda ro’y bergan bir voqyea sayyohlarning qilgan ishlari qanchalik buyuk ekanligini ko’rsatdi. Magellanning qachonlardir Malay orollaridan olib chiqib ketilgan xizmatkori Enrike mahalliy aholi bilan gaplashib bir-birlarini tushunganlar. Demak Enrike o’z yurtidan sharq tomonga chiqib unga g’arbdan qaytib keldi. Sebu orollari aholisini Ispaniya qiroli vassallariga aylantirish uchun qilingan urushda, 1521-yil 27-aprelida Magellan halok bo’ldi. Molukka
orollaridan ziravorlarni ortib olgan
Eskato boshchiligidagi ekspedisiyaning qolgan a’zolari San-Lukarga qaytib kelganda “Viktoriya” kemasida 18 kishi qolgan edi.
24 Dunyo bo’ylab qilingan birinchi sayohat Yerning shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbotladi. Sayyohlar Yer kurrasining anchagina qismini tadqiq etdilar. Endilikda okean yo’lini o’zlashtirish boshlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yer yuzidagi aholi haqida ma’lumotlar ko’payib bordi. Pireneya yarimorolidan arablarning haydab chiqarilishida faol ishtirok qilgan minglab risarlar urushdan so’ng bekor qoldilar. Ularning ko’pchiligi qashshoqlashgan dvoryanlar vakillari edilar. Osonlikcha boylik orttirish yo’lini axtargan ming-minglab kishilar Ispaniya va Portugaliya sayyohlarining kashfiyotlari haqida xabar yetishi bilan hyech o’ylanib o’tirmasdan yangi o’lkalarga jo’nashdi. Dengiz ekspedisiyalarini safarlarga tayyorlashda va jihozlashda savdogarlar va kema egalari ham faol qatnashdilar. Ularning maqsadi savdo-sotiqdan, bo’ysunodirilgan o’lkalarni talashdan boylik orttirish edi. Amerika qit’asini istilo qilishda xristian dini vakillari, ruhoniylar va rohiblar ham ishtirok etdilar. Ular mahalliy aholini xristian diniga o’tkazish bilan shug’ullandilar. Shunday qilib, yevropaliklar bosib olingan mamlakatlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar. Ispanlar Osiyo qirg’oqlariga, aynan Molukka yarim oroliga yetishga harakat qilishardi, shuning uchun portugallarning yo’lidan boshqa yo’llarni to’xtovsiz qidirishar edi. 1519 yil 20 sentyabrda “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, “Viktoriya”, “Sant’yago” deb nomlangan 5 ta kemadan iborat ekspedisiya Ispan qiroli xizmatidagi portugal dengizchisi Fernan de Magellan boshchiligida g’arbiy yo’lni izlab suzib ketdi. Flotiliya Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab suzib, katta qiyinchiliklar bilan janubiy chekkasidan aylanib o’tdi va Tinch okeanga chiqdi. Tinch okeanini kesib o’tib, Marianna orollariga, undan Filippin orollariga yetib bordi. Bu yerda 1521 yilda Magellan halok bo’ldi. Ekspedisiyada ikki kema Xuan Sebast’yan El’kano boshchiligda Molukka arxipelagiga yetib borib, ziravorlar sotib oldi va ikki yo’nalishda Ispaniyaga qaytishga qaror qilindi. “Trinidad” deb nomlangani Tinch okean orqali, Xuan S. Elkano boshchiligidagi “Viktoriya” kemasi hind okeani orqali qaytmoqchi bo’ldi.
25 Viktoriya portugal kemalaridan yashirinib, janubroqdan suzdi va Hind okeanini kesib o’tib, katta qiyinchiliklardan so’ng 1522 yil 8 sentyabrda Ispaniyaga yetib keldi. “Trinidad” kemasi halokatga uchrab, undan 3 kishi omon qoldi va 5 yildan so’ng Ispaniyaga yetib kelishdi. Magellan ekspedisiyasining ahamiyati nihoyatda katta bo’ldi, Yerning sharsimonligi amalda isbotlandi, Yangi qit’aning janubiy qirg’oqlari aniqlandi. Ekspedisiya taqdiri uning ishtirokchisi ital’yan Antonio Pigafetta tomonidan “Dunyo bo’ylab birinchi sayohat” kitobida bayon qilingan. Lekin u na dengizchi, na geograf, hatto kuzatuvchan odam bo’lmaganligidan uning kitobi sayohat to’g’risida to’liq ta’surot bermaydi. Magellan va boshqa qatnashchilarning kundaliklari saqlanib qolmagan, faqat “Trinidad” kemasi kapitan yordamchisi Fransisko Al’boning jurnali bizgacha yetib kelgan va ekspedisiya to’g’risida to’liqroq ma’lumot olishga yordam bergan.
26 2.3. VASKO DA GAMMANING HINDISTONGA SAYYoHATI
Vasko da Gamma (Vasco da Gamma) (1469 [Sinish sh.]-1524 [Kochin sh.]), keyinchalik graf Vidigeyra unvoniga sazovor bo’lgan mashhur dengizchi va sayyoh. U XV-XVI-asrlarda Yevropaning dengiz va okeanlarga chiqish va o’rganish markazi deb, tan olingan Portugaliyada 1469 yili zodagonlar oilasida tug’ilgan. Otasi Ishtevan da Gamma Silvish shahrini sudi va keyinchalik shahar hokimi bo’lgan. Vasko yoshligidanoq harbiy harakatlarda faol qatnashib o’zini tajribali, mard va jasur jangchi ekanligini ko’rsatgan. Yoshlik davridan boshlab kema va odamlarni boshqara oladigan qo’rqmas va ehtiyotkor dengizchi sifatida nom chiqargan. Umuman olganda da Gammalar oilasi o’sha davrdagi Portugaliya siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Vasko da Gamma yashagan uy hozirgacha saqlanib qolingan. XV-XVI-asrlarda Portugaliya Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri hisoblangan. Mustamlaka yerlarni topish, ularni hisobsiz boyliklari bilan qirol
27 xazinasini to’ldirish ishtiyoqi Ispaniya va Portugaliya qirolliklarini yangi ekspedisiyalarni tashkil etishga undaydi. Mutaxassislarning yozishicha, 500 yil muqqadam ham Lissabon shahri okean va dengiz tadqiqotlarining markazi bo’lgan. Portugaliya dengizchilari Afrika sohillari bo’ylab janub tomonga yo’l qidirishgan va aynan ular yevropaliklarga, birinchi bo’lib Hinduston va Janubiy-Sharqiy Osiyoga olib boradigan suv yo’llarni ochib berishgan. Shunday ekspedisiyalardan biriga Vasko da Gamma rohbarlik qilgan. 1492 yilda Gvineyadan oltin bilan qaytayotgan Portugaliya kemalarini fransuz qaroqchilari (korsarlari) qo’lga olishadi. Portugaliya qiroli Manuel 1, esa fransuzlardan kemalarni boyliklari bilan birga qaytarib olib kelishni Vasko da Gammaga buyuradi. Mohir dengizchi Fransiya sohillariga borib, ularning bir qancha kemalarini garovga oladi, shu voqyea sabab Fransiya qiroli portugallar kemalarini qaytarib berishga majbur bo’ladi. Vasko da Gamma butun Portugaliyada mashhur shaxsga aylanadi. Xristofor Kolumbni birinchi sayohatidan keyin kashf qilingan yangi yerlarga egalik qilish uchun Ispaniya va Portugaliya o’rtasida nizolar kuchayadi. Shu sababdan afsonaviy boy mamlakat hisoblangan Hindustonga yangi yo’llar ochish maqsadida ekspedisiya safarga tayyorlanadi. 1497 yili tarkibi 4 ta kemadan iborat, 168 ta mohir dengizchi va eng og’ir mehnatlarni bajarish uchun 10 ta mahbusdan iborat ekspedisiya safarga chiqadi.
«San-Gabriel» kemasi - Vasko da Gamma boshchiligida, «San-Rafael» - Paula da Gamma, «San-Mixael» - Gonsalu Nunasha va «Berrid» yuk kemasi Nikola Koelyu rahbarligida Lissabon shahri bandargohidan chiqib «Yashil burun» orollari tomon yo’l olishadi. Keyinchalik bir muddat janubi-sharqqa qarab harakatlagan kemalarni Vasko da Gamma janubi-g’arbga, ya’ni hanuzgacha aniqlanmagan dengizlar tomon burishga farmon beradi. Yana bir necha kundan keyin u yo’nalishni sharqqa o’zgartirishga farmon beradi. Sayohat uch yilga mo’jallanib, shunga yetarli oziq-ovqat zaxirasi, jangovar qurollar va mahalliy xalq bilan almashtirish maqsadida arzon kiyim kechaklar olinadi. Vasko da Gamma boshchiligidagi kemalar Afrika sohillari bo’ylab janub tomon suzishadi. Hozirgi Kanar orollarini orqada qoldirib Yashil burun orollarida
28 to’planishadi. Janubdan esayotgan kuchli qarshi shamollar dengizchilar harakatni ancha qiyinlashtiradi. 1497 yilning noyabrida 93 kunlik tinimsiz okeanda suzish natijasida, oxir-oqibat Afrika qit’asining janubiy sohillariga yetib borishgan. Dengizchilar tubjoy xalq bo’lgan bushmenlar bilan aloqa o’rnatib, kiyim-kechak ivaziga oziq-ovqat jamlashadi, ammo kelishmovchiliklar sababli tezda ketishga majbur bo’lishadi.
Download 492.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling