O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet14/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Ertakning nomi nima ekan?
Echkining oldidan nima chiqib qoldi?
Bo’ri echkiga nima dedi?
Echki bo’riga nima dedi?
Bo’riga echkining qanday gapi ma’qul bo’libdi?
Echki nima qildi?
Bo’ri echkini yeb qo’ydimi?
G’oz qanday qo’shiq aytar ekan?
12- mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin «Nima qanday qichqiradi?»
Maqsad: Hayvonlarning bolalari nomi, ularning qanday ovoz chiqarishini aytib berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Bolalarni tarbiyachi bilan birgalikda o’yinchoq haqida kichik hikoya (2-3 ta gap) tuzishga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Hayvonlarning qanday ovoz chiqarishini aytib berishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
O’yinchoqlar ayiqcha, xo’tik, toycha, echki bolalari,sichqon, mushuk.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga ayiqcha, xo’tik, toycha, echki bolalari,sichqon, mushuk o’yinchoqlarini ko’rsatadi va ularni qanday ovoz chiqarishini aytib berishlarini so’raydi.
Bu ayiq. Ayiqning qulog’i kichkina, ayiq asalni yaxshi ko’radi. Ayiqcha E-e-e-e-e deb ovoz chiqaradi.
Tarbiyachi: «Bolalar, qaranglar: bizning oldimizga nima sakrab keldi? (ot) (i-i-i tovushini cho’zib talaffuz qiladi). Ot o’zining toychog’ini «i-i-i» deb chiqaradi. Ot toychog’ini qanday chaqirar ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Otning bolasi nima? (o’yinchoqning ko’rsatadi). Toychoq , ya’ni kichkina otcha.
Qaranglar: ona ot katta, uning bolasi toychoq esa... (kichkina) u ingichka ovozda kishnaydi. Toychoq qanday kishnaydi? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Sichqon paydo bo’ladi. Ingichka ovozda «chiy-chiy» ovozi eshitiladi. Bu sakrab kelgan nima? (sichqon). Sichqon qanday chiyillaydi? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Sichqon «chiy-chiy» deb o’z bolasini chaqiryapti. Uning bolasi nima? (sichqoncha). Tarbiyachi o’yinchoqlarni ko’rsatadi: Ona sichqon katta, sichqoncha esa qanday? To’g’ri, sichqoncha kichkina. Sichqoncha qanday chiyillaydi? (ingichka chiy-chiy ovozda) (umumiy va yakka-yakka ovozlar). Nimaning bolasi «miyov-miyov» deydi? (So’z birikmasi yuqori ovozda talaffuz qilinadi). Uning onasi nima? (o’yinchoqni ko’rsatadi?) (mushukcha). Ona mushuk katta. U qanday miyovlaydi? (tarbiyachi «miyov-miyov» so’z birikmasini past ovozda talaffuz qiladi).
Mushukcha qanday miyovlaydi? To’g’ri ingichka ovozda (umumiy va yakka-yakka javoblar).
Tarbiyachi bolalarga ayiqcha, xo’tik, toycha, echki bolalari, sichqon, mushuk ovozlarini eshitib aniqlashni taklif etadi. Bolalar hayvonlarning ovozini eshitib, farqlab aytib beradilar. Masalan: «Myau-myau». Bu nimaning ovozi? (Mushuk) va hakozo.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling