O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet6/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

5-mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin "Qanday?"
Maqsad: Bolalarni qizil, yashil. sariq ranglarni ajratish va nomlarini aytishga o’rgatish.
Vazifa: Tanlangan ranglar asosida rasm chizish va rang haqidagi tasavurlarini boyitish.
Kerakli jihozlar: qizil, yashil, sariq rangdagi qalamlar.
Kutilayotgan natija: Bolalar rang haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
Mashg’ulotning borishi: Bolalar stol atrofida o’tirishadi. Stol ustida patnislarda qizil, yashil, sariq rangdagi qalamlar joylashgan. Tarbiyachi bolalarga qalamlarga diqqatlarini qaratadi va bu qalamlarning rangini aytishni taklif qiladi. «Mana qizil rangdagi qalamlar, bu qalam bilan chinnigullarni chizish mumkin» (oldindan chizilgan rasmni ko’rsatadi).
Patnisdagi yashil rangdagi qalamni ko’rsatadi va bu rang bilan o’tlarni chizish mumkinligini aytadi.(Chizib tugatilmagan rasmni ko’rsatadi va bolalardan bu rasmni chizib ko’radi.) Bolalar chizib tugallanmagan rasmlarni chizadilar. Xudi shu tarzda sariq rangli qalamni olib shu rangdagi predmetni rasmini chizishni taklif qiladi. Har bir bola tanlagan qalamining rangini aytadi.
O’yinning nomi: "Qizil, sariq, yashil "
Maqsad: Bolalarda sensomotorikani rivojlantirish, diqqat bilan eshitishga, tez-tez harakat qilishga o’rgatish.
O’yinning borishi: qizil, sariq va yashil doiralar chizilgan, "Qizil,sariq yoki yashil" deyilsa darrov gullaridagi rangga qarab shu rangdagi doira ichiga kirib oladilar, adashib qolgan bola chapak chaladi va o’yindan chiqadi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshiruvchi savollar.
Bolalar mana bu qalamning rangi qanday?
Manna bu qalamning rangi qanday?
Manna bu qalamning rangi qanday?
6- mashg’ulot
Mavzu: "Chumchuq" she’rini o’qib berish
Mashg’ulotning maqsadi: Bolalarda sherlarni eshitish va mazmunini tushunishga o’rgatish. O’yin orqali har bolaning cho’zib (uzoq) nafas chiqarishni bilib olishiga erishish.
Vazifasi: tarbiyachi bilan birgaliqda kichik she’rlarni ayta bilishga o’rgatish. «Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?» o’yini orqali bolalarning nutqda nafas olish va nafas chiqarishni rivojlantirish.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling