O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet8/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Kutilayotgan natijalar: kattalar yordamida kiyimlarning nomini to’g’ri aytishga o’rganadilar.
Ko’rgazmali jihozlar: Quticha, qo’g’irchoq kiyimlari
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi qo’g’irchoqlarni olib keladi va bolalarga- Bolalar! Bu qo’g’irchoqlar biznikiga mehmonga kelishdi. Mana bu qo’g’irchokning ismi Lola. Qo’g’irchoqning ismi nima ekan?
(Umumiy va yakka javoblar). Lolaning sochi qanday rangda? ( qora). Lolaning sochida nima bor?(tasma). U qanday rangda?(qizil) Ko’zlarining rangi qanday? (qora, katta).
Mana bu qutichada qo’g’irchoq Lolaxonning kiyimlari bor. Men ularni olib ko’rsataman. Bu kamzul. Kamzulning yoqasi, yengi, tugmachalari bor. Bu qalpoqcha. Bu qalpoqchani boshga kiyiladi. Shu tariqa tarbiyachi qo’g’irchoqning kiyimlarini birma-bir nomlab ko’rsatadi. Tarbiyachi kiyimlarning nomini bolalardan takrorlashni so’raydi.
Tarbiyachi qo’g’irchoq Lolaxon haqida she’r aytish mumkin.
Qo’g’irchog’im
Qo’g’irchog’im- Qo’g’irchoq
Ko’zlari qora munchoq
O’ynab sira to’ymayman,
Zeriktirib qo’ymayman.
Mashq: "o" tovushini to’g’ri talaffuzini mustahkamlash
Tarbiyachi: Lola yaxshi qo’g’irchoq, ammo uning tishlari qattiq og’riyapti. Bolalar stulchada o’tirishadi, tarbiyachining qo’lida jag’i bog’langan qo’g’irchoq. Qo’g’irchoqning tishi qattiq og’riganidan u: o-o-o... deb ingrayapti. Lola qanday ingraydi?—Bolalar: o-o-o...—, deb takrorlaydilar. Tarbiyachi qo’g’irchoqni navbatma-navbat bolalarga uzatadi, ko’g’irchoqni olgan bola o-o-o... deb talaffuz etadi.
Tarbiyachi: Qo’g’irchoq Lolaxonnning tishi tuzaldi. Hozir biz qo’g’irchoq Lolaxonni sayrga olib chiqamiz. Buning uchun uni kiyintiramiz. Tarbiyachi bolalarga qo’g’irchoqni kiyintirishda ketma-ketlikni tushuntiradi. Avval paypog’ini kiyadi, keyin kamzulini kiyadi. Keyin tuflisini kiyib sayrga chiqadi.
Tarbiyachi qo’g’irchoq Lolaxonni dahlizga yechinish xonasiga olib chiqadi. Qo’g’irchoq Lolaxon bolalarning qanday kiyinayotganini ko’rib turadi. Tarbiyachi qo’g’irchoq Lolaxon bilan bolalarga kiyinish ketma-ketligini aytib eslatib turadilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling