O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimini tekshirish uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet9/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimini tekshirish uchun savollar
Qo’g’irchoqning ismi nima?
Qo’g’irchoqning qanday kiyimlari bor ekan?
Qo’g’irchoqni qanday kiyintirdik?
Qo’g’irchoq Lolaxon eng avval nimasini kiydi?
Keyin-chi?


8-mashg’ulot
Mavzu: "Bolalar tovuq va jo’jalarga don beryaptilar" surati ustida suhbat
Maqsad: Tarbiyachining savollariga javob berishga, kattalar yordamida surat mazmunini tasvirlashga o’rgatish. "Chip-chip " deya jo’jalarni chaqirishga o’rgatish.
Vazifalar: Bolalarga nutqlarida sifat va fellardan foydalanishni o’rgatish.
Jihozlar: "Bolalar tovuq va jo’jalarga don beryaptilar" surati.
Kutilayotgan natijalar. Kattalar yordamida suratni tasvirlab bera oladilar.
Mashg’ulotdan oldingi ishlar: Tovuq va jo’jalarni don cho’qiyotganini kuzatish.
Mashg’ulotning borishi: Bolalar, bugun biz tovuq va uning jo’jalari to’g’risida suhbatlashamiz. Bolalar tovuqlar qanday ovoz chiqaradilar? (Bolalar javoblari) Tovuqlar har xil rangda bo’ladilar. Biz qanday tovuqlarni ko’rganmiz? (Bolalar javoblar To’g’ri, bolalar biz oq, qora, ola-chipor tovuqlarni ko’rganmiz. (Tarbiyachi rasm ko’rsatadi) Kimning uyida tovuqlar bor? Ularga don, suv berganmisiz?
Bugun men sizga tovuq va jo’jalarga don berayotgan bolalar haqida surat olib keldim. Mana bu suratga diqqat bilan qarang. Qizil kuylakli qizcha don solingan taxsimchani ushlab turibdi. Qizcha donni yerga sepyapti. Qizcha don sepayotganda jo’jalarni chip-chip-chip deb chaqirdi.
Ko’k kuylakli o’g’il bola yerdagi taxsimcha oldiga cho’qqayib o’tirib olib, don cho’qilamayotgan jo’jachalarga bir nimalar deyapti. Qiziq, bu o’g’il bola jo’jalarga nima deyapti ekan? Endi siz tovuq va jo’jalar haqida gapirib berishga harakat qiling. (Tovuq katta. Oq rangda. Jo’jalar ko’p. Jo’jalar kichkina, sariq rangda. )
-Qizcha don sepayotganda jo’jalarni qanday chaqiradi? (chip-chip-chip)
-Tovuq nimadan suv ichyapti?
Agar bolalar javob berolmasalar tarbiyachi yordam beradi. Surat haqida hikoya aytib mashg’ulotni yakunlaydi: Bolalar tovuq va jo’jalarga don bermoqchi bo’lib hovliga chiqdilar. Bolalar tovuq va jo’jalarni «Chip-chip-chip» deb chaqirishdi. Bolalar katta taxsimchaga don sepishdi. Tovuq va ikkita kichkina, sariq jo’jalar taxsimcha oldiga yugurib kelishdi va don cho’qishni boshlashdi. Qolgan jo’jalar don cho’qimay, atrofga alanglab qarayaptilar. O’g’il bola cho’qqayib o’tirib olib «Donni cho’qinglar» Don juda mazali»deyapti.
Tarbiyachi bolalarga ajratib ko’rsatilgan ayrim jumlalarni takrorlashni so’raydi.(«Chip-chip-chip», «Kichkina, sariq jo’jalar», «Donni cho’qinglar», «Don juda mazali» )

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling