Barmoqlar gimnastikasi:
Suhbat yakunida tarbiyachi bolalarga jo’jalar xaqida she’r aytishi mumkin.
Chip-chip jo’jalarim,
Meni jajji jo’jalarim.
Keling sizga don berayin
Keling sizga suv berayin
Oh, mening jo’jalarim,
Mening popuk jo’jalarim,
Chip-chip jo’jalarim.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish uchun savollar
- Suratda nima tasvirlangan?
-Tovuq bolalarini qanday chaqiradi?
-Jo’jalar qanday ovoz chiqaradi?
-Qizcha don sepayotganda jo’jalarni qanday chaqiradi? (chip-chip-chip)
- O’g’il bola jo’jalarga nima dedi?
-Jo’jalar haqida kim she’r aytadi?
9 -mashg’ulot
Mavzu: "Alla" she’rini o’qib berish
Maqsad: Bolalarda alla eshitishga nisbatan qiziqish uyg’otish. Bolalarni allaning mazmunini tushunishga yordam berish, bu allani yana eshitishga ishtiyoq uyg’otish va tarbiyachi bilan birga aytish istagini uyg’otish, allani ifodali talaffuz kilishga o’rgatish. Uyqudan turganidan so’ng yuz-qo’lini yuvish lozimligini anglatish.
Vazifa: Bolalarni allani birgalikda eshitib uni aytishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar. Qo’g’irchoq, beshik, belanchak.
Kutilayotgan natija: Bolalar allani tarbiyachi bilan birga aytishga o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |