O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 235.89 Kb.
bet3/20
Sana05.01.2022
Hajmi235.89 Kb.
#210508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
guli

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohadagi islohotlar ta‘lim tizimida ham yangilanishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Ta‘lim sohasini isloh qilishga oid davlat siyosati ta‘lim tizimi rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. 1997 yil 29 avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishda amaliy dastur bo‘ldi. Ta‘lim

sohasidagi mazkur hujjatlar Respublikada ta‘limning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviymadaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e‘tirof etilgani holda, xalq ta‘limi sohasining barcha yo‘nalishlarida modernizasiyalash ishlariga katta yo‘l ochildi. Ta‘lim islohotlaridan asosiy maqsad – xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi»1.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati, jamiyatning axloqiy va ma‘naviy takomili ko‘p jihatdan yoshlarning ma‘naviy tarbiyasiga bog‘liq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida» 2006 yil 25 avgustdagi PQ451-sonli Qarorida ko‘rsatilganidek «Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an‘ana va urf-odatlarimizni asrabavaylash, xalqimiz ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga, ona-yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda»2.

Bu vazifani hal etish uchun oliy ta‘lim tizimi, jumladan oliy o‘quv yurtlari ta‘lim-tarbiya jarayonida xalqimiz tarixi, madaniyati, ma‘naviyatiga yangicha qarash, uni bugungi kun nuqtai nazaridan o‘rganish, baholash va ulardan o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan

millatning kelajagi yo‘q»3. Shu jihatdan ta‘lim-tarbiya tarixi boy ma‘naviy merosga ega bo‘lib, uni o‘rganish va ta‘lim iste‘moliga kiritish kadrlar tayyorlash milliy modelida ko‘rsatilganidek, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari yaratgan o‘lmas asarlar dunyo fani va sivilizasiyasiga qo‘shilgan mislsiz hissadir. Ular orasida Muhammad Muso al-Xorazmiy (783–850 yy.), Ahmad al-Farg‘oniy (tax. 797– 865), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037), Abu Nasr ibn Iroq (958–1034), Abu Sahl Masihiy (977–1011), Abulxayr ibn Hammor (961–1038), Abu Ali ibn Miskavayx (vaf. 1030), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038), Abu Abdulloh Iloqiy (vaf. 1068), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vaf. 997) va boshqalarning asarlari alohida o‘rin tutadi. Ma‘mun akademiyasi olimlaridan o‘ziga xos ma‘naviy-pedagogik meros qolgan. Ularning didaktik asarlarida ifodalangan saxovatlilik, insonparvarlik, halollik, do‘stlik, Vatanga muhabbat, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-qanoatlilik, xushmuomalalik, mardlik, e‘tiqodlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, jonajon o‘lkaga muhabbat, ijodkorlik, zukkolik, poklik, qanoatlilik, to‘g‘rilik hamda boshqa milliy va umuminsoniy sifatlarni kollej o‘quvchilari ongiga singdirish ma‘naviy ta‘lim-tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi.




Download 235.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling