Tadqiqotning ilmiy farazi: agarda:
IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalarning rivojlanishi qiyosiy tahlil qilinsa;
Ma‘naviyat asoslari fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlari aniqlansa;
XI-XV asrlarda O‘rta Osiyoda maktab va madrasalarda o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini qiyosiy o‘rganilsa;
Pedagogika kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalashda ma‘naviyat asoslari o‘quv fani mazmunida mujassamlashtirilgan ajdodlar merosidan keng foydalanilsa;
Temuriylar davri ta‘limi va tarbiya tizimini darsda o‘rganish mazmunini belgilashda tarixiy-pedagogik, psixologik va uslubiy ta‘minoti yaratilib, tajribasinovdan o‘tkazilsa;
IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalarning rivojlanishini o‘quvchilar ongiga singdirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilsa, ma‘naviyat asoslari fanini o‘qitish mazmuni yanada boyib, o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash jarayoni samarali kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |