shaklga ega bo’lib, yorug’sevar va shuning bilan birga oligotroflar hisoblanadi,
chunki ular mineral moddalari kam bo’lgan qum, toshli joylarda, torflar ustida
o’sadi. ular ochiq quyosh nuri etarli bo’lgan baland tog’larda ham uchraydi.
Ularning asosiy morfologik va fiziologik hususiyatlari bo’ylari past navdalarining
o’sishi cheklangan bo’lib, kuchli shoxlanadi, shoxlari bir-birlari bilan zich
joylashib yostiq shaklini eslatadi. Bo’ylarining past novdalarining o’sishini
cheklangan bo’lishiga kuchli yorug’lik, shamol, past harorat, havoning quruqligi,
mineral ozuqalarning etishmasligi sabab bo’ladi. Bu o’simliklar bir necha yuz yil
yashashi mumkin va bularga turli oilalar: burchoqdoshlar, ra’noguldoshlar,
chinniguldoshlar va boshqa vakillari misol bo’ladi. Bunday o’simliklar baland
tog’larda, okeanlar atrofidagi toshlik orollarda, daryo dengiz yoqalarida arktik
tundrada o’sadi. Sovuq va suvsiz joylarda o’sgan o’simliklar o’zining ichki
tomonida suv va o’ziga hos tuproqni to’playdi ya’ni o’ziga ayrimcha mikroklimat
hosil qiladi. Ba’zi yostiqsimon o’simliklar tashqi tomonidan kseromorf
tuzilishlarga ega bo’lib, kelib chiqishi jihatidan turlicha bo’lgan tikonlarni hosil
qiladi (astragallar , akantolimonlar).
Do'stlaringiz bilan baham: