anatomik tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik yorug’sevar o’simliklarning
tuzilishi kserofitlarning tuzilishiga yaqin keladi. CHunki quyosh nurining to’g’ri
tushishi barglarning qizishiga va transpirasiyaning kuchayishiga sabab bo’ladi.
Soya sevar o’simliklarning barglarida gigromorf o’simliklarning belgilari paydo
Soya sevar o’simliklar morfologik tuzilishlari turlicha bo’lib, hayotiy
shakllari jixatidan ularning ko’pchiligi er bag’irlab, o’rmalab o’sadigan
o’simliklardir. Soya sevar o’simliklar tez va kuchli o’sadi, poyalari ingichlashadi
va kuchsiz yog’ochlanadi. Bularni xammasi poyalarida xlorofillning
etishmaganligidan vujdga keladi . natijada poya va barglari och kul rang tusga
kiradi. Bunday poyalar o’zlarini tikka vertikal ushlab tura olmaydilar, nam etarli
bo’lganda bo’g’imlarida juda tez qo’shimcha ildizlar paydo bo’ladi. Bunday
o’simliklarda ko’p vaqtda poyalarni kuchli cho’zilishi natijasida barglari
rivojlanmagan mo’rt stalonlarni hosil qiladi.
Qalin soya-salqin o’rmonlarida ayrimcha hayotiy shaklga ega bo’lgan
Lianlar (fransuzcha lier- bog’lash ) paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: