O`zbekistоn respublikаsi xаlq tа’limi vаzirligi nаmаngаn vilоyat xаlq tа’limi bоshqаrmаsi chust tuman xаlq tа’limi bo`limigа qаrаshli
Download 307 Kb.
|
Metod birlashma hujjatlari 60-maktab
O`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI NАMАNGАN VILОYAT XАLQ TА’LIMI BОSHQАRMАSI ChUST TUMAN XАLQ TА’LIMI BO`LIMIGА QАRАSHLI 60-SОNLI UMUMTА’LIM MАKTАBI IJTIMOIY FANLAR METOD BIRLASHMA HUJJATLARI KIRISH Umumta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagogik xodimlarga o’z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2020-yil 18-avgustda 128-sonli buyrug’i qabul qilindi. Xalq ta’limi vazirining “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risida” 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug’i bilan quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qituvchilarga metodik xizmat ko’rsatish tartibi 1-ilovaga muvofiq; Umumiy o’rta ta’lim maktabining Metod birlashmalari to’g’risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari huzuridagi Metodik kengash to’g’risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi O’quv-metodika kengashi to’g’risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Ta’lim muassasalarida pedagogik kengash faoliyati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-mayda 6-mh-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim maktablarining pedagogik kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom”ga (ro’yxat raqami 2799-son, 2016-yil 9-iyun) muvofiq tashkil etilishi belgilandi. Mazkur metodik tavsiyada uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish bo’yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Download 307 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling