O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi
HAYVONLAR OYOQ VA BOSHLARI SONINI ANIQLASH HAQIDA MASALALAR
Download 1.86 Mb.
|
1675150243 XOMIDOVA SHOHIDA OMMALASHTIRISH UCHUN
HAYVONLAR OYOQ VA BOSHLARI SONINI ANIQLASH HAQIDA MASALALAR
Fermer xo`jaligida qo`y va tovuqlar boqilmoqda. Ularning boshlari soni 100 ta, oyoqlari soni 320 ta bo`lsa, fermada nechta qo`y va nechta tovuq parvarish qilinmoqda? 50 va 50 60 va 40 30 va 70 Yechish:
Usuli: Bunday masalalarni faraz qilish yo`li bilan yechsa bo`ladi. Faraz qilamiz fermada hammasi bo`lib 100 ta tovuq bor deb. Agar tovuqlar 100 ta bo`lsa, oyoqlari soni 200 ta bo`ladi. 100x2=200 Masala shartida oyoqlar soni 320 ta edi. Shuning uchun 320 dan 200 ni ayiramiz. 320-200=120 120 ni 2 (o`zgarmas son) ga bo`lamiz. 120:2=60 (qo`ylar) Bu 60 qo`ylar soni bo`ladi. Agar qo`ylar 60 ta bo`lsa, tovuqlar sonini toppish uchun 100 dan ayiramiz. 100-60=40 (tovuq) ) JAVOB: 60 ta qo`y va 40 ta tovuq bor TEKSHIRAMIZ: 60x4=240 (ta oyoq) 40x2=80 (ta oyoq) 240+80=320 ( ta oyoq hammasi) 60+40=100 (bosh jonivor) usuli: Faraz qilamiz hammasi qo`y deb. 100 ta qo`yda 4 tadan oyoq bo`lganda 400 ta oyoq bo`ladi. 100x4=400 (ta oyoq). 400 dan berilgan oyoqlar sonini ayiramiz. 400-320=80 80 ni har doim 2 (ozgarmas son) ga bo`lamiz. 80:2=40 ( ta tovuq) Qo`ylarni topish uchun 100 dan 40 ni ayiramiz. 100-40=60 ( ta qo`y) JAVOB: 60 ta qo`y va 40 ta tovuq bor TEKSHIRAMIZ: 40x2=80 (ta oyoq) 60x4=240 (ta oyoq) 240+80=320 ( ta oyoq hammasi) 60+40=100 (bosh jonivor) ESLATMA: HAR DOIM NIMANI FARAZ QILSANGIZ 2 GA BO`LGANINGIZDAGI SON FARAZ QILMAGANINGIZDAGI SONI BO`LADI. YA`NI, QO`YNI FARAZ QILSANGIZ 2 GA BO`LGANINGIZDA CHIQQAN SON TOVUQLAR SONI BO`LADI. YOKI AKSINCHA. Sobirning dadasi tadbirkor. Dadasi quyon va tustovuqlar parvarishi bilan shug`ullanadi . Jonivorlarning boshlari soni 35 ta, oyoqlari soni 94 ta bo`lsa, fermada nechta quyon parvarish qilinmoqda? 22 12 23 13 Yechish: Faraz qilamiz fermada hammasi bo`lib 35 ta tustovuq bor deb. Agar tustovuqlar 35 ta bo`lsa, oyoqlari soni 70 ta bo`ladi. 35x2=70 Masala shartida oyoqlar soni 94 ta edi. Shuning uchun 95 dan 70 ni ayiramiz. 94-70=24 24 ni 2 (o`zgarmas son) ga bo`lamiz. 24:2=12 (quyonlar) Bu 12 quyonlar soni bo`ladi. Agar quyonlar 12 ta bo`lsa, tovuqlar sonini topish uchun 35 dan ayiramiz. 35-12=23 ta (tustovuq) JAVOB: 12 ta quyon va 23 ta tustovuq bor TEKSHIRISH: 12+23=35 (ta bosh) 12x4=48 (ta quyon oyoqlari) 23x2=46 (ta tustovuq oyoqlari) 48+46=94 (ta oyoq) Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling