O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi namangan tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli
Download 272.5 Kb.
|
,,Kitobim-oftobim\'\' tadbiri
Boshimizda oftob bor,
Qo`limizda kitob bor. O`rganamiz, o`samiz, Intilganga tole yor. Naqadar tiniq osmon, Bizniki barcha imkon. Biznikidir kelajak, Yurakda O`zbekiston. Raqs qizlar ijrosida. Qog`ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 650-yillarda Samarqandda qog`ozli kitoblar bo`lgan. 15-asrda kitob bosish ixtiro etildi. Kitoblarimizning hozirgi shakli shunday paydo bo`lgan. Kitob Kitob-bilimning boshi, Aqlu idrok quyoshi. Kitobda nurli iqbol, O`qib topaman kamol. Zehning ortar kun sayin, Zukko bo`lmog`ing tayin. Dildan kelar shu xitob, Bilim otasi-Kitob. ,,Alifbe” qo`shig`i Kitoblar turli hajmlarda bo`lib gugurt qutusi shaklida, balandligi 1,5 metrga ham yetadiganlari bor. Kitoblar o`quv, ilmiy-ommabop, badiiy, o`quv-qo`llanma va boshqa turlarga bo`linadi. “Bu kitobdir” she’ri Hayotimiz oynasi Bilimlarning onasi. Buyumlar durdonasi Menga o`rgatgan odob. Bu kitobdir, bu-kitob! Aks etgan yer-u osmon O`tmish kelajak zamon. Unda she’r etak, doston Har savolga bor javob. Bu kitobdir, bu-kitob! Hech tuganmas xazina Har-bir varag`i zina. Onaday issiq oyna Saxiylikda hamma bop. Bu kitobdir, bu-kitob! Mazmunlari xlma-xil Aqlinga qo`shgan aql Do`stimdir juda ahil Fan yo`lida nur oftob Bu kitobdir, bu-kitob ,,O`ynaymiz, quvnaymiz” qo`shig`i raqsi Hikmatli so`zlar: 1. Ko`p kitob yig`ish va ko`p do`st orttirishda ma’no yo`q, gap kitob va do`stni tanlashdadur. 2. Aql va idrok quyoshga o`xshaydi, ular dog`larni berkitadi. 3. Har bir odam va har-bir elning saodatli bo`lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yyomg`ir sug`orish qanday kerak bo`lsa, odam bolasi uchun ham ilm shu darajada keraklidir. 4. Kitob-aql chirog`i. 5. Kitob bilim bulog`i-o`quvchining o`rtog’i. 6. Ilm olish har-bir muslim va muslima uchun farzdir. ”Kitobning aytganlari” Men kitobman o`rtoqman, Aql hamda idrokman. Kimki meni asrasa, Manguga men hamrohman. Ilm olsang kundan kun Qilurman seni durkun. A’lo bo`lsang o`qishda Dono bo`lsang har ishda. Menga bo`lsang doim esh Olursan hamisha besh. Senga bag`rim ochilgan So’z durlari sochiqgan. Xohlagancha terib ol Buni tezroq bilib qol. Bu so`zlarni unutma Vaqr o`tadi sen kutma. O`qi bedor bo`lsangham Keyin boshing bo`lmas ham. Alifbe kitobi Eng birinchi do`stingiz Bu men ,,Alifbe” bo`ldim. Savodingiz chiqarib Maqsadimga erishdim. Men sizni sevar edim Mehrimni berar edim. Harflarni tanitib Ongizga quyar eding. Bilaman siz ham meni Yaxshi ko`rib qolgansiz. O`qib har-bir sahifam Dono bo`lib olgansiz. Xayr endi do`stlarim Men endi ketar bo`ldim. O`qish kitobin sizga Do`st qib qoldirar bo`ldim. O`qish kitobi Men o`qish kitobiman, Ko`p uqish kitobiman. Sizlarga do`st bo`laman, Ongingiz oshiraman. Meni varaqlab ko`ring Mag`zimni chaqib ko`ring. Sahifamda ne bo`lsa, Berilib o`qib ko`ring. ,,Alifbe” do`stim sizni Maqtagandi ko`rayin. Gapi bilmadim yolg`on, Yo rostligin sinayin Bilaman sizlar meni Varaqlab o`rganasiz. Yaxshi g`ayrat qilsangiz, O`qib olim bo`lamiz. Boshlovchi: Salom ,,Adabiyot” kitobi, xush ko`rdik seni. Juda hurmat qilib, yaxshi ko`rib o`rganishga so`z beramiz. (Davraga Al-Motrudiy va Al-Marg`iloniy kirib kelishadi) Motrudiy:-Aziz bolalar, men Abu Manur Al-Motrudiy bo`laman. 870-yilda Samarqandning Motrud qishlog`ida dunyoga keldim. Hadis ilmini o`rganib ,,Blimlar mamlakatidan” joy oldim. Marg`iloniy:-Men esa Burxoniddin Marg`iloniydirman. 1123-yil 23-Sentabrda Marg`ilonda tavallud topdim. Islom dini, shariat qonunlarini, fiqx ilmini o`rgandim. Motrudiy:-Bizlarni yod etib ona yurtimizda katta to`ylar qilinayotganini ko`rib g`oyat quvondik. Marg`iloniy:-Bu to’ylarni uyushtirayotgan yurtboshingiz, va ota-onalaringizga, o`zbek xalqiga katta raxmat deymiz. Motrudiy:- Kelgusida aqlli, dono, va ziyrak bo`linglar. Marg`iloniy: -Ko`p bilimlar egallanglar Kitob Kitob bilimlar koni, Maktab uning makoni. Kitob-aql chirog`i, Kitob-ilm bulog`i. Kitobda bor ko`p ma’no, O`qib bo`lgaymiz dono. Kitobni qo`lga olib, Mehr bilan o`qidim. Bobomning so`zlaridan, Cheksiz hikmatlar uqdim. Ota-onalar bilan qiziqarli viktorina savollari o`tkaziladi. Kitobni o`qish orqali biz bilim olamiz, dunyoni anglaymiz, odobli axloqli bo`lishni, iymon-e’tiqodli bo’lishni va juda ko’p yaxshi xislatlarni o’rganamiz. Bularning hammasi uchun biz kitobdan minnatdormiz ! ,,Kamolot” qo`shig`i, raqsi ijro etiladi. Tadbir so`ngida tashrif buyurgan mehmonlar va maktab ma’muriyatiga so`z beriladi. SSENARIY MUALLIFI: Namangantuman 23-sonli maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi. Download 272.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling