O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi namangan tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli


Download 272.5 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi272.5 Kb.
#1594145
1   2   3
Bog'liq
,,Kitobim-oftobim\'\' tadbiri

Boshimizda oftob bor,
Qo`limizda kitob bor.
O`rganamiz, o`samiz,
Intilganga tole yor.


Naqadar tiniq osmon,
Bizniki barcha imkon.
Biznikidir kelajak,
Yurakda O`zbekiston.


Raqs qizlar ijrosida.
Qog`ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 650-yillarda Samarqandda qog`ozli kitoblar bo`lgan. 15-asrda kitob bosish ixtiro etildi. Kitoblarimizning hozirgi shakli shunday paydo bo`lgan.
Kitob
Kitob-bilimning boshi,
Aqlu idrok quyoshi.
Kitobda nurli iqbol,
O`qib topaman kamol.


Zehning ortar kun sayin,
Zukko bo`lmog`ing tayin.
Dildan kelar shu xitob,
Bilim otasi-Kitob.
,,Alifbe” qo`shig`i
Kitoblar turli hajmlarda bo`lib gugurt qutusi shaklida, balandligi 1,5 metrga ham yetadiganlari bor. Kitoblar o`quv, ilmiy-ommabop, badiiy, o`quv-qo`llanma va boshqa turlarga bo`linadi.
“Bu kitobdir” she’ri
Hayotimiz oynasi
Bilimlarning onasi.
Buyumlar durdonasi
Menga o`rgatgan odob.
Bu kitobdir, bu-kitob!


Aks etgan yer-u osmon
O`tmish kelajak zamon.
Unda she’r etak, doston
Har savolga bor javob.
Bu kitobdir, bu-kitob!


Hech tuganmas xazina
Har-bir varag`i zina.
Onaday issiq oyna
Saxiylikda hamma bop.
Bu kitobdir, bu-kitob!


Mazmunlari xlma-xil
Aqlinga qo`shgan aql
Do`stimdir juda ahil
Fan yo`lida nur oftob
Bu kitobdir, bu-kitob


,,O`ynaymiz, quvnaymiz” qo`shig`i raqsi
Hikmatli so`zlar:
1. Ko`p kitob yig`ish va ko`p do`st orttirishda ma’no yo`q, gap kitob va do`stni tanlashdadur.
2. Aql va idrok quyoshga o`xshaydi, ular dog`larni berkitadi.
3. Har bir odam va har-bir elning saodatli bo`lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yyomg`ir sug`orish qanday kerak bo`lsa, odam bolasi uchun ham ilm shu darajada keraklidir.
4. Kitob-aql chirog`i.
5. Kitob bilim bulog`i-o`quvchining o`rtog’i.
6. Ilm olish har-bir muslim va muslima uchun farzdir.

Kitobning aytganlari”


Men kitobman o`rtoqman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni asrasa,
Manguga men hamrohman.

Ilm olsang kundan kun
Qilurman seni durkun.
A’lo bo`lsang o`qishda
Dono bo`lsang har ishda.


Menga bo`lsang doim esh
Olursan hamisha besh.
Senga bag`rim ochilgan
So’z durlari sochiqgan.


Xohlagancha terib ol
Buni tezroq bilib qol.
Bu so`zlarni unutma
Vaqr o`tadi sen kutma.


O`qi bedor bo`lsangham
Keyin boshing bo`lmas ham.

Alifbe kitobi


Eng birinchi do`stingiz
Bu men ,,Alifbe” bo`ldim.
Savodingiz chiqarib
Maqsadimga erishdim.


Men sizni sevar edim
Mehrimni berar edim.
Harflarni tanitib
Ongizga quyar eding.


Bilaman siz ham meni
Yaxshi ko`rib qolgansiz.
O`qib har-bir sahifam

Dono bo`lib olgansiz.


Xayr endi do`stlarim
Men endi ketar bo`ldim.
O`qish kitobin sizga
Do`st qib qoldirar bo`ldim.
O`qish kitobi
Men o`qish kitobiman,
Ko`p uqish kitobiman.
Sizlarga do`st bo`laman,
Ongingiz oshiraman.

Meni varaqlab ko`ring
Mag`zimni chaqib ko`ring.
Sahifamda ne bo`lsa,
Berilib o`qib ko`ring.


,,Alifbe” do`stim sizni
Maqtagandi ko`rayin.
Gapi bilmadim yolg`on,
Yo rostligin sinayin


Bilaman sizlar meni
Varaqlab o`rganasiz.
Yaxshi g`ayrat qilsangiz,
O`qib olim bo`lamiz.
Boshlovchi: Salom ,,Adabiyot” kitobi, xush ko`rdik seni. Juda hurmat qilib, yaxshi ko`rib o`rganishga so`z beramiz.
(Davraga Al-Motrudiy va Al-Marg`iloniy kirib kelishadi)
Motrudiy:-Aziz bolalar, men Abu Manur Al-Motrudiy bo`laman. 870-yilda Samarqandning Motrud qishlog`ida dunyoga keldim. Hadis ilmini o`rganib ,,Blimlar mamlakatidan” joy oldim.
Marg`iloniy:-Men esa Burxoniddin Marg`iloniydirman. 1123-yil 23-Sentabrda Marg`ilonda tavallud topdim. Islom dini, shariat qonunlarini, fiqx ilmini o`rgandim.
Motrudiy:-Bizlarni yod etib ona yurtimizda katta to`ylar qilinayotganini ko`rib g`oyat quvondik.
Marg`iloniy:-Bu to’ylarni uyushtirayotgan yurtboshingiz, va ota-onalaringizga, o`zbek xalqiga katta raxmat deymiz.
Motrudiy:- Kelgusida aqlli, dono, va ziyrak bo`linglar.
Marg`iloniy: -Ko`p bilimlar egallanglar


Kitob
Kitob bilimlar koni,
Maktab uning makoni.
Kitob-aql chirog`i,
Kitob-ilm bulog`i.
Kitobda bor ko`p ma’no,
O`qib bo`lgaymiz dono.
Kitobni qo`lga olib,
Mehr bilan o`qidim.
Bobomning so`zlaridan,
Cheksiz hikmatlar uqdim.
Ota-onalar bilan qiziqarli viktorina savollari o`tkaziladi.
Kitobni o`qish orqali biz bilim olamiz, dunyoni anglaymiz, odobli axloqli bo`lishni, iymon-e’tiqodli bo’lishni va juda ko’p yaxshi xislatlarni o’rganamiz. Bularning hammasi uchun biz kitobdan minnatdormiz !


,,Kamolot” qo`shig`i, raqsi ijro etiladi.


Tadbir so`ngida tashrif buyurgan mehmonlar va maktab ma’muriyatiga
so`z beriladi.
SSENARIY MUALLIFI: Namangantuman 23-sonli maktab
boshlang`ich sinf o`qituvchisi.
Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling