O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti
Download 463.71 Kb. Pdf ko'rish
|
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang`ich ta`lim uslubiyoti fakulteti Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi
- Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
- Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
- Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali
1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Boshlang`ich ta`lim uslubiyoti fakulteti Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi BOTIROVA EZOZANING matematika o`qitish metodikasi fanidan «2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni o`rgatish metodikasi» mavzusidagi Ilmiy rahbar: katta o`qit.Ungarov.B.H. Navoiy – 2012-yil
2 MUNDARIJA КIRISH…………………………………………………………………….
1-BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QUVCHILARNI MASALA TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH.……………………………….
1.1. Masalalar yechish orqali o`quvchilarda matematika faniga oid malakalarni shakllantirish……………………………………………
1.2. Sodda va murakkab masalalarning tuzilishi va yechilishini ko`rgazmali vositalar yordamida tushuntirish …………………….
1.3. Masalalar yechish orqali o`quvchilarda matematik malakalarni shakllantirish …………………………………………………….
II-БОБ. 2-SINF O`QUVCHILARIGA ARIFMETIK MASALALARNI YECHISHNI O`RGATISH METODIKASI………………………………….
2.1. 2-sinf matematika darslarida murakkab masalalar bilan tanishtirish va uni yechishni o`rgatish metodikasi…………………………….
2.2. 2-sinf matematika darslarida qo`shish va ayirish amali bilan yechiladigan sodda va murakkab masalalarni yechishni o`rgatish metodikasi………………………………………………………….
2-sinf matematika darslarida ko`paytirish va bo`lish amali bilan yechiladigan sodda va murakkab masalalarni yechishni o`rgatish metodikasi……………………………………………………….
O`z ish tajribamdan…………………………………………………..
XULOSA……………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….
3
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Ta’limni isloh qilish yo’nalishlari sifatida ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish, majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tilishini ta’minlash, ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish, ta’lim va ilm-fan bilan bog’liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi. Mamlakatimizda boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umuman maktab matematika kursini o`zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi, Shu sababli boshlang`ich sinflarda ishlashda o`rta maktabda matematika o`qitishda ko`zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang`ich ta`limning ahamsiyatini to`g`ri baholash kerak, Boshlang`ich sinf matematika o`qitish jarayonida sodda masalalarni yechishni o`rgatishni tashkil etish orqali o`quvchilarning matematik tafakkurlarini shakllantirish, kasbiy ko`nikmalarni tarkib toptirish, umumlashtirish kabi xususiyatlarni o`quvchilarnda shakllantirish masalasi hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yangicha tafakkurni shakllantirish, o`zaro ijobiy munosabat jarayonini tarkib toptirishda o`qituvchi tomonidan tashkil etilgan sodda masalalarni yechishni o`qitish ta`lim samaradorligini taminlovchi muhim omillardan biridir. Ta`lim tarbiya samaradorligini taminlash hamda pedagoglarimiz kasbiy mahoratini oshirishda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ahamiyati katta. Bugungi kun o`qituvichisi mustaqil O`zbekistonimiz kelajagi uchun yangicha fikrlaydigan hozirgi rivojlanishga yangicha nazar bilan qaraydigan. Zamon bilan hamnafas bo`lgan yangi insonni shallantirish komillik sari yetaklaydi. 4 Ta`lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan har bir pedagogdan avvalo barkamol shaxs, mohir kasb egasi, pedagogik muomala mahoratini sirlarini egallagan- umuman pedagogika san`atini egallagan har tomonlama mukammal bo`limshni talab etiladi. Demak hozirgi davr talabini his qilgan har bir o`qituvchi o`z ustida tinimsiz ishlashi, mas`uliyatinioshirib borishi, zamondan orqada qolmasligi ta`lim tizimiga kirib kelyotgan raqobat muhitiga o`zini tayyorlab borishi lozim. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`rsida»gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari hamda prinsiplarini tanlanishi 1-darajalik ehtiyojga aylandi. Ta`lim O`zbekiston respublikasida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy va
madaniy rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Respublika miqyosida ta`lim va tarbiya sifatini yaxshilash, uni takomillashtirish borasida hamda o`qituvchilarning malakasini oshirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ishlarni maktab tizimida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Shu o`rinda Preident Islom Karimovning quyidagi fikrlarini ham ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiqdir: “Xalq ta`limi, yosh avlodga ta`lim tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qilladi. Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalari bilan ta`minlashda keskin burilishga erishish zarur.Uylardagi bolalar bog`chasi shoxobchalarini, konsultatsiya punktlarini, qishloqdagi bolalar bog`chasi-maktab komplekslari shoxobchalarini faollik bilan kengaytirish lozim. Istedodli bolalar uchun maktab –internatlar tashkil qilish davom ettiriladi. Bolalar bog`chasi, maktab bilan bir qatorda bolalar poliklinikalarini, bolalar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi muassasalarni o`z ichiga oladigan bolalar muassasalari territorial komplekslarini barpo etish xususida chuqur o`ylab, bu ishni boshlab yuborish o`rinli bo`lur edi” 1
Prezidentimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 19 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilisda so`zlagan nutqida takidlangan fikrlarini ham ta`kidlab o`tish mumkin:
бетлар.
5 “Istiqlol bizga bergan bebaho boylik va imkoniyatlar, erishgan natijalarimiz haqida ko`p so`z yuritishimiz mumkin. Ayni vaqtda mustaqillik tarixida also o`chmaydigan, yorqin sahifa bo`lib yoziladigan ulkan marralarimiz qatorida shunday buyuk bir yutug`imiz borki, unung ahamiyatini hech narsa bilan o`lchab baholab bo`lmaydi. Men buni zamonaviy bilim va kasb – hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan sog`lom va barkamol avlodimiz timsolida ko`raman” 1
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ta`lim sohasini rivojlantirish, avvalombor, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi o`quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalasasiga e`tbor yanada kuchaytirildi. O`rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko`pgina masalalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtrilishi kerakki, bunda ular o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malakava ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi. Maktabning boshlang`ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o`quv uquvlar va ko`nikmalarning ma`lum hajmini ongli ravishda va mustahkam egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o`tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak. Boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan biri o`quvchilarda ongli va mustahkam xisoblash (ko`pincha avtomatizmga etkazilagn) malakalarini shakllantirish edi va shunday bo`lib qoladi. Bu masala bolalar bilim qobiliyatlrini o`stirishning ancha umumiy masalasi bilan uzviy bog`langan.Boshlang`ich maktabdayoq bolalarda kuzatish va
1 Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi 2011 yil 1 sentabr №38 son.
6 taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalardagi o`xshashlik va farq qiladigan belgilarni ajratish, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstrakciyalash,aniqlashtirish kabi amallarni bajarish uchun ko`p ish qilingan bo`lishi kerak. O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ilmiy, iqtisodiy tеxnikaviy hamda ta'lim sohasida kеng ko`lamda hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Darhaqiqat, Toshkent shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiya, unda Prezident Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi nutqi O’zbekistonning boy intellektual salohiyatini yana bir bor jahonga namoyon etdi. Zero, sivilizatsiyalashgan, ma’rifatli jamiyatga yuksak bilimli, intellektual rivojlangan, har tomonlama tarbiyalangan avlod bilan kirib borish mumkin. 1
Bolalar mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to`g`ri, aniq, qisqa matematik nutqni o`stirish masalasi uzviy ravishda bog`langandir.Bu boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan biridir. Rivojlanayotgan ta`lim haqida gapirganda ish faqat bilish qobiliyatlarini (idrok,xotira,tafakkur,tasavvur,nutq)rivojlantirishdangina iborat,deb o`ylash xato fikrdir. Matematika bilan shug`ullanish faqat xotira va tafakkurni shakllantirib qolmay,balki bolalarning mehnat tarbiyasi maktabi ham bo`ladi.U mehnat qilishga odat qilishni va mehnatga ehtiyojni tarbiyalash bo`yicha doimiy sistemali ishlash uchun material beradi, tafakkur intizomini va mehnatni aniq tashkil etishni , fikrning bir joyga to`planishini, aniqlikni talab qiladi. Bu sohada oq`ituvchidan juda ko`p narsa talab qilinadi. O`qituvchi o`quvchilarning ishini ularning o`quv faoliyati har birini qoniqtiradigan qilib yo`naltirib, pedagogik taktga ega bo`lishi va mezonini sezishi kerak.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so`zi gazetasi 2012 yil
7 Buning uchun dastavval bolalarda uzviy ravishda mustaqillikni o`stirish, o`qitish jarayonida ularning mustaqil ishlashlariga bo`lgan talabni asta sekin orttira borish zarur, bunda tavsiya etiladigan savol va masalalar boladan ma`lum kuchlanishni talab qilsa-da, unga kuchi yetadigan darajada bo`lishi kerak.
Prezident Islom Karimov ta`kidlaganidek: “…ongi, tafakkuri, e`tiqodi mustahkam bo`lgan, o`z mustaqil fikri bilan yashayotgan odamni chalg`itib ham, kimlardir xohlagan tomonga og`dirib ham bo`lmaydi”. 1 Sanab o`tilgan hamma masalalarni yechish mazmuni samarali tanlanganda, uni bayon qilish o`ylangan sistemada bo`lganda va o`qitishning tegishli usul va shakllarini hamda o`qitish vositalarini bilib tanlab olganda amalga oshiriladi. Bu masalalarni hal qilish faqat ta`limning oldiga qo`yilgan masalalarni hisobga olish bilan bog`liq bo`lmay, balki o`qitishning boshqa hamma elemntlari orasidagi o`zaro bog`lanishlarni to`g`ri baholash bilan bog`liq bo`ladi.Keyingi paragraf amaliy jihatdan juda muhim bo`lgan o`zaro bog`lanishlarni qarab chiqishga bag`ishlangan.
kattaliklar matematikasidir. U bilan birga (imkon bo`lsa,unga bog`liq holda) kurs tarkibiga algebraik va geometrik mazmundagi masalalar ham kiritilgan. Dasturda ko`rsatilganidek, boshlang`ich matematika kursi maqsadga muvofiq ravishda tanlangan sistema asosida ochib beriladi.Bu asosiy qoidalr kursning asosiy mazmunini qarab chiqishda hisobga olinishi kerak. Mazkur paragrafda bayon qilishni qulaylashtirish uchun arifmetik, algeraik va geometrik bo`limlarining mazmuni dasturda va amalda o`qitishda bir biri bilan o`zaro bog`liq holda qarab chiqilsa-da bu masalalarning mazmunini alohida qarab chiqamiz. Butun boshlang`ich ta`lim jarayonida bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo`llanishning turli usullarini qarab chiqish
1 Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi 2011 yil 8 dekabr №51 son.
8 bilan,bolalarning sonlarning bazi xossalarini, o`nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o`zlashtirishiga yo`naltirilgan ish bilan o`zaro bog`liq holda amalga oshiriladi.Bu ishning natijasida bolalar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o`rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va uquv masalalarini hal qilishga tadbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og`zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Bunda nazariya va amaliyot dasturning arifmetik qismi ustida ishlash davomida birgalikda va bir-biri bog`langan bo`lishi kerak.Umumiy maktab ishida dasturni amalga oshirish tajribasini kuzatishlar dasturning aynan shu muxim talabi ko`pincha buzilishini ko`rsatdi. Bu, masalan, og`zaki hisoblash malakalarini shakllantirishda o`qituvchilar ko`pincha bolalar ongiga bajarilgan amallarning nazariy asosini yetkazish zarurligini esdan chiqariladi, ularni hisoblash vaqtida xato qilinganda o`quvchilar nazariyaning yo`l qo`yilgan xatoning sababini tushunib olishga va uni mustaqil tuzata olishga yordam beruvchi nazariy masalalarni qarab chiqishga qaytarishga o`rgatmaydilar.Bunda aynan ongli o`zlashtirish ishonchli, to`g`ri va tez hisoblashning haqiqiy mustahkam ko`nikmalari aniqlanishi mumkin bo`lgan asosdir. Nazariya va amaliyotni ularning yagonaligida qarashga bo`lgan talabning buzilishi matematika darslarida ko`pincha bolalarga nazariy xarakterdagi masalalar mavhum shaklda berilishida, tegishli ta`riflar, qoidalar va hokazolar, ularning amaliy tadbiqidan ajralgan holda o`rganilishida namoyon bo`ladi. Bunda quyidagicha holatlarni ham uchratish mumkin: o`quvchilardan dasturda umuman ko`zda tutilmagan, yoki bolalar ancha keyin o`zlashtirishi kerak bo`lgan ifodalarni bilish talab qilinadi.Masalan, o`qituvchi 1-sinfda «Sonlar qo`shishda qanday ataladi?»degan savolga to`liq javob berishni talab qilganda ish shunday bo`ladi.Matematik terminologiyani bu tarzda bilishni umuman talab qilib bo`lmaydi.(Muhimi shundaki, o`quvchilar tegishli so`zlarning ma`nosini o`qituvchi foydalanganda tushunishlari va sekin-asta bu terminlarni o`z nutqlariga
9 kirita borishi kerak) O`qituvchi 2-sinfda o`quvchilardan ayirish amal qo`shish yordamida qanday qilib tekshirilishi mumkinligini tushuntirib berishni ( bu uchinchi yil o`qitish materialidir) talab qilganda ham shunday bo`ladi va hokazo. O`quvchilarning suniy yuklanishiga olib keluvchi shunga o`xshash uslubiy xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun I-IV sinfdagi arifmetik material ustida ishlashning butun sistemasini aniq tasavvur qilib olish, nazariyaning dasturda ko`zda tutilgan elementlarining ahamiyati va o`rnini tushunib olish muhimdir.
Boshlang`ich matematika kursida nomerlash va arifmetik amallar ustida ish konsentrik ravishda tuziladi. Dasturda bolalar bilan ko`rib chiqiladigan sonlar sohalarini asta -sekin kengaytirish sistemasi ko`zda tutilgan (tayorlov davri o`nlik- yuz-ming-ko`p xonali sonlar), bunda bu mavzularning har birini o`rganishda sonning yangi sohasini qarab chiqish bilan bilan birga bolalarning nomerlash va sonlar ustida amallar bajarishda ilgari egallagan bilimlarini asta sekin kiritish (yoki chuqurlashtirish, sistemaga solish,umumlashtirish) ko`zda tutilgan. Bolalarni sonlar va arifmetik amallar bilan tanishtirish matematikadan dastlabki darslarda berilgan ikki buyum to`plamlarining birlashmasiga, ikki to`plam elementlari orasida moslik o`rnatishga va buyumlarning berilgan to`plamlarii qismini o`rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayyorlanadi. Bolalar to`plamlar ustida amallar bajarishdan asta-sekin buyumlar sanog`iga o`tadilar, natural qatorning dastlabki o`nta soni bilan (ularning nomi,tartibi bilan) tanishadilar, sonlarni taqqoslashni,ularning yig`indisi va ayirmasini topishni o`rganishadi. Avval bu buyumlar to`plamlari ustida tegishli amallarni bajarish va ikki tuplamni birlashtirish natijasidan to`plamning bir qismini olib tashlaganda hosil bo`lgan to`plam elementlarini sanash asosida qilinadi, keyin esa sonlar ustida bajariladigan amallarning bazi usullaridan foydalanish bilan (bittalab va guruhlab qo`shib sanash hamda ayirib sanash va boshqalar) amalga oshiriladi. 10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda ,keyin esa yuz ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda bolalar amallarning xossalaridan foydalanishga ( yig`indining o`rin almashtirish xossasi, sonni yig`indiga va yig`indini songa qo`shishning turli 10 usullari,yig`indidan sonni ayirish va sondan yig`indini ayirishga) asoslangan, shuningdek qo`shish bilan ayirish orasidagi bog`lanishni tushunish asosida tanishadilar. Bunda yuqorida aytib o`tilganidek, bu xossalarni va hisoblashlarning turli xil usullarini qarab chiqish bilan bog`liq butun ish hisoblashlarni samarali qilish masalasiga bo`ysunadi. Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nimauchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi) 2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taksimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg’ulotlari baradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qullanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish). Yosh avlodni bilimli, ma`rifatli shaxsi sifatida kamol toptirishda ta`lim jarayonining erkin va ochiq harakter kasb etishi muhim ahamiyatga egadir. Ushbu ta`lim jarayonining markazida esa ta`lim jarayonining sub`ekti bo’lgan o’quvchi hamda ushbu jarayonning rahbari – o’qituvchi turmog`i lozim. Chunki bu ikkala shaxsning hamkorligi, o’zaro muloqoti, bir-biriga ko’rsatadigan ijoyuiy ta`siri eng zamonaviy, demokratik talablar asosiga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun birinchi naavbatda o’qituvchi: -o’quv biluv jarayoniga qo’yilgan talablar; 11 -ta`limni tashkil etish va boshqarish yo’lari va prinsiplari; -o’quvchini aqliy hamda jismoniy jihatdan rivojlantirish metodlari; -o’quvchi bilan hamkorlik qilish, uni bilim olishga va kasb tanlashga yo’naltirish; -o’quvchi yoshlarning kundalik faoliyatini to’gri tashkil etish; -
-
kundalik o’quv faoliyati jarayonida uchrayydigan muammolar va kelishmovchiliklarni bartaraf etish yo’llarini birgalikda izlash; -
o’quvchilar orasida ishchanlik muhitini vujudga keltirish; ularning faoliyatini aniq va to’g`ri baholash. Respublikamizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta`lim tizimining isloxoti ta`limda qotib qolgan ko’p qoidalarning o’zgartirilishini, respu`likadagi ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlarni xisobga olgan, ilmiy asoslangan yangi, yaxlit tizimning shakllanishini taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab talimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining amalgam oshirilishi natijasida kasb hunar va oily ta`lim yo`nalishlari hamda mutaxassisliklarining yangi klassifikatorlari joriy etildi.
Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha yani 12 mingdan ortiq ta`lim muassasalari, 25 mingdan ziyod o`quv materiallari va resurslarni o`z ichiga olgan Ta`lim portaliga ulandi. Bu masofadan turib o`qitish usullarini ta`lim tizimiga keng joriy etish, o`quvchi va yoshlarga boshqa xil axborot kommunikatsiya xizmatlari ko`rsatish imkonini berishi bilan ayniqsa ahamiyatlidir 1 .
islohotlarimizning mazmuni erkin va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratishni takidlab o`tadilar. Mana shunday sharafli va ezgu ishlarni amalga
1 Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali Download 463.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling