O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Navoiy davlat pedagogika Instituti
Download 50.47 Kb.
|
kurs iwi
O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Navoiy davlat pedagogika Instituti O’zbek Tili va Adabiyoti fakulteti O’zbek Adabiyoti Kafedirasi 3-kurs ‘’D’’ guruh talabasi Abduraximova Nafisaning ‘’O’zbek Adabiyoti’’fanidan ‘’O’tkan kunlar’’ romanida milliy qadriyatlarning badiiy Talqini ‘’ Mavzusida yozgan K U R S I SH I Ilmiy rahbar: F. Nizomov Navoiy 2020 Mundarija: Kirish …………………………………………………………………3-5 bet Asosiy Qism: |Bob. “ O’tkan kunlar’’ – hayot haqiqati aks etgan roman …………………………………………………6-13bet ||Bob “ Milliy qadriyatlarning O’tkan kunlar romanida badiiy talqini’’……………………………………………………………………….14-20 bet Xulosa……………………………………………………………………………..21-24 bet Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………………………………24-25 bet. Kirish Hech kimga sir emaski, badiiy adabiyotning ijtomoiy-madaniy hayotda, kishilar orasida O’zaro xushmuommalalik hamda iliq munosabatlarning shakllanishida tutgan o’rni nihoyatda katta ekanligi hammamizga ma’lum .Qolaversa ,har bir inson ichki olami- ning ma’nan boyishida ,insoniy fazilatlarning yuksalishida ,savodxonlikning oshishida adabiyotning o’rni beqiyosdir.Buni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi ‘’Kitob mahsulotlarini nashr etish Va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini Oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora -tadbirlar dasturi to’g’risidagi1 ‘’qarorida ham ko’rishimiz mumkin. Ushbu qarorda kitob mutolaasining yosh Avlod tarbiyasi uchun qanchalik muhim ekanligi bevosita o’z aksini topgan. Shu tufayli yoshlarni doimo kitob o’qishga jalb etish o’zimizning madaniyatimizni Ma’naviyatimizni va tariximizni ko’rsatadigan badiiy asarlarni chop etish Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.Mustaqillik yillarida Amalga oshirilayotgan islohatlar buning isbotidir. Xalqimizning asrlar davomida Shakllangan milliy qadriyatlarini tiklash butun tariximiz davomida shakllangan boy Madaniy –tarixiy merosni o’rganishga kata e’tibor qaratilmoqda. Bu o’rinda mamlakatimiz prezidenti sh. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish O’rinlidir; ‘’Asosiy vazifa- kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni Hal qilishdir.Bu o’rinda gap ,eng avvalo ,yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning Boy tarixini,uning betakror madaniyati va milliy qadruyatlarini keng targ’ib Qilish,jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va Shart sharoit yaratish haqida bormoqda2’’ ________________________________ 1.Mirziyoyev Sh M .O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2017-yil 13- sentabrdagi qarori 2.Mirziyoyev SH.M .Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: ‘’O’zbekiston,2017.47- bet. Istiqlol yillarida boy o’tmish merosimiz ,jumladan, adabiy merosimiz rivojiga ulkan Hissa qo’shgan ajdodlarimizga hurmat oshdi va ularning adabiy ijodi bizga qaytarildi .’’Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, U ham bo’lsa so’z san’ati ,badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb Shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari ,deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta. Adabiyot inson ma’naviyati asoslarini tashkil etuvchi ruhiy qadriyat- larning shakllantirishga xizmat qiladiga san’at turi hisoblanib , bu san’at asrlar mobaynida insonlarga o’z xazinasidagi bebaho durdonalar bilan inson tafakkuri va kamolotini shakllantirish uchun xizmat qiladigan mustahkam poydevor yaratishning asosidir. ‘’Adabiyotning asosiy ta’sir maydoni –ko’ngil. Adabiyot ko’ngil tili bilan so’zlashuv san’ati .Adabiyot shodlikdan tug’ilgan g’am xatardan yaralgan shodlik degani’’.Bundan yuz yil muqaddam buyuk o’zbek shoiri Abdulhamid Cho’lpon ;Adabiyot yashasa ,millat yashar!1 Degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi .Hayot va tarix sinovlaridan o’tgan teran ma’noli bu so’zlar bugun ham o’z ahamiyati va qimmatini yo’qotgan emas .Darhaqiqat adabiyot ,san’at va madaniyat yashasa millat va xalq butun insoniyat bezavol yashaydi. Adabiyot chin ma’nosi ila olg’a so’ngan qoralangan o’chgan majruh yarador ko’ngilga ruh bermak uchun Faqat vujudimizga emas , qonlarimizga qarab singishga qora balchiqlarni tozalaydirg’on o’tkir yurak kirlariniYuvadirg’on toza ma’rifat suvi xiralagan oynalarimizni yorug’ va Ravshan qiladirg’on buloq suvi bo’lg’onligidan bizga g’oyat kerakdir. Sir emaski, shunday asarlar bor; 2 bir o’qilib so’ngra kitobxon yodidan ko’tarilib Ketadigan yoxud shunchaki adibning manfaati tufayli dunyo yuzini ko’rgan buyurtma Mahsulot sifatida nomlanuvchi ijod namunalari vaqt o’tib o’z –o’zidan yo’qlikka Yuz tutaveradi.Aksincha shunday asarlar bo’ladiki, vaqt o’tsa-da, o’zining muxlisini Muhibini, asosiy badiiy ahamiyatini sira yo’qotmaydi. Darhaqiqat ,mana, bir asrga Yaqin vaqt o’tibdiki, Abdulla Qodiriyning ‘’O’tkan kunlar ‘’ romani hali ham keng Kitobxonlar qo’lida tushmay kelmoqda .Ha, mazkur asar o’tgan asr kitobxonlarining Qalbini qanday zabt etgan bo’lsa, hozirgi kun kitobsevarlari uchun o’shanday Qadrlidir.
|bob.’’O’tkan kunlar’’ –hayot haqiqati aks etgan roman 1Abdulla Qodiriy dastavval Firdavsiy ,Sa’diy, Hayyom, Navoiy, Fuzuliy, Chexov, Gogol, Volter, Skott, Pushkin, L.Tolstoy I.Turgenov A.To’qay, O. Ibrahimov kabi o’nlab jahon Adabiyotining ulug’ so’z san’atkorlari ijodidan o’rgangan
o’zlashlashtirish muayyan turtki vazifasini o’tagan O’z navbatida ,Qodiriy ijodiy maktabi qardosh adabiyotlarning M.Avezov, J.Ikromiy B.Kerboboyev, X.Deryayev singari yozuvchilari ijodiy kamolotiga samarali ta’sir etganligi P.Inog’omov , SH. Turduyev kabi adabiyotshunos olimlar asosli dalillar bilan isbotlaganlar. Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi.U o’zbek romanchilik maktabini yaratdi . ‘’Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik ,-deb yozgan edi u o’sha romanga so’z Boshisida bas-, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o’xshash dostonchilik ,romanchilik , va hikoyachiliklarda, ham yangi asarlar yaratishga ,xalqimiz ni shu zamonning ‘’Tohir va Zuxra’’ lari , ‘’CHor darvesh’’lari ,‘’Farhod va Shirin’’ lari ,’’Bahromgo’r’’lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his etamiz ‘’. Yozuvchining fikricha ‘’O’tkan kunlar ‘’ romani ‘’yangi zamon romanchiligi bilan Tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba ,yana to’grirog’I bir havas edi’’ Ammo roman bo’lgan ‘’O’tkan kunlar’’ bir milliy adabiyotimizda hozirgi zamon ma’nosidek Yetuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib qolmay ,butun o’zbek mumtoz adabiyotida Abadiy o’rin oldi.Buning sababi Abdulla Qodiriy adabiy o’ylarida asar yaratishda Yozuvchi bo’lishda har bir narsaga ahamiyat qaratgan va shunday yozgan.Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi. buning uchun uning har sohalaridanXabordor bo’lishi kerak. Qisman boshimdan kechirganlarim mening yozuvchi bo’lishimda kattagina rol o’ynagan. Haqiqiy yozuvchi bo’lishni istagan yoshlarimiz ham dastlab shu Turmush ichiga kirishlari uni bilishlari kerak.Bir asar yozishda avval shu yozmoqchi bo’lgan narsam haqidagi materiallarni puxta O’rganib chiqaman .Men biror joy to’g’risida asar yozmoqchi bo’lsam O’sha joyni avval necha martaba ko’rgan bo’lsamda ,yana borib tekshirib ,yaxshiroq O’rganib kelaman.Materiallarni o’rganish mahalida eng mayda narsalarga ham ahamiyat beraman.Masalan ;men haligi o’rganmoqchi bo’lgan yerda qancha daraxt borligi ularning qanchasi Eski va qanchasi yangiligiga men borgan mahalda o’sha daraxtlarda qanday qushlar qaysi holda qo’nib turganligiga va shunga o’xshash juda mayda narsalargacha birinchi qaraganda ,u mayda narsalar hech ahamiyatga molik bo’lmaydigan ko’rinsada Keyinroq foydasi tegib qolishi mumkin.
xotiraga kelgan Har bir so’zdan jumlalar to’qimoq fazilat sanalmaydi . So’z qolish fikr uning Ichiga qo’yilgan g’isht bo’lsin ko’pchilik xumdonidan pishib chiqqach yangi hayot Ayvoniga asos bo’lib yotsin. ___________________
Islomjon Yoqubov O’zMU doktaranti Til vaadabiyot jurnali Toshkent 2007 56-bet R.Inog’omov Qodiriy jahon kezadi \\Abdulla Qodiriy badiiy dunyosi T. universiteti ,1994 SH.Turdiyev Adabiy hamkorlik samaralari Adabiy O’ylar Abdulla Qodiriy Toshkent 2007 68-bet Asar yozsam ,ma’lum dovongacha qiynalib bezangalab boraman. Keyin menda shundayBir zavq paydo bo’ladiki asar kechalari tushumga kirib chiqadi, uni bitirmaganimcha ko’nglim tinchimaydi. Yozuvchi garchi shaxsan tanilmasa ham asarlarini o’qib qanday tabiatli shaxs ekanini g’oyibona bilish tasavvur qilish mumkin.Chunki u asardagi asosan o’z tabiatini ruhini tasvirlaydi . Yozuvchi bo’ladigan har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxwi bilib Olish kerak. Eng yaxwisi yozuvchilarning asarlarini bir necha qaytalab o’qish zarur.O’qiganda ham, yozuvchi ning nima demoqchilini va o’z fikrini qanday yo’l bilan o’quvchilarga anglata olganini diqqat qilib surishtirib borishi kerak .Shundagian yozuvchilardan hunar O’rganishi mumkin. So’z so’ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak .Tuzilgan jumlani yozuvchining o’zigina tushunib ,boshqalarning tushunmasligi katta ayb asli yozuvchilik aytmoqchi bo’lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda oraga Anglashmovchilik solmaslikdadir. Fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan so’z va jumlalarga Yozuvchi aslo o’rin bermasligi lozim. SHundagina iborani tuzatib bosishga yo’l qo’ymagan Mustaqil uslub va ifodaga ega bo’lib o’zingizning qalamdagi istiqbolingizni ta’min qilgan bo’lasiz. Kishiga ishonish va behuda kuchanish ma’qul gap emas .Birovga orqa qilib o’zingizda bo’lgan talantning ruhiga fotiha o’qiy ko’rmasangiz, bir soatga emas o’n soatga yozish bir qayta emas o’n qayta tuzatish kishining yordamiga termulib qaraganda ham foydali ham umidlidir. Ba’zilar asaringizdagi maqsadga shoshilasiz deyishadi .Asarning zerikmay o’qilishi ana shu ortiqcha tafsilotlarga kirmay , maqsadga shoshilishdadir.Yozuvchini garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o’qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g’oyibona bilish tasavvur qilish mumkin .Chunki u asarlarida asosan o’z tabiatin ruhini tasvirlaydi. Har bir asarim - bir farzandim ,chiroqchimdir deydi ; Abdulla Qodiriy sho’ro hokimyatining dastlabki yillarida qizg’in jurnalistik faoliyat bilan barobar o’zbek adabiyotidagi birinchi roman –‘’ O’tkan kunlar’’ni yaratdi (1919-1926]. Romandan boblar 1922-yil ‘’Inqilob’’ jurnalida E’lon etildi. 1924-1926- yillari har bir bo’limi alohida alohida kitob holida Bosildi. ‘’O’tkan kunlar’’ yaratilga davr o’zbek xalqi uchun millatning Erki,ozodligi mustaqilligi jahondagi o’rni masalasi hayot- mamot Ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiyparvar Ziyolilari safida turib ona yurtning , millatning taqdiri ustida astoydil qayg’urdi o’zicha,najot yo’lini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolg’on va’dalariga ishondi, ammo adib bu va’dalar qog’ozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat- e’tibor bilan o’zgarmay qolayotganini, Munofiqona tus olayotganini, el orasida buzg’unchilik fitna , sinfiy- Mafkuraviy adovat avj oldirib birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini Sho’rlik xalq bu qonli siyosatning qurboni bo’layotganini o’z ko’zi bilan Ko’rdi. Ayniqsa Qo’qon muxtoriyatining tor –mor etilishi ko’pgina hur fikrli Ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib ‘’ O’tkan kunlar’’ Romani orqali xalqning milliy ongini uyg’otmoqchi bo’ldi ,’’tariximizning eng kir qora kunlari-yurtning mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi ‘’xon zamonlari’’-. O’rtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida so’z ochib Bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo’ldi. Abdulla Qodiriy ijodining muhim xislati tarixiy burilishlar davrida xalq Ichida bo’layotgan katta hodisalarga murojat etishidir. Bu xislat ayniqsa uning Yirik prozasida yaqqol ko’rinadi . O’tkan kunlar roman[janrida ] yozilgan. ‘’O’tkan kunlarning poydevori – Otabek bilan Kumushning muhabbati. Asar bejizga shimoliy ummondagi bahaybat aysbergga o’xshatilmagan. Ma’lumki bu tog’ning faqat cho’qillari ko’zga tashlanadi ,asosiy qismi esa ko’rinmaydi- Suv ostida bo’ladi.Har bir ulug’ asarning ulug’vorligini umrini ana shu ko’zga Ko’rimas qismi ta’min etadi. Abdulla Qodiriy qo’lga qalam olganlarida ikki yoshning Olovli muhabbatigina bayon qilmoqchi bo’ldimikan?? Abdulla Qodiriy adabiyotga muhabbat kuychisi bo’lib kirib kelmaganlar .Fikrimizning Dalili uchun ‘’Juvonboz’’, deb atalgan hikoyalarini, ‘’Baxtsiz kuyov’’ deb atalmish Pyessalarini olish kifoya. Shunga ko’ra aytmoq mumkinki , yozuvchi adabiyot maydoniga xalq g’amida kuyib Yonib kirib kelganlar . Xalqning taqdirini ,kelajagini o’ylab qayg’urganlar . ‘’O’tkan kunlar’’ yozishga ham ana shu millat qayg’usi undagan bo’lsa kerak. Bayt;;
Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. [Hazrat Navoiydan] ‘’Kumushni o’ldirib qo’ydim’’ deb yig’lar ekanlar .Nazarimda yozuvchi Kumush ismli Go’zal juvonnig emas, boshqa narsadan kuyib , yig’laganlar . Fikr ojimcha,’’O’tkan kunlar’’ning birinchi va oxirgi jumlasi asarning asl mohiyatini Belgilaydi; ‘’1269-inchi hijriya davl oyining 17-inchisi qishki kunlarning biri quyosh botqan teva- Rakdan shom azoni eshitilardir…’’ ‘’…O’zbek oyim qora kiyib ,ta’ziya ochdi..’’ Nima uchun qish kuni??[bahor yoki yoz emas?] Nima uchun atrofda shom namozi [bomdod] emas eshitiladi? Aytmog’ingiz mumkinkim savdo ahli kunduzi ish bilan Mashg’ul karvonsaroyga shu payt qaytadi,Otabekni huzuriga keluvchi mehmonlar Shuni nazarda tutganlar. Shunday bo’lsa yana bir misol ular bomdodda keluvchi ham Mumkin edimi? Yoki Marg’ilon kata shahar emas, Otabekni bironta rastada kunduzi Uchratmoqlari ham ehtimoldan holi emasdir. ‘’…Tevarakdan shom azoni eshitilardir..’’ Balki buning ramziy ma’nosi bordir. Balki yozuvchi aynan shomn azoni ta’kid etganida faqat namozga chaqiriqni emas, Boshqa narsani ham nazarda tutgandir? Shom- qorong’ulik bosib kelishidan bir Darak .Dalvda kechalar uzun,yorug’lik kamroq bo’ladi .Shom azoni yurt boshiga Yopirilib kelayotgan qorong’ilik zulmatdan ogoh etuvchi darak emasmikan? Asarda ozon chaqirishi bir necha marotaba zikr etiladi Ammo biror martaba ham Namoz tasviri berilmaydi. Asarda nima uchun Otabek onasiga ‘’O’zbek oyim’’ deb ism qo’yilgan ? Axir ayollarda ‘’O’zbek ‘’degan ismni qariyb uchratmaymizku? Nazarimda yozuvchi Shu so’ngi jumla uchun ham ‘’O’zbek oyim deb qo’yganga o’xshaydilar… O’zbek oyim qora kiydi.. Yurt xavfdan ogoh etuvchi chaqiriqqa e’tibor bermadi, Hidoyatdan chekindi va oqibatda qora kiydi ,aza ochdi. Qorong’u tunlariga kirib keldi.Yurtning qora kiyishiga sabab nima? Xudoyorxonning Harbiy jihatdan qoloqligimi ? Yo’q Xalq orasida totuvlik yo’qligi asosi sabab bo’ldi. Yozuvchi tarixni to’g’ri anglab to’g’ri tahlil qilib o’z xulosalarini dam ochiq tarzda Dam ramziy obrazlar orqali ifoda qilganlar.Asarning dastlabki boblarida; ‘’Menimcha o’risning bizdan yuqoridalig’I uning ittifoqida bo’lsa kerak –dedi Otabek ,-ammo bizning kundan kunga orqag’a ketishimizga o’zaro niz’omiz sabab bo’lmoqda, Deb o’ylayman.. Oramizda bu qo’rqinch holatni bahaqqi tushunadirg’on yaxshi Odamlar yo’q ,bil’aks buzg’unchi va nizochi unsurlar tomir yoyib har zamon xalqni Halokat chuqurig’a qarab tortadirlar.Bu gaplarni yigirma to’rt yoshli -Otabek Aytyapti.Mazkur satrlar yozilayotganda adib ham taxminan shu yoshda bo’lganlar. Otabek va Kumushga yosh jihatdan yaqin bo’lganlari uchun ham ularning dardu alam- Larini bayon etishda birga yonib birga kuyganlar .SHuning uchun ham asarda Yolg’on dard yoqdir? Otabek [nima uchun’’ota’’ ‘’bek’’, buni ham mulohaza qilmog’imiz lozim] -yurtning kelajagi .Lekin Otabek yurtning kelajagini yorug’likda ko’rolmaydi. ‘’…Mozoristonda ‘’hayya ala-falah’’ xitobini kim ham eshitardi..’’ ‘’…O’z Harazi yo’lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo’lg’uvchilar yo’qotilmas Ekanlar, bizga najot yo’qdir..’’ Yurt mozoristonga aylanayozgan ,shunday joyda ,,najotga kelinglar’’ deb Ming baqiring kim o’rindan turadi. O’liklar qanday najotga kelishi mumkinmi? Yozuvchi bunda jisman murdalarni emas, ruhi milliy g’ururi o’lganlarni nazarda Tutmadilarkim? Asar yozilayotgan damlar 1937-yilda boshlangan qirg’inga ko’p yillar bor edi . Lekin bo’lajak fojia bo’roning shabadalari esa boshlaganini yozuvchi sezganlar Yaqin kelajakda qirg’in bo’lajagini bilibmi, ‘’buzg’uvchi va nizochi unsurlar’’ning Tomir yoyib borayotganidan xavotirlanadi .’’Buzg’uvchi va nizochi unsurlar’’ Ning tomir yoyishi faqat Otabek yashagan davrgagina emas, balki undan keyingi Davrlarga ham xosdir. Abdulla Qodiriy asarning boshlanishida ‘’ijtimoiy muammo’’deb aytayotgan muhim Masalaga e’tiborni qaratadilar . Qora tunlar qayerdan boshlanishini ko’rsatadilar. So’ng bu muammo go’yo unutilganday tuyulib, ishqiy mojaroga berilganday Bo’ladilar. Ishqiy mojaro hal etilganday tuyilgach esa yana o’sha ijtimoiy Muammoga endi Yusufbek hoji ishtirokida qaytadilar. Yusufbek hoji so’zlari; ‘’…1 Birodarlar! O’rus ichimizdan chiqadurg’on fitna -fasodni kutib, darbozamiz Tegida qor to’kib yotibdir .Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovga Beradirgan kuchimizni o’z qo’limiz bilan o’ldirsak ,sen falonsan, deb qirilishsak holimiz nima bo’ladir… …Siz o’z qipchog’ingiz uchun qabr qozigan fursatda ,sizga ikkinchilar tobut Chopadilar. Biz qipchoqqa qilich ko’targanda ,o’rus bizga to’p o’qlaydur…’’ Bunda qipchoqqa qabr qozildi,unda esa tobut tayyorlandi. Uzoq yillar Chirimaydigan qilib tayyorlandi. Bunda birodarga qarshi qilich ko’tarildi,unda Millatga qarshi to’plardan o’q uzildi… Bu endi tarixiy haqiqat Romanda ortiqcha ta’svir bayon yo’q.Abdulla Qodiriy asarlarida har bir jumlaning o’z xizmati bor . Asarning ‘’Inqilob’’ bobidagi bir jumlaga e’tiboringizni tortay; Azizbek xalqqa uzr aytganda ,uzri qabul bo’lmaydi. Unga qarshi aytilgan Gaplar orasida shunday jumla bor; ‘’Xanjaringni xayf ko’rib mahallalarga chayon solig’I slogan ,og’alarimizni chayon Zahari bilan o’ldirgan kim edi?’’ Toshkent hokim Azizbekning chindan ham mahbuslar ustiga chayon Tashlab qiynab o’ldirgani aholiga chayon solig’I solgani odamlar paxsa Devorlarni buzib chayon qidirishga majbur bo’lganlari aniqlabdilar.. Qarang birgina jumla faqat Azizbekning yaramas qiliqlarini bayon eta qolmay Balki tarixiy bir haqiqatni ham o’ziga singdirgan. Yoki … asar boshlaridayoq Homidning shakli-shamoyili ,fe’l –atvorining Tasviriga alohida e’tibor beriladi.Homid-o’ttiz besh yoshlardagi ko’rimsiz Odam.’’…uning shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo’lmay ‘’Homid Xotinboz’’ deb shuhratlangan .Holbuki uning ikkita xotini bor. U zamonlarda ko’pxotinlik ayb emas ,sunnat hisoblangan .Nima uchun Homidga ‘’ xotinboz ‘’ laqabi tirkaladi ,Mirzakarim qutidorning qizi haqida Gap ketsa nima uchun ‘’Homidning chehrasi buzildi…bir turli vaziyatda Jiyaniga qaradi …Yuzidagi boyagi holat yana ham kuchlanib …’’’ Toqatsizlandi ?BU holatlar bayoni bekorga tilga olinmagani keyinroq borib Ma’lum bo’ladi .’’ Bu kungacha ikki xotin o’rtasida turib janjalga to’ymagan ‘’ Homidning xotinni uchta qilish o'yi borligi ham bekirga aytilmagan Chunki uchunchi xotin uning o’yicha –Kumush bo’lishi kerak edi. Homid maqsadiga erishmoq uchun hech narsadan qaytmaydi. Homid O’ttiz yetinchi yildagi ‘’xolis xizmat qiluvchi ‘’ ‘’do’st’’larni eslatmaydimi? Asarda Homid yengilgan edi hayotda esa… ____________
Tohir Malik o’tkan kunlar romaniga yozgan ilmiy maqaolasidan Toshkent 2016 34-bet ||bob. ‘’Milliy qadriyatlarning O’tkan kunlar romanida badiiy talqini’’ Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va Qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi ,tabiiyki har qaysi xalqning Bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir –ikki kunda Paydo bo’lib qolmagan .Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni, Ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi Uzoq davrni talab qiladi.Yillar,asrlar davomida muayyan qarash ,odat, Tushuncha,tajribalar, zamonlar, avlodlar, sinovidan o’tadi,sayqal Topib boradi.Agar ular keying avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa Davom ettirilib urf –odatga aylansa ,demakki, endi ular milliy qadriyat Deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar Bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar Millatning tarixi, yashash tarzi ,ma’naviyati hamda madaniyati bilan Chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlar ham Uzoq tarixiy jarayonda shakllangan .Jumladan ,o’zi tug’ilib o’sgan ona Yurtga ehtirom ,o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik ,o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat ,kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish ,har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash ,turmushdagi Poklikka alohida e’tobor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy Qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’toboran xalqimizning xotirasini Tiklash ,qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash,adabiyotimiz bebaho asarlari nashr qilish kabi ishlar amalga Oshirila boshladi. ‘’O’tkan kunlar ‘’romanida o’zbek xalqining miliy qadriyatlari urf-odatlari Badiiy talqinda yozuvchi tomonidan ochib beriladi.Asarda o’zbek xalqining Milliy qiyofasi qadimiy an’ana qadriyatlarimiz aks etgan. Otabekni Kumushga uylanishida ham Rahmat tomonidan ‘’oladirg’on Xotiningiz sizga muvoviq bo’lishi barobarida er ham xoting’a muvoquttab Bo’lsin ‘’deydi .Asarda urf –odatlarimiz sovchilik Hasanalining Kumushni Otabekka so’rab borishi Qodiriy tomonidan badiiy talqin etilgan . Asarda qahramonlarning odobi,lutfi,diqqatga loyiq. Bir jumlaga e’tibor Qarataylik; Rahmat Otabekka qarab :,,vaqtsiz kelib sizni tinchsizladik,’’ Deganiga ‘’…tinchsizlamadinglar ,bil’aks quvontirdingizlar shahringizga Birinchi marta kelishim bo’lgani uchun tanishsizlik ,yolg’izlik meni zeriktir- gan edi,’’ deb javob berdi.’’Birinchi marta kelishim so’zi Otabek bu yerda Shunchaki emas, birinchi marta kelgani uchun zerikdi. Agar shunchaki Zerikdim ,desa mezbonlarga malol kelar ,balki ularga malomatgina bo’lardi. ,,Shahringiz zerikarli’’ dagan ma’no chiqardi . Adib oddiy shu jumlalar orqali O’zbek xalqining mehmondo’st ,mehr oqibatli ekanini ko’rsatib bergan. Yoki ota va o’g’il so’zlarini olaylik Otabek Hasanaliga ish buyurishdan avval ,,tuzukmisiz ota?’’ deb ahvol so’raydi. ,,-Ba’zi ishlarni buyursam… -Buyurinigiz o’g’lim. -Rahmat ota, bo’lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi Xo’b begim..’’’ Shu qisqa savol- javob adibning oliy cho’qqisi ko’ringan. Otabek Hasanaliga ,,ota’’ deb murojaat qilganida u ,,o’g’lim ‘’ deb Javob berdi .Otabek ish buyurganida begim ,dedi Bu yerda faqat Otabekning lutfi emas ,Hasanalining odobi ziyrakligi,fahmi ham aks etgan. Yoki ,’’bu kishi kimingiz bo’ladi?’’ degan savolga Otabek darrov javob Bermadi. ,,Hasanali hujradan uzoqlatib ,so’ngra javob berdi ;-qulimiz’’ Otabek bu o’rinda to’g’ridan to’g’ri shunday deganida Hasanali ranjimas edi Chunki u qulligini unutgan emas ‘’Xo’b begim’’deyishning o’ziyoq bunga dalil Otabek islomiy odob egasi bo’lgani uchun ham Hasanalini hujradan uzoqlatib Aytdi bu gapni .So’z islom va iymon haqida borar ekan ,aytmoq joizki, Asarda iymonlilar [Otabek ,Yusufbek hoji] va iymonsizlar [Homid uning Sheriklari ,Azizbek kurashi mavjud .Yozuvchi falonchi iymonli falonchining Iymoni sust degan so’zni ishlatmaydi.Buni qahramonlarning so’zlari harakatlari Ayon etib turadi. Qodiriy’’ O’tkan kunlar’’ romanida yurtdagi azaliy qadriyatlarning aynishi , O’zaro ahllik yo’qolib ,nizolar avjiga chiqqani haqida so’z yuritar ekan,’’el yurt Boshida insofli ,diyonatli fuqoraparvar,va xolis odamlar turishi najot manbaidir ‘’degan konsepsiyani ilgari suradi .’’Toshkentga insofli bir bek belgilansa, menim uchun kifoya’’ degan nihoyatda betama, xalq manfaatini ko’zlovchi Yusufbek Hojining[126-bet] Kumushbibi ta’biri bilan aytganda ,’’nur ichiga ko’milgandek’’ Bo’lib ko’ringan siymosini ,’’Oyim ‘’ deb xitob qilgandagi muloyim ,beozor va muassir so’zini [327bet], ‘’…o’g’lim ,bizning xalqning holiga yig’lashni Ham bilmaysan , kulishni ham !’’ [37bet], ‘’…Fuqaroning tag’in qandoq ko’rgiliklari bor ekan ,o’g’lim’’, so’zlarini yozgandagi sertashvish qalbini [36bet] Tom ma’nodagi milliylikdan ,sharqonalikdan ajratib tushunish mumkin emas.Ta’biga Muvofiq qiz topilmagani,erning ham xotin ta’biga mos bo’lishi lozimligini teran anglagani Uchun hanuz uylanmay yurgan Otabek mehr-muhabbatli turmushni yo’qlaydi.Shu bois Kumushning qadrini arshlargacha ko’targanida Oftoboyim unga nisbatan cheksiz Muhabbat ,poyonsiz ehtirom sezadi. Hatto yig’lagisi va kuyovini yuzidan o’pgisi keladi Qutidor ta’biri bilan aytganda : …’’Har to’g’rida ham yetuk bir yigit …chin yigit ,qarshisida Musulmonqul ham zavqlanib : ‘’Dov yuragig bor ekan ,yigit ‘’- deyishga majbur bo’ladi Zero, uning o’zi ham favqulodda jasurligi bilan tarixda e’tirof e’tilgan. Qodiriy tasvirida qalbi farishtalar ko’nglidek toza ikki jon ,ikki yurak baxtiga Rahna slogan urf –odatlar ma’qul va mashru emasligi mantiqiy asoslanadi. O’zbek adabiyoti tarixida ham birinchi o’laroq, hayotiy tarixiy bir roman Yozilishi bilan o’zbek ijtimoiy hayotida o’zbek xalqining yozma nafis Adabiyotida jonlanish orzusi tug’ildi.’’O’tkan kunlar’’ o’zbek xalqining O’tmishini xonlar davridagi ijtimoiy johilona siyosatni xalqning feodalizm Davrida chekkan azob uqubatlarini ko’rsatgan bir romandir… Roman o’zbek adabiyotining birinchi romanlaridan hisoblanadi asarda Bir tarafdan o’zbek hayoti xotin qizlarning ,turmushi ularning yumshoq Tabiatlarini ,sadoqatlarini shirin odatlari tasvirlangan ,ikinchichi tarafdan Ham ularning oila ichidagi harakatlari nafis suratda ko’rsatilgan .Abdulla Qodiriy o’zbeklarning Mirza Fatiliysidir .Bu roman O’zbekistonda har bir Savodxon vatandosh tomonidan sevilib sevilib o’qilmoqda. 2‘’Ul o’zining yirik romanlarida olgan davrning turmushini nihoyatda jonli Qilib ko’rsatadi, o’sha davrning jonli odamlarini gavdalantiradi. U nihoyatda ravon ,shirali va ma’noli qilib tasvirlaydi.Uning asarlarini o’qiganda butunlay erib g’arq bo’lib ketasan .Til shirali va soda .Uning 1923-yildan Keyin ‘’o’tkan kunlar ‘’ nomida yirik bir romani bosildi. Mundarijasi Xudoyyorxon davrinda olinib yozilgani butunlay shu davrning Qahramonlari orasida yurganday his qilasan.Xudoyyorxon zamonasidagi Idora usuli u yerdagi fisq fujurlarni o’zbek turmushidagi yaramas odatlarni Fosh etib ,qattiq tanqid qilgan bu roman realistik yo’l bilan yozilgan.
Mukammaligi bilan gavdalantiradi.U vaqtlarda hukm surgan feodal boshboshdoqliklar ,reaksion ruhoniylarning sotqinlik siyosatini, xalq ongini Zaharlab ,unga ko’rsatgan zararli ta’sirlarini nihotatda ustalik bilan Fosh qila olgan .Bu roman bizning tatar uquvchilariga qardosh o’zbek Xalqi turmushining rang-barang tomonlari, o’tmishda kechirgan og’ir Kunlarini ko’z oldiga keltirishga yordam beradi.
Juda kuchli qiziqish uyg’otgan O’rta osiyo adabiyotining o’sha yillardagi To’lqinli taraqqiyoti boshida turgan edi Jalol Ikromiy[tojik yozuvchisi] Abdulla Qodiriy o’zining g’oyat siqiq,ammo chuqur lirika bilan yo’g’rilgan Jumlalari bilan kitobxonni maftun qiladi.Uning asarlaridagi har bir Detal o’zida yuksak ma’no ifoda etadi, mohir zargar tomonidan yasalgan Buyum yanglig’ jilolanadi. 4Mening o’zim ham Tolstoydan, Gorkiydan, Sholoxovdan o’rganmasam, tatar Yozuvchisi Ibrohimovning ‘’Bizning kunlar’’ni ,’’Qozoq qizi’’ni , O’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning ‘’O’tkan Kunlar’’ni , ‘’Mehrobdan chayon’’ini o’qib,shulardan ibrat olmasam ‘’Dadil qadamni’’ni Boshlay olmagan bo’lardim
Taassurot qoldirgan va ilhom bag’ishlagan.Shundan keyin menda Turkman xalqining o’tmishi haqida roman yozish ishtiyoqi tug’ildi Katta niyat bilan ‘’Qismat ‘’ romanim ustida ish boshladim. Muxtor Avezov[qozoq adibi] Abdulla Qodiriy [Julqinboy] romanlari 1920 yillarda ,go’yo tekis sahroda to’ Satdan Pomir tog’lariga vujudga kelganday paydo bo’ldi , uning asarlarini Qurmong’ozi yoki Chaykovskiy kuylarini tinglaganday dam olib, Miriqib , gasht qilib uqiysan kishi … U yigirmanchi yillardagi butun… turkiy Tillar adabiyoti badiiy prozasining eng zo’r ustasidir _______________
Xulosa
,,O’tkan kunlar ‘’romanidagi voqealarga xulosa qilib aytganda romanni o’qigan Har bir o’quvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji,Qutidor ,Oftob oyim kabi Ijobiy obrazlardan bahra oladi.Zaynab ,Xushro’y Homid kabi baxil,qora niyatli salbiy Obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushi asar davomida biladi. Ushbu asar nafaqat o’zbek adabiyoti balki o’zbek tilining rivojlanishiga kata hissa qo’shdi
Berilgan ayol edi.1934-1935 yillar bo’lsa kerak ,u haj qilishga otlanib, besh yoshlik Meni ham o’zi bilan ola ketgan. Shu yo’sin chet ellarda qolib ketib ,o’sha yoqda savod Chiqardim ,mustaqil mutolaa qildim.O’rta SHarq mamlakatlarida yashab ,ko’pincha Tijorat bilan shug’ullandim ,adabiyotga qiziqib, ulardagi vatandoshlarga hamisha o’z Madaniyatimizni targ’ib etdim .1969 yilda vatanga qaytdim. CHet ellarda qariyib uch million o’zbek bor. Men shu o’zbeklar orasida yashab shu Haqiqatni ko’rdimki,ular uchun u mamlakatlarda o’z tillarida o’qitadigan na birorta maktab Va na o’zbekcha kitob ,gazeta chop etilganini yoki radio –televedinya programmasini Uchratdim.Bitta yarimta chiqarilgan jurnallar esa o’zbek tilini rivojlantirish uchun emas ,aksincha ,til tozaligi tuyg’usini buzish ,o’zbek xalqini qoloq fikrda saqlash uchun chiqarilgan Ular o’zbekiston madaniyatidan aytarli xabardor emas .Ba’zi o’zbeklar o’z adabiyotimizni Shaxsiy kutubxonalarda saqlasalar ham, biroq uni o’zgalarga foydalanishga berishga Ishonmaydilar ,to’g’rirog’i ‘’taraqqiypisand kitob tarqatuvchi ‘’ deb ayblanishdan Cho’chiydilar.Natijada u yerda o’zbek tili ,adabiyoti asta buzilib unitib borayotgani Seziladi … Men shu unutilib borayotgan [albatta, u yerlarda] tilimizni saqlab qolish ,Shu bahonada O’zbek o’zbek adabiyoti ,madaniyati bilan ularni tanishtirish maqsadida ,avvalo, Ularga hamisha o’zaro o’zbekcha xat yozishni targ’ib qildim va o’zbekcha kitoblar bosib Tarqatishni jazm etdim. Qaysi kitobni nashr etishni o’ylab ,uquvchilarni qiziqtirish Uchun ,badiiy jihatdan yetuk hayotiy ,tili ravon ,toza taraqqiypisand asar,deb tanilgan ‘’o’tkan kunlar’’ romanini birinchi galda qayta nashr etib,vatandoshlar orasida tarqatishni Maqsad qilib qo’ydim. Romanning || va ||| qismlarini Karachi[Pokiston] shahrida o’zim Noshir bo’lib ,ming nusxadan bostirdim .Bosish xarajatlarini o’z yonimdan sarfladim. CHunki ,u yerlardagi bayon o’zbeklar o’z tilimizda diniy kitoblar bosishga yordam qilsalar Ham, buningday xalq ko’zini ochuvchi zamonaviy asarlarni chop etishni xohlamas, Xohlasalar ham o’sha yer hokimyatidan cho’chir ,ishonchlarini yo’qotishni ,aloqalarini Buzish istamas edilar.Romanni turli mamlakatlarga olib borib,o’qishni bilganlarga [xatto pulsiz]tarqatdim, bilmaganlarimga esa ba’zan o’rgatishga ham to’g’ri keldi. Romanning birinchi qismini qayta nashr qila olmadim .CHunki,uni Pokiston ,Eron, Turkiya kutubxonalaridan izlab topa olmadim.Xususiy kutubxonasida bor bitta yarimta Vatandosh esa shoshmaganidanmi,yoki yuqorida aytilganidek ,qo’rquv yo andisha Vajidanmi ,har holda vaqtinch bo’lsa-da birinchi qismini berib turishga rozi bo’laman.
Edi,endi oltinchisini ya’ni o’zbek romanchilik maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi. ‘’O’tkan kunlar’’ romanini o’qiganda boshdan oyoq qulog’ingiz ostida voqea-hodisalar Ruhiga mos musiqiy ohang eshitilib turganday bo’ladi.Bu ohanglar o’quvchi dilida har xil Kayfiyatni uyg’otadi. Asar bejizga’’ Yuzimizni yorug’ etgan kitob’ deb ta’rif berilmagan 11956-yili Intellegensiyaning ||qurultoyida Nuriddin Akromivich Muhiddinov o’z Ma’ruzalarida Abdulla Qodiriyni oqlash ,asarlarini qayta nashr etish haqida gapirgan edilar Men o’sha paytda Navoiy ko’chasidagi kitob do’konida sotuvchi bo’lib ishlardim . Kitob do’koniga kelib :-‘’O’tkan kunlar’’ qachon chiqadi?-deguvchilar ko’payib bordi Bir kuni chamasi o’ttiz yoshlardan oshgan ,adabiyotga ishqiboz bir yigit kelib : -Menda ‘’O’tkan kunlar’’ning 1926 yilda chiqqan nashri bor ,-deb qoldi Men qiziqib O’sha kitobni berib turishni so’radim.O’rniga Cho’lponning lotin alifbosida chiqqan ‘’Kecha va kunduz’’ romanini olib kelib berishimni aytdim.U rozi bo’lib ertasiga ‘’O’tkan kunlarni ‘’olib keldi.Uch bo’limdan iborat kitobni olib varaqlab chiqdim.Kitob Varaqlarining betlari dog’ bo’lib ketganiga hayron bo’lib ,sababini so’radim -Men ham qiziqib onamdan so’raganman .U kishi : ,,Bu dog’lar kitobni o’qigan odamlarning Otabek va Kumushga to’kkan ko’z yoshlarning Dog’I’’,deb tushuntirgan edilar,-dedi Men arab alifbosida o’qishni bilmas edim.’’O’tkan kunlar’’ni o’qish uchun arab alifbosini O’rgandim 1958yilga kelib ,,o’tkan kunlar’’ to’qson ming nusxada chop etildi .O’sha Kungacha hali bironta o’zbek kitobi bunchalik kata nusxada bosilmagan edi. Men kitob do’konida besh yil ishlagan bo’lsam ,doim ko’nglim bir sabab o’ksik edi. U ham bo’lsa rus kitoblarini kata navbat bilan sotishardi.Biz esa: ‘’Qani endi o’zbeklarda Ham shunday navbat bilan sotiladigan kitoblar yozilsa’’,deb umid qilardik. ,,O’tkan kunlar’’ chiqqach, talashib besh yuz[500] nusxa olib kelib ,bir kunda sotib Yuborganmiz. 1981 yili shahar Ijroyi qo’mitasi qarori bilan shahrimizdagi abulqosim madrasasi O’zbekiston Tarix va Madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyatining ixtiyiriga berildi. Marhum yozuvchi Xabibillo Qodiriyning ‘’Otam haqida’’kitobinino’qib Abdulla Qodiriyni ushbu madrasada tehsil olganliklarini bilgandim.Shuning uchun Madrasadagi bir xonani Qodiriy yodgorlik xonasiga aylantirdik.Bu ishda Xabibullo Akaga yaqindan yordam berganlar.Keyinchalik 1926 yili chiqqan ‘’O’tkan kunlar’’ni Qodiriy xonalariga olib kelib quydik.CHunki u kitob yuzimizni yorig’ etgan kitobdir Xullas ‘’o’tkan kunlar’’ romani hayot haqiqatlarining xilma –xil qirralarini o’zida Mujassam Etgan sir-sehrga to’la noyob go’zallik obidasidir. O’tkan kunlar yetmish yil umr ko’rdi.Yetmish yil azobli uqubatli umr kechirdi.Yetmish Yil bu asar uchun sinovli yillar bo’ldi.Asar sinovdan o’tdi.Abadiyat martabasini oldi. O’zbek onasi yaqin o’rtada ikkinchi Abdulla Qodiriyni tug’masa kerak
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Mirziyoyev. SH.M. ‘’Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib Yangi bosqichga ko’taramiz’’,|jild .Toshkent :’’ O’zbekiston’’ .2017.434 bet 2.Mirziyoyev .SH.M. Tanqidiy tahlil ,qat’iy tartib –intizom va shaxsiy javobgarlik Har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.Toshkent ‘’O’zbekiston ,2017.47bet. 3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralidagi pf-4947-son ‘’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi To’g’risidagi qarori
Lug’aviy –ma’noviy va uslubiy xususiyati T.2006 8.Qodiriyni qo’msab T;A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 1994 9.Habibulla Qodiriy .Otam haqida T. F G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 10.P.Otayev .Tong yulduzi sh’ulalari \\Sharq yulduzi 1989yil 1-son Qodiriy qadri 11.Cho’lpon Ulug’ hindiy \\Maorif va o’qituvchi 1925 7-8-b 12.P.Inog’omov ,Qodiriy jahon kezadi\\Abdulla Qodiriyning badiiy dunyosi T.Universiteti ,1994; 13.Qodiriyga Armug’on T Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi Internet saytlari; 1.www ziyonet.uz 2.www.google.uz 3.www.til va adabiyot ta’limi .uz 4.www.info @wos –Scoups .com\\about of number seven Download 50.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling