Jismlarni muvozanati. Oddiy mexanizmlar.
Qadim davrlardan beri inson o'z mehnatini yengillashtirish yo'llarini
qidiradi. Qurilishlar olib borishda og‗ir ustunlar, yo‘nilgan marmar toshlarni
siljitish, ko'tarish uchun turli mexanik qurilmalardan foydalanib kelgan. Uch ming
yil oldin qadimgi Misrda piramidalar qurilishida og‗ir tosh plitalarni richaglar
yordamida bir joydan ikkinchi joyga siljitishgan va ancha balandga ko'tarishgan.
Ko‗p hollarda og‗ir yukni biror balandlikka ko'tarish o'rniga uni shu balandlikka
qiya tekislik bo‗yicha dumalatib yoki sudrab olib chiqishgan. Samarqand va
Buxoro shaharlaridagi minoralar, madrasalar, saroy va masjidlar qurilishida
yuklami bloklar, chig‗iriqlar yordamida ko'targanlar.
Turmushda,
zavodlarda
katta-katta
metall
taxtalarni
kesadigan,
shtamplaydigan stanoklarda, ko'tarma kran, yer qazuvchi, tekislovchi mashinalarda
ham oddiy mexanizmlar bor. Bunday mexanizmlar zamonaviy audio va video
apparaturalar, murakkab avtomatlarda ham uchraydi.
Oddiy mexanizmlar ishi bilan tanishsangiz, murakkab mashinalar tuzilishini
tushunishingiz oson bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |