Tadqiqot ob‟ekti: Umumta‘lim maktab VI-sinf fizika fanida Oddiy mexanizmlar
mavzusini o‘qitish metodikasi
Tadqiqot predmeti: VI-sinf fizika fanida Oddiy mexanizmlar mavzusini
individual o‘qitish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik asoslari.
Tadqiqot maqsadi: Umumta‘lim maktab VI-sinf fizika fanida Oddiy
mexanizmlar
mavzusini
individual
o‘qitish ko‘nikmasini shakllantirishning
didaktik asoslarini ishlab chiqish, uni nazariy asoslash va ta‘lim jarayonida
amaliyotga qo‘llashdan iborat.
Tadqiqotning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonunlari, VI sinf
Davlat ta‘lim standarti, Prezidentning zamonaviy pedagogik texnologiyalar
muhitini yaratish bo‘yicha farmoni, 2004-2009 yillarda «Maktab ta‘limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi», Prezident va hukumatimizning
umumta‘lim, hamda xalq ta‘limi, fan, madaniyat va ta‘limni rivojlantirishga
qaratilgan farmonlari, rasmiy hujjatlar, innovatsion texnologiyaning dialektik
nazariyasi, fizikada ishlatiladigan eksperimental tadqiqot metodlari, pedagogika,
psixologiya, fizika ta‘limi nazariyasiga oid izlanishlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |