O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi
Umumiy vaqt 2 soat Usullar
Download 0.56 Mb.
|
Sog\'lom avlod dasturiAAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur materiallar Flipchart, rangli markerlar. Videorolik
- MOYILLIKNING PAYDO BO‘LISHI...
Videorolik Bugun biz mavzuimizni ulug‘ mutafakkir Aflotunning so‘zlari bilan boshlaymiz! O‘z davrida Aflotun “Mastlik – ixtiyoriy jinnilikdir” degan edi. Spirtli ichimliklarning sog‘liqqa zarari haqida shu qadar ko‘p gapiramiz. Achinarlisi, ichkilikka berilgan odam nafaqat o‘zining, balki yaqinlarining ham tinchini buzadi. Erining aroqxo‘r ekanligidan qo‘ni-qo‘shniga qo‘shilolmaydigan ayollar, otasining «shishadosh» ulfatlari deb boshi ham bo‘lgan bolalar oz deysizmi? Farzandini hayotga qaytarish ilinjida ichkilikning davosi bormi, deb zir yugurgan ota-onalarchi? Xo‘sh, sizningcha muammo nimada? Aniqrog‘i uning yechimini qayerdan izlaymiz?
“Mastlik oltita baxsizlik: muhtojlik, janjal, kasallik, obro‘sizlik, sharmandalik va aqlsizlik keltiradi” – deyilgan yapon maqollarida. Ichkilik odamni og‘ir kasalliklarga olib keladi, obro‘-e’tiborini yo‘qotadi. Spirtli ichimliklarni uzoq vaqtgacha muntazam ichib yurish kishini alkogolizm kasalligiga duchor qiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, hatto yuz gramm spirtli ichimlik sog‘lom kishining bosh miya faoliyatini birdan o‘zgartirib yuborar ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, psixonevrologik dispanserlarga murojaat qiluvchi ruhiy kasalliklarga duchor bo‘lganlarning eng ko‘pi alkogolizmga mubtalo bo‘lgan kishilardir. Ichkilikka o‘rgangan o‘smir vujudi sekin-astalik bilan zaharlana boshlaydi. Keyinchalik esa bunday kishi ichmasdan tura olmaydigan bo‘lib qoladi, og‘ir mast bo‘lguncha ichaveradi. Bunday o‘spirinda dastlab asab ishdan chiqadi. U ta’sirchan, jahldor bo‘lib qoladi, natijada uning oila a’zolari azob chekadi. Alkogolizm natijasida miyaning ish qobiliyati asta-sekin pasayadi, fikrlash, biror muhim masalani yechish qiyinlashadi. Keyinchalik serjahllik, uyquning buzilishi, mas’uliyasizlik, boshqalarga va hatto o‘ziga ishonmaslik, toliqish, umumiy holsizlik alomatlari seziladi. Kasallikning oldi olinmasa, asab tizimi butunlay buzilishi, ruhiy holati o‘zgarishi mumkin. Ichkilikbozlik natijasida og‘ir asoratlar kelib chiqadi, jumladan: Oshqozon ichak xastaliklari. Bosh miya, ruhiy holatini buzilish asoratlari. Jigar xastaliklari. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (infarkt, qon bosimi oshishi). Kelajakda ulardan tug‘ilajak farzandlar irsiy kasalliklar bilan tug‘ilish ehtimoli yuqori (bolalar mayib-majruh bo‘lib, tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga keladi). Umr ko‘rish davomiyligi ichmaydiganlarga nisbatan kamida 10 yilga qisqaradi. Jinoyatlar soni ko‘payadi. TANISHING: ALKOGOLIZM Mayxo‘rlik allaqachonlar kasallik nomini olgan. Tibbiyotda uning uch bosqichi farqlanadi. Onda-sonda, 2-3 oyda bir marta, bayram yoki biror tadbirlarda oz-ozdan ichkilik ichishni alkogolizm deb bo‘lmaydi. Moyillikning paydo bo‘lishi ruhiy va jismoniy qaramlikning mavjudligi, qachon va qancha miqdorda ichilayotganiga bog‘liq. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling