Immunitent bu nima? Immunitet – lotincha "immunitas” – qutilish, tozalash degan ma’nolarni beradi. Immunitet - bu tashqi muhit ta’siridan va organizmga tushuvchi begona biologik moddalardan inson organizmini himoya qilish imkoniyatidir.
Immunitet quyidagi xolatlarda organizmning ximoyasi uchun kurashadi:
Infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi (bakteriya, virus, rikkesiya va b.);
Turli toksinlarga qarshi;
Mutatsiyaga uchragan o‘sma xujayralarga qarshi;
Turli parazitlarga qarshi (askarida, exinokokkoz va b.).
Bilamizki, odam organizmiga tashqi muhitdan biron bir yot modda, bakteriya, virus kirsa immun tizim hujayralari ularga qarshi kurashishni boshlaydi. Odam Immun tanqisligi Virusi esa aynan shu immun hujayralarini zararlaydi, natijada immunitet tanqisligi yuzaga keladi va organizm har-xil bakteriya, viruslarga qarshi kurash qobilyati susayadi. Masalan: Gripp virusi nafas a’zolari hujayralarini zararlasa, Odam Immun tanqisligi Virusi esa immun hujayralarini zararlaydi.
Virus Odam organizmini
Yoshi
Jinsi
Ijtimoiy holatidan qat’iy nazar
organizm ichiga kirishga intiladi va oxir oqibat o‘limga olib keladi!
Xavf guruhiga kimlar kiradi
Narkomanlar (in’esion (ukol orqali) narkotik qabul qiluvchilarda)
Qon quyilmaydigan odamlar (Gemofiliya bilan kasallanganlar)
Geteroseksual, betartib jinsiy aloqa qiluvchilar.
Kasallik xususiyatlari
OIV bilan zararlangan shaxsning tashqi ko‘rinishidan kasalligi sezilmaydi va bilinmaydi.
Inson o‘zini sog‘lom his etadi.
Kasallikning yashirin davri 6 oydan 2 yilgacha va undan ham ko‘proq davom etishi mumkin.
Kasallik belgilari
O‘mrov osti, qo‘ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashuvi
Ich ketishining SABABSIZ haftalab, oylab davom etishi
Tana haroratining SABABSIZ ko‘tarilishi (bir necha hafta davomida)
Tana vaznining hech qanday SABABSIZ 10% va undan ortiq kamayib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |