O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi
Ota-onalar va pedagog-psixologlar uchun “Sog‘lom avlod” dasturi
“Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan
Toshkent-2021 yil
1-mavzu. “Oila”-muqaddas tarbiya o‘chog‘i trening dasturi.
Maqsad
|
ota-onalarning bolalarni oilaviy tarbiyalash masalalari bo‘yicha kompetentlilikni oshirish, bolalar va yoshlarni oilada tarbiyalash nazariyasi va amaliyotiga oid tushunchalarini, bilimlarini shakllantirish..
|
Vazifalar
|
bola tarbiyasi usul va uslublari bilan tanishtirish, bola tarbiyasida zamonaviy yondashuvlar (oilaviy konferensiya);
ota-ona va farzand o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikni o‘rganish, bolaga g‘amho‘rlik, ota-ona va bola o‘rtasidagi ijobiy munosabatni mustahkamlash, bola tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish.
|
Davomiyligi
|
2 soat
|
Usullar
|
Ko‘rgazmali taqdimot, guruhlarda ishlash, umumiy munozara va muhokama, psixologik mashq va o‘yinlar.
|
Materiallar
|
Flipchart, rangli markerlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |