5-mashg‘ulot. Shaxsiy gigiyena.
Maqsad:
|
Sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillari bilan tanishtirish orqali yoshlarda unga amal qilish motivasiyasini oshirish
|
Vazifalar:
|
Sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillari bilan tanishish.
Shaxsiy gigiyena qoidalarini o‘rganish.
|
Umumiy vaqt:
|
2 soat
|
Usullar:
|
Slaydli taqdimot, aqliy hujum, munozara, pantomima, kichik guruhlarda ishlash, mashq va o‘yinlar.
|
Zarur materiallar:
|
Flipchart, rangli markerlar, daraxt tasviri chizilgan vatman, meva yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka.
|
Kirish qismi
Videorolik
Shaxsiy gigiena – o‘zini kasalliklardan asrashning samarali usulidir.
Har birimiz qo‘llarimiz va badanimiz tozaligiga qat’iy rioya qilishimiz muhim. Boshqalarga qarab yo‘talish yoki aksirish mumkin emas. Kasal bo‘lganingizda, albatta, qo‘lingiz tekkan narsalarni artib turing, ishlatgan qog‘oz sochiqlaringizni tashlab yuboring. Shuningdek infeksiyalar eng ko‘p tarqalgan jamoa transportida himoya vositalarini qo‘llash ham muhimdir (masalan, yoningizda doimo antibakterial nam sochiqchalarni olib yuring, transportda qo‘lingizga qo‘lqop kiying va hok.).
Tashqi ko‘rinish
Kiyim va tashqi ko‘rinish o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning tashkil etuvchi qismidir. Har bir insonning go‘zallik haqidagi o‘ziga yarasha qarashlari mavjud, lekin qanday kiyim tanlashimizdan qat’iy nazar, tashqi ko‘rinish borasida o‘zimizni qulay his etishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |