O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 195 Kb.
bet2/7
Sana07.01.2023
Hajmi195 Kb.
#1082954
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
тугарак режа2021-2022 Kreativ Pedagoglar

NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.Toʻgaraklar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi OʻRQ-637-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, 2019 yil 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan: yoshlarimizga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga oid 5 ta muhim tashabbus va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida yuritadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi qoshidagi “Kreativ pedagoglar” toʻgaragi bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchillik bilan hayotga tadbiq etish, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va professor-oʻqituvchilarning ilmiy-ijodiy salohiyatidan toʻlaqonli va oqilona foydalanish talaba yoshlarning ijodiy faoliyatini har tomonlama qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish, ustoz-shogird tizimi asosida yoshlarni pedagogik bilimlar va texnologiyalar asosida ijodiy mehnat va pedagoglik kasbga boʻlgan qobiliyatlarini oʻstirish, ularni boʻsh vaqtlarini maqsadli va mazmunli olib borish maqsadida tashkil etildi.
Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, universitet rektori buyruqlari va universitet kengashi, hamda mazkur Nizom asosida olib boradi.
2. Toʻgarak oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq tarzda, TDPU rektori va “Yoshlar bilan ishlash” boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
II. « Kreativ pedagoglar » tasviriy san’at to‘garagining maqsad va vazifalari
To‘garakning asosiy maqsadi Davlat taʼlim standarti malaka talablari asosida talaba yoshlarimizning iste’dodi, qobiliyatini rivojlantirish, qo‘l mehnati orqali yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish yoshlardagi ijodiy qobiliyatni takomillashtirish bilan birga taʼlim muassasasidan tashqari ishlarini maqsadli tashkillashtirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishdan iborat.

Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling