O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning
Standardlar ishlab chiqilishi: tizimli amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linib tayyorlanadi
Download 211.12 Kb.
|
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon tarixi quyidagicha davlashtiriladi
- O‘quvchilar tarixiy fikrlashning quyidagi beshta turi bo‘yicha malakani rivojlantirishlari kerak
- Tarixni o‘qitish bo‘yicha normalar
Standardlar ishlab chiqilishi: tizimli amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linib tayyorlanadi.AQSh tarixini davriylashtirish; Jahon tarixini o‘rganish yondashuvlari; Jahon tarixini davrlashtirish; Tarixiy anglash; Tarixiy fikrlash; Tarixiy tushunish va fikrlashda standartlarni birlashtirish. Jahon tarixi quyidagicha davlashtiriladi:1-davr: Insoniyat jamiyatining boshlanishi; 2-davr: Ilk sivilizatsiyalar va chorvador xalqlarning paydo bo‘lishi, miloddan avvalgi 4000-1000-yillar; 3-davr: Miloddan avvalgi 1000-yil - milodiy 300-yillar, klassik an’analar, asosiy dinlar va ulkan imperiyalar; 12
4-davr: Milodiy 300-1000-yillardagi tarix; 5-davr: Milodiy 1000-1500-yillarda tarixiy jarayonlar; 6-davr: Birinchi global asrning paydo bo‘lishi, 1450-1770-yillar; 7-davr: Inqiloblar davri 1750-1914-yillar; 8-davr: 1900-1945-yillarda yarim asrlik inqiroz va yutuqlar; 9-davr: 1945-yildan XXI asrgacha: hozirgi davr tarixi. O‘quvchilar tarixiy fikrlashning quyidagi beshta turi bo‘yicha malakani rivojlantirishlari kerak:Xronologik ketma-ketlikni bilish va aniqlash; Tarixiy tushunchani rivojlantirish; Tarixiy tahlil va talqin kompetensiyasi; Tarixiy tadqiqotlar qila olish kompetensiyasi; Tarixiy masalalarni tahlil qilish va bu asosda qarorlarni qabul qilish kompetensiyasi. Tarixni o‘qitish bo‘yicha normalar:Barcha o‘quvchilar uchun tenglikni ta’minlash; Tarix uchun yetarli o‘quv vaqtini taqdim etish: O‘quvchilarning sakkiz yillik o‘rta va yuqori sinflarida, beshinchi sinfdan o‘n ikkinchi sinfgacha bo‘lgan ta’lim davrida maktablar Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixiga kamida uch yillik va Jahon tarixiga uch yillik vaqt ajratishlari juda muhimdir; Davlat va mahalliy o‘quv rejalarida o‘zgaruvchanlikni hisobga olish: Amerikada shtatlar ta’lim tizimini mustaqil shakllantirish va nazorat qilish huquqiga ega. Shvetsiya tajribasiga binoan, Tarixni o‘qitish o‘quvchilarda nafaqat tarixiy kontekstlar haqidagi bilimlarini, balki ularning rivojlanishi va tarixiy ongini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunga o‘tmish bizning hozirgi holatimizga va shu bilan birga, kelajak haqidagi tushunchamizga ta’sir qilishi haqidagi tushunchani o‘z ichiga oladi. O‘qitish o‘quvchilarga tarixiy sharoitlar, tarixiy tushunchalar va uslublar, shuningdek tarixdan qanday qilib turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqidagi bilimlarini rivojlantirish imkoniyatlarini berishi kerak. Shuningdek, bu o‘quvchilarga odamlarning turmush sharoiti va qadriyatlaridagi o‘xshashlik hamda farqlar haqidagi tarixiy bilimlarini rivojlantirishga yordam berishi kerak. Bu orqali o‘quvchilar turli madaniy sharoitlar va yashash usullari to‘g‘risida tushuncha olishlari lozim. O‘qitish o‘quvchilarga tarixiy ma’lumot bazasini olish va hozirgi kunni chuqur anglash uchun dastlabki shartlarni berishi kerak. Shuningdek, ularga asrlar davomida ayollar va erkaklar jamiyat va madaniyatlarni qanday yaratganliklari va o‘zgartirganliklari to‘g‘risida xronologik sharh ishlab chiqish imkoniyati berilishi kerak. O‘qitish 13
Download 211.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling