O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 3.54 Kb. Pdf ko'rish
|
tarixiy jarayonlarga ta’sirini anglab olish;
- O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish; - jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish. Malakalar: - milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish; - tarixni davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilash; 31 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - tarixiy xaritalar, ma’lumotlarni qiyoslash va sistemalashtirish hamda ulardan tarixiy voqealarni, sotsial-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tavsiflashda foydalana olish; - manbalarni har tomonlama o‘rganish va tarixga oid bilimlarni tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish va adabiyotlarni mustaqil tanlagan holda konspekt va tezislar tuza olish, referatlar va ma’ruzalar tayyorlay olish; - tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘lay olish; - umumlashtirish, qiyoslash, baho berish, tushuntira olish; - xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, tarixiy voqealar, tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish; - tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil qilish va xulosalar chiqara olish; - munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish; - jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish. 32 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi Tarix fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi Uqtirish xati O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asos qilib olindi. Tarix umumiy o‘rta ta’lim maktablari (V-IX sinflar) hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida (keyingi bosqichlarda) asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanish darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani ikki yo‘nalishni tashkil etad: Jahon tarixi. O‘zbekiston tarixi. 5-sinfdaTarixdan hikoyalar eng qadimgi davrlardan shu kunlargacha bo‘lgan ayrim epizodik lavhalarni o‘z ichiga oladi. 6-9 sinflarda davriy izchillik bilan insoniyat paydo bo‘lgan eng qadimgi davrdan XX asr boshlarida ro‘y bergan voqea-hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar tarixi quyidagi tartibda o‘rganiladi: V-sinfda (68 soat) Tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi. VI-sinf Tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi. VII-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat)- mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. VII-sinf Jahon tarixi (51 soat) -dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. 33 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi VIII-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat)da -tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. VIII-sinf Jahon tarixi (51soat)da esa XVI asrdan XIX asrning 70 yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi. IX-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) - mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davr tarixi bilan tanishtiradi. IX-sinf Jahon tarixi (51soat) — XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918 yillarini o‘z ichiga oladi. Dastur darslarini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan darslar kengaytirib o‘qitiladi. Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V -IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi. Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. Bu-davlat ta’lim standartida talab etilgan bilim ko‘nikmalarning minimal darajasini egallash demakdir. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur. 34 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 5-sinf “TARIXDAN HIKOYALAR” (68 soat, haftasiga 2 soatdan) 1-dars. Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” (1 soat) Vatan ta’rifi. O‘zbekiston – bizning Vatanimiz. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” iborasining ma’nosi. “Tarixdan hikoyalar” darsligi bilan ishlash. I bob. Tarix fani nimani o‘rganadi? 2-dars. Tarixiy manbalar. (1 soat) Tarixiy manba. Moddiy manbalar. Yozma manbalar. Xronologiya tushunchasi. 3-dars. Tarixda yil hisobi. (1 soat) Kalendar tarixi. Yulian, Grigorian kalendarlari. Hijriy yil hisobi. 4-dars. Dunyo xaritasi tarixi. (1 soat) Dastlabki xaritalar. Globusning yaratilishi. Zamonaviy xaritalar. II bob. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlari. 5-dars. Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari (1 soat) Janubiy Afrika, Xitoy, O‘rta Osiyodagi qadimgi manzilgohlar. Yevropada topilgan qadimgi inson izlari. 6-dars. Qadimgi odamlarning turmush tarzi. (1 soat) Qadimgi odamlarning mehnat qurollari. Mashg‘uloti. Uy joylari. 7-dars. Arxeologiya tarixidan. (1 soat) Arxeologlar qanday ishlaydilar. Qazilma joylarni aniqlash. Madaniy qatlam nima? Suv osti arxeologiyasi. 8-dars. Muzeylar.(1 soat) Muzeylar nima uchun kerak? Jahonning mashhur muzeylari. O‘zbekiston Respublikasining muzeylari. 9-dars. Afsonalar (1 soat) Afsonalar va asotirlar nima? Afsonlarda nimalar haqida gapiriladi. Turli millat afsonalarini nimalar birlashtiradi? 35 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi III bob. Kishilik madaniyatining shakllanishi 10-dars. Qoyatosh suratlari. (1 soat) Ilk san’at namunasi. Altamir, Kapova va Lasko g‘orlari. O‘zbekiston hududidagi qoyatosh suratlar. 11- dars. Yozuvning paydo bo‘lishi. (1 soat) Ilk yozuv belgilari. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari. Alifbolarning vujudga kelishi. 12-dars. Qadimiy diniy e’tiqodlar (1 soat) Diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi. Odamlar hayotida dinning o‘rni. 13-dars. «Avesto»-ajdodlarimizning ilk yozma tarixiy manbasi (1 soat) “Avesto” – O‘rta Osiyoning eng qadimgi yozma manbasi. “Avesto”ning mazmuni. “Avesto” 2700 yoshda. 14-dars. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari.(1 soat) Uy joylar, liboslar, ro‘zg‘or buyumlari, urf-odatlar, milliy bayramlar IV bob. Ilk sivilizatsiyalar, shaharlar va davlatlar 15-dars. Eng qadimgi sivilizatsiyalar. (1 soat) Krit-Miken - Yevropaning ilk madaniyat o‘chog‘i. Mayya madaniyati, inklar saltanati, Pasxa orolining sirlari. 16- dars. Qadimgi shaharlar qanday paydo bo‘lgan? (1 soat) Shaharlarning vujudga kelishi. Shahar aholisining mashg‘ulotlari. Jahondagi ilk shaharlar. Memfis, Bobil, Nineviya, Afina, Sparta, Rim. 17-dars. Dunyodagi qadimgi davlatlar. (1 soat.) Ilk davlatlar paydo bo‘lgan hududlar. Sharqning qadimgi davlatlari. Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindiston. 18- dars. Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi (1 soat) Misr ehromlari, Bobil osma bog‘lari, Olimp xudosi-Zevs haykali, ma’buda Artemida ibodatxonasi, Quyosh xudosi Gelios haykali, Aleksandr mayog‘i, Galikarnasdagi maqbara. 36 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 19- dars. O‘zbekistondagi eng qadimgi davlatlar. (1 soat.) O‘zbekiston hududining qadimgi aholisi. So‘g‘d, Xorazm. Baqtriya. 20-dars. Takrorlash (1 soat) V bob. Savdo va aloqa 21 –dars. Tangalar - tarix guvohi (1 soat). Dastlabki tangalar. Tangalar tarixdan guvohlik beradilar. Qadimiy va zamonaviy tangalarda ramzlarning aks etishi. 22-dars. Savdo yo‘llari (1 soat) Qadimgi savdo yo‘llari. Buyuk i pak yo‘li. Savdo aloqalari. 23-dars. Dengiz yo‘llarining kashf etilishi (1 soat) Dengiz yo‘llariga ehtiyoj. Dengiz savdo yo‘llari. Jahon savdo aloqalarining vujudga kelishi. 24-dars. Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi (1 soat) Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi: buyuk ixtirolar. 25-dars. Transport vositalirining kashf etilishi (1 soat) Bug‘ mashinasining kashf etilishi. Jahonda temir yo‘llarning qurilishi. Samolyotning kashf etilishi. 26-dars. Aloqa vositalarining kashf etilishi (1 soat) Telegraf, telefon, radioning kashf etilishi. 27-dars. Takrorlash (1 soat) VI bob. Jahon ilm-fan taraqqiyoti. 28-dars. Maktab - ilm o‘chog‘i. (1 soat) Insoniyat hayotida maktablarning o‘rni. O‘rta Osiyoda ta’lim. Ma’mun akademiyasi. 29-30-dars. Yurtimiz allomalari (2 soat) Aniq va tabiiy fanlarning rivoji. Muso Xorazmiy. Ahmad Farg‘oniy. Xorazm Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. Mirzo Ulug‘bek. 37 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 31-dars. Buyuk daholar kashfiyotlari. (1 soat) Nikolay Kopernik kashfiyotining jahonshumul ahamiyati. Jordano Bruno va Galileo Galileylarning astronomiya faniga qo‘shgan hissalari. 32-dars. Turkiston ma’rifatparvarlari (1 soat) Turkiston taraqqiyparvarlik harakati namoyandalari: Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori. 33-dars. Olimpiya o‘yinlari: qadimda va hozir (1 soat) Olimpiya o‘yinlarining tiklanishi. Hozirgi kunda olimpiada o‘yinlari. 34-dars. Takrorlash (1 soat) VII bob. Ozodlik uchun kurash qahramonlari 35-dars. To‘maris va Shiroq jasorati, (1 soat) Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi. To‘maris va Shiroq jasorati. 36-dars. Spitamenning qahramonligi (1 soat) Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga yurishi. Spitamenning qahramonligi. 37-dars. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari (1 soat). Muqanna qo‘zg‘oloni. 38-dars. Jaloliddin Manguberdi. (1 soat) Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash. Jaloliddin Manguberdi - jasur va mohir sarkarda. 39- dars. Amir Temur jasorati va uning davlati. (1 soat) Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur davlati. Amir Temur – Movarounnahr, Osiyo va Yevropa xalqlarining xaloskori. 40-dars Temuriylar davri madaniyati (1 soat) Shaharlarning obodonlashtirilishi, me’morchilik, adabiyot va san’atning rivoji. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod. 41-dars. Takrorlash (1 soat) 38 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi VIII bob. O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlari. 42-dars. O‘zbekistondagi eng qadimgi tarixiy shaharlar. (1 soat) Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon 43-dars. Toshkent 2200 yoshda (1 soat) Toshkentning qadimgi obidalari. Mingo‘rik. Toshkent – O‘zbekiston poytaxti. IX bob. Mashhur tarixiy obidalar 44-dars. O‘zbekistonning tarixiy – me’moriy obidalari (1 soat) Qo‘yqirilganqal’a. Tuproqqal’a, Afrosiyob, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Registon majmuasi, Oqsaroy, Ichanqal’a. 45-dars. Tarixiy obidalar (1 soat) Jahon madaniyatining mumtoz namunalari: Puza minorasi. Tauer ko‘prigi, Toj Mahal maqbarasi, Eyfel minorasi, Ozodlik haykali. X bob. Insoniyat tarixidagi jahon urushlari. 46-47-dars. Birinchi jahon urushi (2 soat) Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari. Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlar. Urushning insoniyat va Turkiston uchun keltirgan fojeali oqibatlari. 48-49-dars. Ikkinchi jahon urushi (2 soat) Fashizm nima? Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlar. Urushning fojeali oqibatlari. Fashizmga qarshi urushda O‘zbekistonning hissasi. 50-dars. Takrorlash (1 soat) XI bob. Jahonda tinchlik, hamkorlik va do‘stlik. 51-dars. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (1 soat) Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi sabablari va uning bugungi kundagi maqsad va vazifalari. YuNISEF tashkiloti. XII bob. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida 52-dars. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi (1 soat) O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi. 39 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 53-dars. O‘zbekiston va jahon (1 soat) Dunyo mamlakatlari tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining tan olinishi. O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi. 54-dars. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar (1 soat) O‘zbekistonning g‘alla, paxta, neft mustaqilligi. Zamonaviy sanoat. XII bob. Dunyo xalqlari XXI asrda. 55-dars.Ma’naviy va ma’rifiy yuksalish (1 soat) Milliy va ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Millatlararo totuvlik, diniy bag‘irkenglik. 56-57-dars. O‘lkashunoslik darsi (2 soat). Oila shajarasi. Mahalla tarixi. Yashab turgan hududi tarixi haqida. 58-dars. Dunyo xavfsizligiga tahdid (1 soat). Insoniyat tinchligiga qanday kuchlar xavf solmoqda? Tinchlik uchun O‘zbekiston va jahon hamjamiyatining hamkorlikdagi kurashi. 59-dars. XXI asr ilm va taraqqiyot asri. (1 soat) Nima uchun XXI asr ilm va taraqqiyot asri deb yuritiladi? Kuch - bilim va tafakkurda. 60-dars. Yakunlovchi umumlashtiruvchi dars.(1 soat) 8 soat NI 40 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 6-SINF “TARIX” (68 soat, haftasiga 2 soatdan) Kirish 1 soat. Boy tarix va madaniyat o‘lkasi. Vatan tarixi. Madaniy meros va an’analarni o‘rganishning ahamiyati. Tarixni o‘rganuvchi fanlar. Arxeologiya, antropologiya, etnografiya. Moddiy va ma’naviy madaniyat. Boy ma’naviyat va yuksak axloqiy me’yorlar tushunchasi. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim manbalar. I. BO‘LIM. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (6 soat). 2-dars. Qadimgi tarix taraqqiyotining boshlanishi. O‘zbekiston va jahon sivilizatsiyasi. Tarixni davrlashtirish va xronologiya. 3-dars. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari. Eng qadimgi odamlar hayotining izlari. Eng qadimgi odamlar manzilgohlari: Sharqiy va Janubiy Afrika, Yava oroli, Xitoy, Farg‘ona vodiysi, Seleng‘ur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh, Obirahmat, Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko g‘orlari. Qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari. Qadimgi odamlarning mehnat qurollari. Diniy e’tiqodlarning kelib chiqishi. 4-dars. Urug‘chilik jamiyati. Qadimgi tosh davri manzilgohlari. Irqlarning shakllanishi. Ilk urug‘chilik jamiyati. Mezolit davri. O‘q-yoyning kashf etilishi. Bo‘zsuv, Obishir, Machay. San’at va diniy tasavvurlarning rivojlanishi. Qoyatoshlardagi tasvirlar. Neolit. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning shakllanishi. Ziroat va chorvachilik. Kulolchilik. Uy- joylar. Neolit davri ovchi va baliqchilari. 5- dars. Eneolit va bronza davri. Eneolit davri moddiy madaniyati va xo‘jaligi. Bronza davri taraqqiyotining asosiy belgilari. Patriarxat-ota urug‘i jamoasi. O‘zbekiston 41 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi hududida ilk ziroatchilar. Sopollitera, Jarqo‘ton, Zamonbobo manzilgohlari, me’morchilik, hunarmandchilik. Madaniy aloqalar. 6-dars. Temir davriga o‘tishda O‘rta Osiyoning rivojlanishi. Hunarmandchilikning rivojlanish sabablari, metalga ishlov berishning rivojlanishi. Bronza davri kulolchiligi. Urug‘ jamoalarining inqirozga uchrashi, qo‘shni jamoasining vujudga kelishi. 7-dars. Takrorlash. II BO‘LIM. Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo (18 soat). 8-dars. Nil vodiysi va uning aholisi. Misr-Nil in’omi. Misrliklarning mashg‘ulotlari. Hunarmandchilikning rivojlanishi. Misr davlatining vujudga kelishi. «Nom»larning vujudga kelishi. 9-dars. Misr va qo‘shni xalqlar. Qadimgi misrliklarning qo‘shnilari. Nubiya. Liviya, Falastin, Suriya. Fir’avnlarning istilolari. Old Osiyo, Falastin, Nubiya, Suriya va Finikiyaning bosib olinishi. Fir’avnlarning bosqinchilik yurishlari va ularning natijalari. 10-dars. Qadimgi Misr dini. Misrliklarning tevarak - olam to‘g‘risidagi tasavvurlari. Misrliklarning xudolari. Fir’avnlarning ilohiylashtirilishi. Kohinlar va ibodatxonalar. 11-dars. Piramidalar va dahmalar. Piramidalar va zamon. Sfinkslar. Tutanxamon. Mo‘miyolash. Muqaddas hayvonlar. 12-13-dars. Qadimgi Misr madaniyati. Yozuv. Iyerogriflar. Nazariy bilimlarning vujudga kelishi. Adabiyot ravnaqi. 14-dars. Takrorlash. 15-dars. Mesopotamiya sivilizatsiyalari. Mesopotamiya aholisining mashg‘ulotlari. Shumer va Akkad. Gilgamish haqidagi rivoyatlar. 42 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi 16-dars. Bobil podsholigi. Bobil - «Xudolar darvozasi». Hamurappi qonunlari. Yangi Bobil podsholigi. Bobil madaniyati. 17- dars. Old Osiyo davlatlari va ularning qo‘shnilari. Xett davlati. Ossuriya podsholigi. Urartu davlati. Finikiya va Falastin. 18- dars. Ahamoniylar davlati. Ahamoniylar davlati aholisi. Eron hududidagi qadimgi davlatlar. Fors podsholigining paydo bo‘lishi. Doro I islohotlari. Qadimgi forslar madaniyatining rivojlanishi. 19-dars. Hindiston sivilizatsiyasi. Hududi va aholisi. Hindistonning eng qadimgi sivilizatsiyalari, diniy e’tiqodi. Kastalar. 20- dars. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston. Hindiston davlati. Chandragupta «Xudolarsiz din». Ilm va madaniyatning rivoji. «Mahobxorot», «Ramayana» va «Panchatantra». 21-dars. Xitoy sivilizatsiyasi. Xitoyda sivilizatsiyaning vujudga kelishi. Aholi mashg‘ulotlari. Xitoy «podsholiklar davri». 22-dars. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy. Markazlashgan davlatning tashkil topishi. Buyuk Xitoy devori. Xitoydagi xalq qo‘zg‘olonlari. Qadimgi Xitoy madaniyati. 23-dars. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar. O‘zbekiston hududida qadimda aholining joylashishi. Miloddan avvalgi asrlarda xo‘jalikning rivojlanishi. Ilk davlat birlashmalari – Qadimgi Xorazm va Baqtriya. Qiziltepa. Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob, Ko‘zaliqir. 24-dars. Zardushtiylik. Zardushtiylikning vujudga kelishi tarixi. Zardusht. Zardushtiylikning tarqalishi. Zardushtiylik xudolari. Axuramazda, Mitra, Anaxita, Ahriman. «Avesto». Zardushtiylik marosimlari. 25-dars. Takrorlash. 43 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 O‘quv dasturi III BO‘LIM. Qadimgi Yunoniston (11 soat). 26-dars. Antik tarixning boshlanishi. Download 3.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling