Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” o‘quv moduli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda texnologiya fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va innovasion texnologiyalar haqida ma’lumotlar beriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda musiqa fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasion texnologiyalarning qo‘llanilishi, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish usullari, musiqa fani darsiga qo‘yilgan zamonaviy talablar o‘rgatiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash,tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish va boshqa interaktiv ta’lim usullari nazarda tutiladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa fanlarbilan bog‘liqligi va uzviyligi
Modul mazmuni o‘quv rejadagi “Ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash”, “Ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat” bloklari va “Musiqa fanini o‘qitish metodikasi” moduli bilan uzviy bog‘langan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Mazkur modul “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari”, “Ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat” va “Ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash” bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi modullarda o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini musiqa faniga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi.
Modulning ta’limdagi o‘rni
Tinglovchilarga musiqa madaniyatifanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.
3.1. MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISHDA INNOVASION YONDASHUVLAR O‘QUV MODULI BO‘YICHA SOATLAR
TAQSIMOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |