Chizmani formatlash
Belgilangan chizma rangini o'zgartirish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq rangi tugmasidagi uchburchak bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.
Belgilangan chiziq turiniyoki shtrix turini o'zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq turi yoki shtrix turi tugmasi bosiladi va taklif etilgan chiziq yoki shtrix turidan biri (tekis chiziq, shtrix chiziq, yo'nalishli chiziq va hokazo) tanlanadi.
Belgilangan shaklni bo'yash uchun CHIZISH uskunalar panelidagi shakl ichini bo'yash rangi tugmasi bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.
Belgilangan shaklni akslantirish yoki burish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi Ta'sir ko'rsatish bo'limining chapdan o'ngga akslantirish, o'ngdan chapga akslantirish yoki burish tugmalaridan biri bosiladi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, MS Word dasturi sodda shakllardan murakkab chizmalar hosil qilish imkonini ham beradi. Chizmalarni bo'yash uchun tavsiya qilingan ranglar ko'lami ham juda keng.
Yangi mavzuni mustahkamlash: darsning bu qismida o’quvchilar “Aylana raqamlar o’yini” nomli o’yin orqali yangi o’tilgan mvzuni qay darajada o’zlshtirganliklarini aniqlab olamiz va baholaymiz.
Natijalarni hisoblab electron jadvalda o’rtacha bllarni aniqlab baholanish lozim bo’lgan o’quvchilaga kundalik daftarlari va sinf jurnaliga baholar qo’yiladi. Darsda faol qatnashgan o’uvchilar rag’batlntiriladi.
Uyga vazifa:
1. Darslikdagi savollarga javob topib kelish
2. Easy Quizzy dasturida test tuzish (10 ta va undan ortiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |