О‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi muzrabot tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli
Download 216 Kb.
|
metod birlashma (2)
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI MUZRABOT TUMANI XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 36-UMUMIY O`RTA TA’LIMM MAKTABI Tabiiy fanlar uslub birlashmasi Metodbirlashma hujjatlarini yuritilishi bо‘yicha kо‘rsatma Metodbirlashmaning yillik ish rejasining 1 bandiga о‘quv yilida о‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni yoziladi.( amalga oshiriladigan ishlar rejasini yozishda vazifalarning ketma-ketligiga e’tibor qarating), 2 bandiga bajarilish muddati va 3 bandiga amalga oshirilishi uchun mas’ul shaxsning ismi, sharifi yoziladi. Ish rejaning monitoringi bо‘limining 1 bandida ish rejadagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning mazmuni aynan kо‘chiriladi, 2 bandiga 1 bandda keltirilgan vazifalarning ijrosi bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar aniq ma’lumotlarga asoslangan holda yoziladi. Metodbirlashma yig‘ilishlari bо‘yicha ma’lumotlar bо‘limida- har oyda bir marta о‘tkaziladigan metodbirlashma yig‘ilishlarida kо‘riladigan masalalarning aniq mavzulari tо‘liq yoritilgan holda yozilishi kerak. Yig‘ilishlarning kun tartibiga qо‘yiladigan masalalar eng avvalo ta’lim yangiliklariga oid, Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan ta’lim-tarbiyaga oid qaror va buyruqlar bilan tanishish, ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan faoliyat yuzasidan tahlillar, fanga oid yangiliklar, о‘zaro metodik yordamning tashkil etilishiga oid masalalar kiritiladi. Yig‘ilishda kо‘rilgan masalalarning ijrosi monitoringi bо‘limiga- 1 bandiga kо‘rilgan masalalar tо‘liq aynan holatdagisi kо‘chiriladi,2 bandiga esa kо‘rilgan masalalarning ijrosi bо‘yicha bajarilgan aniq faktlarga asoslangan holdagi ma’lumotlar yoziladi . О‘qituvchilar haqida ma’lumotlar bо‘limida – metodbirlashma a’zolarining ismi, sharifi, mutaxassisligi, qayerni, qachon tamomlagani, toifasi, oxirgi malakadan о‘tgan vaqti va joriy о‘quv yilidagi dars yuklamasi haqida tо‘liq ma’lumot yoziladi. Metodbirlashma a’zolarining ish taqsimoti bо‘limida- har bir metodbirlashma a’zosining о‘quv yili davomida metodbirlashma faoliyatida olib boradigan vazifasi yoziladi. Ochiq darslar jadvali bо‘limida- har bir metodbirlashma a’zosining о‘quv yili davomida о‘tadigan ochiq darsining mavzusi, ochiq dars о‘tish sanasi va nechanchi sinfda о‘tish haqidagi ma’lumotlar yoziladi va har bir metodbirlashma a’zosi mazkur jadval asosida ochiq darslarga tayyorgarlik kо‘radi. О‘tiladigan darslarda qо‘llanilishi qulay va mos bо‘lgan pedagogik texnologiyalarning nomi 1 bandga, 2 bandga nomlari keltirilgan pedagogik texnologiyani qо‘llash tartibi haqida ma’lumot yoziladi. AKT va ingliz tilidan mashg‘ulotlar grafigida- har bir metodbirlashma a’zolarining kompyuter savodxonligi mashg‘ulotlarida ishtirok etish sanasi va vaqti tо‘g‘risida ma’lumot yoziladi. О‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi qiyin bо‘lgan mavzular rо‘yxati bо‘limida- ichki monitoring nazorati yoki oraliq nazorat natijalariga kо‘ra о‘quvchilarning о‘zlashtirishi qiyin bо‘lgan mavzular mavzular rо‘yxati 1 bandga yoziladi, 2 bandga mazkur mavzularni о‘quvchilarni о‘zlashtirishiga qulay va soddalashtirilgan holda yetkazish maqsadida tashkil etilgan ishlarning mazmuni yoziladi. Rо‘yxat va olib borilgan ishlar choraklar kesimida yoziladi. О‘quvchilarning о‘zlashtirish monitoringi bо‘limida- ichki monitoringxizmati tomonidan olingan nazorat natijalari choraklar kesimida yoziladi. Oxirgi bandiga fan о‘qituvchisining ismi, sharifi yozilishi kerak, natijalar asosidan fan о‘qituvchisi dars beradigan sinfidagi о‘quvchilarning о‘zlashtirish samaradorligi tahlilini ham olib borish mumkin. Yaratilgan dars ishlanmalari bо‘limida- metodbirlashma a’zolari tomonidan о‘quv yili davomida yaratilgan dars ishlanmalarining mavzulari 1 bandiga, 2 bandga sanasi, 3 bandga qanday dars uchun mо‘ljallanganligi yoziladi. Jadval choraklar kesimida tayyorlangan. О‘qituvchilar tomonidan tegishli fanlar kesimida mavzularning yaratgan metodik tavsiyalarini ham kiritish mumkin. Dars tahlillari haqida ma’lumot bо‘limida- 1 bandiga fan о‘qituvchisining ismi, sharifi, 2 bandiga fani, 3 bandi sinfi, 4 bandiga dars sanasi, 5 bandga о‘tilgan dars mavzusi, 6 bandga olingan yoki berilgan metodik yordam haqida ma’lumot yozilishi kerak. Dars tahlili jarayonida dars tahlilining turiga qarab dars jarayoni yoritilishi lozim. Elektron darsliklar haqidagi ma’lumot bо‘limida- maktabda tegishli fanlardan mavjud elektron darsliklarning nomi, qaysi sinfga mо‘ljallanganligi yoziladi. Bо‘sh о‘zlashtiruvchi о‘quvchilar bilan ishlash bо‘limida- bо‘sh о‘zlashtiruvchi о‘quvchining ismi, sharifi, yechanchi sinf о‘quvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Bо‘sh о‘zlashtiruvchi о‘quvchilarning rо‘yxati nazorat ishi natijalariga kо‘ra olinadi. Iqtidorli о‘quvchilar bilan ishlash bо‘limida- iqtidorli о‘quvchining ismi, sharifi, nechanchi sinf о‘quvchisi ekanligi, ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar choraklar kesimida yoziladi. Iqtidorli о‘quvchilarning rо‘yxati о‘zlashtirish samaradorligi natijalari va о‘quv jarayonida erishgan yutuqlariga kо‘ra olinadi. 5-8 sinf о‘quvchilari о‘rtasida о‘tkaziladigan о‘quvchilar bilan ishlash bо‘limida- 5-8 sinf о‘quvchilaridan tegishli fanlar bо‘yicha “Bilimlar bellashuvi” da ishtirok etadigan iqtidorli о‘quvchilar ( har bir fanga 2 nafardan 4 nafargacha talabgorlar olinadi)ning ismi, sharifi, tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladigan kunlar va mashg‘ulot vaqtlari, mazkur о‘quvchilarga biriktirilgan fan о‘qituvchilarining ismi, sharifi va fani, о‘quvchilar bilan tayyorgarlik jarayonida olib borilgan ishlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi. 9-sinf о‘quvchilari о‘rtasida о‘tkaziladigan о‘quvchilar bilan ishlash bо‘limida- 9- sinf о‘quvchilaridan tegishli fanlar bо‘yicha “Fan olimpiadalari” da ishtirok etadigan iqtidorli о‘quvchilar ( har bir fanga 4 nafardan 15 nafargacha talabgorlar olinadi)ning ismi, sharifi, tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladigan kunlar va mashg‘ulot vaqtlari, mazkur о‘quvchilarga biriktirilgan fan о‘qituvchilarining ismi, sharifi va fani, о‘quvchilar bilan tayyorgarlik jarayonida olib borilgan ishlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi. Metodbirlashma a’zolari faoliyatining о‘quv yili yakuni bо‘yicha natijalari bо‘limiga- har о‘qituvchining о‘quv yili davomida 7 ta kо‘rsatkich bо‘yicha olib borilgan ishlarining sifat darajasi bо‘yicha umumiy ball chiqarilib, metodbirlashma a’zolarining reytingi aniqlandi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling