O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Tabiatshunoslik darslarida o`tilgan materialni takrorlash va


Download 1.08 Mb.
bet29/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Tabiatshunoslik darslarida o`tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o`rganish jarayonida shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o`tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: 1) ko`rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo`yicha suhbat vaqtida, o`quvchilar tomonidan tajribalar o`tkazilganida; 2) masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; 3) qiziqarli savollarga javob berilayotganida bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir.
Takrorlash turlaridan biri o`quvchilar bilimini og‘zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfdan umumiy so`rash yoki ayrim o`quvchilardan individual so`rash ko`rinishida o`tkaziladi.
Umumiy so`rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko`proq o`quvchilarni jalb qilish va sinf e'tiborini ushlab turish imkoniyati bo`ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o`quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon ber-maydi va ularga o`z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko`nikmalarini rivojlantirishga xalaqit beradi. Shuning uchun ham individual so`rash, ya'ni ayrim o`quvchining ravon hikoyasi so`rashning asosiy turi hisoblanadi.
So`rash jarayonida o`qituvchi o`quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ularning o`rganilayotgan jonsiz tabiat obyektlari, o`simlik va hayvonlar to`g‘risidagi tasavvur va tushunchalari qanchalik to`g‘ri ekanligini aniqlash kerak bo`ladi. Shunga ko`ra materialni faqat og‘zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. o`quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o`z hikoyalarini o`qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o`quv qurollarini ko`rsatish bilan biiga olib borsinlar.
Alohida o`quvchidan so`rash butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e'tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e'tiborini faollashtirish uchun savolni barcha o`quvchilarga berish, keyin esa tayinli o`quvchini javobga chiqarish lozim. Bu o`quvchilar diqqatlarini to`plashga va materialni xotirada tiklashga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, javob beruvchi o`quvchi yo`l qo`ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to`ldirish va qo`shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni tahlil qilib borishni taklif etish kerak. o`qituvchi javob berayotgan o`quvchiga e'tibor berish bilan birga butun sinfni o`z nazorati ostida ushlab turmog‘i lozim. o`quvchilar e'tiborini bo`shashganligini o`z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o`z vaqtida payqash va bartaraf qilish g‘oyat muhimdir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling