O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Ekskursiya vaqtida to`plangan material


Download 1.08 Mb.
bet80/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Ekskursiya vaqtida to`plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo`lib xizmat qiladi yoki ulardan ko`rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foydalaniladi.
Ekskursiyada to`plangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1- sinfda “Alifbe” o`qitilayotgan davrda o`quvchilar bilan “Kuz” mavzusi bo`yicha ikkita ekskursiya o`tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o`quvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida o`simliklar hayotidagi o`zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig‘adilar.
Qish va bahorda o`quvchilarning o`simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni ko`rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o`sha obyektlarda o`tkaziladi. 2- sinfda tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar mavzusi bilan bog‘lq holda ekskursiyalar o`tkaziladi, ularda o`qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqur-lashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi.
1- sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 o`simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2- sinfda bunga yana 3-4 o`simlik turi qo`shiladi, 3- sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6-8 o`simlik turlari (daraxt, buta va o`t o`simliklari)ni taniy va ta'riflay olishlari, 4- sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak.
Ekskursiya o`quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiravchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur bo`lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko`p tarqalgan suv o`simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o`tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3-sinf):
1) ilgari tabiatga (bog‘cha, xiyobonga) o`tkazilgan ekskursiya mazmuni bo`yicha suhbat;
2) yangi mavzu bo`yicha (suv havzasining mavjudotlari haqida) kirish suhbati;
3) o`smliklarni kuzatish;
4) hayvonlarni kuzatish;
5) yaqinda joylashgan suv havzasidagi o`simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;
6) ekskursiya materialini yig‘ish;
7) umumlashtiruvchi suhbat;
8) uyga vazifa berish (jadval).
Ekskursiya jarayonida o`qituvchi o`quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og‘zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko`rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o`quv-chilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foy-dalanadi.
Ekskursiya jarayonida o`quvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o`iganilayotgan obyekt to`g‘risida yangi ma'lumotlar olishlari va ulardan amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini o`quvchilar so`zlab bera olishlari lozim.
0'qitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga o`xshash bo`lgan ekskursiya ayni vaqtda o`ziga xos belgilarga ham egadir. U maktabdan tashqarida o`tkaziladi va ko`proq vaqt talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki o`rganish obyekti tomon va orqaga qarab harakatlanishga ham sarflanadi.
Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o`qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi - atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirishdir.
Sinfda esa tabiiy obyektlar ko`pincha ko`rgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga qaraganda o`rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog‘lanishlari osonroq belgilanadi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling