O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi


Download 1.9 Mb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1590513
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2017-2018YIL UCHUN YILLIK ISH REJA (2)

Mehnat tarbiyasi

1


Tarbiyalanuvchlarni mehnat so’zini mazmun mohiyatiga tushunib uni chuqur anglashga va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga erishish



Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir, asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, tarbiyalanuvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma'naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi, halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Xalqimizning «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq», «Odamning xusni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» dеgan xikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». Ta'kidlash lozimki, mehnatsiz kеlgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi.



Yil davomida



Tarbiyalanuvchlarga menhat tarbiyasi shaxsni har tamonlama ijtimoiy foydali mehnatga xizmat qilishini haqidagi bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.



2


Tarbiyalanuvchilarda mehnatga ongli ravishda munosabatda bo’lishni shakillantirish.



  • Tarbiyalanuvchlarni turli kasb egalari mehnati bilan yaqindan tanishtirish;

  • Guruh tarbiyalanuvchilarini kasb – hunarga yo’naltirilgan to’garaklarga jalb etish.

  • Mehnat bolalarning jismoniy va aqliy imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak.

  • Mehnat jarayonida quvnoq kayfiyatni saqlab turish.

  • Birgalikda mehnat qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.

  • atrof muhitni obodonlashtirish va tozalash.

a) har bir bolaga joy ajratish;

  1. berilgan joylarni o’z vaqtida tozalashga o’rgatish;

  2. daraxtlar tagini yumshatish ishlarini bajarishga o’rgatish;

  • yuqoridagi ko’nikmalarni turli suhbatlar orqali bolalar ongiga singdirish;

  • “Mehnatdadur ko’p hikmat”

  • “Hamma narsa inson maehnati orqali”

  • “Kattalar mehnati qadrini biling”

  • “Mehnat qilsang rohat ko’rasan”

  • “Kattalar mehnatni qadrlang”

  • “Kelajakdagi baht mehnatdadur”

  • Mehnat haqidagi hadislardan o'qib berish.

  • Mehnat kishini ulug’laydi

  • Mehnat mehnatni tagi rohat

Yil davomida



Tarbiyalanuvchlarni muntazam ravishda mehnatga o’rgatish va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga erishish.







Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling