O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi uchtepa tumanidagi 74-umumiy o’rta ta’lim maktabi


Download 0.5 Mb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#245173
1   2   3   4
Bog'liq
Dars ishlanma

Asosiy adabiyotlar: D.Kamolitdinova 5-sinf o’quvchilari uchun darslik.

Toshkent -2016, 49-54 betlar



Dars turi: nazariy-amaliy

Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut


Darsning bosqichlari jadvali

Tashkiliy qism

3 minut

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 minut

Yangi mavzu bayoni

12 minut

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

Darsni yakunlash. Baholash

3 minut

Uyga vazifa

2 minut



DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, kompyuterlarni va o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;

II. O`tilgan mavzuni takrorlash. O`qituvchi o`quvchilarga kompyuter qurilmalarini she’riy tarzda aytadi. O`quvchilardan esa ushbu qurilmani nomini topish talab etiladi.Taqdimot ko’rinishida namoyish etiladi (Chigil yozdi usuli).
Qurilmalar ichida

Eng kattasi bo`laman

Barcha ichki qurilma

Mujassamlashgan menda

Qani aytchi bolajon

Men qaysi qurilmaman? (TIZIMLI BLOK)
O`quvchi tomonidan javob berilgandan keyin, o`qituvchi tomonidan qurilmaning javobi slaydda ochiladi.
Men ichki qurilmaman

Vazifam mening doim

Qurilmalar ishini

Boshqarishdan iborat

Topingchi bilag’onlar

Men qaysi qurilmaman? (PROTSESSOR)
Matnli yo grafikli

Ma’lumot tasvirlayman.

Xoh u bo`lsin eng qimmat

Yoki bo`lsin eng oddiy.

Qani topchi bilimdon

Men qaysi qurilmaman? (Monitor)
Kerakli ma’lumotni

Tashish mening xizmatim,

Meni juda sevishar

Topingchi mening ismim… (FLESHKA)
Mening vazifam bir ish,

Chizma va rasmlarni,

Jamiki yozuvlarni

Kompyuterga ko’chirish.

Qani topchi topag’on

Men qaysi qurilmaman? (SKANER)
O`zim kichkina

Vazifam katta

O`rnataman aloqa

Jahonlararo

Qani topchi o`quvchi

Men qaysi qurilmaman? (MODEM)
“Zukko haydovchi” usuli yordamida o`quvchilarga Paint dasturi uskunalar paneli jihozlarini ketma-ketlikda topish uchun tarqatmalar beriladi. O`quvchilar esa berilgan tarqatmalarga qalam yoki marker bilan so`zlarning ustiga o`zmasdan chizadilar. O`qituvchi berilgab topshiriqni quyidagi tarzda tekshiradi. Yani avtomobil ushbu so`zlarning ustidan chizilgan yo`lni bosib o`tadi.

Javobi slayd ko’rinishida namoyish etiladi.


Topiladigan so`zlar: Paont, qalam, purkagich, o’chirg’ich, matn kiritish, ko’pburchak, ellips.


III. Yangi mavzu bayoni:
To`g`ri chiziq , egri chiziq uskunasi yordamida shakillar yaratish


Avvalgi darsda qalam va mo`yqalam yordamida turli tasvirlar yaratish ko`nikmalarini hosil qilgan edinggiz. Ba`zida o`ylagan rasimlarni chizishda to`g`ri chiziq yoki egri chiziq uskunalaridan foydalanish mumkun (1-rasm).


Geametrik shakillar. Uskunalar panilidan To`g`ri chiziq uskunasi tanlanadi. Ishchi maydoniga o`tib shakil chizishdan avval shu shakilning rangi tanlab olinadi. Shakil nomi uskunasini tanlash orqali yoziladi.


1-rasm
“TO`G`RI TO`RTBURCHA”, “BECHBURCHAK”, “AYLANA”, “ROMB” va boshqa shakllar “Фигуры” uskunalari yordamida yaratiladi (2-rasm). Matin yaratish uskunasini ish maydonida faollashtirilgach, matn shrift, rangi va turini tanlashga imkon beruvchi panel aks etib turadi.


2-rasm.

Paintda obyekt nusxasini olish va joylashtirish

Paintda chizilgan biror rasm yoki obyekt nusxasini olish uchun uskunasi tanlanadi va sichqoncha yordamida obyekt belgilanadi. So`ngra sichqonchani menyuning Правка (Tahrir) bo`limiga olib borib, Копировать (Nusxa olish) ko`rsatmasi tanlanadi. Nusxasi olingan obyektni:



  • Joriy ish maydoniga joylashtirish va o`lchamini o`zgartirish;

  • Boshqa rasmli fayillarga joylashtirish;

  • MS Word, MS Exsel, Power Point va boshqa dasturlarga joylashtirish;

  • Alohida fayl sifatida saqlab qolish mumkin;

Olingan nusxa kompyuterning bufer deb ataluvchi xotirasida saqlanib turadi.

Saqlangan rasimni “Правка” bo`limidagi “Вставить” buyrug`i yordamida ixtiyoriy ravishda ish maydoniga joylashtirish mumkin(3- rasm).


Paintda obyektni akislantirish, og`dirish va burish amallari

Paint ish maydonida avval shakl chizib olinadi, shakil belgilanadi va Рисунок→Отразить /повернуть yoki Растянуть/ наклонить amallari bajariladi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Test so`rovi.

Bu usulda o’quvchilarga testlar tarqatma shaklida tarqatiladi. Tekshirish jarayonida o`quvchilar test topshirig’i varaqalarini o`zaro almashadilar va bir-birlarini tekshiradilar. O`qituvchi to`g’ri javoblarni kompyuterda slayd-shou usulida ko`rsatadi.


1.To`g’ri chiziq uskunasini tanlang?


A)



B)



D)
2. Egri chiziq uskunasini tanlang?




A)



B)



D)
3.Mo`yqalam uskunasini tanlang?




A)



B)



D)
4.Belgilash uskunasini tanlang?


A)


B)



D)
5. Ko`pburchak uskunasini tanlang?


A)


B)



D)


Amaliy ish. Paint dasturida rasm chizish. (12 rasm 53-bet)
V.Darsni yakuni va baholash.

Baholashda o`quvchilarga darsning har bir bosqichi uchun geometrik figuralar berib boriladi. Ya’ni 5 baho uchin beshburchak, 4 baho uchun to’rtburchak, 3 baho uchun uchburchak. Jami figuralar qo`shiladi va figura soniga bo`linadi. Chiqqan natija o`quvchining bahosi bo`ladi.


VI. Uyga vazifa: 53-54 betlardagi savollarga javob berish va topshiriqlarni bajarish.
Informatika fani o’qituvchisi: Qurbonova F.Q.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling