O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urgut Tuman xtbga qarashli 56-umumta’lim maktabning


Download 70.39 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi70.39 Kb.
#1474512
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf Tarix Eshonqulov Z

Yangi mavzu ustida ishlash
Mavzu: Piramidalar va maqbaralar
Reja:

  1. Hamma narsa vaqtdan qo`rqadi, vaqt esa esa piramidalardan

  2. Mumiyolash

  3. Muqaddas hayvonlar

  4. Xulosa

Yangi mavzu mazmuni “klaster” usuli yordamida tushuntiriladi.

Xufu Mil. Avv. 2600-yil
sarkofag
Menkaura

s finks Tutanxamon



mil.avv.2800-yil
20 yil memfis
Xafra

Joser 0.5 mm 147 metr


Hamma narsa vaqtdan qo`rqadi vaqt esa piramidalardan!

Qadimgi Misrda a’yonlar,zadagonlar o’zlari uchun maqbaralar qurdirsa-da, Misrdagi eng g’aroyib inshootlar Misr fir’avnlari uchun bunyod etilgan. Qadimgi podsholik davrida fir’avnlar maqbaralari ehromlar tarzida qurilgan. Bu ehromlar 4000 yildan ortiq vaqt davomida o’zgarmasdan turibdi. Dastlabki ehrom fir’avn Joserga bag’ishlab, uning eng oily a’yoni, o’z davrinig mashhur me’mori tabib va donishmand Imxoteb tomonidan mil. Avv. 2880-yili bunyod etilgan. Eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida uch fir’avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar dunyoning 7 mo’jizasidan biri. Eng katta piramida Xufu uchun miloddan avvalgi 2600-yil qurilgan. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, balandligi 150 metr (147metr) bo’lgan bu inshoot 30 yil davomida 100.000 kishining doimiy ishtirokida qurilgan. Piramida har biri 2 tonnadan og’irroq bo’lgan 2,5 million dona tosh bo’laklaridan tashkil topgan. Toshlar orasidagi yorug’ 0,5 mm dan oshmaydi. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. ulardan birida fir’avnning mumiyolashgan jasadi solingan toshtobut- sarkofag joylashgan edi. Piramidalarni sfinkslar- tanasi sher, boshi odamniki bo’lgan, qoyadan o’yib ishlangan ulkan haykallar qo’riqlaydi. Nilning g’aribiy sohili Gizadagi ulkan sfinksning balandligi 20 metr eni 43 metr. Bu ajoyib yodgorliklarning barchasi hozirgi kunda UNESKO himoyasida.


Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan. Arxeologlar fir’avn Tutanxamonning tobuti va mumiyosini topishgan. Maqbara ichida tasavvurga sig’maydigan boylikloar bizgacha yetib kelgan. Ular Qohira muzeyida saqlanmoqda.


Inson mayiti 70kun
Tarozi pallasi
ezgu ishlar



Osiris sudi Qush


Patlari




inson yuragi
tumor taqinchoqlar
marhumlar saltanati
Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o’sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog’liq bo’ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi,boshqasiga esa qush patlari qo’yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo’ladi,u vafot etganidan so’ngra ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo, yurak og’irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo’lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo’ladi. Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad rostlash uchun esa misrliklar inson jasadini mumiyolashgan.
Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko’pdan ko’p matolar bilan o’rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo’yilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayiti mumiyo deyilgan. Ammo mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlargagina nasib etardi, xolos.

Arslon aholi
Sigir
q u yoshning yordamchilari
Mushuk
Bastet
lochin Mumiyolash




ilon Qo’y
Ho’kiz
Bayram Qo’ng’iz

Misrliklar diniy e’tiqodiga ko’ra, xudolar ko’pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida gavdalanadi. Misrliklar xudolari bir talay bo’lgani tufayli deyarli barcha hayvonlar xudo deb hisoblangan. Mushuk, qo’y, ho’kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. Hasharotlar orasida qo’ng’iz alohida hurmat- e’tiborga sazovor edi. Misrliklar Yer shari ham qo’ng’iz dumalatib borayotgan sharcha singari osmon kengliklarida aylanib, kezib yuradi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham qo’ng’izlar Quyoshning yordamchilari hisoblangan. Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami aholisi ishtirok etgan. Muqaddas hayvonlarni ham xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan.



Download 70.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling