O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Bozorning mohiyati, uning ob'ektlari va sub'ektlari
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
2. Bozorning mohiyati, uning ob'ektlari va sub'ektlari.
Bozorga bo`lgan qarashning ikki tomoni bor. Bozorga bo`lgan fuqaroviy qarash. Bozorga iqtisodiyot nazariyasi kategoriyasi sifatida ilmiy qarash. Fuqaroviy qarashga ko`ra bozor- bu tovar sotiladigan va so- tib olinadigan, ayirboshlash yuzaga chiqadigan maxsus joy. Shuning uchun «bozor» so`zi ostida ko`pchilik o`zimizga ma'lum bo`lgan oziq-ovqat bozori, «dehqon» bozori uning tarkibiy qismlari chorva hayvonlari bozori, transport, sanoat mollari magazini, umumiy ovqatlanish shahobchalari kabilar tushuniladi. Shuning uchun ko`p hollarda bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan xususiyatlar bozorning xossalari tarzida talqin qilinmokda. Bozor-bu joy emas. Bozor-ayriboshlash jarayonida tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning majmuidan iborat. Bu munosabatlar esa tovar-pul munosabatlaridan iborat. -Tovar ishlab chiqarishdan maqsad bu jarayondan moddiy manfaat ko`rish, ya'ni foyda olishdir. Shuning uchun hamma vaqt tovar ishlab chiqaruvchilarda Nima?, Qancha?, Qanday ishlab chiqarish kerak? Sharoit o`zgarib qolsa nima qilish kerak? Nimani, qachon, qaerda, qanchadan sotmoq foydali? kabi savollar tug`iladi. Bu savollarga javobni talab va taklifning nisbati aytib beradi. Talab va taklifning nisbati faqat bozorda yuzaga keladi. Shuning uchun ham bozorning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati uning har bir xo`jalikni samarali yuritishda rag`batlantiruvchi, majbur qiluvchi iqtisodiy mexanizmdan iborat ekanligida. Demak, bozor hozirgi zamon rivojlangan jamiyatlarida iqtisodiy munosabatlarning asosiy shaklidir. Ayni vaqtda ijtimoiy ishlab chiqarish o`sib, kengaya borishi bilan bozor, va bozor munosabatlari ham, gorizontal, ham vertikal tomonlarga kengaya borib, uning mexanizmlari takomillasha boradi. Bu jarayon o`z navbatida bozor ob'ektlari va sub'ektlari tarkibining o`sishiga olib keladi. Ayirboshlash orqali tovar- pul munosabatlari jarayonining predmeti bo`layotgan narsa va xizmatlar bozor ob'ektlari deyiladi. Ularni taklif qilayotgan ( sotayotgan) xo`jalik, tashkilot, uyushma, yoki xususiy shaxslar bozor sub'ektlari deb yuritiladi. Bozor iqtisodiyotiga xos xususiyatlardan biri bozor ob'ektlari, doirasining cheklanmaganligidan iborat bo`lib rivojlangan mamlakatlarda uning tarkibiga barcha ishlab chiqarish vositalarini shu jumladan yerni ham, turli ko`rinish va sohalardagi xizmatlarni; Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling