O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Bozorning ayirboshlash miqyosiga ko`ra keng tarqalgan shakllariga quyidagilar kiradi


Download 0.92 Mb.
bet32/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Bozorning ayirboshlash miqyosiga ko`ra keng tarqalgan shakllariga quyidagilar kiradi:
a)Maxalliy bozor; b) milliy bozor; v) mintaqaviy bozor;
g) jahon bozori yoki xalqaro bozorni ko`rsatishimiz mumkin:
O`ziga xos mahalliy sharoitlari, baholarning tashkil topishi, ayriboshlashga chiqariladigan mahalliy sanoat, hunarmandchilik va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining tarkibi kabi xususiyatlarga ko`ra bir biridan farqlanuvchi shahar va viloyat, vodiy yoki vohalar bozorlarini tashkil qiladi: M ; Fargona, Buxoro, Jizzax bozorlari…
- Har bir mustaqil mamlakat hududlari bilan chegaralanuvchi, tovar turlari ko`p, ayriboshlash imkoniyatlari keng bozor odatda milliy bozor deb ataladi. Milliy bozor tarkibiga ko`ra mahalliy va mintaqaviy bozorlarning yig`indisidan iborat.
Mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar, ular o`rtasidagi tovar-pul munosabatlarining ifodasi jahon yoki xalqaro bozor bo`lib, u o`zining tashkiliy- huquqiy, valyuta- moliyaviy asoslariga ko`ra bozorning boshqa shakllaridan farqlanadi. Uning asosiy vositalari konvertatsiyalashgan xalqaro valyutalar, oltin va boshqa qimmatbaho ashyolardan iborat.
Jahon bozoriga chiqish har bir rivojlanayotgan mamlakat oldidagi asosiy maqsadlardan biri bo`lmog`i shart.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin.
Bozor-bozor iqtisodiyotining yadrosi, uning qonunlarini amalga oshiradigan, mexanizmlarini harakatga keltiradigan jarayondir.
Bozor-ijtimoiy iqtisodiy o`sishni ta'minlashning hozircha keng samarali mexanizmi hisoblanadi chunki faqat uyushgan bozorgina xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi. Rag`batlantirishni va xo`jayinlik tuyg`usini tiklaydi, ishlab chiqaruvchining hukmini sindirish, ishlab chiqaruvchini iste'molchilarning manfaatlariga bo`ysundirish, mahsulotga bo`lgan talabni aniq hisobga olish imkoniyatini beradi.
Yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so`nggi yutuqlarini dadil va g`ayrat bilan joriy etib, har bir kishining kasb mahoratiga munosib baho beradi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling