Asosiy savollar:
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari.
Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari.
Bozor munosabatlariga o`tish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari.
O`zbekistonda mulk islohoti va mulkchilikning turli tuman shakllarini barpo etish.
Tayanch iboralar:
O`tish davri. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bozor islohotlari. Islohotlar kontseptsiyasi. Iqtisodiy islohotlar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Iqtisodiy uklad. O`tish modellari.
1.O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyotining yuqorida tilga olingan belgilari uzoq davr davomida shakllanib, pirovord natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi.
Bunda bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari (modellari) xilma-xil bo`lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasidan bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha yo`llari umumiylashtirilib, quyidagi uchta asosiy tipga bo`linadi.
Rivojlangan mamlakatlar yo`li;
Rivojlanayotgan mamlakatlar yo`li;
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo`li.
Bu yo`llarning umumiyligi shundaki, hamma bozor iqtisodiyotiga o`tishni maqsad qilib qo`yadi va mazkur iqtisodiyot-ning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko`p jihatdan umumiy bo`ladi. Shu bilan birga har bir yo`lning o`ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllanti-rishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo`lishidan kelib chiqadi.
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyil muhim asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning ustunligini ta'minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |