O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.92 Mb.
bet40/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

II B O` L I M


MIKROIQTISODIYoT ASOSLARI


MAVZU : TALAB VA TAKLIF QONUNI. BOZOR MUVOZONATINING VUJUDGA KELIShI


Asosiy savollar :



  1. Talab tushunchasi. Talab qonuni.Talabga ta'sir etuvchi omillar.

  2. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni.Taklifga ta'sir etuvchi omillar.

  3. Talab va taklif mosligining to`rt qoidasi.

  4. Bozor muvozanatining yuzaga kelishi.



Tayanch iboralar:


Talab. Taklif. Yalpi talab. Yalpi taklif. Naflilik. Talab va taklif o`zgaruvchanligi. Talab va taklif qonuni. Talab va taklif muvozanati. Bozor muvozanati. Bozor bahosi.


1.Talab tushunchasi. Talab qonuni. Talab miqdoriga
ta'sir etuvchi omillar

Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki mavzuda gapirgan edik. Ehtiyoj tushunchasi kishilarning hayotiy vositalariga bo`lgan zaruriyatni ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko`rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi.


Ehtiyojning pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi, demak, talab- bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Talabning bir qator mukobil variantlari mavjud bo`ladi, chunki narx o`zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o`zgaradi. Shu bog`liqlikdan, talabga quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Talab - ma'lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olish mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Talabning ikki turi farqlanadi : yakka talab va bozor talabi.
Yakka talab- Har bir iste'molchining, ya'ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo`lgan talabidir.
Bozor talabi- Bir qancha iste'molchilarning shu turdagi tovar va xizmatlarga bo`lgan talablari yig`indisidir.Bozor talabi D harfi bilan belgilanadi.(ingl.demand-talab).
Individual, ya'ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi, lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo`lib turmaydi, balki o`zgaruvchan bo`ladi. Talab miqdorining o`zgarishiga bir kancha omillar ta'sir qiladi. Ularning ichida eng ko`p ta'sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o`rtasida bo`ladigan bog`liqlikni quyidagi jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz.
1 kg un narxi(so`m) Talab qilinadigan un miqdori (kg)
200 10
160 13
120 17
80 25
20 50
Bundan xulosa shuki, tovarga narxning pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o`sishiga va aksincha, narxning o`sishi uning miqdorining kamayishiga olib kelardi.
Agar bu ma'lumotlarni grafikka ko`chirsak quyidagi holatni kuzatamiz.Q o`qi bo`ylab talab miqdorini, R o`qi bo`ylab narxni joylashtiramiz. Nuqtalarini birlashtirib talabning egri chizig`i yo`nalishiga ega bo`lamiz. Talab egri chizig`ini D harfi bilan belgilaymiz.

Talab harakatining chizma ifodasi.


P D

2
200 1

3
160



4
120



5
80


20 D

0 10 13 17 25 50 Q
67
Demak narx bilan talab miqdori o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud ekan. Bu bog`liqlik talab qonuni deyiladi.
Talab qonuni - mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o`rtasida bo`ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog`liqlikning mavjudligidir.
Shuning uchun ham iste'molchilar mahsulotning qo`shimcha birligini narxi pasayib borgan sharoitdagina xarid qilib oladilar. Bu degan so`z, masalan, xaridorga oyoq kiyim kerak, chunki u yalang oyoq yura olmaydi. Ikkinchi juft oyoq kiyim, uni almashtirib turish imkonini beradi, lekin uning nafligi pastroq, chunki xaridor yalang oyoq emas, uni kiyadigani bor. Uchinchi va to`rtinchi juft oyoq kiyimining nafligi pasayib boraveradi.
Naf deb tovar va xizmatni iste'mol qilishdan keladigan qoniqishga aytiladi.
Talabning o`zgaruvchanligi faqat tovar narxigagina emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog`liq :

  • Xaridor didiga.

  • Xaridor daromadiga.

  • O`rinbosar hamda bir-biriga bog`liq tovarlarga.

  • Xaridorlar soniga.

  • Kutiladigan o`zgarishlarga.

Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot davomida ehtiyojlar ham yuksalib boradi, talab ham o`sadi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling